“Akademnashr” nashriyotining rasmiy kanali Мutolaa qiling! Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo Tel: 99 433-16-77 Aloqa: @akademnashr_bot Manzil: t.me/Akademnashr/1461 Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)
Men kitobni ayni vaqtida uchratdim, mutolaa qildim deb o‘ylayman. Chunki, muallif har xil sabablar tufayli ilm qilish yo‘lida ikkilanayotgan menga butun umrini ilmga sarflagan insonlar bilan tanishtirdi va ular hech ham kam bo‘lishmaganini isbotlab berdi. Buning uchun muallifdan minnatdorman.
Doston Chustiy
📘 Sevara Alijonova, “Mahkum sayohati”
📖 Fragment va mundarija
Esselar
Muqova: yumshoq
Hajmi: 160 bet
Narxi: 31 000 so‘m
💥 #qayta_nashr
📘 Mukammal xotira-2
Birinchi kitobda koʻproq nazariy bilimlar qamrab olingan bo'lsa, mazkur nashrda asosan amaliy mashqlar – xotirani kuchaytirishning aniq usullari berilgan.
• Har bir inson mnemonistdir
• Xotira mashqlari
• Xotirani charxlash usullari
• 200 dan ortiq mashqlar
• Tafakkur oʻyinlari
• Aqliy qobiliyatlaringizni ishga soling
• Ishlating, aks holda «zanglab» qoladi
Tabiiyki, kuchli xotiraga ega boʻlishni istamaydigan kishi topilmasa kerak. Bunga erishishda sizga kitobdagi qiziqarli usullar va tavsiyalar yordam berishiga ishonamiz.
📖 Fragment va mundarija
Muallif: Shohruh-Mirzo Rahmonov
Hajmi: 352 bet; yumshoq muqova
Narxi: 40 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo | +998994331677
📘 @akademnashr
📚 Chegirma tugashiga 4 kun qoldi
40 dan ortiq kitoblarimizga 15 foizli chegirma e’lon qilgan edik. Eslatib o‘tamiz, chegirma 15-martgacha davom etadi. Ulgurib qoling. Kitoblar ro‘yxati.
Shuningdek, alohida to‘plamlar uchun ham turli chegirmalar amal qilmoqda:
1. Jajji akademik kutubxonasi — 230 000 so‘m 180 000 so‘m
2. Izlam — 457 000 so‘m 370 000 so‘m
3. Hikoya-komikslar — 88 000 so‘m 75 000 so‘m
4. Safar qissalari — 175 000 so‘m 150 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo | +998994331677
📘 @akademnashr
Dunyo xaritasida xitob tariqasidagi ko‘plab geografik nomlar mavjud.
Grenlandiya va Yangi Zelandiya orollarining janubidagi burunlar Farvell, ya’ni «sog‘ bo‘ling», Italiyadagi Benevento shahri «shamol hamroh bo‘lsin» degan ma’nolarni bildiradi.
Markaziy Amerikadagi Gonduras davlatining sharqiy qirg‘oqlaridagi Gratsion a Dos burni nomida yengil uf tortish mujassam bo‘lib, u «Xudoga shukr» degan ma’noni bildiradi. Ushbu nomni dengizda uzoq vaqt sarson bo‘lib, nihoyat, quruqlikka yetib kelgan sayyoh Xristofor Kolumb bergan.
Janubiy Amerikadagi Urugvay davlatining poytaxti Montevideoning nomi ushbu materik qirg‘oqlarida uzoq suzgan kema dengizchisining «tog‘ni ko‘ryapman» degan xitobi sharafiga nomlangan.
«Sayyoramiz moʻjizalari» kitobidan
Narxi: 15 300 soʻm (chegirmada)
Xarid: t.me/akademsavdo | +998994331677
📚 @akademnashr | 👉 Chegirmadagi kitoblar
🎬 MehrNoz & Najmiddin Ermatov – Yomgʻir boʻlsam kerak aslida (#)
Najmiddin Ermatov she’ri (#)
📚 @akademnashr | 🎁 Chegirmadagi kitoblar
«Mohira Eshpo‘latova nasri men uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Muallif hikoyalari orqali kunda ko‘rib ko‘nikkan dunyomizning biz sezmagan, sezsak ham, tadqiq etishga yurak betlamaydigan manzaralariga murojaat qiladi. Voqea joylarining aksari bizga notanish bo‘lsa ham qahramonlar kechinmalari siz-u bizniki».
Otabek Bakirov
jurnalist
📚 @akademnashr
Yozuvchilar uyushmasida Nasr kengashining 2024-yil faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Mavlon Boboxonov romanlar bo‘yicha maʼruza qildi. Munaqqid olim maʼruzasida Xurshid Abdurashidning “Dardisar” romani haqida ham mulohaza bildirdi.
📚 @akademnashr | 🎁 Chegirmadagi kitoblar
📘 Siz ham ona bo'lasiz
📖 Fragment va mundarija
Mualliflar: Feruza Nazar, Muhayyo Maksudova
Narxi: 75 000 so‘m 63 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
📚 @akademnashr | 🎁 Chegirmadagi kitoblar
"Izlam" turkumining ikkinchi faslida nashr etilgan "Avron" she’riy to‘plami muallifi Gulhayo Anorova Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi. Tabriklaymiz!
