shevashunos | Неотсортированное

Telegram-канал shevashunos - SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

2323

Dr. Avazxon Umarov O'zbek shevalariga oid so'zlarni o'rganamiz. Turkiy til va adabiy meroslarimiz haqida fikr yuritamiz. Turkiya, Turk tili, tarjimalar borasida postlar qo'yamiz. @Avaz_Han https://www.instagram.com/avazxon_umar?igsh=MTZvZj

Подписаться на канал

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

TIKACH shv. Nonpar, chakich. Nonning yuziga chakich (xorazmcha “tikach”), qirg’og’iga pichoq bilan gul qilib tandirga yopiladi. I.Jabbporov, O‘zbek xalq etnografiyasi.O'TIL. V. 250.
Siz tomonda ushbu buyum nima deb ataladi?
✍️Viloyat, tumanni ham yozishni unutmang.
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Do’ppi
İzohli lug’atda “avra-astarli, koʻpincha qavima, pilta urilgan, tepa, kizak va jiyakdan tarkib topadigan guldor yoki gulsiz, toʻrtburchak, dumaloq shakldagi bosh kiyimi” deb berilgan. Kiyiladigan hududiga qarab Andijon do’ppi, Qo’qon do’ppi, Chust do’ppi, Marg’ilon do’ppi va nimadan tayyorlanganligiga qarab baxmal do’ppi, gilam do’ppi, zar do’ppi singari turlari ham bor. Kallapo’sh, qalpoq, tahya kabi nomlari ham bor. Do’ppi bilan bog’liq “Birovning do’ppisini birovga kiygizmoq, do’ppini almashtirgandek, do’ppini yerga qo’ymoq, do’ppini osmonga otmoq” kabi iboralarning tilimizga alalqachon o’rnashib bo’lganligi do’ppining o’zbek xalqi hayotida muhim ahamiyatga ega ekanidan dalolatdir. Siz tomonda do’ppi so’zi o’rnida nima ishaltiladi?! Do’ppining qanday turlarini bilasiz?! Buvi, buvangizdan do’ppi haqidagi ibora, maqollarni so’rab ko’ring.
✍️Viloyat, tumanni ham yozishni unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Qadrli do'stlar! Ramazon hayiti muborak bo'lsin! Sizlarga oilaviy huzur, eson-omonlik tilayman. Falastin va boshqa zulm ostidagi musulmonlarning ko'chalarida ham eng yaqin kunlarda chinakam bayram sevinchi boshlanishini yaratgandan so'rab qolamiz. Ularning yuzi kulmay turib, bizning bayramimiz to'kis bo'lmaydi! Barchangizga xayrli bayramlar bo'lsin... @shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Holvaytar
Lug’aviy ma’nosi “ho’l, nam holva” deganidir. Turli marosimlarda pishiriladi. Odatda yoshi kattalar pishirishadi. İzohli lug’atda shu gap keladi: Qoʻshnilardan bir xotin menga tutmayizdan halvoytar pishirishni oʻrgatdi. S. Ayniy, Esdaliklar.
Siz tomonda ushbu taom qanday nomlanadi? Qanday marosimlarda pishiriladi?!
✍️Viloyat, tumanni ham yozishni unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

#Ona_tilimiz_uchun

Sohalarga oid yangi atamalarni ko‘rib chiqing!

Xorijiy atamalarni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha jamoatchilik yuborgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan ko‘rib chiqildi.

Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari bo‘yicha boshqa fikr va mulohazalarni ham mamnuniyat bilan qabul qiladi va ko‘rib chiqadi.

⚠️Tilimizga befarq bo‘lmang!

Kanalga ulanish 👉  /channel/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Ramazon qo’shig’i

Ramazon aytib keldik eshigingizga
Qo'chqordek o'g'il bersin beshigingizga
O'choqda kul, karmonda pul
Olib chiqaqoling ming so'm pul...
👉 Siz qanday versiyalarini bilasiz?! İzohlarda qoldiring!

