qashqadaryo_mmtb | Unsorted

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

47082

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Subscribe to a channel

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

QASHQADARYO AXBOROTI | Kasbi tumanida "Metodik marofon" tadbiri o‘tkazildi.
😊👍#8nov

|
📱INSTAGRAM |📱 FACEBOOK
|
🔵TELEGRAM |📱QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔵RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|🔵RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
|
🔹 TV ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
|
🔹 FM 102.3 ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

❗️ Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini “treyder” deb tanishtiradigan shaxslardan ogoh bo‘ling

"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi"
da faol ishtirok eting.
———
❗️ Ижтимоий тармоқларда ўзини «трейдер» деб таништирадиган шахслардан огоҳ бўлинг


"Кибермаданиятни юксалтириш ойлиги"да фаол иштирок этинг.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha” o‘quv seminarlar tashkil etildi

Viloyatdagi 484 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan 615 nafar tibbiyot xodimlari uchun joriy yilning 16-18-oktabr kunlari hamda 1176 nafar oshxona xodimlari uchun 3-5 noyabr kunlari o‘quv seminarlar tashkil etildi.

Seminarlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining 2025-yil 3-oktabrdagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 13-oktabrdagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati tizimining samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan 1-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi viloyat boshqarmasi, Qarshi shahar o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Yo'l_harakati_intizomi_bolalikdan_boshlanadi"

🚸Bugun Qarshi shahridagi 16-DMTT “Kelajak soati” loyihasi doirasida YPX xodimlari va yosh targ'ibotchilar guruhi tomonidan o’quvchilar uchun yo’l harakati qoidalari bo’yicha qiziqarli o’quv mashg’ulotini o’tkazishdi.

✅Bunday mashg’ulotlar yosh avlodda to’g’ri yo’l harakati madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
➖➖➖
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Maktabgacha_taʼlim

“Sifatli ta’lim — kelajak poydevori” mavzusida o‘quv-seminar


Qarshi shahridagi 45-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Pedagogik mahorat markazi hamda Qarshi shahar MMTB hamkorligida
“Sifatli ta’lim — kelajak poydevori” mavzusida viloyat o‘quv-seminari tashkil etildi.

🗄O‘quv-seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan quyidagi mavzularda ma’ruzalar tinglandi:
“Ish hujjatlarining yuritilishi”;
“Ilk qadam” davlat dasturining DMTTlarda amalga oshirilishi;
“DMTTlarda sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish”.


➡️Tadbir davomida pedagoglar uchun amaliy tavsiyalar berildi, muhokamalar o‘tkazildi hamda ilg‘or tajribalar almashildi.

Qashqadaryo viloyati
Pedagogik mahorat markazi
Axborot xizmati


Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Xorijiy_mutaxassislar_fikri

✅ Bugun Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida xorijiy mutaxassislar ishtirokida ingliz tili fanidan attestatsiya topshiriqlari tahlil qilindi.


🔰 Unda testning spetsifikatsiyada belgilangan maqsadlarga muvofiqligi, validligi, murakkablik darajasi ko‘zdan kechirildi. Mazkur jarayonda ishtirok etgan ekspertlar o‘z xulosalari bilan bo‘lishishdi:

➖ Wayven Pienaar:


➖ Bugun mahalliy o‘qituvchilar uchun o‘tkazilgan ingliz tili attestatsiya imtihoni materillari bilan tanishdik. Testda maqsadga nomuvofiq bo‘lgan hech qanday jihat aniqlanmadi. Bu test topshiriqlari o‘qituvchining ingliz tili bo‘yicha bilimlarini hamda standart ingliz tili testlaridan tashqari tilni tushunish qobiliyatini aniq o‘lchab beradi, deb o‘ylayman.

➖ Stephen Wells:


➖ Bugun attestatsiya imtihoni naterillari bilan tanishish va o‘z fikr-mulohazalarim bo‘lishish uchun taklif qilindik. Malaka sinovi jarayonlaridagi topshiriqlar hamda bugun menga berilgan texnik tavsif va kontekstni ko‘rib chiqdim. Natijada, men uni valid, deb hisobladim. Namunaviy savollar ham berilgan tavsifga to‘liq mos keladi.

