qashqadaryo_mmtb | Unsorted

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

47082

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Subscribe to a channel

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

6-sinf o‘quvchisi IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Chiroqchi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktabning 6-sinf o'quvchisi Saidxon Berdiyev IELTS dan 5.5  darajani qo'lga kiritdi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#natija
Qashqadaryolik pedagogdan yuqori natija

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 23-umumiy o'rta ta'lim maktabi oliy toifali, Ona-tili va Adabiyot fani o'qituvchisi Hayitova Roziya Shermatovna malaka test sinovlariga qatnashib, 98 ballni qo'lga kiritdi.

Bilimdon o'qituvchimiz va maktab jamoasini ushbu yuqori natija bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida omad tilaymiz!

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Reportaj" Nishon tumanidagi ta'lim maskanlarida kuz-qish mavsumiga ko'rilayotgan choralar xususida so'z bordi
😊👍#25oct

|
📱INSTAGRAM |📱 FACEBOOK
|
🔵TELEGRAM |📱QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔵RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|🔵RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
|
🔹 TV ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

QASHQADARYO AXBOROTI | Viloyat Pedagogik mahorat markazi vakillari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi
😊👍#28oct

|
📱INSTAGRAM |📱 FACEBOOK
|
🔵TELEGRAM |📱QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔵RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|🔵RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
|
🔹 TV ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Agentlik_tizimidagi_maktablar
#Qashqadaryo_viloyati

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga iqtidorli o‘quvchilarni keng jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlariga start berildi.


🤩 Bugungi kunda mamlakatimizning har bir hududida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar faoliyat olib bormoqda.

✔️Bu dargohlar — zamonaviy sharoitlar, malakali o‘qituvchilar va iqtidorli o‘quvchilar jam bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgan maskanlardir.

❗️ Har yili minglab ota-onalar farzandlarini aynan shu maktablarda tahsil olishini istaydi. Chunki bu yerda ta’lim, tarbiya va innovatsiya uyg‘unlikda olib boriladi.

🌐 Siz ham maktab hayoti, o'quvchilar va o'qituvchilarning erishayotgan yutuqlari, dars jarayonlari, iqtidorli o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap loyihalari hamda ijodiy ishlanmalaridan boxabar bo‘lishni xohlaysizmi?

Unda maktablarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!

Qashqadaryo viloyatida
joylashgan Agentlik tizimidagi maktablarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

1. Qarshi shahridagi Prezident maktabi
2. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3. Chiroqchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
4. Dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
5. Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
6. Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
7. Koson tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
8. Muborak tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
9. Nishon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
10. Qamashi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
11. Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
12. Qarshi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
13. Shahrisabz shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
14. Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
15. Yakkabog‘ tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
16. Ko'kdala tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
17. G'uzor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryolik oʼquvchilarning maqolasi xorij nashrlarida chop etildi

Qarshi shahridagi "Avitsenna" tibbiyot maktabining 9-B sinf oʼquvchisi Negmatova Nodirabegim Nurbekovnaning "Organik sintezda yashil kimyo tamoyillarining qo'llanilishi" mavzusida navbatdagi maqolasi AQShning NEW YORK shahrida oʼtkazilgan "INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM" nomli xalqaro ilmiy-online konferensiyada nashr etildi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🎨 "Sen iste'dodlisan!"— tanlovining Kitob tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Kitob tumanida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflari hamda uyda yakka tartibda ta'lim olayotgan o‘quvchilari o‘rtasida “Sen iste’dodlisan” respublika tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

🌟 Tanlovda ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar o‘zlarining betakror iste’dod va iqtidorlarini namoyon etishdi. Ular ijodiy chiqishlari, qo‘shiqlari va rasmlari orqali tomoshabinlarda katta taassurot qoldirishdi.

🏅 Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, ularning mehnati munosib e’tirof etildi.

👏 “Sen iste’dodlisan” — bu nafaqat tanlov, balki har bir o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiruvchi, imkoniyatlarini yuzaga chiqaruvchi ezgu tashabbusdir!

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Kelajak_soati_darslari.

🔰 27-oktyabr kuni  Qarshi shahridagi 43-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-a sinfida “Kelajak soati” darsi rejadagi mavzu asosida oʻtildi.