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Salla(pishiriq)

Shevalarda ishlatiladigan ushbu pishiriq lug’atda

ma’raka-marosimlarda tuxumga qorilgan xamirdan salla shaklida oʻrab, yogʻda pishiriladigan milliy pishiriq; oʻrama” deb berilgan. Siz tomonda qanday nomlanadi?!

✍️Viloyat, tumanni ham yozishni unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Azizlar, xayrli oqshom barchangizga!Sizlarning yordamingiz bilan @shevashunos kanalimiz 2000 obunachidan oshib ketdi. O’ziga shukr! Mehnat qilishda davom etamiz! Turkiy til, shevalar, turk tili va turk dunyosi haqida yana ham qiziqarli, ilmiy chiqishlar qilamiz.🎉🎊🎁

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Chalpak
Xamirni yupqa yoyib, yogʻda pishiriladigan yegulik. To’y-hasham, biror mehmondorchilik uchun pishiriladigani esa qatlama(qallama) deyiladi. Qatlama hozirgi turk tilida katmer deyiladi. Chalpak bo’lib qolmoq degan ibora ham bor. Siz tomonda chalpak qanday nomlanadi? Qatlama-chi?! Bilmasangiz yoshi ulug’lardan so’rab ko’ring.
✍️Viloyat, tumanni yozishni ham unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Turk tilidan sifatli bilim olishni istasangiz /channel/gulomjonsobirov va @hiloledu kanalini kuzatib boring!

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Ilm va ijod – har ishda najot...

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Chilopchin

Yuz-qo’l yuvilayotganda obdastadan tushgan suvni to’playdi. Doim obdasta bilan birga turadi. İkkalasi bir tanu bir jon😊 Men ham obdasta va chilopchinni ko’tarib olib, nahorgi oshlarda kattalarning qo’liga suv quyib, duolarini olganman. Siz tomonda chilopchinni boshqacha nomlari bormi?!
✍️Viloyat, tumanni ham aytishni unutmang!

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Obdasta bilan bog’liq yaxshi qoralama. Tavsiya qilaman.

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Pufak
Adabiy tilda pufak deyiladi. Yoshligimizda shar ham der edik. Buxoroda qovuq deyilar ekan. Siz tomonlarda qanday ataladi?
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Boburning lirik merosi “Qobul devoni” (1519)ga, 1528-29 yillarda “Hind devoni” ga jamlangan. To‘liq devon tuzgani haqida ma’lumot bor. She’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g’azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda she’rlar yozgan. She’rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta’limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she’riyati intellektual qalb izhori sifatida ardoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugaldir (Xurshid Davron Kutubxonasi)

* * *

Hijron aro yod etib meni shod ayla,
Mahjur ko‘ngulni g‘amdin ozod ayla,
Bu xatni aning uchun bitdim munda,
Ko‘rgan Soyi xatimni, meni yod ayla.
***
Qaddimni firoq mehnati yo qildi,
Ko‘nglum g‘amu anduh o‘tig‘a yoqildi.
Holimni sabog‘a aytib erdim, ey gul,
Bilmon, sanga sharh qilmadi yo qildi?!

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

🔸So‘nggi vaqtlarda yurtdoshlarimiz xalqaro grant dasturlarida e’tiborga molik yutuqlarga erishmoqda.

🔹Ana shunday xalqaro dasturlar bo‘yicha tajribaga ega yoshlar tomonidan yangi tashkil etilgan Edvice Club jamoasi sizga quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

- Servis-paketlar;

- Mentorlik kurslari;

- Individual til mashg‘ulotlari;

🔰 Edvice Club — xalqaro imkoniyatlardan to‘g‘ri va samarali foydalanishingizda ishonchli hamkoringiz bo‘ladi!

Telegram | Instagram

💭Xizmatlardan foydalanmasangiz ham yoshlarimizni qo'llab quvvatlaysiz degan umiddamiz.

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Telegramdagi turli xil bemaʼni va foydasiz kanal hamda kontentlar meʼdangizga tekkani aniq. Shu sabab bir qator sara sahifalarni yig'ib, sizlarga taqdim etishni joiz deb bildik.

Zero:
Ilm va ijod – har ishda najot...

