qashqadaryo_mmtb | Неотсортированное

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

68516

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Подписаться на канал

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Қарши шаҳар 14- мактабнинг 11-А синф ўқувчиси Раимов Шерзод муддатидан олдин Westminster универститетини талабаси бўлди.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Chellenj

“Milliy libos – millat g‘ururi!”

Dehqonobod tuman 85-umumiy oʻrta taʼlim maktabini boshlangʻich sinf oʻquvchilari ham milliylik chellenjida faol ishtirok etmoqda.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryodagi eng yaxshi maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarma boshlig‘i o’rinbosari kim?

➖So‘rovnoma 6-may, soat 23:59 gacha davom etadi.

Hurmatli direktorlar va pedagoglar!
Natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i oʼrinbosari g‘olib deb topiladi hamda boshqarma tomonidan eʼtirof etiladi.

📢 Taklif va savollar uchun: @ReytingKontrol

👉 Ovoz bering va o‘z fikringizni bildiring!

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

‼️‼️‼️

RASMIY MUNOSABAT

Gʼuzor tumani 5-sonli maktab oʼqituvchisiga 2 oydan buyon malaka toifa sertifikat berilmaganligi yuzasidan murojaat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Mazkur murojaat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati tomonidan oʼrganilmoqda.

Oʼrganishlar yakuni yuzasidan qoʼshimcha axborot beriladi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

‼️‼️‼️

RASMIY MUNOSABAT

Chiroqchi tumanidagi “Do‘stlik Diyori” mahallasi aholisi murojaati asosida maktab bilan bog‘liq muammo o‘rganilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga Chiroqchi tumani “Do‘stlik Diyori” mahallasi aholisi tomonidan ta’lim sohasidagi muammolar yuzasidan murojaat kelib tushdi. Unda fuqarolar ushbu hududda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining mavjud emasligi, bolalar uzoq masofadagi maktablarga qatnashga majbur bo‘layotgani, ilgari bir necha marotaba qilgan murojaatlar javobsiz qolayotgani, ayrim tuman mutasaddilarining holatga befarqlik bilan yondashayotgani qayd etilgan.

Murojaat mazmunidan kelib chiqib, holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati hamda tegishli mutaxassislar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Aholi bilan muloqot qilinib, mavjud ta’lim infratuzilmasi, o‘quvchilarning qatnov sharoiti, mavjud ehtiyojlar tahlil qilinmoqda.

Mazkur holatni o‘rganishda quyidagi huquqiy asoslarga tayanilmoqda:

2022-yil 18-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–241-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha hududiy dasturlarni amalga oshirish tartibi”da quyidagilar qat’iy belgilangan:

Mahalliy ijro hokimiyati organlari (tuman va shahar hokimliklari)ga o‘z hududidagi demografik o‘sish, mavjud maktab binolarining sig‘imi, joylashuvi va aholining real ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi maktablar qurilishi yoki mavjudlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish, dastur loyihalarini shakllantirish va mutasaddi tashkilotlarga takliflar kiritish majburiyati yuklatilgan;

Fuqarolardan tushayotgan asosli murojaatlarga javob berish, ularni befarq qoldirmaslik – mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining ajralmas qismi sifatida belgilangan.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan holat yuzasidan alohida ishchi guruh tuzilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud muammoning bartaraf etilishi bo‘yicha aniq takliflar tayyorlanadi.

O‘rganish natijalari, fuqarolar murojaatiga berilgan javoblar va qabul qilingan chora-tadbirlar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha axborot berib boriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

👍 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan KHISO olimpiadasi viloyatlarda qanday o‘tdi?


⚡️ Bilasizki, KHISO olimpiadasi bir vaqtning o‘zida respublikamizning 12 ta hududida juda ham qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tmoqda.

👍 Ushbu videoda Qarshi shahrida o‘tgan olimpiadadan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin. G‘oliblarga diplomlar, medallar va ta’lim vaucherlari topshirildi, qolgan barcha ishtirokchilar esa elektron sertifikatlar bilan taqdirlandi.