🔰 “O’zbekiston va jahon” mavzusidagi dars Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i B.Mo'minov tomonlaridan oʻtildi va oʻquvchilarga mavzuning mazmun-mohiyati keng tushuntirib berildi. milliytarbiya.uz platformasida joylanga video kontentlarorqali Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatidagi oʻrni va rivojlanishi haqida muhim tushunchalar berildi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Tuman IIB boshlig'i "Kelajak soati" darsida ishtirok etdi.

Bugun Qamashi tumani IIB boshlig'i podpolkovnik N.M.Rahimov tumandagi 91-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabning 11-sinfida "O'zbekiston va jahon" mavzusidagi “Kelajak soati” darsida ishtirok etdi.

Darsda N.Rahimov o'quvchilarga O'zbekistonda va jahonda hozirgi kunda ro'y berayotgan jarayonlar, prezidentimizning yoshlarni bilim olishlari uchun yaratayotgan shart- sharoitlari hamda maktab bitiruvchilarining hozirda fan va texnika sohasida erishayotgan yutuqlari haqida gapirib o'tdi, suhbat so'ngida yoshlarni zamonaviy fan va texnologiya yo'nalishlarini chuqur o'rganishga chaqirdi.

📖milliytarbiya.uz platformasi orqali namoyish etilgan video kontentlar oʻquvchilarga mavzuning mazmun-mohiyatini yaxshiroq tushuntirib berishga xizmat qildi. Dars so'nggida o'quvchilarning mavzuga doir fikr-mulohazalari tinglandi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

▫️▫️▫️▫️▫️

✔️ “Mening maktabim” doirasida “Eng qiziqarli loyiha” tanlovi o‘tkaziladi

Xabaringiz bor, joriy yilning 22-oktabridan boshlab 2025/2026-o‘quv yili doirasida “Mening maktabim” loyihasining 1-bosqichi boshlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan faol o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng qiziqarli loyiha” tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov ikki yo‘nalishda tashkil etiladi:

🟣 10 ta “Eng qiziqarli loyiha”;
🟣 Ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan 10 ta “Eng yaxshi videorolik”.

📱 Bunda, istalgan 5–11-sinf o‘quvchisi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga #meningmaktabim heshtegi ostida videorolik joylashtirishi va unga ilova qoldirishi mumkin.

Videoroliklar orasidan eng ko‘p “like” to‘plagan materiallar saralanadi. Eng faol ishtirokchilar maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

➡️ Mazkur tanlov o‘quvchilar o‘rtasida “Mening maktabim” loyihasining ommalashuviga xizmat qiladi hamda ularning o‘zaro muloqot va ijodiy hamkorlik platformasiga aylanadi.

Faol bo‘ling, o‘z maktabingiz uchun tashabbus ko‘rsating, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

#mening_maktabim #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Toshkent viloyati delegatsiyasi Qashqadaryo tajribasini o‘rganmoqda

Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Sultanbekov boshchiligidagi ishchi guruh ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalar bilan tanishish maqsadida Qashqadaryoga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Qarshi shahridagi “International School”, “Iqtidor” xalqaro maktabi, “Avitsenna” va “Oxford School” ta’lim muassasalari, shuningdek, “Kindervelt” o‘zbek–nemis bolalar bog‘chasi, “Orzu geniy” va “Bunyodkor” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlarga ta’lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish, ilg‘or o‘qitish uslublarini qo‘llash hamda xorijiy tajribalarni amaliyotga tatbiq etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#challenge

“Ona tilim — faxrim, g‘ururim”

Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan eʼlon qilingan “Ona tilim — faxrim, g‘ururim” challenge uchun Shahrisabz tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi to‘garak aʼzolarining ishtiroki.

Toʻgarak rahbari: Xomidova Nargiza.

©️ Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi  Axborot xizmati.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#21_октябр_ўзбек_тили_байрами_куни

Oʻzbek tili — asrlar davomida millatimiz va xalqimiz hayotining, adabiyoti va madaniyatining ajralmas bir qismi sifatida yashab kelmoqda. Ona tilimizga sadoqat koʻrsatish, uning bor jozibasi va tarovati bilan kelgusi avlodga yetkazish bugungi avlod vakillarining hayotiy burchidir.