➖Alper Kaplan:

➖ Men 15 yillik tajribaga ega ta’lim maslahatchisiman. Ta’lim sohasida magistr va PhD darajasiga egaman va mutaxassisligim — ingliz tili. Bugun biz o‘qituvchilar uchun tayyorlangan testni ko‘rib, tahlil qilish uchun taklif qilindik. Testning texnik tavsifini va uning uchta turli versiyasini tekshirdik. Test to‘liq ravishda ishonchli va valid deb topildi.

Telegram
| Facebook | Instagram | Website

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Bu safargi “Kelajak soati” darslari xavfsiz hayot mavzusida bo‘ldi. Bog‘cha, maktab, OTM kesimida tashkil etilayotgan darslarga qiziqish, hamkorlik takliflari kengayib borayotgani quvonarli holat.

Masalan, birgina bog‘chalarning o‘zida bu safargi mavzularni tashkil etishda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga eng yaqin hamkor Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘ldi. YHXX jamoasi xodimlari respublikamizning barcha hudud, tumanlaridagi MTT’ga borib, dars o‘tib berdi.

Bolajonlarga ko‘chada harakatlanishda nimalarga e’tibor berish kerakligi, xavfsizlik qoidalari oddiy, sodda tilda, amaliy mashg‘ulot va qiziqarli kontentlar yordamida tushuntirildi. Hududlarda olingan videolarni jamlagan mana bu rolikni ko‘rib, jarayon qanday tashkil etilganini his etishingiz mumkin.

Farzandlarimiz xavfsizligi barchamiz uchun juda muhim masala. Bunda ota-onalar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, YHXX bilan hamkorlikda ishlashining samarasi katta. Albatta, bu mavzu bitta mashg‘ulot bilan cheklanmaydi. Noyabr oyi MTT’da xavfsizlik oyligi hisoblanadi. Mashg‘ulotlar davom etadi, oy davomida bolajonlarga ko‘chalarda harakatlanish, bunda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqidagi qoidalar tushuntiriladi.

Shu o‘rinda hamkor tashkilotlardan ham minnatdormiz. Kelgusi darslarimizda ham bu an’analar davom etadi. Umuman olganda Prezidentimiz tashabbusi bilan barcha bog‘cha, maktab, OTM’da tashkil etilayotgan mazkur darslar ta’lim hamda boshqa sohalar, ziyolilar, jamoatchilik o‘rtasida mustahkam ko‘prik vazifasini bajarmoqda.

“Kelajak soati”ni kuzatib boring. Loyihaning ijtimoiy tarmoq sahifalari:

Instagram | Telegram | najot2025">Youtube

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Сен_истеъдодлисан

“Sen iste’dodlisan” tanlovining ikkinchi — hududiy bosqichiga start berilmoqda

✅ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilk bora “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlovning tuman-shahar bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchilar hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


👆🏻Ushbu infografika orqali tanlovning hududiy bosqichi o‘tkaziladigan manzil va sanalar haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Barcha ishtirokchilarga hududiy bosqichda omad tilaymiz!

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovining tuman, shahar bosqichlariga start berildi.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalarni, zamonaviy g‘oyalar va innovatsion fikrlash bilan o‘z bilimlarini nomoyon qila oladigan bilimli va iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichiga viloyatimizning barcha hududlarida 2025-yil 4-noyabrdan start berildi.


Tadbirlarda o‘quvchi va talaba qizlar o‘z bilim va iqtidorlarini dasturlash, raqamli kontent yaratish, media dizayn, sun’iy intellekt va mobil ilovalar ishlab chiqish yo‘nalishlarida namoyish etishmoqda.

