47082
|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz
#Natija
#Qarshi_shahar
Qarshi shahridagi 34-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Murodova Iroda Poyonovna navbatdan tashqari malaka toifa attestatsiyasiga kirib 88 ballni qo'lga kiritdi.
“Ustozimiz hozirga qadar Oliy toifaga ega bo'lib, 70 % ustamani olib kelmoqdalar!”
Kitoblik o‘qituvchilarni toifa attestatsiya testidan natijalari
1. 96-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining Rus tili fani o‘qituvchisi Jalilova Barno Xakberdiyevna 86 ball
2. 89-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining Tarix fani o‘qituvchisi Niyozov Nosir Niyozmaxmatovich 88 ball
3. 55-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining Davlat va huquq asoslari fani Roziqov Hasan No‘mon o‘g‘li 86 ball
4. 94-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining O‘zbek tili (davlat tili) fani o‘qituvchisi Isroilova Nozima Erkin qizi 90 ball
5. 4-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nurillayeva Gulnoz Shukrullayevna 94 ball
6. 7-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Bozorova Nigora Fayzullo qizi 88 ball
7. 97-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Shukurova Dilrabo Ziyadullayevna 86 ball oldilar.
Ustozlarimiz tegishli toifa bilan birga 70 foizlik ustama, "Yil o'qituvchisi" tanloviga yo'llanma, Vazir ustamasiga nomzodlikni qo'lga kiritdi.
/channel/qashqadaryo_MMTB
‼️ OGOH BO‘LING! ‼️
🔰HURMATLI XORIJIY TIL O‘QITUVCHILARI!
➡️ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qarorining 9-bandida 2025-2026-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.
➡️ Endilikda, 2025-2026-o‘quv yiliga qadar sertifikat talabiga javob bermagan pedagoglar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi ma’lum qilingan.
‼️
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari pedagog xodimlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarini haqiqiyligini tekshirb qabul qilishga shaxsan javobgar ekanligini eslatib o‘tamiz.Читать полностью…
YUNESKO sessiyasida dezinformatsiya xavfiga alohida e’tibor qaratildi
Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasida YUNESKOning mediasavodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha global strategiyasini ishlab chiqishni taklif etdi.
Shuningdek, yosh avlodning eng yaxshi ijodiy ishlari, multimedia g‘oyalarini o‘zaro almashish uchun Bolalar madaniy kontenti xalqaro festivalini o‘tkazish tashabbusi qayd etildi.
Virtual makonda noxolis axborotlarni tarqatish, jamoatchilik fikrini chalg‘itish, diskriminatsiyaga qarshi birgalikda samarali choralar ko‘rish jiddiy zaruratga aylanmoqda, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Bizni kuzating
Raqamli asr va ta’lim: “AI–School” tashabbusi
YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasida raqamli texnologiyalar va ta’lim sohasidagi islohotlar muhim mavzulardan biri bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellektni ta’lim tizimiga joriy etish orqali gumanizm va texnologiya uyg‘unligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Bu yo‘nalishda “AI–School” tashabbusi hamda YUNESKO huzurida Inklyuziv ta’lim platformasini yaratish taklifi ilgari surildi.
“Jismoniy va ijtimoiy xususiyatlaridan qat’i nazar, har bir bolaga ta’lim olishi uchun teng imkoniyatlarni yaratib berish juda muhimdir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.
Bizni kuzating
#Malaka_toifa_sinovlari
Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 124-umumiy o‘rta ta'lim maktabning Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Dilfuza Shodiyorova malaka toifa sinovida qatnashib 98 ball natijaga erishdi.
/channel/qashqadaryo_MMTB
Qashqadaryoda xorijiy davlatlardan jalb qilingan mutaxassislar tomonidan BEPUL 3 oylik o‘quv kurslariga start berildi
Qashqadaryo viloyatida milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari uchun xorijiy davlatlardan jalb qilingan mutaxassislar tomonidan BEPUL 3 oylik o‘quv kurslariga start berildi.
O‘quv kurs mashg‘ulotlari Qarshi, Shahrisabz shaharlari hamda Koson, Nishon, Shahrisabz, Kitob tumanlarida tashkil etilishi belgilab olindi.
Mazkur 3 oylik o‘quv kurs davomida tajribali xorijiy mutaxassislar tomonidan xorijiy til o‘qituvchilari uchun zamonaviy o‘qitish metodikasi, interaktiv dars uslublari hamda imtihon topshirish strategiyalari bo‘yicha ma’lumotlar beriladi, o‘qituvchilarning sertifikat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlariga yordam berish ko‘zda tutilgan.
