qashqadaryo_mmtb | Неотсортированное

Telegram-канал qashqadaryo_mmtb - Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

68516

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: qashqadaryovxtb@xtv.uz

Подписаться на канал

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

ЎҚУВЧИЛАР “ЖАСОРАТ МАКТАБИ”ГА ТАНЛОВ АСОСИДА ҚАБУЛ ҚИЛИНМОҚДА

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024 йил 15 ноябрдаги ПҚ–393-сон “Жасорат мактабларини ташкил этиш тўғрисида”ги қарорига асосан, мамлакатимизнинг ҳар бир туман (шаҳар)ида биттадан умумий ўрта таълим мактаби негизида “Жасорат мактаби” ташкил этилиши белгиланган.
📄 Қарор билан тўлиқ танишиш: lex.uz/uz/docs/6812313

Мазкур қарор ижросини таъминлаш мақсадида Чироқчи туманидаги 105-умумий ўрта таълим мактаби “Жасорат мактаби” сифатида белгиланди.

Ушбу мактабда таҳсил олиш истагини билдирган ўқувчилар жисмоний тайёргарлик синовларидан ўтказилди.

/channel/chiroqchi_tuman_mmtb

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

ЎҚУВЧИЛАР “ЖАСОРАТ МАКТАБИ”ГА ТАНЛОВ АСОСИДА ҚАБУЛ ҚИЛИНМОҚДА

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024 йил 15 ноябрдаги ПҚ–393-сонЖасорат мактабларини ташкил этиш тўғрисида”ги қарорига асосан, мамлакатимизнинг ҳар бир туман (шаҳар)ида биттадан умумий ўрта таълим мактаби негизида “Жасорат мактаби” ташкил этилиши белгиланган.
📄 Қарор билан тўлиқ танишиш: lex.uz/uz/docs/6812313

Мазкур қарор ижросини таъминлаш мақсадида Яккабоғ туманидаги 5-умумий ўрта таълим мактаби “Жасорат мактаби” сифатида белгиланди.

Ушбу мактабда таҳсил олиш истагини билдирган 130 нафар ўқувчи ариза топширди. Улардан 120 нафари 2025 йил 10 июль куни Қарши шаҳридаги Олимпия ва Паралимпия спорт турлари марказида тест синовларини топширди.

Айни вақтда, жисмоний тайёргарлик синовлари бошлаб юборилди. Синовлар бугундан бошланди ва эртага — 18 июль куни ҳам давом эттирилади.

Тадбирни расмий очиб бериш маросимида Яккабоғ тумани ҳокимининг ўринбосари Фозил Хидиров иштирок этиб, ёшларга омад тилади.

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📣📣📣📣📣

OʻQITUVCHILAR OʻRTASIDA NAVBATDAGI RESPUBLIKA OLIMPIADASI OʻTKAZILMOQDA

⚡️Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Oʻqituvchilar oʻrtasida Respublika olimpiadasi tashkil etilmoqda.

Olimpiada 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:
Tuman/shahar bosqichi,
Hududiy bosqich,
Respublika bosqichi.

Olimpiadada ishtirok etish istagida boʻlganlar dastlab joriy yilning 1-avgust kuniga qadar ushbu platformada roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha video-yoʻriqnoma 👈

🔰Respublika bosqichida fanlar kesimida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 10 nafar ishtirokchilar Fan olimpiadalari markazining "Fan kengashi" a'zoligiga qabul qilinadi.

Aziz ustozlar!
Barchangizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Диққат_эълон

📣 HURMATLI BITIRUVCHILAR!

✈️ Siz JANUBIY KOREYAdagi kasb-hunar maktablarida o'qishni davom ettirishni istaysizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekistondagi Koreya Ta'lim markazi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 9- yoki 10-sinflarini bitirgan o‘quvchilari uchun 2026-yilda:


📍Aviatsiya muhandisligi maktabi;
📍Kumoh texnika yuqori sinf maktabi;
📍Chungnam Internet o‘rta maktabi;
📍Chonnam kelajak Xalqaro o‘rta maktabida o‘qish imkoniyati yaratildi.

Mazkur dasturda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar:


9- yoki 10-sinfni bitirgan bo‘lishi;
Koreys tilidan kamida TOPIK 2 sertifikatga ega bo‘lishi;
2008-yil 1-iyuldan keyin tug'ilgan bo‘lishi lozim.

Bunda quyidagi hujjatlar talab etiladi:


➖Ariza shakli;
O‘zini tanishtirish xati;
O‘qish rejasi;
Maktab direktoridan tavsiyanoma;
Rozilik xati;
Shaxsiy tibbiy baholash va yo‘riqnomada ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar.