📚 @akademnashr
Ramazon tuhfasi 😍
Kitobxonlar uchun navbatdagi chegirmalarni taqdim etamiz. 40 nomdagi "Akademnashr" kitoblarini 15 foiz chegirmada xarid qilish imkoiyatiga ega bo‘lasiz. Chegirma 15-martgacha davom etadi. Ulgurib qoling.
Bundan tashqari kitoblar to‘plamlari uchun ham alohida chegirmalar davom etmoqda. Batafsil.
Kitoblar O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.
Xarid: t.me/akademsavdo
📞 +998994331677
Azizim, asalga evrilsin zahr:
Sevgida saxiy bo‘l, nafratda — baxil,
Bahorga aylantir qishni ham, axir,
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!
📘 Mansur Jumayev, “Biz kutgan fasl”
Bahor haqidagi o‘zingiz yoqtirgan satrlardan yozib keting.
Читать полностью…Kirib kelgan mohi Ramazon muborak bo‘lsin!
📚 @akademnashr
Yozuvchi Furqat Alimardonning «Qorakuya» to'plamidan shu nomdagi qissa bilan birgalikda quyidagi hikoyalar ham joy olgan:
▪️Suluk
▪️Devorning qulogʻi
▪️O‘tmagan kunlar
▪️Ogʻriq
▪️Men
▪️Gʻirbaydi
📘 Furqat Alimardon, “Qorakuya”
Qissa va hikoyalar
📖 Fragment va mundarija
Muqova: yumshoq
Hajmi: 128 bet
Narxi: 27 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
Avvaliga voqealarga, roviyning hikoyasiga tushunmadim. Qani, oxirigacha boraveray-chi, bir gap bo‘lar: yo mag‘zini chaqaman, yo mag‘lublik, deya har satridan ko‘z uzmadim.
Nihoyat, tugatdim. Molinari o‘zi bilib-bilmay go‘yo men haqimda yozgandek edi. Men ham ko‘pchilikka qo‘shilolmay, nuqul qobig‘imga o‘ralishga, olamimdan tashqari chiqmaslikka urinishimni u qaydan bildiykan? Dunyoyimizning to‘rtburchakligi ham o‘xshash. Boshqalarga ahamiyatsiz tuyulgan, arzimas voqeliklarga qiziqishimiz ham tasodifdek go‘yo...
Varaqlar kamaygani sari siqilaverdim. Tugab qolsa, zavqimni, hamfikr dugonamni yo‘qotaman-ku, deb qiynaldim. Lekin baribiram bunday kitobni topganim, o‘qiganim, sirdosh bo‘lganimdan mamnunman.
©️ Huriniso Dilmurod qizi
📘 Jianna Molinari: Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin
Tarjimon: Gulnoz Nabiyeva
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq
Hajmi: 192 bet
Narxi: 50 000 so‘m
🔐 «Mukammal xotira» orqali xotirangizning sirli eshiklarini oching!
Muallif: Shohruh-Mirzo Rahmonov
Narxi: 80 000 so‘m (ikki qism)
Konkursda qatnashib, kitoblar yutib olishni xohlaysizmi?
Tez orada hamkorlikdagi konkursni e’lon qilamiz.
Bahrom Irzayevning “Namangan tarixidan lavhalar” kitobida XIX asr oxiri – XX asr boshida Namangan shahri va viloyati hududida tug‘ilib o‘sgan jadid taraqqiyparvarlari, olim-u murabbiylar, davlat va jamoat arboblari, shoir-u jurnalistlar hayoti, ularning ijodiy faoliyati hamda mustabid tuzum qatag‘on siyosati oqibatida mahv etilishi qalamga olingan.
Ular: Is’hoqxon Ibrat, Sayyid Nosirxon, To‘ra Kosoniy, Abdullabek Musabekov, Muhammadjon Mo‘minov, Sattor Og‘oliqovich Hoshimov, Dadamirza Qori Shayxov, Bo‘taboy Dadaboyev, Muhammadsharif So‘fizoda, Qalandarov Tursunali, Nadimiy, Lutfullo Olimiy, Rafiq Mo‘min, Usmon Nosir, Fayzulla Usmonov, Yoqub Omon, Sobira Xoldorova, Asilmirza Mansurov, Turg‘unpo‘lot Qirg‘izboyev, Mirsaid Shomirboyev, Muhammad Abdurahimov, Dadajon Egamberdiyev, Shohmansur Alixo‘djayev, Nuriddin Qoriyev, Gʻafur Qosimov, Sobir Mirzajonov, In’omjon Nizomboyev, Isroil Dadaboyev, Abbosxo‘jayev Hakimxo‘ja, Omon Polvon, Mamajon Abdurahmonov, Nishon Umrzoqov, Ismatulla Niyazov.
Narxi: 42 500 so‘m (chegirmada)
Xarid: t.me/akademsavdo | +998994331677
📘 @akademnashr | 👉 Chegirmadagi kitoblar
***
Yarimkecha. Kasalxona.