📌 Eslatib o‘tamiz, 4-may kuni KHISO olimpiadasi har doimgidek respublikamizning 12 ta hududida bo‘lib o‘tadi. Bu safar unda Copernicus xalqaro olimpiadasining Dubayda o‘tkazilgan global roundida tushgan savollardan foydalaniladi. Bu esa, o‘z navbatida, 18-may kuni bo‘lib o‘tadigan Copernicus xalqaro olimpiadasining final oldi saralash bosqichi uchun juda yaxshi tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.


‼️ Ha, aytgancha, bu olimpiadada 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etadi.

Shoshiling, bugun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni!

😀 Qoidalar va ro‘yxatdan o‘tish: ➡️ Batafsil

G‘oliblar medallar, diplomlar va darslarimiz uchun grantlar bilan taqdirlanadi.

📊 O‘quvchilar reyting ballarni jamg‘arib borishadi va "YOZGI MAKTAB-2025" da bepul qatnashish imkoniyati uchun kurashishadi.

O‘z sinfida eng yuqori natijali o‘quvchilar "SUPER FINAL" yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

QASHQADARYOLIK OTA-ONALAR VA PEDAGOGLAR DIQQATIGA!

TAQIQLANADI
➡️Maktab, sinf ta'miri uchun ota-onalar(pedagog) dan pul yig'imi tashkil etish;
➡️So'nggi qo'ng'iroq tadbirlari, yakuniy imtihonlar uchun ota-onalardan pul yig'imi tashkil etish qat'iyan taqiqlanadi.

Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan murojaatlar mavjud bo'lganda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga murojaat qiling.

Shuningdek, fuqaro taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan "boshqarma boshligi' murojaat" boti ishga tushirilgan.
❗️(Yetarli asoslar taqdim etilganda murojaatchi shaxsi sir tutiladi)

Boshqa viloyatlar singari Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig‘ini fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti @QashVMMTBbot ishlab turibdi.

Hurmatli fuqarolar, aziz ota-onalar!

Ishonch telefonlari (75)-221-33-14 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tinglab, Qashqadaryo viloyatidagi (shahar, tuman) maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga oid murojaatlarni bartaraf etish maqsadimizdir.Sizni taklif va murojaatingiz biz uchun muhim!

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli xatiga asosan maktablardagi turli xil tadbirlar uchun ota-onalar yoki o'quvchilardan pul yig'imi tashkil etish qonunan taqiqlanganligini ma'lum qilamiz.

———
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_vxtb

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🏆 20-aprel kuni o‘tkazilgan #qarshi_khiso_olimpiadasi g‘oliblari bugun Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida taqdirlanadi!


😊 20-aprel kuni Qarshida 2-marta o‘tkazilgan #khiso_olimpiadasi gʻoliblari bugun (2-may kuni) soat 14:00 da Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida medal, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘quvchilar xalqaro olimpiada g‘oliblari tomonidan olib boriladigan onlayn darslarga grantlarni ham qo‘lga kiritishgan.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Topshiriqlar_ijrosi

Boshqarma boshligʼi ishsiz yoshlarning taklif va murojaatlarini tingladi —KASBI TUMANI

O‘zbekiston Republikasi Prezidentining 23.09.2024 yildagi PQ-330-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati tashkilotlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga biriktirilgan eng og‘ir ahvoldagi yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazildi.

Viloyat mutasaddilari topshirigʼiga asosan, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Ubaydulla Oripov Kasbi tumanidagi ishsiz yoshlar bilan uchrashdi.

➡️Uchrashuv Maymanoq MFYda istiqomat qiluvchi ishsiz yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar asosida oʼtkazildi.

➡️Unda yoshlar bandligini ta'minlash, ularni ta'lim va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek, maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma'lumotlar berilib, boshqa tizimga oid ularni taklif, murojaatlari tinglandi.

Boshqarma rahbari tomonidan yoshlarga amalga oshirilayotgan islohotlar va davlat tomonidan yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mavjud muammolar tinglanib, har bir yoshning taklif va fikrlariga alohida e'tibor qaratildi.