Barcha hujjatlar bitta pdf shaklga keltirilib, 16-iyuldan 18-iyulga qadar kecuz@korea.kr manziliga yuborilishi lozim.

ESLATMA


❗️Barcha hujjatlar koreys yoki ingliz tilida to‘ldirilishi hamda ingliz (koreys) tiliga notarial tarjima qilinishi talab etiladi.

📞 Murojaat uchun: +998 71 291 81 82 (ichki raqam 118)

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Jasorat_maktabi

📣 Hurmatli ota-onalar!

Joriy yilning 17-18-iyul kunlari "Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich — jismoniy tayyorgarlik sinovlari boʻlib oʻtadi!

⚡️ Jarayonlar ertaga — 17-iyul kuni soat 8:00 da quyidagi manzillarda boshlanadi.

Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda har bir oʻquvchiga 5 tadan jismoniy mashq beriladi hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari va mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanadi.

❗️ Bu muhim: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.


📞 Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun: 1206

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📢 Al-Beruniy nomidagi Xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonining 2-BOSQICHI haqida

🔹 Fanlar: Matematika va Ingliz tili
🔹 Shakl: Yozma ish shaklida

Ingliz tili bo‘yicha yozma ish imtihonlari Buyuk Britaniyaning British Council tashkiloti bilan
hamkorlikda o‘tkaziladi.

🔍 British Council vakillari testlarni tuzish, imtihonni o'tkazish, javoblarni tekshirish va natijalarni e'lon qilish uchun mas'uldir:

✍️ Yozma ish quyidagi 4 qismdan iborat bo‘lib, o'quvchilarni yozish va fikrlash qobiliyati baholanadi.
(50 daqiqa):

1. Word-level writing (around 3 minutes) – Short responses to five simple messages.
2. Short text writing (around 7 minutes) – One response of
20–30 words to a basic prompt.
3. Three short responses (around 10 minutes) – Informal replies of 30–40 words each to simulated forum-style questions.
4. Formal essay (around 30 minutes) – A structured response of 220–250 words to an opinion-based question.

Test bo'yicha yo'riqnoma bilan tanishing.

@alberuniyuzb

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Dehqonobod tumani markazidan 200 km uzoqlikda joylashgan Oybek va Oqqishloq mahallasida yashovchi o‘quvchi-yoshlar uchun “Dolzarb 90 kun” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va turli sport musobaqalari o‘tkazildi.


Unda  hududda joylashgan 18-, 57-, 58-, 74-, 91-, 100-, 103-maktab  oʻquvchilari "Zukko kitobxon", Voleybol, Shaxmat  musobaqalari, "Iqtidor" maktab ansambli, "Turon" maktab teatri chiqishlari, "Zakovat" intellektual o'yini yo'nalishlari bo'yicha o'zaro bilim va mahoratlarini sinovdan o'tkazdilar.  

🎼 "Ayniqsa, "Iqtidor" ansambli qatnashchilari ishtirokidagi badiiy chiqishlar va raqslar katta taassurot qoldirdi", - deydi 18-maktab o'quvchisi Shodiyev Muzaffar.


t.me/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#IChO_2025

✈️ IChO 2025: O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari oltin va kumush medallarni qo’lga kiritishdi

Dubayda boʻlib oʻtgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) O’zbekiston jamoa hisobidagi ko‘rsatkichi bilan yurtimiz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

📊 Yakuniy natijalarga ko’ra terma jamoamizning barcha a’zolari g‘oliblikni qo’lga kiritdi — 2 ta oltin va 2 ta kumush, jami 4 ta medal.

G‘oliblar bilan quyida tanishing:


🥇Daler Rahimov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
🥇Mirjahon Muxammadov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
🥈Ibrohim Temurov — Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi o‘quvchisi — kumush medal,
🥈Biloliddin Zuxriddinov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — kumush medal.

🌐 G’oliblarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilaymiz!

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qarshilik o'quvchi qiz 4 ta xorijiy oliygohdan 4 yillik grand yutib oldi.


Qarshi shahridagi 9-umumta'lim maktabi bitiruvchisi Tilovmurodova Madina Ca foscari Venetsiya universiteti (Italiya, Venetsiya) (Top 600 lik reyting), Tor Vergata Universiteti (Italiya, Rim) (Top 300 lik reyting), La Sapienza Rim universiteti (Italiya, Rim) (Top 150 lik reyting) hamda xalqaro Webster universitetlariga (Toshkent) 4 yillik grand yutib oldi.