P.S. Ko'k yozuv ustiga bosing va barchasiga birdan obuna bo'ling.

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Ro'za - fors-tojikcha kun so'zidan olingan. Ramazonda sahardan og'izochargacha yeb-ichmasdan qilingan ibodatga aytiladi. Turkcha va Ozarchada ro'za so'zi o'rniga oruç so'zi ishlatiladi. Qolgan qardosh xalqlarda, jumladan Qazoqchada - oraza, Qirg'izchada - orozo, Turkmanchada- agız beklemek, Tatarchada- uraza, Uyg'urchada- Ruza tutish kabi atamalar ishlatiladi. Eng qizig'i DLT asarida ro'za, oruç so'zlari uchramaydi. Uning o'rniga bir joyda "xristian ro'zasi" ma'nosini bildiruvchi baçak so'zi keltirilgan. Aynan ro'za so'zi Navoiy asarlaridan boshlab ko'rila boshlaganligini turli lug’atlardan qidirib topish mumkin. Ro’za so’zining qoraxoniylar, somoniylar davri manbalarida qanday atalganiga qiziqib ko'rish kerak. Siz tomonlarda ro'zaning boshqacha nomi bormi?
✍️Viloyat, tumanni aytishni ham unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Telegramdagi turli xil bemaʼni va foydasiz kanal hamda kontentlar meʼdangizga tekkani aniq. Shu sabab bir qator sara sahifalarni yig'ib, sizlarga taqdim etishni joiz deb bildik.

Zero:
Yaxshi kanal – ruh va jon ozig‘i...

P.S. Ko'k yozuv ustiga bosing va barchasiga birdan obuna bo'ling.

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Xorijiy atamalarning o’zbekcha muqobili haqida o’z fikringizni bildiring. Ushbu word dokumentiga kirsangiz, gap nima haqida ekanini tushunasiz. Tilimizga befarq bo’lmang!

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Chalob

Chalob - suzmaga (boshqa nomi chakki) suv aralashtirib tayyorlanadigan ichimlik. Yozning jazirama issig’ida yaxshi ketadi. Siz tomonda qanday nomlanadi?!
✍️Viloyat, tumanni ham yozishni unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Barchangizga ramazon muborak bo’lsin. İslom dunyosida, Turk dunyosida va butın dunyoda huzur, tinchlik va barakat ustun bo’lsin.

@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Turk tilini /channel/ulugberdi_hoca dan o’rganing! Tavsiya qilaman!

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Supra
Arabchadan olingan ushbu so’z aslida “safar ozuqasi(ovqati), dasturxon degan ma’noni bildiruvchi sufra so’zidan kelib chiqqan. Hozirgi o’zbekchada xamir yoyish, non yasash uchun mo’ljallangan dasturxonsimon ro’zg’or buyumi sifatida ishlatiladi. Siz tomonda “supra” o’rnida yana qanday so’zlar qo’llaniladi. Maqol, matal, iboralar bo’lsa ham biz bilan bo’lishing. Bilmasangiz, momongiz, enangiz, chechangiz, achangiz, oyingiz, abangizdan so’rab ko’ring😊
✍️Viloyat, tumanni yozishni ham unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Nisholda

Nisholda, odatda Ramazonda tayyorlanadigan tuxumning oqini yetmak(bex) bilan koʻpirtirib, shakar qiyomi qoʻshib tayyorlanadigan koʻpiksimon quyuq oq shirinlikdir. Ushbu shirinlikning xalq ogʻzida nisholla, nishollo shakllari ham bor. Hozirga turkchada köpük helvasi (ko'pik holva) deyiladi. Ko'proq Kutahya, Konya tomonlarda tayyorlanadi. Ramazonga ham oz qoldi🎉Siz tomonda qanday nomlanadi?!
✍️Viloyat, tumanni yozishni unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Ko’rmana

Lıg’atda “kelinni yoki yangi tugʻilgan bolani birinchi marta koʻrishda yaqin kishilar, qarindosh-urugʻlar tomonidan beriladigan sovgʻa” deb berilgan. Siz tomonda lug’atda tariflangan shu marosim qanday nomlanadi? Ko’rmananing boshqacha shakllari bormi?!
✍️ Viloyat, tumanni yozishni ham unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

