qashqadaryo_mmtb | Неотсортированное

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

68516

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Подписаться на канал

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Ta'lim sohasi faxriylariga yuksak ehtirom ko‘rsatilmoqda..

Yurtimizda Ikkinchi Jahon urushi yillarida front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylar doimo alohida e’tibor va hurmat bilan qadrlanmoqda. Shu ma’noda, Yakkabog‘ tumanida ham mehnat faxriylarini e’zozlash, ularning xizmatlarini munosib baholash yo‘lida bir qator ezgu ishlar qilinmoqda.

Ana shunday ezgu ishlardan navbatdagisi Yakkabog‘ tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i J.Eshquvatov, bo'lim mas'ullari S.Suyunov, A.Temirovlar tomonidan amalga oshirilib faxriy ustozlar xonadoniga tashrif buyurib ularga samimiy minnatdorlik bildirdi va ularga sihat-salomatlik, tinch va farovon hayot tilashdi.Ustozlar duolari olindi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Nishonlik oʼqituvchi malaka toifa sinovidan 94 ball natijaga erishdi

Nishon tumanidagi 8-umumiy oʼrta taʼlim maktabining oliy toifali, tarix tarix fani oʼqituvchisi Islom Qulturayev malaka toifa sinovidan 94 ball natijaga erishdi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi pedagogning kelgusidagi faoliyatiga omad tilaydi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Shahrisabz tuman  “Miraki” MFYda yangi bog‘cha qurilib,foydalanishga topshirildi

“Miraki'” MFYda 31-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Prezidentimizning izchillik bilan olib borayotgan islohotlari natijasida ushbu bog‘chaning yangi ikki qavatli, 120 o‘rinli zamonaviy shart-sharoitlarga ega binosi qurildi.

Mazkur qurilish ishlari uchun davlat budjetidan investitsiya dasturi asosida davlat tomonidan mablag‘ ajratildi.

Bugun Miraki mahallasi aholisi uchun shodiyona kun sifatida tashkilotning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Sh.Botirov hamda tuman hokimi ijtimoiy soha rahbarlari A.Yangiyev va mahalla nuroniylari  birga ishtirok etdi.

Tuman rahbarlari ochilish marosimida bog‘chada ta'lim-tarbiyaga mas'uliyat bilan yondashish, bolajonlarga zamonaviy ta'lim uslublaridan keng foydalanib, voyaga yetkazish muhimligi xususida o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

TA'LIM VA ISLOHOT
QARSHI SHAHRIDAGI 3-MAKTABNING 100 YILLIK FAOLIYATIGA NAZAR
#6may

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qarshi shahar 6-maktabning 7-A sinf o’quvchilari 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ustozlari holidan xabar oldi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

G'uzor tumani 8-DMTTda Tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida 9-may "Xotira va qadrlash"kuniga bag'ishlanib o'tkazilgan bayram tadbiridan lavhalar

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#live

🔴 Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

➖ Unda yuqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan barcha maktab, bogʻcha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi. Unga koʻra:

— taʼlim va tibbiyot tashkilotlaridagi qoʻl yuvish joylari sanitar-gigiyena vositalari bilan toʻliq taʼminlanadi,

— sharoiti ogʻir boʻlgan 126 ta maktabda hojatxonalar binoni ichida joylashtirilib, yangidan quriladi, 6 mingdan ziyod bogʻchaga geliokollektor olib beriladi;

— 4 ming 295 ta ijtimoiy muassasada suv baki va sisterna oʻrnatiladi.


⚡️ Ushbu maqsadlar uchun shu yilning oʻzida byudjetdan 780 milliard soʻm ajratiladi. Har bir ijtimoiy soha muassasasi toza, ozoda boʻlishi, unda odamlar uchun qulay sanitar-gigiyena sharoiti yaratilishi shartligi qayd etildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Bilimdon o‘quvchilar" tanlovi ishtirokchilari eʼtirof etildi

"PISA-2025" xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan maktablarning 15 yoshdagi o‘quvchilar tayyorgarligini kuchaytirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan "Bilimdon o‘quvchilar" tanlovi o‘tkazildi edi. Bugun shu munosabat bilan tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Mazkur jarayon Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshligʼi B.Sherdonov hamda sohaviy masʼullar ishtirokida 11 nafar oʼquvchilar eʼtirof etildi.