Oʼrganish ishlari davom etmoqda mazkur jarayonlar yuzasidan yoʼl xaritalarga asosan chora-tadbirlar belgilab olindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

😄Ўқувчининг психотроп моддалар истеъмол қилишига ким айбдор?

🤔Бола тарбиясига бефарқ бўлманг!

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

◀️Ўқувчингизга беэътибор бўлманг!

➡️Унутманг! Боладаги ўзига бўлган ишончни уйғотиш - ўқитувчига боғлиқ!

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🤔Гаджет учун эмас, фарзандингиз учун вақт ажратинг - болаликда эслаши мумкин бўлган хотираларни ўғил-қизларингизга совға қилинг!

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryolik jonkuyar tarbiyachi faoliyatiga nazar
(+video)

Kelajak tarbiyasi – bugungi tarbiyachining qo‘lida.
Ularni qadrlaylik, qo‘llab-quvvatlaylik!


Tarbiyachi bo‘lish — bu oddiy ish emas. Bu — har kuni bolalar dunyosiga sho‘ng‘ib, ularning quvonch va g‘amlariga sherik bo‘lish, ularning har bir savoliga mehr bilan javob qaytarish, kichik yutuqlariga ham katta motivatsiya berishdir. Har bir bola — alohida olam, tarbiyachi esa o‘sha olamning ishonchli yo‘lchisidir.

Bugun biz, ota-onalar, jamiyat vakillari tarbiyachi kasbining naqadar mas’uliyatli va muqaddasligini anglagan holda, ularning mehnatini e’tirof etishimiz kerak. Chunki tarbiyachi bolaga nafaqat o‘rgatadi, balki u orqali insoniylik, vatanparvarlik, halollik kabi qadriyatlar jamiyatga singdiriladi.

Zamonaviy tarbiyachi — bu bilimdon, kreativ, bolani anglay oladigan, pedagogik yondashuvlarni biladigan mutaxassis. U bolalarning bugunini chiroyli, ertangi kunini esa porloq qilish yo‘lida tinmay izlanadi, o‘rganadi, yangilik sari intiladi.

Shu sababli har bir tarbiyachining mehnati — hurmatga, e’tiborga va e’tirofga loyiq!


Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |



Umumiy oʻrta taʻlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida o'tkazilayotgan “Zakovat” intellektual turnirining viloyat bosqichi saralash jarayonlari oʼtkazilmoqda.

Jarayonlarda lavhalar....

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Koʼkdalalik oʼquvchilar xalqaro grant asosida ilgʼor IT dasturlariga oʼqitilmoqda

Qashqadaryo viloyatida xalqaro taʼlim dasturi boʼyicha yirik kelishuv imzolangan bo'lib, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev hamda RoboticsWare kompaniyasi rahbari David Hu muloqot qilib dasturni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Qayd etish lozimki, qiymati $180.000 lik “IT smart kids in Kashkadarya” loyihasi bo'lib umumta’lim maktablarining 5-6-sinf o’quvchilari uchun olib borilayotgan robototexnika va IT kurslari hisoblanadi.

Mazkur loyihaga ko’ra, AQSHning RoboticsWare kompaniyasi bilan hamkorlikda ayni vaqtda Qarshi shahar va Ko'kdala tumanlarida 300 nafar umumta’lim maktablari o’quvchilari qamrab olingan.

O'zaro kelishuvga asosan 2025-yil davomida jami 2000 nafar o'quvchi-yoshlarni uch bosqichda Entry, NeoSoco, Python, NeoCircuit, Arduino va RPI Pico dasturlarida o'qitilishi belgilangan.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qarshi shahrida #khiso_olimpiadasi oʻtkazildi va avvalgi olimpiada g‘oliblari taqdirlandi!


👍 Xabaringiz bor, #khiso_olimpiadasi Qashqadaryo viloyatida ham yoʻlga qoʻyildi. 20-aprel kuni oʻtkazilgan olimpiadamizda oldingi olimpiada gʻoliblari taqdirlandi.