➖ XX asr boshlarida yashab ijod qilgan jadid bobolarimiz oʻzbek tilining hikmati va qadrini oʻz asarlarida ulugʻladilar, ilmiy asarlari va hikmatlarining bosh mezoniga aylantirdi.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tayyorlangan ushbu rolik orqali jadid mutafakkirlarining ona tilimiz — oʻzbek tili haqidagi hikmatli fikrlari bilan tanishasiz.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkaziladi, gʻoliblar davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi


✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

👉 2026-yildan boshlab:

➖ taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha darsliklarning yangi avlodi yaratiladi;

➖ maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqiladi;

➖ maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lugʻatcham” rasmli lugʻat kitobi yaratiladi;

➖ bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi;

👉 Qarorga asosan:


➖ umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovi;

➖ oʻzbek tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi oʻtkaziladi;

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar hamkorligida har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkazib boriladi;

➖ Mazkur olimpiada gʻoliblari respublika oliy taʼlim muassasalarining “filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti” taʼlim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Inson aziz |
"Har kim ham o‘qituvchi bo‘lolmaydi... "
1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Habiba Mirzayeva
😊👍#16oct

|
📱INSTAGRAM |📱 FACEBOOK
|
🔵TELEGRAM |📱QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔵RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|🔵RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
|
🔹 TV ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
|
🔹 FM 102.3 ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryoda xorijiy davlatlardan jalb qilingan mutaxassislar tomonidan BEPUL 3 oylik o‘quv kurslariga start berildi

Qashqadaryo viloyatida milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari uchun xorijiy davlatlardan jalb qilingan mutaxassislar tomonidan BEPUL 3 oylik o‘quv kurslariga start berildi.

O‘quv kurs mashg‘ulotlari Qarshi, Shahrisabz shaharlari hamda Koson, Nishon, Shahrisabz, Kitob tumanlarida tashkil etilishi belgilab olindi.
Mazkur 3 oylik o‘quv kurs davomida tajribali xorijiy mutaxassislar tomonidan xorijiy til o‘qituvchilari uchun zamonaviy o‘qitish metodikasi, interaktiv dars uslublari hamda imtihon topshirish strategiyalari bo‘yicha ma’lumotlar beriladi, o‘qituvchilarning sertifikat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlariga yordam berish ko‘zda tutilgan.


Asosiy maqsad — barcha xorijiy til o‘qituvchilarini yil yakuniga qadar tegishli sertifikat olishiga erishish orqali ta’lim sifatini yanada yaxshilashdan iborat.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Tanlov

🔴 "Sen iste'dodlisan" tanlovi - imkoniyatlar chegarasini kengaytirayotgan ezgu tashabbus

✅ Joriy yilning 28-oktabr kuni Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tomonidan 4-maktabda “Men ham shu Vatanning bir boʻlagiman” shiori ostida “Sen iste’dodlisan” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📚Tanlovda shahardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 23 nafar inklyuziv ta’lim sinflari va uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan 3-10-sinf o‘quvchilari tasviriy sanʼat yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etishdi.


📍Tanlovda 14-maktab 3-sinf o‘quvchisi Olimov Ulug‘bek Abduraxmonovich g‘olib deb topildi. Barcha ishtirokchilar Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan faxriy yorliqlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Reportaj
Shahrisabz shahridagi Pedagogik mahorat markazida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini amaliyotga qo‘llash usullari bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.
😊👍#28oct

|
📱INSTAGRAM |📱 FACEBOOK
|
🔵TELEGRAM |📱QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔵RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|🔵RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
|
🔹 TV ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Sen isteʼdodlisan” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Dehqonobod tumanida yoshlarning isteʼdodini kashf etish, ularni ijodga yoʻnaltirish maqsadida oʻtkazilgan “Sen isteʼdodlisan” tanlovining tuman bosqichi katta shukuh bilan boʻlib oʻtdi.