"Men dunyo reytingida 150 talikda turgan La Sapienza Rim universitetini tanladim", - deydi bitiruvchining o'zi.


t.me/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |


#imtihon_2025

🔴 Ayni vaqtda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga birinchi bosqich kirish imtihonlari mamlakatimizning 13 ta hududida bo‘lib o‘tmoqda.

Yurtimiz ta’lim tizimida yangi bosqich hisoblangan ushbu maktabga kirish uchun 6 184 ta talabgor o‘quvchidan ariza kelib tushgan (bir o‘ringa o‘rta hisobda 103 nafar talabgor).

Ma’lumot uchun: birinchi bosqich sinov jarayonlari matematika  va ingliz tili fanlaridan (har bir fan bo‘yicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida) tashkil etilmoqda. Matematika fani uchun 90 daqiqa, ingliz tili fani uchun 40 daqiqa vaqt beriladi
.

👉 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"QASHQADARYO AXBOROTI" Prezident va ijod maktablarida hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025-2026 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkazilmoqda
#10july

|
📷INSTAGRAM | 📒FACEBOOK
|
✈️TELEGRAM | 🖤QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔹 JONLI EFIR TV ⭕️⭕️⭕️⭕️
|
✈️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

2024-2025-oʻquv yili yakuni hamda maktab rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Chiroqchi tumani hokimligi binosida tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari bilan bugungi kunda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, 2024-2025-oʻquv yili yakuni hamda maktab rahbarlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Tanqidiy yig'ilishni kun tartibidagi masalalar maktab bitiruvchilarni oliy ta‘lim muassasalariga kirish ko‘rsatgichlari, ta‘lim muassasalarda Dolzarb 90 kun loyihasi ijrosi, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik hamda erta turmushni oldini olish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida oliy ta‘lim muassasalariga hujjat topshirishda hamda maktab bitiruvchilari muddatdan oldin talaba bo‘lishi bo‘yicha yuqori natijaga erishgan bir guruh makatb direktorlari tuman hokimi tomonidan 5 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi
.

/channel/chiroqchi_tuman_mmtb

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi test sinovlari bo'lib o'tadi.


Joriy yil 10-iyul kuni Qashqadaryo viloyatida "Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi test sinovlari bo'lib o'tadi.

Test sinovlari Qarshi shahridagi Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash maktab internati manejida o'tkaziladi.

Lokatsiya:

38.8364701,65.8160046,20z/data=!4m6!3m5!1s0x3f4ea9fe818ab04f:0xb30eaa4f2fc40532!8m2!3d38.8367691!4d65.8161135!16s%2Fg%2F11s5wmlfh2?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI1MDcwNi4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D" rel="nofollow">https://www.google.com/maps/place/%D0%9C%D0%B0%D0%BD%D0%B5%D0%B6/@38.8364701,65.8160046,20z/data=!4m6!3m5!1s0x3f4ea9fe818ab04f:0xb30eaa4f2fc40532!8m2!3d38.8367691!4d65.8161135!16s%2Fg%2F11s5wmlfh2?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI1MDcwNi4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Yozgi taʼlim va salomatlik uyg‘unligi" mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Shahrisabz tumanidagi 35-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida “Yozgi taʼlim va salomatlik uyg‘unligi” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda maktabgacha taʼlim tizimi mutaxassislari, tarbiyachilar hamda ota-onalar ishtirok etib, yozgi davrda bolalarning sog‘lom turmush tarzini taʼminlash, taʼlim jarayoniga qiziqishni oshirish va bolalarning faol hordiq chiqarishi bo‘yicha tajriba almashdilar. Seminar davomida ochiq mashg‘ulotlar, jismoniy faollik mashqlari, ijodiy burchaklar faoliyati namoyish etildi.

Ushbu seminar bolalarning jismoniy va maʼnaviy kamolotiga xizmat qiladigan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

Obuna bo`ling👉: /channel/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Telegram | Instagram | Shahrisabztumanhokimligi">You Tube | Website

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#pedagoglar_fikri

IKKI YIL ICHIDA MUTAXASSISLIKDAN OLIY TOIFAGA ERISHGAN PEDAGOG


Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim fani oʻqituvchisi Hulkaroy Shodiyeva attestatsiya jarayonlari haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

U ushbu sinovlarda yuqori ballni qo‘lga kiritdi hamda oliy malaka toifasiga ega bo‘ldi.

Navoiy viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qashqadaryoda o‘tkazilgan “Kurash milliy g‘ururimiz” musobaqasi yakunlandi.

Joriy yilning 16-17 iyul kunlari Qarshi shahrida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Kurash milliy g‘ururimiz” shiori ostida sportning Kurash turi bo‘yicha respublika final bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 200 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirokida o‘tkazilgan ushbu musobaqani yuqori malakali hakamlar jamoasi baholab borishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan kurash bahslari yakunida o‘z vazn toifalarida eng kuchlilar aniqlandi.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Yoshlik Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengash raisining birinchi oʻrinbosari Abdumalik Yuldashev ishtirok etdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Musobaqani odilona va halol boshqargan bir guruh hakamlar jamoasi ham tashkilotchilar e'tiboridan chetda qolmadi.

Telegram|Instagram|Facebook|qashqadaryosport">Youtube

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#Imtihon_2025

🔴 Bugun viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida yangi tashkil etilgan “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi — jismoniy tayyorgarlik sinovlari bo'lib o'tdi.

Suratlarda Qarshi shahri va Kasbi tumanidagi jarayonlar.


@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"REPORTAJ" Ushbu ko`rsatuvda G'uzor tumanidagi 12-son DMTT hamda Nishon tumanidagi 8-son DMTT da "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ibratli ishlar haqida so'z boradi.
#16july

|
📱 INSTAGRAM |📱 FACEBOOK
|
📱 TELEGRAM | 📱 QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔹 TV ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
|
🔹 RADIO FM 102.3 ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
|
📱 RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📱 RADIO FM 102.3 INSTAGRAM

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qarshi shahrida “Kurash milliy g‘ururimiz” musobaqasi final bosqichiga start berildi

Bugun Qarshi shahrida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Kurash milliy g‘ururimiz” shiori ostida sportning Kurash turi bo‘yicha respublika final bosqichi musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Yoshlik Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengash raisi Abdumalik Yuldashev, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi boshlig‘I o‘rinbosari Davron Tojiyev, viloyat kurash federatsiyasi raisi, faxriy sportchi Bahrom Avazov, kurash faxriylari, trener hamda sportchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida yosh sportchilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Ma'lumot uchun, mazkur kurash musobaqasida respublikamizning barcha hududlaridan 200 nafardan ortiq yosh polvonlar o‘z vazn toifalarida gilamga chiqishmoqda.


Telegram|Instagram|Facebook|qashqadaryosport">Youtube

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

📢E'LON!!!

“Viloyat hokimi stipendiyasi“ tanloviga 2025-2026-o'quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi. QASHQADARO


Hujjatlar maktab direktorining tavsiyasi bilan tuman, shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlarida qabiul qilinadi.

📃"Viloyat hokimi stipendiyasi"ning qarori va nizomi;

@Qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Qaror ijrosi ta'minlanmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yilning 19-maydagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qarorining 9-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xorijiy til bilish sertifikatiga ega bo‘lmagan o'qituvchilar uchun tasdiqlangan reja-grafik asosida seminarlar tashkil etilib kelinmoqda.

Seminarda sertifikatga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun yoz oylarida imtihon topshirish imkoniyati bo‘lgan sertifikatlar va markazlar to‘g‘risida maʼlumotlar hamda Mock testlar bo‘yicha tushuncha va takliflar berildi.

t.me/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.

Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi.

Shuningdek:

➖ tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;

➖ vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

➖ yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;

➖ umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;

➖ maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;

➖ o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;

➖ o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;

➖ yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.

Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |



📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hafta ichida.

O’tgan haftada amalga oshirilgan:

➖tadbirlar va xalqaro tashkilotlar bilan uchrashuv;
➖qabul va kasbiy (ijodiy) imtihonlar hamda
➖hududlardagi ochiq muloqot va o‘rganishlar — hafta DAYJESTida.


7— 13-IYUL, 2025-yil


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

✈️ Cyber University — orzularingizning manziliga yo‘l shu yerdan boshlanadi!

📊 Kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot… 8 ta zamonaviy bakalavriat yo‘nalishi va dunyoqarashingizni o‘zgartiruvchi ta’lim — shu yerda!

Imtihon fanlari haqida o‘ylayapsizmi?


🌐 Yo‘nalishingizga mos imtihon fanlari haqida shu yerda tanishishingiz mumkin. To‘g‘ri tayyorgarlik — muvaffaqiyatning kaliti!

Nega aynan Cyber University?


🔰 Siz uchun kerakli barcha imkoniyatlar bir joyda:


➖100 ta DAVLAT GRANTI — bepul o‘qish imkoniyati!
➖100% yotoqxona — barcha talabalar uchun shinam va xavfsiz turar joy!
➖ Bitiruvchilarimiz ish qidirmaydi — ish beruvchilar o‘zi izlab kelishadi!
➖ IT kompaniyalarda amaliyot va 100% ingliz tilida ta’lim.
➖O‘ziga xos video-kontent — eksklyuziv materiallar shu yerda.