Tanlov jarayonida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilayotgan innavatsion g‘oyalar mamlakatimizda IT sohasining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar hakamlar tomonidan baholanib keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Kitob tumanidagi 60-maktabning Shut qishlog‘ida joylashgan filialida matematika, informatika, geografiya, tasviriy san’at, chizmachilik, fizika, kimyo, astronomiya, iqtisodiy bilim asoslari, musiqa madaniyati, o‘zbek va jahon tarixi, davlat huquqi asoslari, tarbiya, ingliz tili kabi fanlar umuman o‘qitilmayapti” – mazmunidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Kuhsor MFY Denovbola qishlog‘ida joylashgan 60-maktabning Shut qishlog‘idagi filiali 40 o‘rinli bo‘lib, tuman markazidan 95 km uzoqlikda joylashgan. Filialda 1-sinfda 7 nafar, 2-sinfda 8 nafar, 4-sinfda 5 nafar, 5-sinfda 2 nafar, 6-sinfda 6 nafar, 8-sinfda 5 nafar, 9-sinfda 6 nafar, 11-sinfda 3 nafar, jami 42 nafar o‘quvchilarga 3 nafar boshlang‘ich sinf, 1 nafar tojik tili, 1 nafar davlat tili, 1 nafar biologiya, 1 nafar texnologiya – 7 nafar o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

Holat bir necha hafta oldin viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan.
Hozirgi kunda tasviriy san’at va chizmachilik fanidan B.Raxmatov dars berib kelmoqda.
Shut qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Izzatullayev Xudoynazar Ne’mat o‘g‘li Tojikiston davlatidagi oliygohini matematika yo‘nalishini tamomlagan. Vakandagi 25 soat matematika hamda 5 soat informatika fanlarini o‘tishi uchun ishga olindi.
Bundan tashqari, Shut qishlog‘ida yashovchi Nabiyev Istamqul Kamolzoda Qarshi pedagogika va iqtisodiyot universitetining geografiya yo‘nalishi bo‘yicha 4-kurs talabasi. Unga vakantdagi 5 soat geografiya, 1 soat iqtisodiy bilim asoslari, 12 soat tarix hamda 3 soat davlat huquqi asoslaridarslari berildi.
Vakantdagi ingliz tili hamda kimyo fanlarini o‘qitish uchun Shaxrisabz tumani Ko‘l qishlog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan 64-sonli maktabning o‘qituvchilari Safarov Amrullo kimyo fanidan, Kamolov Mahmud ingliz tili fanidan ishga qabul qilindi.
Ustozlarimiz 2-chorakdan boshlab filialda dars mashg‘ulotlarini o‘tishni boshlaydilar.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Erta nikoh — jamiyat rivojiga to‘siq!

Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida erta turmush va erta nikohni oldini olish, shuningdek voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi, tuman Oila va xotin qizlar bo‘limi, tuman IIB Voyaga yetmaganlar bilan bilan ishlash guruhi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Chiroqchi tumani bo‘linmasi tomonidan erta nikohning salbiy oqibatlari, bolalarning jismoniy va psixologik rivojiga ta’siri haqida tushuntirishlar berildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar ongida sog‘lom hayot tarzi, to‘g‘ri qaror qabul qilish va oilaviy munosabatlarga puxta tayyorgarlik bilan kirishish tushunchasini shakllantirishdan iborat.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Jadidlar_izidan_2025
#Hududiy_bosqich

✅ “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tkaziladigan sanalar ma’lum bo‘ldi!


Ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 656 171 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirdi.

Maktab, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchilar hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


10-noyabr — Namangan viloyati, Namangan shahridagi 3-umumta’lim maktabida;
11-noyabr — Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida;
12-noyabr —Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi 25-umumta’lim maktabida;
13-noyabr —Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi 71-umumta’lim maktabida;
14-noyabr —Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabida;
17-noyabr —Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 43-umumta’lim maktabida;
18-noyabr —Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 23-umumta’lim maktabi hamda Xorazm viloyati Urganch shahridagi 22-umumta’lim maktabida;
19-noyabr —Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi 52-umumta’lim maktabida;
20-noyabr —Andijon viloyati, Andijon tumanidagi 1-umumta’lim maktabi hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 14-umumta’lim maktabida;
21-noyabr —Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 30-umumta’lim maktabida;
22-noyabr —Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi 8-umumta’lim maktabi hamda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 338-umumta’lim maktabida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.

✈️ Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.


🔴 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring.

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Kelajak soati” — bolajonlar bilan birgalikda xavfsiz kelajak sari!

🚸Bugun Dehqonobod tumanidagi 1-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

⏳Tadbirga YPX xodimlari tashrif buyurib, bolajonlarga yo‘l harakati qoidalari haqida qiziqarli suhbat va ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazdilar. Bolajonlar esa o‘zlarining sheʼrlari, qo‘shiqlari va raqslari bilan ishtirok etib, tadbirga bayramona ruh bag‘ishladilar.

🚦Bunday uchrashuvlar orqali farzandlarimizda xavfsizlik, qoidalarga rioya qilish va Vatan posbonlariga hurmat tuyg‘ulari shakllanib bormoqda.

@Dehqonobodovozipress

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Kelajak_soati
#DMTT

G'uzor tumani 1-DMTT da "Kelajak soati" darslari 10-mavzu "Yo'l harakati qoidalari" mavzusida bo'lib o'tdi. Darslar G'uzor tumani IIB JXX HP bo'limi xodimlari va tuman MMTB mutaxasislari bilan birgalikda tashkil etildi. Tarbiyalanuvchilarga "Yo'l harakati qoidalari" bo'yicha tushunchalar berildi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Kelajah_soat
#Xavfsiz_hayot

Shahrisabz tuman 40-DMTTda "Kelajak soati" darslari "Yoʻl harakati qoidalari" mavzusida bo'lib o'tdi. Darsda Shahrisabz tuman IIB JXX HPB Profilaktika inspektori Katta leytenant Norqulov Oʻtkir Oʻktamovich ishtirok etib, "Xavsiz hayot" - yo'l harakati qoidalarini tarbiyalanuvchilarga tushuntirib berdi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Tanlov

🔴 "Sen iste'dodlisan" tanlovi - imkoniyatlar chegarasini kengaytirayotgan ezgu tashabbus

✅ Qashqadaryoda “Men ham shu Vatanning bir boʻlagiman” shiori ostida “Sen iste’dodlisan” tanlovining viloyat bosqichi boshlandi.

📚Unda tanlovning tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan inklyuziv ta’lim sinflari va uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan 3-10-sinf o‘quvchilari 2 ta yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etmoqdalar.


/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Olis_hudud

Boshqarmasi boshlig‘i viloyatning olis qishloqlarida bo‘ldi


Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ubaydulla Oripov Shahrisabz tumanining olis G'elon qishlog'idagi  1-, 58-maktablar hamda  22-DMTTda kuz-qish mavsumiga  tayyorgarlik holati hamda ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tavsiya va topshiriqlar berildi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryo viloyati hokimining 2025-yil 29-oktabrdagi “Fuqarolarning oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish” mavzusida o‘tkaziladigan ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosi yuzasidan Chiroqchi tumanida seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ommaviy ovqatdan zaharlanishi bilan bo‘g‘liq holatlarni oldini olish, oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlarida tezkor harakat qilish, favqulodda vaziyatlarga zudlik bilan munosabat bildirish, jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda aholining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholining oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

✅Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etidi. Ushbu tadbirda Yakkabog‘ tumanida joylashgan “Jasorat maktabi” oʻquvchilari tashrif buyurishdi.
❇️Ochiq eshiklar kunida tashrif buyurgan oʻquvchilar harbiy-akademik litseyda yaratilgan shart-sharoitlar, yotoqxonalar, oshxona, dars jarayonlari, o‘quvchilarning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
✅Oʻquvchilar harbiy-akademik litseydagi o‘quv moddiy bazalari, o‘quv sinflari, laboratoriyalar, axborot-resurs markazi elektron kitobxonasi va sport inshootlarini juda katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.


📌👉/channel/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:


temurbeklar">🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🇺🇿 “Jasorat maktabi gvardiyachilari” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Jasorat maktabi”o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida Jasorat maktabi gvardiyachilari musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqa davomida yoshlar o‘zlarining bilim, jismoniy tayyorgarlik va Vatanga sadoqat ruhidagi fazilatlarini namoyon etdilar.

✅Yakuniy natijalarga ko‘ra, G‘uzor tumanidagi 53-maktab jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi.

💪Tadbir yoshlarni vatanparvarlik, jamoada ishlash va mas’uliyat tuyg‘usiga yo‘naltirishga xizmat qildi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Ustozlar_fikri
#Ingliz_tili

Feruza Duschanova, Toshkent shahar Yunusobod tumani 265-maktabining ingliz tili o‘qituvchisi, malaka sinovlarida ishtirok etib, 86 ball to‘pladi.

Videolavhada Feruza Duschanova attestatsiya jarayonidagi taassurotlari, test savollari darajasi haqida so‘zlab berdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Metodik_marafon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi RF-16-son Farmoni 1-ilovasi 5-bandiga muvofiq Ta’lim jarayoni ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy etish, metodik qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazining 2025-yil 29-oktabrdagi 01-02/4-551-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida “METODIK MARAFON” tadbiri o‘tkazilmoqda.


Mazkur tadbir jarayoniga Qashqadaryo viloyatidagi barcha umumiy o‘rta taʼlim maktablarining “Matematik savodxonlikni rivojlantirish”, “Tabiiy – ilmiy savodxonlikni rivojlantirish”, “O'qish savodxonligini rivolantirish” va “Boshlang’ich ta’lim yo‘nalishlari” bo‘yicha o‘qituvchilari faol ishtirok etmoqda.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Xorijiy_til_bilish_sertifikati

Qashqadaryo viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim olayotgan, xorijiy til bilish sertifikatiga ega o'quvchilar soni o'tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga oshdi.

Qarshi shahridagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-sinf o'quvchisi Fayzullayeva Nafosat 9-sinfda milliy sertifikatdan C1 darajani, 10-sinfda SAT imtihonlarida 1320 ballni, 11-sinfda IELTS imtihonlaridan 8,0 ballni qo'lga kiritgan.


/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Toifa_sinovlari_2025

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan malaka (attestatsiya) test sinovlari to'g'risida qashqadaryolik pedagoglar fikrlari.

Mirishkor tumani 20-maktab tarix fani o'qituvchisi Safarov Akmal toifa sinovlaridan 98 ballni qo'lga kiritdi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📣 Qashqadaryo viloyati pedagoglari uchun muhim yangilik!

Jismoniy tarbiya fani bo‘yicha amaliy imtihonlar uchun kunlik grafik e’lon qilindi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar:

🔹Yakkabog‘ 1-son sport maktabi
🔹Shahrisabz tuman sport maktabi
🔹Shahrisabz shahar sport maktabi
🔹Qarshi tuman sport maktabi
🔹Qarshi shahar sport maktabi
🔹Qamashi tuman 2-son sport maktabi
🔹Nishon tuman sport maktabi
🔹Muborak tuman sport maktabi
🔹Koson tuman 1-son sport maktabi
🔹Mirishkor tuman sport maktabi
🔹Ko‘kdala tuman sport maktabi
🔹Kitob tuman 1-son sport maktabi
🔹Kasbi tuman sport maktabi
🔹G‘uzor tuman sport maktabi
🔹Dehqonobod tuman sport maktabi
🔹Chiroqchi tuman sport maktabi

🗓 Sana: 2025-yil 12–17-noyabr
⏱️ Boshlanish vaqti: 09:00
📚 Fan: Jismoniy tarbiya (Umumta’lim)

✅ Ishtirok etish uchun talab qilinadi: Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta)

⚠️ Hurmatli pedagoglar, imtihonlarga belgilangan muddatda va tayyorgarlik bilan tashrif buyurishingizni so‘raymiz. Omad tilaymiz! 💪🏽📘🇺🇿

Telegram|Instagram|Facebook|qashqadaryosport">Youtube

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Kelajak soati” — bolajonlar bilan birgalikda xavfsiz kelajak sari!

Chiroqchi tumanidagi 18-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga Chiroqchi tumani IIB JHX YXXB boshlig‘i kapitan Quziyev Elyor G‘ulomovich tashrif buyurib, bolajonlarga yo‘l harakati qoidalari haqida qiziqarli suhbat va ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazdi.

Bunday uchrashuvlar orqali farzandlarimizda xavfsizlik, qoidalarga rioya qilish va Vatan posbonlariga hurmat tuyg‘ulari shakllanib bormoqda.