Tadbirda umumtaʼlim maktablarining iqtidorli oʻquvchilari, jumladan, inklyuziv sinf vakillari hamda uy sharoitida taʼlim olayotgan yoshlar tasviriy sanʼat yoʻnalishida oʻz mahoratlarini namoyish etdilar.
Sahna va koʻrgazma maydonida yoshlik joʻshqini, ilhom va quvonch uygʻunlashgan onlar guvohi boʻlindi. Tanlovda maktab bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan 1 nafar oʻquvchi oʻz iqtidorini namoyish etib, tomoshabinlar va hakamlar hayʼatining eʼtirofiga sazovor boʻldi.
Natijalar eʼlon qilingach, tasviriy sanʼat yoʻnalishida 85-maktabning 4-sinf oʻquvchisi Yoʻldosheva Oʻlmasoy faxrli birinchi oʻrinni egallab, viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Tanlov nafaqat raqobat, balki doʻstlik, ishonch va ilhom manbaiga aylandi.

/channel/DEH_MVMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Ko'hna zaminimiz" rasmlar ko'rik-tanlovi tashkil etildi

27- oktabr - "Qarshi shahar kuni" munosabati bilan Qarshi shahridagi 31-maktabda "Ko'hna zaminimiz" rasmlar ko'rik-tanlovi va ijodiy ishlar ko'rgazmasi tashkil etildi.

Tanlovda bir guruh o'quvchilar o'zlarining ijodiy ishlari bilan g'oliblikni qo'lga kiritdilar.
🥇1-oʻrin 15-maktab 6-sinf oʻquvchisi
Suyunqulova Jasmina.
🥈2-o'rin 20-maktab 8-sinf oʻquvchisi Xudoyberdiyeva Madina.
2-oʻrin 14-maktab 8-sinf oʻquvchisi Ochilova Nodirabegim.
🥉3-o'rin 9-maktab 8-sinf oʻquvchisi Eshpoʻlatova Nozima.
3-oʻrin 22-maktab 6-sinf oʻquvchisi Qo'ziboyev Mehroj.
3-o'rin 31-maktab 7-sinf oʻquvchisi Avazova Diyora.

G'olib va sovrindor o'quvchilar Qarshi shahar hokimligi tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanidi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

«Sen iste’dodlisan»

Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar jarayonida imkoniyati cheklangan bolalarning ham to‘laqonli ta’lim-tarbiya olish huquqlarini ta’minlash, ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun qulay sharoitlar yaratishda tizimli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich joriy etilayotgani har bir farzandning individual salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada “Sen iste’dodlisan” nomli ko‘rik-tanlovning tashkil etilishi esa ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. Tanlov imkoniyati cheklangan bolalarning iqtidorini kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga zamin yaratish yo‘lida muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.

Qarshi tumani markazida joylashgan Madaniyat maskani binosida mazkur tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv sinflarida tarbiya olayotgan o‘quvchilar faol ishtirok etdi.

Tanlov estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik) hamda tasviriy san’at yo‘nalishlarida o‘tkazildi. Har bir ishtirokchi o‘z ijodi, san’atga bo‘lgan mehr, intilishlari va ichki dunyosini o‘ziga xos tarzda namoyon etdi. Har bir chiqish yurakdan kelgan, samimiyatga boy va hayotga mehr bilan to‘la edi.

Ko‘rik-tanlovda ijodiy ishlari bilan ajralib turgan o‘quvchilar hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi. G‘olib va sovrindorlar tuman hokimi o`rinbosari Bexruz Murodov tomonidan taqdirlanib, ular viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. Bu esa ularning ijodiy yo‘lida yangi ufqlar, yangi maqsadlar sari dadil odim bo‘ldi.

Telegram| Facebook|
You tube | Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📘 “Kelajak soatlari” — O‘zbekiston va jahon !

Kitob tumanidagi ta'lim muassasalarida doimiy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Kelajak soatlari” darslari yoshlarning tafakkurini kengaytirish, ularni zamonaviy bilim, innovatsiya va yutuqlar sari yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi dars mashg‘ulotlari Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M. Joniyev ishtirokida tumandagi 96-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etildi. Dars davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, O‘zbekistonning global miqyosdagi o‘rni, xalqaro hamkorlik, innovatsiyalar va ta’lim sohasidagi islohotlarga oid fikr-mulohazalari tinglandi.

🇺🇿 Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari — uchinchi Renessans poydevorini barpo etuvchi asosiy omili bo‘lib, bugungi bilimli, izlanuvchan va fidoyi yoshlar ushbu taraqqiyot yo‘lida hal qiluvchi kuch sifatida shakllanayotgani ta'kidlab o'tildi.