Ushbu tanlovda Chiroqchi tumani 121-maktab o’quvchilariga tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Orzular sari yo‘l: Bizning o‘quvchimiz xorijda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi!
(+video)

📝Mazkur lavhada yosh boʼlishiga qaramasdan, xalqaro natijalarni zabt etayotgan Shaxnoza Badalova haqida hikoya qilamiz.

➡️U Qarshi shahridagi 19-umumiy oʻrta ta’im maktabining 11-A sinf oʻquvchisi. 10-sinfligidanoq xalqaro ingliz tili imtihoni IELTSdan 7.5 ballga erishgan. 11-sinfligida esa xalqaro matematika SAT imtihonidan 1350 ballni qoʻlga kiritgan.

➡️Bundan tashqari muddatidan oldin AQSH, Yevropa va Toshkent shahridagi universitetlariga grant asosida qabul qilingan. Bulardan Top 100lik reytingiga kiruvchi Penn State, Purdue university va Florida, Bostondagi nufuzli universitetlarga talabalik baxtiga muyassar boʻlgan.

U «... Hozirda yana boshqa davlatlarga ya’ni Ispaniya va Koreya universitetlaridan qabul xati kutayapman va topshirish jarayonidaman. Bo’sh vaqtlarimda sohimga oid turli xil kitoblar oʻqiyman, musiqa ya’ni skripka chalish bilan shugʻillanaman. Shu yoshimda oʻz tengqurlarimga va mendan kichik boʻlgan yoshlarga ingliz tilini oʻrgatib xalqaro IELTS va milliy sertifikat CEFR ga tayyorlab oʻz bilimimni ulashaman, daromad qilaman. Bu daromadim orqali oʻz bilimimga investitsiya qilaman. Oʻz ustimda rivojlanisj uchuh ishlayman va harakat qilaman. Eng katta maqsadlarimdan biri Vatanimizning faxriga aylanib uni eng yuksak choʻqqilarga koʻtarishdir. Shuncha imkoniyat va sharoit yaratib berib meni shu darajagacha chiqargan bobom, ota-onam, maktab maʼmuriyatiga minnatdorchilik bildiraman»,— deydi Shahnoza BADALOVA.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi oʼquvchining kelgusidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilaydi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

⚡️Dehqonobod tumanida sayyor qabul oʻtkazildi

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun, barcha davlat organlarida aholi murojaatlari bilan ishlashda sifat jihatdan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqni tinglash, ularni muammolarni hal etishda shak-shubhasiz kutilgan natijalarni bermoqda.

Bugun 7-may kuni Dehqonobod tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.Unda boʻlim boshligʻi Risolat Eshqobilova va boʻlimning Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassisi K. Aliyev va tegishli masʼullar fuqarolarni qabul qilishdi. Qabulda murojaatlarning 5 nafaridan 2 tasi joyida ijobiy hal etildi va 3 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan murojaatlar mutasaddilarga yoʻnaltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Natija

Qashqadaryodagi "Eng yaxshi Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarma boshlig‘i o’rinbosari" nominatsiyasi doirasida soʼrovnoma oʼz yakuniga yetdi

Eslatib oʼtamiz, natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i oʼrinbosari boshqarma tomonidan eʼtirof etiladi.
Yakuniy natijalarga koʼra,
1-oʼrin Davron Tojiyev;
2-oʼrin Orif Umirov;
3-oʼrin Maqsud Panjiyev;
4-oʼrin Farid Bazarov
larga nasib etdi.

SOʼROVNOMA NATIJALARI:
▪️BATAFSIL▪️


Eʼtirof boʼyicha qoʼshimcha axborot beriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryolik oʼquvchi Osiyo chempionatida 2-oʼrinni egalladi

Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 34-umumiy o’rta ta’lim maktabining 8-sinf o’quvchisi Xolmurodov Xasan U15 va U17 yosh o’rtasida boks bo’yicha Osiyo chempionatida faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Live

Galdagi vazifalar, ta’lim sifati va direktorlar masʼuliyatini oshirishga doir yig‘ilish o'tkazildi

Mavzuga doir(1)

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📣 Qadrli kuzatuvchilar!

Avval xabar qilinganidek, fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etishlari uchun joriy yilning 1-martidan 1-mayiga qadar davom etgan arizalar qabuli (hujjat topshirish) muddati yakunlandi.

Joriy yil eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun tayanch maʼlumot toʻgʻrisida 1 211 nafar, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma olish uchun 5 920 nafar (jami 7 131 nafar) fuqaroning arizalari qabul qilindi.

➖ Eksternatlar joriy yilning 26-mayidan 20-iyuniga qadar belgilangan tartibda yakuniy davlat attestatsiyalarini topshiradi hamda undan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma beriladi.

✋ Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

To‘garak rahbaridan ajoyib natija

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan "O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi" shaxmat musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada Muborak tuman "Barkamol avlod"bolalar maktabining "Shaxmat" to'garak rahbari Qo'ziyeva Ra'no ishtirok etib, yaxshi natija ko‘rsatdi va sovrindor bo‘ldi.

To'garak rahbarining bundan keyingi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Хотира муқаддас ва абадийдир!

Вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси ходимлари 9-май - “Хотира ва қадрлаш куни” муносабати билан   бошқармада кўп йиллар дарсликлар бўйича методист бўлиб ишлаган, марҳум Халилов Жўра Шадманович хонадонида бўлиб, оила аъзолари ҳолидан хабар олишди ва устозни таълим тизимида ишлаган даврларини ҳамда ҳаёт йўлларини ёдга олишди.
 
Оила аъзоларини 9-май - “Хотира ва қадрлаш куни” билан қутлаб, уларга мустаҳкам соғлик, узоқ умр, бахт-саодат, тинчик ва хотиржамлик тилашди.
 
Дунё ўзи бир лаҳзалик, неъматлар, насибалар вақтинча. Жўра аканинг ёрқин хотираси дўстлари ва касбдошлари қалбида  мангу сақланиб қолади.


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Xotira_abadiy

9-may-Xotira va qadrlash kuni

Bugun Qarshi tumani, Beshkent shahridagi xotira xiyobonida 9-may Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk g‘alabaning 80 yilligiga  bag‘ishlangan tantanali miting o‘tkazildi.

Tadbirda Qarshi tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi jamoasi, o'quvchi yoshlari ishtirok etdilar va motamsaro ona haykali hamda afg‘on urushida qatnashib, shahid bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.

📝Tantanali mitingda urushda qatnashib qahramonlarcha halok bo‘lgan va buyuk g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan o‘zbek o‘g‘lonlari hamda front ortida mardonavor mehnat qilgan  yurtdoshlarimiz nomlari hurmat va eʼtibor bilan tilga olindi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#XOTIRA_MUQADDAS

Shahrisabz shahar "Barkamol avlod" bolalar  maktabining 8 - umumiy o‘rta taʼlim maktabida tashkil etilgan "Mental arifmetika" tarmoq toʻgarak aʼzolari tomonidan 9-may  Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Jadidlar izdoshlari - Barkamol avlod yoshlari" shiori ostida xotira kechasi o‘tkazildi.

Tadbirlarda o'quvchi yoshlar tomonidan ajdodlarimizni yod etib she'r va qo‘shiqlar ijro etildi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qarshi tumani 44-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlangʻich sinf o'qituvchisi Bo'riyeva Zarina G'ofur qizi attestatsiya sinovlariga ishtirok etib, 94 ball bilan oliy malaka toifasiga ega bo'ldi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#XotiraVaQadrlash
#QashqadaryoDMTT
#Qarshi_shahar

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#XotiraVaQadrlash
#QashqadaryoDMTT

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryolik oʼqituvchi malaka toifa sinovlarida 94 ballik natijani qayd etdi

Mirishkor tumani 30-maktabning B
boshlangich ta'lim fani o'qituvchisi Ramazonova Sevara Bahodir qizi 94 ballni qo'lga kiritdi.


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Xotira abadiy va muqaddas!

Muborak tumani 12-Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Motamsaro ona" majmuasiga MMTB ruxsati asosida ekskursiya tashkillashtirildi.


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

G'uzor tumani 8-Dmttda tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida 9-may "Xotira va qadrlash"kuniga bag'ishlanib o'tkazilgan bayram tadbiridan lavhalar.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#al_Xorazmiy
#Xalqaro_olimpiada

⚡️ Ertaga Al Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasiga start beriladi

Unda Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 202 nafar ishtirokchi qatnashadi.

Ma’lumot uchun:
III Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika olimpiadasi ilk marotaba 2 ta fan (matematika va informatika)dan tashkil etilmoqda.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |


#Milliy_kontent

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bolalar uchun milliy kontentlarni yaratish maqsadida sohaning yetuk mutaxassislari va yosh iqtidorlar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Unda rassom, dizayner, animator, videograf, fotograf va kontent yaratuvchilar mahorat darslari, davra suhbatlari, mashg'ulot hamda amaliy jarayonlarda qatnashishlari rejalashtirilgan.

Bugun mazkur o‘quvlarda ishtirok etuvchi yoshlar oromgohga yetib kelishdi. Mas'ullar tomonidan loyihaning ahamiyati, kutilayotgan natija va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Ertaga — 7-may kunidan o‘quv mashg‘ulotlariga start beriladi.

📊 Ma'lumot o‘rnida: ushbu mahorat darslarida yurtimiz bo'ylab 150 nafarga yaqin yoshlar qatnashmoqda.


📍 Bo‘stonliq tumanidagi "Renessans" bolalar oromgohida tashkil etilgan tadbir ishtirokchilari sohadagi tajribasi, yutuqlariga ko‘ra saralab olingan.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#No_comment
#инклюзив_таълим

“Inklyuziv taʼlim samaradorligini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi oʻquv-seminari jarayonlari va taqdirlash marosimidan videolavha.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Jarayon

Galdagi vazifalar, ta’lim sifati va direktorlar masʼuliyatini oshirishga doir yig‘ilish o'tkazildi QASHQADARYO

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i U. Oripovning maktabgacha va maktab taʼlimi direktorlari ishtirokida navbatdagi yig'ilishi zoom platformasi orqali o'tkazildi.

Mazkur yig'ilishda 9-May – “Xotira va qadrlash kuni”ni belgilangan tartibda keng nishonlash yaʼni quyidagi vazifalar belgilab berilgan:
- ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish;
- mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish;
- o‘tkaziladigan tadbirlarda barcha faxriylarga hurmat ko‘rsatish maqsadida umumta’lim maktabi o‘quvchilariga Davlat bayrog‘i aks etgan Sharaf lentasini ko‘ksiga taqqan holda “Motamsaro ona” haykali poyiga va “Vatanparvarlar bog‘i” hamda hududlardagi Xotira maydonlariga o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlangan holda ekskursiyalarini tashkil etish;
- o‘quvchi-yoshlarni Vatanga muhabbat, sadoqat, mardlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘quvchilar ishtirokida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, aholini tinch va osoyishta hayotini ta'minlashda qahramonlik ko‘rsatib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xizmatchilar o‘qigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan byustlarning poyiga gul qo‘yish;
- o‘quvchi yoshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy qismlarga, oliy harbiy ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishishi uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini 2024-yil 5-10-may kunlari uyushtirish hamda ushbu maskanlarda harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, suhbat munozaralar, sport o‘yinlarini tashkil etish;
- umumta’lim maktablarida faxriylar ishtirokida Ikkinchi jahon urushi g‘alabasiga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida jasorat tarixi darslarini o‘tkazish.
- shuningdek, bayram tadbirlarida o‘quvchi-yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi kuy va qo‘shiqlardan foydalanilishi, milliyligimizni aks ettiruvchi liboslar kiyilishiga alohida e'tibor qaratilishi, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi bobolarimizning vorislari kabi harbiy-vatanparvarlik musobaqalari o‘tkazilishi lozim.
- yuqoridagi topshiriqlar barcha ta’lim tashkilotlariga yetkazilishi hamda umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni yuqoridagi talab asosida tashkil etilishi masalalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosi, maktab o‘quvchilari ishtirokida yo‘l transport xodisalarini oldini olishga doir galdagi vazifalar belgilab olindi.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

⚡️Директор жамғармасидан устама белгилашда баҳоланадиган кўрик танловлар рўйхати

2025-2026-ўқув йили учун умумтаълим муассасаларидаги ўқитувчиларнинг базавий таъриф ставкаларига ҳар ойлик устамалар белгилашда инобатга олинадиган олимпиадалари, кўрик танловлар, мусобақалар, тадбирларни рўйхати тавсия қилинмоқда.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#milliy_sertifikat
#B2

Kasbi tuman maktabgacha va maktab ta‘limiga qarashli 24-maktabning 10- A sinf o'quvchisi Ziyodullayeva Gulsevar Bahodir qizi chet (ingliz) tilini bilish darajasini belgilovchi imtihondan muvaffaqiyatli oʻtib milliy sertifikatni qoʻlga kiritdi

Oʻquvchilarimizning taʼlim-tarbiya bergan ustozlariga va ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz.

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…
Подписаться на канал