/channel/chiroqchi_tuman_mmtb

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

“Kelajak soati” amalda!

🚸Bugun Qarshi shahridagi 37-DMTT “Kelajak soati” loyihasi doirasida YPX xodimlari tomonidan o’quvchilar uchun yo’l harakati qoidalari bo’yicha qiziqarli va tushunarli o’quv mashg’ulotini o’tkazishdi.

Uchrashuv davomida bolajonlarga:
🔹piyodalar uchun muhim qoida va belgilar
🔹yo’lni kesib o’tish tartibi
🔹yo’l belgilarining hayotdagi o’rni kabi mavzular sodda misollar orqali tushuntirib berildi.


✅Bunday mashg’ulotlar yosh avlodda to’g’ri yo’l harakati madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

➖➖➖
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda malaka-sinov (attestatsiya) jarayonlari haqida turlicha fikrlar, bahslar paydo bo‘lmoqda.

Hurmatli pedagoglar!

Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar test jarayonining o‘zida platforma orqali tegishli test topshirig‘i bo‘yicha e’tirozlarini yozib qoldirishlari mumkin.

Shuningdek, natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy sahifalari orqali yoki yozma shaklda apellyatsiya murojaatini yuborish huquqiga ega.

Vazirlik har bir test topshirig‘i va bildirilgan e’tiroz yuzasidan asosli izoh berishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi. Buning uchun (71) 207-79-79 telefon raqamlari ham doimiy ishlab turibdi.

Afsuski, jarayondan o‘z foydasi yo‘lida foydalanishga urinish holatlari ham uchrab turibdi. Yetarli ball to‘play olmagan pedagoglardan turli chora-tadbirlar uchun (advokat xizmati 100 mln so‘m) mablag‘ yig‘ishga da’vatlar, attestatsiyadan o‘tkazib qo‘yish bilan bog‘liq turli asossiz takliflar hamda ayrim test savollarini noto‘g‘ri shaklda, mazmunini o‘zgartirib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatish holatlari sodir bo‘lmoqda. Bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Vazirlik har bir murojaatlarni ko‘rib chiqib, izoh berishga tayyorligini yana bir bor eslatadi. Agar taqdim etilgan izohlardan pedagog qoniqmasa, u holda sud tartibida murojaat qilish imkoniyati mavjud. Bunday hollarda nizolar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, OAV bilan ham hamkorlik, savollarga ochiq javob berishga tayyorligimizni ham ma’lum qilamiz. Yaqin orada matbuot anjumani tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Hurmatli pedagoglar, unutmang, faoliyatingizga doir har bir muvaffaqiyat o‘z bilimingiz va kasbiy salohiyatingiz ortidan keladi. Vazirlik doimo o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlaydi, pedagoglarning huquq va manfaatini himoya qiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🔰"Kelajak soati" darslari.
👉Xavfsizlik bu xavf-xatarlarga qarshi xushyorlik demakdir.


🔰Bugun, 3-noyabr kuni Qarshi tumanidagi 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-sinfida "Kelajak soati” darslari rejasidagi 10-dars “Xavfsiz hayot" mavzusida tashkil etildi.

🔰Mazkur dars tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Anvar Eshonqulov tomonidan o'tildi.

🔰 "Kelajak soati" darsining ushbu mavzusi oʻquvchilarda shaxsiy xavfsizlik tushunchasini toʻgʻri anglash va himoya qilish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo'lib, mashgʻulot jarayonida xavflarning turlari, ular sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar hamda xavfsizlikni mustahkamlash yoʻllari darsda foydalanish uchun berilgan tavsiyalar va videoroliklar asosida chuqur yoritib berildi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Seminar📂

📍Qarshi shahridagi 45-DMTT.


🏢 "Sifatli ta'lim - kelajak poydevori" mavzusida o'tkazilgan viloyat o‘quv-seminari jarayonidan lavhalar. 🎞

+video 🎥


____
🎙 Pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:
🌐Telegram  |📱Facebook |🌐Website

Читать полностью…
Subscribe to a channel