To‘rtta bemor. Bir tashxis.
Ko‘zdan uyqu qochdi yana,
Bosib kelar g‘alat his.
Qiziq holat kechar zimdan,
Hayrat oshar tinglarkan,
Dardi bitta bo‘lgan bilan,
Hamma har xil ingrarkan.
📚 Jaloliddin Sayyid, “Huqqaboz”
🎁 Qimmatbaho sovg’a izlayapsizmi?
Narxi: 90 000 so‘m 76 500 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
📚 @akademnashr
📚 «akadem•nasr» to‘plami
Ramazon munosabati bilan «akadem•nasr» to‘plamini katta chegirma bilan xarid qilish imkoniyatiga egasiz. Ushbu seriyada hozircha 6 ta kitob nashr etildi: 1 ta o‘zbek va 5 ta jahon adabiyoti. Barchasi asliyatdan tarjima qilingan.
1️⃣ Xulio Kortasar: Ishg‘ol qilingan uy (#)
2️⃣ Andrey Platonov: Jon (#)
3️⃣ Andrey Platonov: Xandaq (#)
4️⃣ Jianna Molinari: Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin (#)
5️⃣ Temirpo‘lat Tillayev: O‘lim o‘pqoni (#)
6️⃣ Anton Chexov: Kuchuk yetaklagan xonim (#)
Narxi: 300 000 so‘m
Chegirmada: 255 000 so‘m (15-martgacha)
Xarid: t.me/akademsavdo | +998994331677
📚 @akademnashr
🔖 Suvni filtrlash
📘 Eng qiziq tajribalar
📖 Fragment va mundarija
Muqova: yumshoq
Hajmi: 80 bet, rangli
Narxi: 22 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
#yangi_video
🎬 Aziz Nesin hikoyalar toʻplami mualliflik huquqini olish bilan bogʻliq jarayonlar, noshir va tarjimon fikrlari
👉 https://youtu.be/BCAsTGQpvUw?si=Xj9kYxZRghg5IzsF
📚 @akademnashr
Qalbingni bir bora taqdirladingmi?
Umringni xatodan tahrirladingmi?
Shaytonlarga zanjir solganda Alloh,
Ey banda, nafsingni zanjirladingmi?
📘 Suhrob Ziyo “Daryo”
🔖 Yerni muz qoplaganda...
📘 Atrofimizdagi olam
📖 Fragment va mundarija
Muqova: yumshoq
Hajmi: 96 bet, rangli
Narxi: 22 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
🎁 Kitob to‘plamlari uchun davom etayotgan chegirmalarni eslatib o‘tamiz:
1. "Jajji akademik kutubxonasi" to'plami uchun 22 foizli chegirma (10 kitob).
Narxi: 230 000 so‘m 180 000 so‘m
2. "Izlam" to‘plami uchun 20 foizli chegirma (15 kitob).
Narxi: 457 000 so‘m 370 000 so‘m
3. Dinara Muminovaning hikoya-komikslari — 16 foizli chegirma (4 kitob).
Narxi: 88 000 so‘m 75 000 so‘m
4. "Safar qissalari" to‘plami uchun 14 foizli chegirma (5 kitob).
Narxi: 175 000 so‘m 150 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
📞 +998994331677
Tinib-tinchimas ixtirochilar insoniyatning turmush tarzini yaxshilash maqsadida inson aqlini shoshirib qo‘yadigan texnikalar kashf etishdi va bu ishda bardavomdirlar.
Kashfiyotlarining ko‘pi bilan o‘quvchilarimiz ham shaxsan tanish. Masalan, chiroq, telefon, soat, muzlatkich, kompyuter, dazmol, changyutkich, mashina va boshqalar.
Bugun ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Lekin yaqin o‘tmishda buvi va buvalarimizda hozirgi texno ne’matlar bo‘lmagan. Ishonish qiyin, lekin bu fakt!
Kitobda o‘ttizdan oshiq texnikaning qachon va qanday qilib ixtiro qilinganini bilib olasiz. Ishonamizki, mutolaa davomida “Texnoolam”dagi har bir ixtiro sizda katta qiziqish va hayrat uyg‘otadi.
📖 Fragment va mundarija
Narxi: 22 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
📚 @akademnashr
Astronomiya haqida bolalar uchun kitob (#)
Telegram | Instagram | Facebook
Farzandingizga hech qachon “Pulim yo‘q” demang!
📘 Men, bolam va pul
👉 Fragment va mundarija
Muallif: Adhamjon Ahmedov
Muqova: yumshoq
Hajmi: 176 bet
Narxi: 25 000 soʻm
Xarid: t.me/akademsavdo
#taqdimot
Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Mehmet Fuad Ko‘pruluning “Turk adabiyotida ilk mutasavviflar” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
📘 Turk adabiyotida ilk mutasavviflar
📖 Fragment va mundarija
Tarjimon: Shermurod Subhon
Muqova: qattiq, 496 bet
O'lchami: 84х108 1/32
Narxi: 100 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo