abrestuz | Неотсортированное

Telegram-канал abrestuz - ABREST Energy Engineering

352

Энергетика, энергетик объектларни қурилиши, реле ҳимоя воситалари ва уларни созлаш, ҳамда энергия самарадорлигини ошириш ҳақида фойдали маслаҳат, янгилик ва норматив ҳужжатлар. Канал гуруҳи - @ABREST_group Мулоқот учун - @energoaudit_muloqot_bot

Подписаться на канал

ABREST Energy Engineering

AQSh safarimizda yaxshi voqealar ham bo‘ldi. Shulardan biri O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Axmedovich ham Minnesota shtatiga safar uyushtirish vaqtiga to‘g‘ri keldik. Juda tig‘iz grafiklariga qaramasdan Minnesota shtati rahbariyati bilan bo‘ladigan uchrashuvga bizlarni ham taklif etdilar. Iqtisodiyot, ta'lim va ijtimoiy sohada O‘zbekiston bilan qilinadigan ishlari rejasida energetika yo‘nalishi borligi, unda bizlarning ham fikrlarimiz bilan qiziqishgani yaxshi bo‘ldi.

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

SABIT Clean Energy for Eurasia 2024 dasturi doirasida birinchi yo'nalishida rejalashtirilgan tashkilotlar bilan uchrashuvlar samarali o'tmoqda. Ularning bir qismi quyidagi ro'yxatda berilgan:
- AQSh Savdo vazirligi;
- Energiyani tartibga solish bo'yicha Federal komissiya (FERC);
- Barber shamol turbinalari;
- Fluence;
- Maryland toza energiya markazi (MCEC);
- Maryland energiya innovatsiya akseleratori (MEIA);
- Flour;
- Universal Renewables;
- Quyosh energiyasi sanoati assotsiatsiyasi (SEIA);
- AQSh energetika vazirligi;
- Georg Mason Universiteti (GMU);
- Minnesota qayta tiklanadigan energiya jamiyati (MRES);
- Qayta tiklanadigan energiya milliy laboratoriyasi (NREL) va boshqalar.

Ertaga esa quyidagi tashkilotlar bilan uchrashuvlar bo'lishi nazarda tutilgan:
- Janubiy Minnesota shahar energetika agentligi (SMMPA);
- Lemond Quyosh markazi;
- Xalqaro ochiq tizimlar (OSI);
- O'rta g'arbiy qayta tiklanadigan manbalarni kuzatish tizimlari (M-RETS);
- Xalqaro ochiq texnologiyalar tashkiloti (OATI).

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Ayni kunlarda AQSh tomonidan moliyalashtiralidigan SABIT (Speical American Business Industry Training Program) Amerika biznes sanoati bo'yicha maxsus o'qitish dasturi doirasida Toza energiya yo'nalishi bo'yicha AQShda bo'lib turibman.

Qisqcha aytganda, SABIT dasturi AQSh Savdo vazirligining biznes yetakchilari almashinuv dasturidir. Qo'shma Shtatlardagi ikki haftalik sohaga oid dasturlar orqali AQSh xususiy sektori, professional uyushmalari, ta'lim muassasalari va AQSh federal, shtat va mahalliy hukumat idoralari Yevroosiyo, Janubiy Osiyo va Yevropa biznes rahbarlari/mutahassislariga AQShning ilg'or tajribalarini o'rgatishdan iboratdir.

Toza energiya 2024 dasturi shartli ravishda quyidagi yo'nalishlarga bo'lingan:
1. DC shtati Washingtonda dastur bo'yicha yetakchi tashkilotlar bilan uchrashuvlar;
2. MN shtati Minneapolisda Clean Power 2024 ko'rgazma & konferensiyasida ishtirok etish
3. Sayohat va ko'ngil ochar dasturlar.

Mazkur kanalda bu yo'naishlar bo'yicha qisqacha ma'lumotlar berib boraman.

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Сиз азизларни кириб келган янги 2024 йил билан самимий табриклаймиз!

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Байрам муборак азиз ҳамкасблар!

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Жорий йилнинг 25 сентябрь санасида БААнинг Дубай шаҳрида қуёш энергетикаси масалаларига бағишланган саммит бўлиб ўтди.

Мазкур саммитда кичик қуёш энергетикаси, энергия сақлаш тизимлари ва тижорий ҳамда саноат қуёш электр станциялари ривожи каби саволлар Ўрта шарқ давлатлари мисолида муҳокама қилинди. Бу йўналишларнинг истиқболлари ва муаммоларига алоҳида яхши кейслар бўлди. Мазкур тадбирнинг ҳурматли иштирокчилари орасида Abrest International мутаҳассислари иштироки бу соҳанинг халқаро даражада ўрганишга яхши ёрдам берди.