#Tanlov
🔴 "Sen iste'dodlisan" tanlovi - imkoniyatlar chegarasini kengaytirayotgan ezgu tashabbus
✅ Joriy yilning 28-oktabr kuni Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tomonidan 4-maktabda “Men ham shu Vatanning bir boʻlagiman” shiori ostida “Sen iste’dodlisan” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📚Tanlovda shahardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 23 nafar inklyuziv ta’lim sinflari va uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan 3-10-sinf o‘quvchilari tasviriy sanʼat yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etishdi.
Reportaj
Shahrisabz shahridagi Pedagogik mahorat markazida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini amaliyotga qo‘llash usullari bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.
😊👍#28oct
|📱INSTAGRAM |📱 FACEBOOK
|🔵TELEGRAM |📱QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|🔵RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|🔵RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
|🔹 TV ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
"Sen isteʼdodlisan” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi.
Dehqonobod tumanida yoshlarning isteʼdodini kashf etish, ularni ijodga yoʻnaltirish maqsadida oʻtkazilgan “Sen isteʼdodlisan” tanlovining tuman bosqichi katta shukuh bilan boʻlib oʻtdi.
Tadbirda umumtaʼlim maktablarining iqtidorli oʻquvchilari, jumladan, inklyuziv sinf vakillari hamda uy sharoitida taʼlim olayotgan yoshlar tasviriy sanʼat yoʻnalishida oʻz mahoratlarini namoyish etdilar.
Sahna va koʻrgazma maydonida yoshlik joʻshqini, ilhom va quvonch uygʻunlashgan onlar guvohi boʻlindi. Tanlovda maktab bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan 1 nafar oʻquvchi oʻz iqtidorini namoyish etib, tomoshabinlar va hakamlar hayʼatining eʼtirofiga sazovor boʻldi.
Natijalar eʼlon qilingach, tasviriy sanʼat yoʻnalishida 85-maktabning 4-sinf oʻquvchisi Yoʻldosheva Oʻlmasoy faxrli birinchi oʻrinni egallab, viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Tanlov nafaqat raqobat, balki doʻstlik, ishonch va ilhom manbaiga aylandi.
/channel/DEH_MVMTB
"Ko'hna zaminimiz" rasmlar ko'rik-tanlovi tashkil etildi
27- oktabr - "Qarshi shahar kuni" munosabati bilan Qarshi shahridagi 31-maktabda "Ko'hna zaminimiz" rasmlar ko'rik-tanlovi va ijodiy ishlar ko'rgazmasi tashkil etildi.
«Sen iste’dodlisan»
Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar jarayonida imkoniyati cheklangan bolalarning ham to‘laqonli ta’lim-tarbiya olish huquqlarini ta’minlash, ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun qulay sharoitlar yaratishda tizimli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich joriy etilayotgani har bir farzandning individual salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu borada “Sen iste’dodlisan” nomli ko‘rik-tanlovning tashkil etilishi esa ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. Tanlov imkoniyati cheklangan bolalarning iqtidorini kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga zamin yaratish yo‘lida muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.
📘 “Kelajak soatlari” — O‘zbekiston va jahon !
Kitob tumanidagi ta'lim muassasalarida doimiy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kelajak soatlari” darslari yoshlarning tafakkurini kengaytirish, ularni zamonaviy bilim, innovatsiya va yutuqlar sari yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi dars mashg‘ulotlari Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M. Joniyev ishtirokida tumandagi 96-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etildi. Dars davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, O‘zbekistonning global miqyosdagi o‘rni, xalqaro hamkorlik, innovatsiyalar va ta’lim sohasidagi islohotlarga oid fikr-mulohazalari tinglandi.
🇺🇿 Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari — uchinchi Renessans poydevorini barpo etuvchi asosiy omili bo‘lib, bugungi bilimli, izlanuvchan va fidoyi yoshlar ushbu taraqqiyot yo‘lida hal qiluvchi kuch sifatida shakllanayotgani ta'kidlab o'tildi.
🌐 Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati
👇👇👇
🔗 t.me/kitobmmtb_axborot
"Kelajak soati" darslari-bilim va tarbiya manbai.
🔰Bugun, 27-oktyabr kunii Qarshi tumanidagi 23-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-sinfida " Kelajak soati” darslari rejadagi 9-dars, “O‘zbekiston va jahon" mavzusida tashkil etildi.
🔰Mazkur dars tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i A. Eshonqulov tomonidan o'tildi.
🔰 "Kelajak soati" darsida foydalanish uchun berilgan tavsiyalar va videoroliklar namoyish etilib, mavzu bo'yicha O'zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o'rni chuqur yoritib berildi.
/channel/qashqadaryo_MMTB
#TABRIK
Hurmatli ichki ishlar tizimi xodimlari!
Sizlarni 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
🇺🇿Mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini himoya qilish yo‘lida ko‘rsatayotgan fidokorona mehnatingiz, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida hamkorlikda olib borayotgan samarali ishlaringizda muvoffaqiyatlar tilaymiz!
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Ular huzurida ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi.
—
По итогам переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Финляндской Республики Александр Стубб подписали Совместное заявление. В их присутствии принят ряд двусторонних документов.
#Mirziyoyev #tashrif #Finlyandiya #hujjatlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇸🇱Xalqaro_hamkorlik 🇰🇷
🔹Janubiy Koreyaning “Englishunt Inc.” kompaniyasi bosh direktori Chungrim Han bilan istiqbolli loyihalar yuzasidan ikki tomonlama muloqot o’tkazildi.
➡️ Uchrashuv davomida
🔹Englishunt ingliz tilini o’rganish platformasini ta’lim tashkilotlarimizga keng joriy qilish
🔹xorijiy kompaniya tomonidan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish (innovatsion bog’cha barpo qilish)
🔹davlat va nodavlat bog’chalarimizda ingliz tilini o’qitishni uslub jihatdan jadallashtirish
🔹maktablarimizda aralash shaklda o’quv kurslari (Teacher Training by Blended Learning) tashkil etish
kabi masalalar muhokama qilindi.
#YUNESKO #tashabbuslar
Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida nutq so‘zladi.
Davlatimiz rahbari nutqida ta’lim sohasiga oid muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Prezidentimiz ma’lum qilganidek, respublikamizda YUNЕSKOning 8 ta kafedrasi, 24 ta hamkor maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Toshkent va Farg‘ona YUNЕSKOning ta’lim shaharlari Global tarmog‘idan joy oldi. Shuningdek, yuzlab madaniy meros obyektlari ilg‘or texnologiya va xalqaro standartlar asosida restavratsiya qilindi.
“Samarqanddagi Bosh konferensiya doirasida yurtimizda qator qo‘shimcha tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, ko‘hna Buxoroda ilk marta zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tmoqda, poytaxtimizda YUNЕSKO shafeligida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi ochiladi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNЕSKO – O‘zbekiston xalqaro mukofotining sovrindorlarini taqdirlaymiz, muzeylar faoliyatida sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman tashkil etilmoqda, oliy ta’lim sohasidagi kvalifikatsiyalarni tan olishga oid Global konvensiyaga ham qo‘shilamiz”, dedi Prezidentimiz.
Prezident Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqandda o‘tkazilishiga izoh berdi:
➖ Anjumanimiz insoniyatning tarix solnomasiga gumanistik g‘oyalar, nodir bilimlar, sivilizatsiyalararo muloqot markazi sifatida kirgan Samarqand shahrida o‘tkazilayotganida chuqur ramziy ma’no bor.
Bu qadimiy kent azaldan bashariyatning buyuk kashfiyotlari beshigi, ilm-fan, adabiyot va madaniyat gullab-yashnagan maskan bo‘lgan.
Birgina misol. Ulug‘ hukmdor va alloma Mirzo Ulug‘bek barpo etgan rasadxona gumbazlari ostida noyob yulduzlar jadvali yaratilgan. Bu jadval keyinchalik Kopernik va Kepler kabi mashhur olimlarning ilmiy kashfiyotlari ochilishiga xizmat qilgani tarixdan yaxshi ma’lum.
Uch ming yillik shonli o‘tmishga ega, Buyuk ipak yo‘lining durdonasi bo‘lgan, millat va elatlarning tinchlik va do‘stlik makoni – muazzam Samarqandga xush kelibsizlar!
Bizni kuzating
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на церемонии открытия 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the opening ceremony of the 43rd session of the UNESCO General Conference
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
6-sinf o‘quvchisi IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktabning 6-sinf o'quvchisi Saidxon Berdiyev IELTS dan 5.5 darajani qo'lga kiritdi.
/channel/qashqadaryo_MMTB
#natija
Qashqadaryolik pedagogdan yuqori natija
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 23-umumiy o'rta ta'lim maktabi oliy toifali, Ona-tili va Adabiyot fani o'qituvchisi Hayitova Roziya Shermatovna malaka test sinovlariga qatnashib, 98 ballni qo'lga kiritdi.
Bilimdon o'qituvchimiz va maktab jamoasini ushbu yuqori natija bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida omad tilaymiz!
/channel/qashqadaryo_MMTB
"Reportaj" Nishon tumanidagi ta'lim maskanlarida kuz-qish mavsumiga ko'rilayotgan choralar xususida so'z bordi
😊👍#25oct
|📱INSTAGRAM |📱 FACEBOOK
|🔵TELEGRAM |📱QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|🔵RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|🔵RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
|🔹 TV ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
QASHQADARYO AXBOROTI | Viloyat Pedagogik mahorat markazi vakillari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi
😊👍#28oct
|📱INSTAGRAM |📱 FACEBOOK
|🔵TELEGRAM |📱QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|🔵RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|🔵RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
|🔹 TV ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
#Agentlik_tizimidagi_maktablar
#Qashqadaryo_viloyati
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga iqtidorli o‘quvchilarni keng jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlariga start berildi.