Imkoniyatni boy bermang!


📍 Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri
📞 Tel.: +998 (55) 888-55-55

Cyber University — bu shunchaki o‘qish emas, bu sizning kelajagingiz!

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan "Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatida moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish bo'yicha tizimli yondashuv" mavzusidagi o‘quv seminariga start berildi.

Unda vazirlik tizimidagi hududiy bo‘linmalar bosh buxgalterlari ishtirok etishmoqda.

Tadbirni vazir orinbosari Temur Komilov kirish sozi bilan ochib berdi hamda seminar ishida omad tiladi.

Trening doirasidagi ma‘ruzalar va mahorat darslarida:


➖Tizimda korrupsiyaviy holatlarni oldini olish boyicha amalga oshirilayotgan ishlar;
➖UzASBO dasturiy majmuasiga kiritilayotgan ozgarishlar;
➖Davlat xaridlarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar va yechimlar;
➖Moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish boyicha tavsiyalar haqida soz bormoqda.

📍Seminar-trening jarayonlari 2 kun davom etadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

"Jarayon" G’uzor tumani 11-DMTTda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.
#9july

|
📷INSTAGRAM | 📒FACEBOOK
|
✈️TELEGRAM | 🖤QashqadaryoTeleradiokanali">YOUTUBE
|
🔹 JONLI EFIR TV ⭕️⭕️⭕️⭕️
|
✈️RADIO FM 102.3 TELEGRAM
|📷RADIO FM 102.3 INSTAGRAM

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Ахborot 24 | Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
#10july

mtrk.uz | Instagram | uzbekistan24tv?si=m-_eAmd7PnUgU6B9">Youtube | Facebook | Telegram

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

Kosonlik o'qituvchi respublika tanlovi g'olibi bo'ldi.


Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 33-maktabning informatika o'qituvchisi Omonov Farrux Baxtiyorovich eMaktab O‘zbekistondagi mezonli maktablar uchun "O‘qituvchi - novator 2025" tanlovi g'olibi bo'ldi.

O‘qituvchilar o‘rtasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan tanlovda O‘zbekistonning 1500 ta mezonli maktablari ishtirok etdi.

G'olib o'qituvchi viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari tomonidan munosib e'tirof etildi.

t.me/qashqadaryo_MMTB

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

#muallimning_bir_kuni

➖1-sinfga chiqqan vaqtimda ustozim qo'limizga qalam berib, yozishni o'rgatganda o'zimni ertaklar dunyosiga tushganday his qilganman. O'qish, yozish, bilim olish menga sehrgarlikday tuyulardi. O'shandayoq o'qituvchi kasbiga juda qiziqqanman..."


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Madaniyat va maʼrifat” telekanali hamkorligida "Muallimning bir kuni” loyihasining navbatdagi soni efirga uzatildi.

Bu galgi ko'rsatuvda Namangan shahar 32 – DMTT direktori o‘rinbosari Munojat Egamberdiyeva kasbiy faoliyati haqida hikoya qilinadi.

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

📣 Umumta’lim maktablari direktorlari va pedagoglari diqqatiga!

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumta'lim maktablarining koreys tili o‘qituvchilarini kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul davom etmoqda.

Ushbu kurslar:


joriy yilning iyul — avgust oylarida — oflayn ta’lim shaklida;
sentabr — (2026-yil) yanvar oylarida — masofaviy (online) ta’lim shaklida bo'lib o'tadi.

Ushbu kursda bakalavr darajasidan kam bo‘lmagan oliy ma’lumotga ega:


➖ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari (o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillari);
➖ chet tili fani o‘qituvchilari;
➖ rus tili fani o‘qituvchilari;
➖ davlat tili (o‘zbek tili) fani o‘qituvchilari;
➖ filologiya va chet tillar bo‘yicha kadrlar tayyorlash sohasi mutaxassislari ishtirok etishi mumkin:.

🌐 Pedagoglar mazkur kursda ishtirok etishlari uchun qaytatayyorlov.kl@gmail.com elektron pochta manziliga quyidagi hujjatlar nusxalari hamda ma‘lumotlarni yuborishlari lozim:

➖Oliy ma’lumot diplomi nusxasi;
➖Pasport nusxasi;
➖Maktab rahbariyati tomonidan berilgan rasmiy yo‘llanma;
➖Telefon raqami;
➖Elektron pochta manzili.

Hujjatlar qabuli 2025-yil 5-iyuliga qadar davom etadi.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998500036179 raqami bilan bog‘lanishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…
Подписаться на канал