🌐 Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati
👇👇👇
🔗
t.me/kitobmmtb_axborot

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Kelajak soati" darslari-bilim va tarbiya manbai.

🔰Bugun, 27-oktyabr kunii Qarshi tumanidagi 23-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-sinfida " Kelajak soati” darslari rejadagi 9-dars, “O‘zbekiston va jahon" mavzusida tashkil etildi.

🔰Mazkur dars tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i A. Eshonqulov tomonidan o'tildi.

🔰 "Kelajak soati" darsida foydalanish uchun berilgan tavsiyalar va videoroliklar namoyish etilib, mavzu bo'yicha O'zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o'rni chuqur yoritib berildi.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#TABRIK

Hurmatli ichki ishlar tizimi xodimlari!

Sizlarni 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!

🇺🇿Mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini himoya qilish yo‘lida ko‘rsatayotgan fidokorona mehnatingiz, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida hamkorlikda olib borayotgan samarali ishlaringizda muvoffaqiyatlar tilaymiz!

Sizlar o‘z kasbingizni nafaqat burch, balki vijdon ishi deb bilib,  yoshlarga sadoqat, jasorat, mardlik va fidoyilik namunasisiz. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

https://uza.uz/posts/774882

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Mobil_malaka_oshirish
#Pedagogik_mahorat_markazi

📍Qashqadaryo viloyati

🚌 "AQLVOY" - KASBI TUMANIDA

👩‍🏫 Mobil malaka oshirish xizmati orqali o'tkazib kelinayotgan "Metodik mahorat soati"ning navbatdagi tadbirlari Kasbi tumani Cho'lquvar MFY da joylashgan 10-sonli DMTT o'tkazildi.

Tarbiyachi-pedagoglar treninglarda mavsumdan kelib chiqib, kuz fasli haqidagi ma'lumotlarni bolajonlarga yanada qiziqarli tarzda yetkazish, ularning kuzatish ko‘nikmalarini shakllantirish, tabiatdagi o‘zgarishlarni idrok etishga o‘rgatish bo‘yicha interaktiv metodlardan foydalandilar. 🌿🍁

Shuningdek, mashg‘ulot davomida “Kuz ranglari” nomli ijodiy burchak tashkil etib, unda tabiatdan olingan tabiiy materiallar yordamida ishlanmalarni namoyish etish orqali bolalarda ijodkorlik qirralarini rivojlantirish yo'llari muhokama qilindi. 🎨

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#21_октябр_ўзбек_тили_байрами_куни

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni bugungi qutlug‘ sana — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan chin dildan muborakbod etaman!

Oʻzbek tili asrlar davomida xalqimiz ma’naviyati, adabiyoti va madaniyatining asosiy tayanchi bo‘lib kelgan. U millat sifatidagi mavjudligimizning ramzi, qalbimiz va tafakkurimiz oynasidir.

Shu bois ona tilimizga muhabbat va sadoqat ko‘rsatish, uning bor jozibasi bilan keyingi avlodlarga yetkazish — har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir.

Yana bir bor barchangizni bugungi bayram bilan samimiy tabriklayman.

O’zbek tili bayrami muborak bo’lsin!

E’zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


E’zoza Karimova

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Ona_tilim_chellenji G'uzor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan 21-oktabr "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan "Ona tilim" chellenji doirasida tayyorlangan videorolik.

/channel/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

QASHQADARYO AXBOROTI | 21- oktyabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘lishi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar tashkil etilmoqda.
😊👍#17oct

|
📱INSTAGRAM |📱 FACEBOOK
|
🔵TELEGRAM |📱QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔵RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|🔵RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
|
🔹 TV ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
|
🔹 FM 102.3 ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

QASHQADARYO AXBOROTI | Germaniyaning nufuzli kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘zbek- nemis maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
😊👍#16oct

|
📱INSTAGRAM |📱 FACEBOOK
|
🔵TELEGRAM |📱QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔵RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|🔵RADIO FM 102.3 INSTAGRAM
|
🔹 TV ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
|
🔹 FM 102.3 ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Читать полностью…
Subscribe to a channel