piimauz | Неотсортированное

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

44448

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48

Подписаться на канал

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Namanganlik o‘quvchilar dunyoning Top-20 taligiga kiruvchi oliygoh talabasi bo‘ldi

Uch nafar namanganlik yoshlarimiz: Namangan shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatidan Ziyodullobek Qo‘ziboyev, Saydullo Supijanov hamda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 58-umumta’lim maktabi bitiruvchisi Sherxon Hasanov Pechak ligasi (Ivy League) tarkibiga kiruvchi, dunyo reytingida 15-o‘rinda turuvchi Pensilvaniya universiteti talabasi bo‘ldi.

Uchovlon joriy yil oliy ta’limni AQSHda davom ettirishadi.

Yigitlar maktabda yaxshi baholarga o‘qigan, faol, IELTS hamda SATdan yuqori ballarni olib, xalqaro serifikatlarga ega.

Yoshlarimizga omad, dunyoning yetakchi ta’lim muassasasida olgan qimmatli bilimlarini mamlakatimiz taraqqiyoti uchun sarflashini tilab qolamiz.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bitiruvchilar_qurultoyi
#1_kun

🤩 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar Bitiruvchilar qurultoyining 1-kun jarayonlari videolavhada

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bitiruvchilar_qurultoyi

🤩 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar Bitiruvchilar qurultoyidan fotoreportaj

📊 Qurultoy doirasida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha sho‘balarda yangi loyihalar va ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan birga, bitiruvchilar uchun turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

🟢 Uchrashuvlar davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Andijon nafasi | Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Sherzodbek Nuraliyev va o‘quvchisi Asilbek G‘ulomjonov
yaratgan ixtiro
#AndijonMTRK

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#ijod_maktabi

Yangi uygʻonish yoʻli | Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
#madaniyat_maʼrifat

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Maktab_hayoti
#Robototexnika

🤩 Nukus shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o‘quvchisi Mehriddin Damirov to‘garaklarda olgan bilim va ko‘nikmalari, yutuqlari haqida soʻzlaydi.


💫 Ilmga ishtiyoq, texnologiyalarni mukammal egallash va kelajakka ishonch oʻquvchilarimizga xos xususiyat!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_mashgʻulotlar

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan, ijod va sport maktablari hamda "Renessans" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida innovatsion yozgi mashgʻulotlar davom etmoqda.

O‘quvchilarimiz robototexnika, informatika, matematika, kimyo va biologiya, xorijiy tillar, kitobxonlik, sport, tasviriy sanʼat kabi yoʻnalishlardagi toʻgaraklarda faol qatnashib, taʼtilni mazmunli oʻtkazmoqda.

Tashkil etilayotgan "Zakovat" intellektual oʻyinlari, ijodiy tanlovlar, viktorinalar va sport musobaqalari esa yoshlarimizning bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazib, ularni raqobatbardosh va jamoaviy ishlashga o‘rgatmoqda.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📣 Qabul yakunlanishiga 3 kun qoldi

✅ “Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishga arizalar qabuli 26-iyun soat 23:59 ga qadar davom etadi.

📝 Bakalavriat yo'nalishlari:
🔹Kimyo va materialshunoslik muhandisligi;
🔹Mexanika muhandisligi;
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi;
🔹Kiberxavfsizlik;
🔹Sun’iy intellekt va robototexnika;
🔹Amaliy matematika;
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
🔹Pedagogika;
🔹Sanoat boshqaruvi.

✨ Ushbu yo'nalishlarda tahsil olib, dunyoning nufuzli universitetlarida tajriba orttirgan mahalliy va xorijlik professor-o'qituvchilardan zamonaviy bilimlarni o'rganishingiz mumkin.

💥 O‘qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz
❓Savol va murojaatlar uchun:
☎️ Koll-markazi: +998712024111
✈️ Telegram bot: @newuucontact_bot

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#qabul2025 #admission2025

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#SAT_result
#bizning_faxrimiz

⚡️YOSH OʻQUVCHIMIZDAN SUPER NATIJA

🤩 9-sinf bo‘lishiga qaramay, Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Amirxan Shelmuxanov SATdan 1550 ball toʻplab, xalqaro darajadagi imtihonda katta muvaffaqiyatga erishdi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi.

Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan boʻlib, dunyoning nufuzli universitetlariga oʻqishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.


Oʻquvchimiz atigi 9-sinfda bu natijaga erishgani alohida eʼtirofga munosibdir!