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Бугун "Ўзбекистонда С&I қуёш секторини ривожлантириш" мавзусида онлайн давра сухбатида спикер сифатида иштирок этдим.

Давра сухбатида тижорат ва саноат (С&I) объектларида мувафаққиятли тажрибалар, қуёш панеллари ва инверторларини ишлаб чиқарувчилар билан ҳамкорлик, мавжуд қийинчиликларини енгиб ўтишда ечимлар, Ўзбекистонда тариф тизими ҳамда ҳукуматнинг ташаббуси ва сиёсати каби мавзуларда масалаларни муҳокама қилдик.

Жумладан, Вазирлар маҳкамасининг 610-сонли қарори билан тасдиқланган "Электр энергияси, шу жумладан, энергиянинг қайта тикланадиган манбаларидан электр энергияси ишлаб чиқарадиган тадбиркорлик субектларини ягона электроэнергетика тизимига улаш регламенти"да кўрсатилган тартиб ҳақида гапириб бердим. Шу ўринда мазкур регламентда лойиҳанинг биринчи қадами сифатида бажарилиши керак бўлган ишлаб чиқарувчини тармоққа уланишни ўрганиш ва уланишда тармоққа таъсирини баҳолаш лойиҳасини бажариши кераклиги, шундан сўнгина тармоққа уланиш учун техник шарт олиниши кераклиги таъкидлаб ўтилди.

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Toshkent IEMda investitsiya loyihasi doirasida ikkita gaz turbina qurilmalari bunyod etilmoqda. Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi bosh pudratchiligi asosidagi mazkur loyihaning umumiy quvvati 64 MVtni tashkil etadi.

Bugungi kunda Yaponiyaning “Mitsubishi” kompaniyasidan qurilish maydonchasiga birinchi va ikkinchi gaz turbinalari yetkazib berildi.

Loyiha to‘liq ishga tushgach, yiliga 515 mln kVt•soat elektr energiyasi, 630 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Natijada, 219 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinib, 40 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Eʼtiborlisi, 2024 yilning birinchi choragida ishga tushishi rejalashtirilgan bu investitisiya loyihasi doirasida "ABREST Energy Engineering" MCHJ ham turkiyalik mutahassislarga subpudratchi sifatida ochiq taqsimlash qurilmasi OTQ-110 kVda elektr montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini olib bormoqda.
@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Muqaddas bayram - Qurbon Hayiti bilan qutlaymiz! Sizga salomatlik, omonlik va farovonlik tilaymiz. Ushbu ayyomingiz quvonchga va oilaviy halovatga to'la bo'lsin.

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

«Нимстанция»ми ёки «подстанция»?

«Подстанция»
сўзининг «под» русча олд қўшимчаси «…дан кейин» тарзида маъно таржима қилингани билан — асли лотин, кейин инглиз, бизга эса рус тилидан кириб келган «станция» сўзига мос келадиган муқобил йўқ.

✅ «Станция» —
бекат, турғун жой, тугун.

❗️«Станция» деганда энергетика соҳасида, электр энергетика тармоғида иссиқлик (ИЭС) ёки гидроэлектр (ГЭС) станцияларини тушунсак (қуёш ҳамда шамол электр станциялари ҳам мавжуд), ундан кейинги бўғинни — ИЭС ёки ГЭС «остидаги тугун» деб айтмоқчи бўламиз. «Подстанция» сўзининг маъно таржимаси «тугун ости» (тугуности) деб тушунилади. Аммо «нимстанция» сўзининг («ним» – форсча «ярми») таржимаси «яримстанция» маъносини беради.

Хулоса:
«Нимстанция» сўзини ўзлаштирма сўз (олинма сўз) туркуми шартларига биноан «подстанция» шаклида қабул қилганимиз маъқул.

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Siemens Ўзбекистонда иккита ИЭС қуради

Германиянинг Siemens компанияси билан ҳамкорликда Сурхондарё ва Навоий вилоятларида иссиқлик электр станциялари қуриш бўйича келишувга эришилди. Kun.uz мухбирининг Берлиндан хабар беришича, бу ҳақда 2 май куни Германия–Ўзбекистон бизнес форумида маълум қилинган.

👉 https://kun.uz/09402046

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

ABREST jamoasi 14-19 yanvar sanalarida Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tayotgan "Abu-Dabi Barqarorlik Haftaligiga" (ADSW) ajoyib tadbirga tashrif buyurdi.

Abu Dabi Barqarorlik haftaligi (ADSW) - bu dunyoning barqaror rivojlanishini tezlashtirish uchun global platforma hisoblanib, davlat rahbarlari va xalqaro biznes menejerlarini yashil kelajak sari hamkorlik qilish uchun bilim va innovatsiyalarni almashish uchun birlashtiradigan maydon hisoblanadi.

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Сиз азизларни кириб келаётган янги 2023 йил билан самимий табриклаймиз!

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Navoiy issiqlik elektr stansiyasidan 220 kVli “Besopan” o‘chirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmog‘ini 500 kVli gabaritda qurish” investitsiya loyihasi imzolandi

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

O‘zbekiston Iqtisodiy Forumi doirasida Rossiyaning “Желдоравтоматизация” AJ, “Sirdaryo IES” AJ, “Navoi IES” AJ hamda “Taxiatosh IES” AJ elektr nazorati asboblari himoyasi va avtomatlashtirish uchun uskunalarni va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ bilan esa turbina extiyot qismlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni imzoladi.

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Safarimiz doirasida 3 kun American Clean Power ko‘rgazma va konferensiyasida ham ishtirok etdik.
Umuman olganda ikki hil hissiyot bor:
1. O‘zimizda 3-4 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida juda katta ish qilingan. Boshqa davlatlar 10-15 yilda bosib o‘tgan ishlarni biz ancha qisqa muddatda o‘tishga harakat qilibmiz. Ya'ni wow effekti unchalik bo‘lmadi...
2. Rejalashtirilgan hamma loyihalar ishga tushganidan so‘ng energetikamiz va umuman energetik ob'yektlarga hizmat ko‘rsatish bozori qanday o‘zgaradi. Buning uchun mahalliy kompaniya sifatida va mahalliy partner sifatida nimalar qilishimiz mumkin, qaysilarini reja qilamiz va qanday qilamiz degan ko‘p savollar "miyani qizdirdi")) Bunda Amerika ishbilarmonlari mintalitetiga moslashish, ular bilan muzokaralar olib borishda nimalarga e'tubor qaratish kerakligi bo‘yicha yaxshi tajriba maydoni bo‘ldi...

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

SABIT Clean Energy for Eurasia 2024 dasturining bir qancha maqsadlari bor. Nazarimda quyidagi uchtasi asosiylari hisoblanadi:
Birinchi maqsad – toza energiya sanoat tendentsiyalari hamda AQShda ishlab chiqilgan va joriy etilgan innovatsion texnologiyalarni namoyish etish orqali dastur ishtirokchilari davlatlarida ham toza energiya sektorini rivojlantirishga yordam berish.
Ikkinchi maqsad – dastur ishtirokchi mutaxassislari va mahalliy biznes vakillari orasida biznes aloqalarini mustahkamlash, bu bilan esa AQSh kompaniyalariga ham Yevroosiyo davlatlaridagi toza energiya loyihalarida bevosita ishtirok etish uchun noyob imkoniyatni taqdim etish.
Uchinchi maqsad – ishtirokchilar orasida yaxshi networking shakllantirish va mushtarak muammolariga o'zaro muhokamalarda yechimlar topishga platforma maydon tashkil etish.

Bu dasturda 500 dan ortiq arizachilar orasidan tanlab olingan 9 davlatdan kelgan 20 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Jumladan O'zbekistondan ham 3 nafarmiz.

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Axborot 24 | Namangan viloyatida Prezidentimiz ishtirokida qurilishiga start berilgan energetika sohasidagi yangi loyihalar
#25mar #uzbekiston24

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

“Yashil” energiya sohasidagi yirik qo‘shma loyihalarning ishga tushirilishi – energetikada boshlangan katta islohotlarning yana bir yaqqol amaliy natijasidir.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizning oltita hududida jami o‘rnatilgan quvvati 2400 MW bo‘lgan 5 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish va tarmoqqa ulashga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.

ABREST Energy Engineering jamoasi mazkur 6 ta loyihaning 5 tasida bevosita ishtirok etmoqda. Shaxsan o‘zim shu 5 ta loyihaning 3 tasini tarmoqqa qo‘shilish jaroyinida texnik jihatdan ishtirok etishim ham g‘urur, ham ma'suliyat yuklaydi.

Bugun bo‘lib o‘tkan tantanali tadbirda o‘zim Zarafshon 500 MW shamol elektr stansiyasida joylashgan "Tomdi tumani" studayisan, hamda hamkasblarim esa Nishon 500 MW quyosh elektr stansiyasida joylashgan "Nishon studiyasi" va Qorovilbozor 500MW quyosh elektr stansiyasidan ishtirok etishi juda esda qolarli voqea bo‘ldi.

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

"Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрининг Чилонзор туманида ишга туширилган когенерация иншоотини кўздан кечирди" дея хабар бермоқда Энергетика вазирлиги расмий канали.

—————

Ўрнатилган қуввати 4.6 МВт бўлган мазкур когенерация мини иссиқлик маркази лойиҳасида ABREST Energy Engineering ташкилоти мутаҳассислари томонидан мазкур иншоотни тармоққа қувватни узатиш ва уланишини ўрганиш, ҳамда баҳолаш ишлари олиб борилди. Бу лойиҳа ҳужжати Вазирлар Маҳкамасининг 610 сонли қарорига билан тасдиқланган регламентга асосан тўлиқ амалга оширилди. Бунда тармоққа уланишни таъминлаш ва ягона электроэнергетика тизими учун салбий оқибатларсиз когенерация иссиқлик марказини ишлатиш учун зарур ҳисоб-китобларга асосланган ҳолда уланишнинг мақбул нуқтаси аниқланди ва ягона электроэнергетика тизимига уланиш учун техник шарт ҳужжати олинди.

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Ўзбекистон ягона электр энергетика тизимида яна бир катта қувватли қуёш фотоэлектр станцияси Самарқанд вилоятида ишга туширилиш арафасида. Самарқанд Туризм Маркази асосий куч подстанциясига уланувчи бу лойиҳа бош пудратчи ташкилоти Enter Engineering Pte Ltd. компанияси ҳисобланади.

Ўрнатилган қуввати 40 МВт бўлган мазкур "Чўлпон-ота ҚФЭС" лойиҳасида ABREST Energy Engineering ташкилоти ҳам субпудратчилар қаторида ўз ҳиссасини қўшиб келмоқда. Ташкилотимиз мутаҳассислари томонидан бугунги кунда мазкур ҚФЭСни биринчи фазасида тармоққа қўшишдан олдин бажариладиган сўнги созлаш-ишга тушириш ишлари олиб борилмоқда.

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Жорий йилнинг июль ойи сўнгида “Толимаржон ИЭС” АЖда Испаниянинг “Intecsa Ingeniera Industrial S.A.” ва Япониянинг “Mitsubishi Corporation” компаниялари концорциуми 1065 МВт қувватга эга навбатдаги буғ-газ қурилмаларини қуриш ишларини бошлади.

Лойиҳа тўлиқ қувватда ишга тушганида, корхона томонидан йилига қўшимча 8,5 млрд кВт•cоат электр энергияси ишлаб чиқарилади. Юқори тежамкор технологиялар ҳисобига 600 млн кубметр табиий газ тежалишига эришилади.

Эътиборлиси, 2025 йил сўнгига қадар ишга туширилиши режалаштирилган бу лойиҳа доирасида МЧЖ "ABREST Energy Engineering" ҳам Туркиянинг "Çalik Enerji" компаниясига субпудратчи сифатида иштирок этмоқда. Бизнинг биринчи фазадаги иштирокимиз қурилиш майдонининг ташқи электр таъминот тизмини тайёр ҳолда (ЕРС) амалга оширишдан иборат.

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Ўзбекистон ягона электр энергетика тизимида яна бир катта қувватли қуёш фотоэлектр станцияси Наманган вилоятида қурилиши бошланди.

Ўрнатилган қуввати 500 МВт бўлган мазкур ҚФЭС лойиҳасида ABREST Energy Engineering ташкилоти ҳам субпудратчилар қаторида ўз ҳиссасини қўшиб бормоқда. Ташкилотимиз мутаҳассислари томонидан аввало ҚФЭСни тармоққа қувватни узатиш ва уланишини ўрганиш, ҳамда баҳолаш ишлари олиб борилди. Бу лойиҳа ҳужжати Вазирлар Маҳкамасининг 610 сонли қарорига билан тасдиқланган регламентга асосан тўлиқ амалга оширилди. Бунда тармоққа уланишни таъминлаш ва ягона электроэнергетика тизими учун салбий оқибатларсиз ҚФЭСни ишлатиш учун зарур ҳисоб-китобларга асосланган ҳолда уланишнинг мақбул нуқтаси аниқланди ва ҚФЭСни ягона электроэнергетика тизимига уланиш учун АЖ "Ўзбекистон МЭТ" томонидан техник шартнома олинди.

Бугунги кунда шу техник шарт ва бош пудратчи томонидан берилган техник топшириққа асосан мутаҳассисларимиз томонидан кучайтирувчи подстанцияси лойиҳа ишлари амалга оширилмоқда.
@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Masdar (BAA) kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumani, Zarafshon shahriga yaqin hududda 500 MW quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida “Goldwind” kompaniyasining 111 ta turbinasining 4,7MW quvvatli birinchi turbinasi muvafaqqiyatli o‘rnatildi.

Mazkur elektr stansiyaning ilk quvvatlari joriy yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasidan biri bo‘lib hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, ABREST Energy Engineering kompaniyasi bu loyihada 220/35 kV podstansiya va elektr uzatish liniyasining elektrmontaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini bajaramoqda.

Zarafshon Wind 500 MW shamol elektr stansiyasi Masdar kompaniyasining ikkinchi katta loyihasi hisoblanadi. ABREST Energy Engineering Masdar kompaniyasining birinchi loyihasi hisoblangan Nur Navoiy Solar 100 MW quyosh elektr stansiyasida ham SEPCOIII kompaniyasiga subpudratchi sifatida ishtirok etgan edi.

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

#Eslatma

Energetika vazirligi: 2023-yil 18-20-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Ikkinchi xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tadi

Forum doirasida quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:

🔹“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi;
🔹“Energetika, energiyani tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2023” 16-xalqaro ko‘rgazmasi;
🔹“Yashil energetika texnologiyalari – GETCA 2023” ixtisoslashtirilgan bo‘limi;
🔹3-Xalqaro O‘zbekiston Energetika anjumani.

👉Batafsil

@Energetika

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

#mobil_ilova

✅ Soliq mobil ilovasiga “Quyoshli xonadon” xizmati qo‘shildi

🖊 Prezident qarori bilan umumiy quvvati 50 kVt gacha boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatgan jismoniy shaxslarga oʻz isteʼmolidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga Davlat budjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilandi.

📲 Subsidiya har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar fuqarolarga to‘lab beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

“Расмийлар узилишлар учун шунчаки узр сўраши ёки истеъмолчиларга бир-икки кун чиданглар дейиши хато” — энергетиклар

Энерготаъминотдаги узилишлар шу кеча-кундузда энг кўп муҳокама қилинаётган мавзулардан бири бўлиб турибди. Ижтимоий тармоқлар газ ва электр энергияси йўқлиги сабаб истеъмолчилар туман ва шаҳарлардаги таъминот корхоналарига бориб расмийлардан таъминот қачон тикланишини талаб қилишаётгани акс этган видеолар билан тўлиб-тошган. Бироқ республика даражасида бу масалага ҳозирча жўяли изоҳ берилгани йўқ.
https://kun.uz/52701125

📹👉 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ https://youtu.be/8PnNt0GlizM

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

Kongress markazining Grand Hall 3 zalida "O‘zbekistonda IPO yetakchilari: O‘zmetkombinat AJ va ATB Qishloq qurilish bank" mavzusida suxbat bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zmetkombinat AJ amalga oshirayotgan loyihalari va rejalariga omad tilab qolamiz.

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Xitoyning “TBЕA Co., Ltd.” kompaniyalari o‘rtasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Navoiy viloyatida yuqori kuchlanishli (500 kV) “Muruntov” podstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi bo‘yicha kelishuv imzolandi

@ABRESTuz

Читать полностью…

ABREST Energy Engineering

3-4 noyabr kunlari Samarqand shahrida "Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish" shiori ostida, "O‘zbekiston Iqtisodiy Forumi 2022" bo‘lib o‘tmoqda.

Forumning maqsadi barcha tashabbuslar zamirida O‘zbekistonning yosh, intiluvchan aholisining yanada yorug‘ va barqaror kelajagi yotganini ko‘rsatish, hamda xalq va biznes uchun makroiqtisodiy barqarorlikning ahamiyati, demografik o‘sish, inson kapitali va migratsiyadagi xavflardan imkoniyatlar sari qanday o‘tish masalalari muhokamasi uchun sharoit yaratish hisoblanadi.

Ayni damda forum doirasida "Energetika sektori: iqtisodiy o‘sish va xorijiy investitsiyalarning asosiy omili" mavzusida davra suxbati bo‘lib o‘tmoqda.

@ABRESTuz

Читать полностью…
Подписаться на канал