👍 Bu hali hammasi emas, har bir oʻquvchi reyting ballarini jamgʻarib boradi va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan 1 haftalik “Yozgi maktab”ga yoʻllanma uchun kurashishadi.


🖼 Barcha rasmlar yuqori sifatli formatda facebook sahifamizga joylandi: ➡️
https://www.facebook.com/share/18yXTrwi5v/?mibextid=wwXIfr


🎚️ 4-may sanasida navbatdagi #khiso_olimpiadasi o‘tkaziladi, hoziroq ro‘yxatdan o‘tishni boshlang: ➡️ HAVOLA

✉️ @khiso_karshi

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

ʼʼMilliylik gʻururimizʼʼ

Milliylik ham tilda, ham dilda, ham amalda bo'lishi kerak.

📹Videolavhalarda Dehqonobod tumani 79-sonli umumta'lim maktabi jamoasi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Bilimdon o‘quvchilar" tanlovi ishtirokchilari eʼtirof etildi

"PISA-2025" xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan maktablarning 15 yoshdagi o‘quvchilar tayyorgarligini kuchaytirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining buyrug‘iga asosan "Bilimdon o‘quvchilar" tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur jarayon Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshligʼi oʼinbosari D.Tojiyev hamda sohaviy masʼullar ishtirokida Qarshi tumani 23-maktab oʼquvchisi Alibek Bozorov, Gʼuzor tumani 1-sonli maktab oʼquvchisi Ruslan Xalilovlar eʼtirof etildi.

Ushbu tanlovda Qarshi,Mirishkor tumanlari o’quvchilariga Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

‼️‼️‼️

RASMIY MUNOSABAT

Dehqonobod tumani "... Informatika fani oʼqituvchilari "Bir million dasturchi loyihasi" doirasida sertifikat olishga majburlanmoqda",-nomli murojaat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati tomonidan oʼrganilmoqda.

Oʼrganishlar yakuni yuzasidan qoʼshimcha axborot beriladi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

‼️‼️‼️
RASMIY MUNOSABAT

PEDAGOGLAR FAOLIYATI QONUN DOIRASIDA NAZORATGA OLINGAN

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “HUQUQLARI POYMOL BO‘LAYOTGAN PEDAGOGLAR” nomli videolavha yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231-son Qarori 4-ilovasiga asosan Shahrisabz shahar pedagogika kolleji Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi balansiga o‘tkazilgan.2025-yilda Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markaziga 13 000 ga yaqin rahbar va pedagog xodimlar bir oylik (100 soatlik) malaka oshirish kursiga jalb qilinish belgilangan. Markazning asosiy binosi quvvati 650 o‘ringa mo‘ljallangani, shundan 5 ta auditoriyasida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga berilgan bo‘lib, mahalla raislari uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilinadi. Markazning asosiy binosida jami 18 ta auditoriya borligi sababli 2025-yil yanvar oyida boshlang‘ich ta’lim, aniq, tabiiy fan yo‘nalish o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari malaka oshirish kurslari Shahrisabz shahar pedagogik kollejiga ko‘chirilgan. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga tegishli xat chiqarilgan.

2025 yil 7 yanvar kunidan malaka oshirish kurslari boshlandi. Shahrisabz shahar pedagogik kollejiga ko‘chirilgan boshlang‘ich ta’lim, aniq, tabiiy fan yo‘nalish o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari malaka oshirish kurslariga mas’ul qilib markaz direktorining kasbiy faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari J.Abdiyev yuborilgan. Tinglovchilarning ro‘yxatini shakllantirib, taqdim etish jarayoni Qashqadaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan kechiktirilganligi sababli, fan o‘qituvchilarini guruhlarga ajratish jarayoni kechikkan. J.Abdiyev shu kuni soat 9-10 da matematika o‘qituvchilari tinglovchilariga dars bo‘lmayotgani uchun markazning matematika fani o‘qituvchisi N.Xushmatovaga darsga kirishni so‘raganda, N.Xushmatova J.Abdiyevga turli xildagi so‘zlarni aytgan. Mazkur holatga Shahrisabz shahar pedagogika kolleji direktor o‘rinbosarilari M.Normamatov, Sh.Sharipovlar guvoh bo‘lishgan. Shundan so‘ng N.Xushmatova matematika fani o‘qituvchilarini bir xonaga yig‘ib videotasvirga olib ijtimoiy tarmoqqa chiqarib yuborgan. 2025-yil fevral oyidan barcha tinglovchilar uchun malaka oshirish kurslari Qarshi shahridagi markazning asosiy binosida tashkil etilganligini maʼlum qilamiz.