🤩 Bugungi kunda mamlakatimizning har bir hududida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar faoliyat olib bormoqda.
✔️Bu dargohlar — zamonaviy sharoitlar, malakali o‘qituvchilar va iqtidorli o‘quvchilar jam bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgan maskanlardir.
❗️ Har yili minglab ota-onalar farzandlarini aynan shu maktablarda tahsil olishini istaydi. Chunki bu yerda ta’lim, tarbiya va innovatsiya uyg‘unlikda olib boriladi.
🌐 Siz ham maktab hayoti, o'quvchilar va o'qituvchilarning erishayotgan yutuqlari, dars jarayonlari, iqtidorli o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap loyihalari hamda ijodiy ishlanmalaridan boxabar bo‘lishni xohlaysizmi?
Unda maktablarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Agentlik tizimidagi maktablarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
1. Qarshi shahridagi Prezident maktabi
2. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3. Chiroqchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
4. Dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
5. Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
6. Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
7. Koson tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
8. Muborak tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
9. Nishon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
10. Qamashi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
11. Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
12. Qarshi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
13. Shahrisabz shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
14. Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
15. Yakkabog‘ tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
16. Ko'kdala tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
17. G'uzor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Qashqadaryolik oʼquvchilarning maqolasi xorij nashrlarida chop etildi
Qarshi shahridagi "Avitsenna" tibbiyot maktabining 9-B sinf oʼquvchisi Negmatova Nodirabegim Nurbekovnaning "Organik sintezda yashil kimyo tamoyillarining qo'llanilishi" mavzusida navbatdagi maqolasi AQShning NEW YORK shahrida oʼtkazilgan "INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM" nomli xalqaro ilmiy-online konferensiyada nashr etildi.
/channel/qashqadaryo_MMTB
🎨 "Sen iste'dodlisan!"— tanlovining Kitob tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Kitob tumanida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflari hamda uyda yakka tartibda ta'lim olayotgan o‘quvchilari o‘rtasida “Sen iste’dodlisan” respublika tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
🌟 Tanlovda ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar o‘zlarining betakror iste’dod va iqtidorlarini namoyon etishdi. Ular ijodiy chiqishlari, qo‘shiqlari va rasmlari orqali tomoshabinlarda katta taassurot qoldirishdi.
🏅 Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, ularning mehnati munosib e’tirof etildi.
👏 “Sen iste’dodlisan” — bu nafaqat tanlov, balki har bir o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiruvchi, imkoniyatlarini yuzaga chiqaruvchi ezgu tashabbusdir!
#Kelajak_soati_darslari.
🔰 27-oktyabr kuni Qarshi shahridagi 43-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-a sinfida “Kelajak soati” darsi rejadagi mavzu asosida oʻtildi.
Tuman IIB boshlig'i "Kelajak soati" darsida ishtirok etdi.
Bugun Qamashi tumani IIB boshlig'i podpolkovnik N.M.Rahimov tumandagi 91-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabning 11-sinfida "O'zbekiston va jahon" mavzusidagi “Kelajak soati” darsida ishtirok etdi.
▫️▫️▫️▫️▫️
✔️ “Mening maktabim” doirasida “Eng qiziqarli loyiha” tanlovi o‘tkaziladi
Xabaringiz bor, joriy yilning 22-oktabridan boshlab 2025/2026-o‘quv yili doirasida “Mening maktabim” loyihasining 1-bosqichi boshlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan faol o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng qiziqarli loyiha” tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov ikki yo‘nalishda tashkil etiladi:
🟣 10 ta “Eng qiziqarli loyiha”;
🟣 Ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan 10 ta “Eng yaxshi videorolik”.
📱 Bunda, istalgan 5–11-sinf o‘quvchisi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga #meningmaktabim heshtegi ostida videorolik joylashtirishi va unga ilova qoldirishi mumkin.
Videoroliklar orasidan eng ko‘p “like” to‘plagan materiallar saralanadi. Eng faol ishtirokchilar maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
➡️ Mazkur tanlov o‘quvchilar o‘rtasida “Mening maktabim” loyihasining ommalashuviga xizmat qiladi hamda ularning o‘zaro muloqot va ijodiy hamkorlik platformasiga aylanadi.
Faol bo‘ling, o‘z maktabingiz uchun tashabbus ko‘rsating, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
#mening_maktabim #open_budget
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х