💫Maktablarimizdagi zamonaviy ta’lim yondashuvlari, ilm-fan sari yo‘naltirilgan kuchli metodik tayyorgarlik yoshlarimizga cheksiz imkoniyat bermoqda!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_faxrimiz
#100_foizlik_grant

⚡️PREZIDENT MAKTABIDAN YEVROPANING NUFUZLI OLIYGOHIGACHA

🤩 Termiz shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Samina Abdurazzoqova Vengriyaning eng nufuzli oliygohi – Debretsen universitetining tibbiyot yo‘nalishiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

📝Debretsen universiteti (University of Debrecen) – Yevropaning qadimiy va eng ilg‘or ilmiy markazlaridan biri bo‘lib, unga 1538-yilda asos solingan. Oliygohda tibbiyot, biologiya, farmatsevtika, muhandislik va IT kabi sohalar bo‘yicha kuchli ilmiy-amaliy salohiyatga mutaxassislar tayyorlanadi.

💫Samina endilikda ana shu ilm-fan markazida tibbiyot sohasida chuqur bilim olib, kelajakda mamlakatimiz tibbiyot sohasi ravnaqiga munosib hissa qo‘shishiga tilakdoshmiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025
#infografika

🤩 Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali 1-iyundan 20-iyun kuniga qadar arizalar qabuli amalga oshirildi.

📊Arizalarning hududlar va maktablar kesimidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabiga hujjatlar qabuli 25-iyun soat 23:59ga qadar davom etadi.

🔎Shuningdek, Prezident maktablarining 7–10-sinflaridagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Joyida | Prezident maktabi o‘quvchisi xalqaro grant sohibi bo‘ldi
#mahallaTV

📍Guliston shahridagi Prezident maktabi

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Atrof_muhitni_asrash_va_yashil_iqtisodiyot_yili
#EcoExpo2025
#start_up

⚡️OʻQUVCHILARIMIZ "ECO EXPO CENTRAL ASIA 2025” ISHTIROKCHISI

🤩 Buxoro hamda Termiz shahridagi Prezident maktablarining bir guruh eco-faol oʻquvchilari poytaxtimizda oʻtkazilayotgan “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro koʻrgazmasida start-up loyihalari bilan ishtirok etmoqda.

Oʻquvchilarimiz koʻrgazmada taqdim etayotgan "EcoVortex" loyihasi vertikal shamol turbinasi orqali energiya olishni koʻzda tutsa, "Hydroguard" loyihasi kanaldagi chiqindilarni suvdan olingan energiya orqali tozalashga qaratilgani bilan eʼtiborga molik. Shuningdek, "Liquid Tree" (Xlarella suyuq daraxt) hamda "Hydrone" sugʻorishda ishlatiladigan dron loyihalari ham koʻrgazma mehmonlarida katta qiziqish uygʻotmoqda.

Yoshlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan shu kabi start-up loyihalar zamonaviy texnologiyalarga asoslangan boʻlib, atrof-muhit uchun xavfsiz, tabiiy resurslarni asrab-avaylashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Maʼlumot oʻrnida, Eco Expo Central Asia – bu atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasidagi innovatsion yechimlarni muhokama qilish hamda namoyish qilish uchun dunyoning yetakchi ekspertlari, ekologlari, tadbirkorlar va faollarini birlashtiruvchi eng yirik xalqaro ko‘rgazmadir.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Samarqand,
19.06.2025.



Самарканд,
19.06.2025.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025

🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI
Prezident maktablariga;
Ijod maktablariga;
Sport maktablariga;
Ixtisoslashtirilgan maktablarga
2025/2026-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati tugashiga 3 kun qoldi.

📶 my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_faxrimiz
#SAT_result

🤩 Samarqand shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Daniel Ismagilov SATdan 1560 ball toʻplab, xalqaro darajadagi imtihonda katta muvaffaqiyatga erishdi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi.

Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan boʻlib, dunyoning nufuzli universitetlariga oʻqishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

💫 Daniel, Siz bilan faxrlanamiz, yutuqlaringiz bardavom boʻlsin!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ayni kunlarda “Raqamli avlod qizlari-2025” g‘oliblari AQShda ta’lim sayohatida boʻlib turibdi.

Yodimda, ushbu tanlovni ilk bor tashkil etganimizda gʻoliblarni qanday ragʻbatlantirish haqida ancha oʻylaganmiz. Oʻqimishli, xorijiy tillarni yaxshi oʻzlashtirgan, innovator qizlarni qanchadir miqdordagi pul, biror buyum bilan ilhomlantirish qiyin. Ularga eng zarur narsa – imkoniyat!