🌍🌍🌍🌍🌍🌍

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Live

🔴 Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o’rtasidagi “Shaxmat festivali” tadbirining Respublika bosqichi boshlandi.

🌐 JONLI EFIR

🌐 PRESS RELIZ

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Toshkent,
29.04.25.



Ташкент,
29.04.25.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#PQ_IJROSI

Boshqarma boshligʼi yoshlar murojaati va taklifini tingladi

O‘zbekiston Republikasi Prezidentining 23.09.2024 yildagi PQ-330-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati tashkilotlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga biriktirilgan eng og‘ir ahvoldagi yoshlar bilan uchrashuvlar oʼtkazilmoqda — QASHQADARYO

Mavzuga doir: ➡️batafsil⬅️

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

👍 4-may kungi olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!

Soat 11:25 holatiga ko‘ra 51 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi.

Shoshiling: ➡️ t.me/khiso_karshi/41

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

😄"Мен сенга ишонаман!"

◀️Ёдда тутинг!

➡️Ўқувчингизга билдирилган ишонч уни улкан ютуқлар сари етаклайди!

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

➡️У ким?

😄Ҳар куни у эътибор марказида...

😄Ҳар бир инсон ҳаётида муҳим ўрни бор!

😄Минглаб келажак тақдири унинг билими ва тажрибасига боғлиқ!

➡️У бизнинг УСТОЗ!..

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Nishon tuman MMTB ga qarashli 27-umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Milliy urf odatlar haftaligi doirasida" maʼnaviy maʼrifiy tadbir tashkil etildi.Oʻquvchilar milliy urf odatlarmizni namoyish qilishdi.Jajji oʻgʻil qizlar raqslari bilan ishtirok etishdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |



Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda Agrobank rahbariyati vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda taʼlim sohasi xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi.

Taʼkidlanganidek, oʻzaro kelishuv doirasida vazirlik tizimidagi pedagoglar uchun bank tomonidan kredit mahsulotlari, bank kartalari va kundalik bank xizmatlari boʻyicha qulay, imtiyozli va moslashtirilgan moliyaviy xizmatlar taqdim etiladi.

➖ Ushbu imkoniyatlar taʼlim sohasi vakillarining moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash orqali taʼlim sifatini oshirishga munosib hissa qoʻshishi bilan ahamiyatlidir.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#халқаро_эътироф

👏👏👏 Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida erishilayotgan yutuqlar xalqaro miqyosda eʼtirof etildi

Yurtimizda maktabgacha taʼlim sifati samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan tashabbus va amaliy ishlar koʻplab xalqaro tashkilot va ekspertlar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Xususan, “Oʻzbekistonda bolalarni erta rivojlanishini takomillashtirish” xalqaro loyihasi boʻyicha olib borilayotgna va erishilgan natijalar Jahon bankining “Yevropa va Markaziy Osiyoda maktabgacha taʼlim va inklyuziv taʼlim orqali asosiy koʻnikmalarni shakllantirish” tashabbusi doirasida alohida eʼtirof etildi.

➖ Jahon banki Oʻzbekistonning maktabgacha taʼlim sohasida, xususan, bogʻcha yoshidagi bolalarning inklyuziv maktabgacha taʼlim qamrab olish saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Chiroqchidagi maktab qoshida yoshlar radiosi faoliyatini boshladi

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…
Подписаться на канал