​​#bu_nima
#javob

OBDASTA (fors. — suv va dasta), OFTOBAroʻzgʻor buyumi; yuz-qoʻlni yuvishda ishlatiladigan idish. Obdasta boʻgʻzi uzun va tor, quyi qismi (qorni) keng, baʼzan tubida chambaragi boʻladi (Qoʻqon va Toshkent obdastalari), qopqoqli, uzun va ingichka joʻmrakli, dastali. Qadimdan mis va sopoldan ishlangan, keyinchalik choʻyandan tayyorlana boshlangan, hozirda, shuningdek, zavodlarda alyuminiydan va plastmassadan quyib tayyorlanadi.
Miskarlar shakliga koʻra, turli xil obdasta (oʻrdak obdasta, tovus obdasta, tuyaboʻyin obdasta va boshqalar) tayyorlaganlar, kandakor ustalar ularni kandakori usulida turli xil nafis naqshlar bilan, baʼzan koʻzlar qadab ajoyib badiiy buyumlar yaratadilar. Andijon, Namanganda
oftoba, Qashqadaryoda ibriq deb ataladi.

“XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Zarafshon vohasi qishloq aholisining hunarmandchiligi” kitobida oftoba haqida shunday deyiladi: Misdan yasalib, yuvinish uchun foydalaniladigan idish. Oftoba kap, bog’ak, qorin, dasta, lavaki, sanula, jo’mrak, aspak, panja, qubba, ko’krak, va bo’yin qismlaridan iborat. Oftobalar har xil bo’ladi: piltali, qirrali, dumaloq, rahi hashroq, bodomcha, ja’fari. Oftobani Xorazmda “qum’on” deb talaffuz etiladi. Biroq Xorazm oftobasining tutqasi bo’lmaydi. Farg’ona vodiysida optova, Samarqand, Kattaqo’rg’onda ham optova deb yuritilgan.
Oftoba so’zi sheva hamda lahjasiga ko’ra, turli xil hududda turlicha talaffuz qilinadi: oftoba, obtoba, optova, aptava, attaba, attava, attuva…

Do‘stlaringizni ham taklif qilishni unutmang.
/channel/farqi_bormi

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Obdasta

Ob (suv)+dast(qo’l) + a qo’shimchasi = “yuz-qo’l yuvishda ishlatiladigan suvdon” ma’nosini anglatadi. Shaklli, uzun va ingichka jo’mraklilari ham bor. Qishloqda faol ishlatiladi. Hozirgi turkchada ibrik deb ataladi. Siz tomonda aynan yuz-qo’l yuvish va tahorat olish uchun ishlatiladigan bu buyum qanday ataladi?! Bilmasangiz buvingiz, buvangiz, otangiz, achangiz, enangiz, momongiz, opoqingiz, dodangiz va kattangizdan so’rang😊

✍️Viloyat, tumanni yozishni ham unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

#Sizdan kelganlar

Ассалому алайкум. Тошкентлик устага хизмат ҳаққини пластик картасига ташлаб беришини сӯраганига бухорочасига " кӯчирдим " десам тушунмапти. Картадан картага пул кӯчириладида деб тушунтиришга тӯғри келди. Қизиқ бошқа вилоят шеваларида бу ҳолатда нима дейишар экан??
Bunga sizlar nima deysizlar?! Fikr almashaylik!

✍️Viloyat, tumanni aytishni ham unutmang!
@shevashunos

Читать полностью…

SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar

Xamirturush
Xamirturush xamirni oshirish uchun ishlatiladi. Achitqi, tomizg’i kabi nomlari bor. Hozirgi zamonaviy turkchada “maya”, qozoqchada ashıtqı, qirg’izchada achıtqı, tatarchada achıtqıch deyiladi. Sizning buvingiz, onangiz xamirturıshni qanday ataydi? Biz bilan bo’lishing, qadrli obunachim!🎉
✍️Viloyat, tumanni yozishni ham unutmang!

@shevashunos

Читать полностью…
Подписаться на канал