Biz gʻolib qizlarimizga dunyoning eng nufuzli universitetlariga borish, tanishish, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatini yaratdik.

Mana bu videoda qizlarning Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga sayohatini koʻrishingiz mumkin. Ishonaman, ular orasidan ham ana shunday yetakchi ta’lim dargohlarini zabt etadigan oʻzbek qizlari, albatta, chiqadi.

Ta’lim sayohati davom etadi. Gʻoliblarimiz boshqa OTM, ilmiy markazlar, zamonaviy laboratoriyalar, kutubxonalarda boʻladi.

Jarayonlarni mana bu kanal orqali kuzatib borishingiz mumkin: @digitalgeneration_uz

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025
#ijod_maktablari

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari 30-iyun kunidan boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, Ijod maktablariga saralash imtihonlari uch bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat;
3️⃣-bosqich: test sinovlari.

📍Imtihon boʻlib oʻtadigan manzillar hamda boshlanish vaqti boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_faxrimiz
#IELTS_result

⚡️IELTSDAN 8 BALLIK NATIJA

🤩 Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Rohatoy Yusupova IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

IELTS ingliz tilini bilish darajasini baholovchi nufuzli xalqaro imtihon hisoblanadi. 8 ball bilan esa oʻquvchimiz deyarli barcha xalqaro universitetlarga hujjat topshirish imkoniyatiga ega!


🟢Maʼlumot oʻrnida, Rohatoy Yusupova Italiyaning yuqori reytinglarda turuvchi The American University of Rome oliygohiga ham muddatdan oldin oʻqishga qabul qilingan.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025

🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI AL-BERUNIY NOMIDAGI XALQARO MAKTABIGA 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI TUGASHIGA 1 KUN QOLDI.

📆 Hujjatlar qabuli 25-iyun kuni soat 23:59da toʻxtatiladi. Arizalar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

☎️ Call-markaz: 1206
🤖 @piima_admission_chatbot

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ishga_taklif

LIDER RAHBARLAR TANLOVI — HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA!

⚡️ Siz ta’limda o‘zgarish yaratishga, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishga tayyormisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!


🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga ilg‘or fikrlovchi, mas’uliyatli va innovatsion rahbarlarni ishga taklif etadi!

📆 Hujjatlar qabul qilish muddati 30-iyun kuni soat 23:59 gacha job2.piima.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

📝 Bizni tanlashingiz uchun 3 asosiy sabab:

1️⃣Shaxsiy va kasbiy o‘sish: xalqaro tajriba, zamonaviy metodikalar, mentorlik va rivojlanish imkoniyatlari;
2️⃣Mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan treninglar + IELTS, SAT kabi xalqaro sertifikatlar;
3️⃣Global yondashuv asosida ta’limni tashkil etish imkoniyati.


📥 Kerakli hujjatlar:
🪪 Pasport nusxasi;
🎓 Bakalavr yoki magistr diplomi;
🧾 Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
📄 IELTS / CEFR sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).

🔍 Biz qanday nomzodni izlayapmiz?
🔹 Fidokor va mas’uliyatli
🔹 Kuchli liderlik salohiyatiga ega
🔹 Jamoada ishlay oladigan, zamonaviy texnologiyalarni yaxshi biladigan

👨‍💻Kelajak ta’limida sizning o‘rningiz bor!
🌟 Endi sizning navbatingiz — rahbarlikdagi yangi bosqich sari dadil qadam tashlang!

🚀Kelajak innovatsion ta’limini birga quramiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025

🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI AL-BERUNIY NOMIDAGI XALQARO MAKTABIGA 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI TUGASHIGA 2 KUN QOLDI.

📆 Hujjatlar qabuli 25-iyun kuni soat 23:59da toʻxtatiladi. Arizalar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

☎️ Call-markaz: 1206
🤖 @piima_admission_chatbot

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yoshlar_oyligi
#umid_uchquni

⚡️Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev "Yoshlar oyligi" munosabati bilan bir guruh qoraqalpogʻistonlik yoshlarni "Umid uchquni" ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

🤩 Ular safida bizning iqtidorli oʻquvchilarimiz borligi juda quvonarli!

⚡️"Umid uchquni" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan oʻquvchilarimiz:

Manzilbek Karlibaev - Nukus shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi;
Aydos Kitaybekov - Nukus shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi;
Javohir Sadullaev - Nukus shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi;
Ramazonbek Ibragimov - Nukus shahridagi Prezident maktabining 9-sinf oʻquvchisi;
Malika Xojamuratova - Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf oʻquvchisi.

💫 Bilim va salohiyati, erishgan yuqori natijalari bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan umidli yoshlarimizga koʻkrak nishoni muborak boʻlsin!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_faxrimiz
#muddatidan_oldin_talaba

⚡️BIR KUNDA 9 NAFAR OʻQUVCHI TALABALIKNI NAQD QILDI

🤩 Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9 nafar bitiruvchisi bir kunda Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha sertifikatlariga ega boʻlib, oʻzlari tanlagan oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin talaba boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

🗣Umumiy hisobda 189 ball jamg‘arib, o‘zlarining bilimga chanqoqligi orqali yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilarimiz:

Xurshidjon Boʻriboyev;
Sardor Doniyorov;
Nurbek Hafizqulov;
Ziyodulla Mamirov;
Bekmurod Qodirov;
Azizbek Rasulov;
Farangiz Oʻrinboyeva;
Hayitgul Yusupova;
Jamshiddin Usmonov;

🟢 O‘quvchilarimizning bu yutugʻida maktabda yaratilgan zamonaviy sharoit hamda oʻz bilim va tajribalarini ayamagan fidokor ustozlarimizning hissasi katta!


💫 Yurt kelajagi bo‘lgan yoshlarimizni chin yurakdan tabriklaymiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

⚡️"Raqamli avlod qizlari-2025" Respublika tanlovi g'olib qizlarining AQSH davlatiga "Ta'lim sayohati" Vashington shahridan boshlandi.

Ushbu safar davomida Oq Uy, Linkoln xotira majmuasi, Vashington monumenti, Kongress kutubxonasi va Kapitol binosi kabi shaharning siyosiy hamda ijtimoiy hayotida muhim o'rin tutadigan joylariga sayohat qilishdi.

Ta'lim sayohati ishtirokchilari ushbu davlatning tarixi, siyosati, turli sohalar bo'yicha o'ziga xosliklari haqida muhim ma'lumotlarga ega bo'lmoqdalar

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_oromgoh

🤩 “RENESSANS” BOLALAR SOG‘LOMLASHTIRISH OROMGOHI IQTIDORLI OʻQUVCHILARNING NAVBATDAGI GURUHINI QARSHI OLDI.

“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Agentlik tizimdagi taʼlim muassasalari oʻquvchilari oromgohdagi innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etadi.


Maʼlumot o‘rnida, innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlari oʻquvchilarimizning xalqaro olimpiadalarga tayyorgarligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, malakali trenerlar va fan o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

📶 Shuningdek, o‘quvchilarimiz IT va robototexnika, art dizayn, sport va intellektual o‘yinlar, kitobxonlik kabi yoʻnalishlarda o‘z iqtidorlarini namoyish etish, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va ijodiy fikrlash salohiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

❗️
Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_faxrimiz

🤩 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi Qayumov Asilbek Yusuf o‘g‘li SAT imtihonida maksimal 1600 balldan 1320 ball to‘plab xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi.

🗣Eslatib o‘tamiz ushbu o‘quvchimiz CEFR imtihonida B2 darajali sertifikatni qo‘lga kiritgan hamda Xalqaro standartlar olimpiadasining Respublika bosqichida g‘olib bo‘lib, avgust oyida Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladi.


❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_faxrimiz

🤩 Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf oʻquvchisi Jahongir Rajabboyev Xorazm viloyat hokimligi tomonidan tashkil qilingan "Viloyat hokimi olimpiadasi"ning final bosqichida mutlaq gʻolib deb topildi.

🗣Oʻquvchimiz shu kabi olimpiadalar, bilimlar sinovida muntazam ishtirok etib, tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha yuqori natijalar koʻrsatib kelmoqda.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_faxrimiz
#100_foizlik_grant

🤩 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Sherzod Tojiboyev Fransiyaning Ecole Polytechnique nufuzli universitetiga to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_oromgoh

📍“Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlari davom etmoqda.

Innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlarida ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning iqtidorli oʻquvchilari tajribali trenerlar hamda fan oʻqituvchilari koʻmagida xalqaro olimpiadalarga tayyorlanmoqda.

📶 Shu bilan birga IT va robototexnika, art dizayn, sport va intellektual o‘yinlar, kitobxonlik kabi yoʻnalishlarda yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va ijodiy fikrlash salohiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

❗️
Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал