piimauz | Неотсортированное

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

44448

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48

Подписаться на канал

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Dolzarb_90_kunlik
#futbol
#gʻalaba

⚽️ Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichida so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Unda Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgan jamoamiz o‘z maydonida Qatarni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

🤩 Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida tashkil etilgan yozgi innovatsion oʻquv mashgʻulotlarida bilim va salohiyatini oshirayotgan oʻquvchilarimiz mazkur oʻyinni jonli efirda bayramona atmosfera va haqiqiy doʻstona muhitda kuzatish imkoniyatiga ega boʻldi.

💫Mazkur gʻalaba oʻquvchilarimizga nafaqat zavq, balki oʻz rejalarini amalga oshirish, orzulari sari dadil qadam tashlash uchun katta ilhom va ishtiyoq bagʻishladi.

🇺🇿O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqishdagi matonati yoshlarimizga astoydil harakat qilinsa, Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlida har qanday maqsadga erishish mumkinligini amalda koʻrsatdi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Akademik_va_yoshlar

⚡️OʻZBEKISTON FANLAR AKADEMIYASI PREZIDENTI MAKTABIMIZDA

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabida uchinchi an’anaviy "Akademiklar va yoshlar" kongressi oʻtkazildi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, Oʻzbekiston qahramoni Shavkat Ayupov, vitse-prezident Sirojiddin Mirzayev, akademik Sa’dulla Bahromov mazkur tadbirning faxriy mehmonlari sifatida ishtirok etib, o‘quvchilarimiz bilan muloqotda bo‘ldi.

Suhbat davomida fan sohasida erishilgan so‘nggi yutuqlar, innovatsion tadqiqotlar hamda O‘zbekistonda ilmiy faoliyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy ishlanmalar, startap loyihalar va yangi tendensiyalar haqida so‘z bordi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ilmiy loyihalar va tajriba ishlari bilan tanishib, ularga yuqori baho berdilar.

Fan namoyandalari bilan shu kabi muloqotlar o‘quvchilarimizda ilmiy tafakkurni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etilgan “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli respublika tanlovlari yoshlarimiz orasida katta qiziqishlarga sabab boʻlmoqda.

Tanlovlarning respublika bosqichlari joriy yil 17-19-iyun kunlari Samarqand shahrida o’tkaziladi.

17-iyun kuni Registon maydonida ochilish marosimi.
18-iyun kuni “Hamid Olimjon” nomidagi musiqali drama teatrida “Turon maktab teatri” tanlovining respublika bosqichi.
19-iyun kuni “Nurafshon” sanʼat saroyida “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining respublika bosqichi hamda taqdirlash marosimi “Boqiy shahar” majmuasida oʻtkazilish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Tanlovlar g’oliblari xorijiy davlatga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalar maxsus sovgʻa (interaktiv doska)lar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

Respublika bosqichiga yoʻl olgan barcha ishtirokchilarga omad tilayman! Koʻhna Samarqandda uchrashguncha!

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_oromgoh

📍“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohi ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning iqtidorli oʻquvchilarini qarshi oldi.

“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida oʻquvchilarimiz oromgohdagi innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etadi.

Innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlari oʻquvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlashni koʻzda tutib, shuningdek, IT va robototexnika, art dizayn, sport va intellektual o‘yinlar, kitobxonlik kabi yoʻnalishlarni ham oʻz ichiga oladi. Bunda oʻquvchilar o‘z iqtidorlarini namoyish etish, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va ijodiy fikrlash salohiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


📶 Mashg‘ulotlar tajribali trenerlar, fan oʻqituvchilari tomonidan olib boriladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, toʻgaraklar, musobaqalar va jamoaviy loyihalar tashkil etilib, o‘quvchilarning faol ishtiroki rag‘batlantiriladi.

❗️
Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi

Prezident maktablariga;
Ijod maktablariga;
Sport maktablariga;
Ixtisoslashtirilgan maktablarga
2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli joriy yilning 20-iyungacha amalga oshiriladi.

Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida:

▪️1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan;

▪️Murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi;

▪️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.

Mazkur shtablardagi malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Hujjatlar qabuli onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar!
Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirib, kelajagingizga mustahkam zamin yarating!

@alisher_ubbiyev

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_taʼtil

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi taʼtil davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish ishlari izchil olib borilmoqda.

📶 Tizimidagi maktablarda xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlov kurslari, sport, kasb-hunar, robototexnika, axborot texnologiyalari, sanʼat va kitobxonlik kabi yo‘nalishlarda yangicha mazmundagi to‘garaklar tashkil etilib, ularda o‘quvchilarga o‘z qiziqishlari va isteʼdodlarini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.


Shuningdek, oʻquvchilar ishtirokida turli intellektual o‘yinlar, viktorinalar, ijodiy uchrashuvlar, tanlovlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar va sport musobaqalari ham oʻtkazilmoqda.

💫Mazkur tashabbuslar oʻquvchilarimizning yozgi taʼtilini sermazmun, qiziqarli va foydali o‘tkazishda muhim o‘rin tutib, ularning ijtimoiy faolligi, ijodkorlik salohiyati va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi


#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish yuzasidan qilingan ishlar muhokama etildi


✅ Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining maktab va maktabgacha taʼlim tizimida korrupsiyani oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan sayyor majlisi boʻlib oʻtdi.

➖ Unda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Kengash a’zolari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov, Senat a’zolari hamda soha masʼul xodimlari ishtirok etdi.

➡️ Majlisda taʼkidlanganidek, "Korrupsiyasiz soha" loyihasi boʻyicha maktab va maktabgacha taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida qator dasturlar qabul qilindi. Shu bilan birga sohaga oid 79 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazildi.

✔️ Oʻtgan vaqt davomida bir qator davlat xizmatlari elektron shaklda joriy etildi. Jumladan, bolani maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish, 1-sinfga qabul qilish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish, litsenziyalash, apostil qoʻyish xizmatlari raqamlashtirildi.

➖ Majlisda taʼlim tizimidagi qator davlat xizmatlari uchun talab etiladigan hujjatlar soni qisqartirilib, jarayonlarning soddalashtirilgani korrupsiya xavfini kamaytirishga qaratilgan ishlarning amaliy samarasi ekanligi qayd etildi.

➡️ Ta’lim maskanlari uchun maxsus “Korrupsiyaga qarshi kurashish” oʻquv dasturi ishlab chiqilib, maktab va bogʻchalarda GRACE dasturi doirasida halollik tarbiyasi joriy etilishi muhim ekanligi aytib o‘tildi.

❗️ Muhokama doirasida “Halollik vaksinasi” bilan emlangan avlodni voyaga yetkazish taʼlim tizimi oldidagi ustuvor vazifalardan biri ekanligi, buning uchun nafaqat oʻquvchilar, balki oʻqituvchi va tarbiyachilarning ham bu boradagi malakasi doimiy oshirib borilishi lozimligi taʼkidlandi.

👉 Majlis yakunida taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, ishga qabul qilish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash, ichki nazorat tizimini kuchaytirish yuzasidan masʼullarga tegishli vazifalar berildi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Taqdirlash_marosimi

🥇 Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasining oltin medali sohiblari:

1. Adxamov Elyorbek - O‘zbekiston
2. Arseniy Sysoev - Rossiya
3. Azamat Sharafiev - Rossiya
4. Do Trung Kien - Vetnam
5. Muhammadov Mirjahon - O‘zbekiston
6. Nguyen The Minh - Vetnam
7. Rahimov Daler - O‘zbekiston
8. Said Nurgaianov - Rossiya
9. Temurov Ibrohim - O‘zbekiston
10. Toymurodova Rayhona - O'zbekiston
11. Trinh Duc Anh - Vetnam
12. Zuxriddiniv Biloliddin - O‘zbekiston

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Taqdirlash_marosimi

🥉Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasining bronza medali sohiblari:
1. Eugene Sudarykova - Belarus
2. Kazyxanov Ilias - Rossiya
3. Samatov Ermek - Qirgʻiziston
4. Shaxzoda Razakova - Tojikiston
5. Ilia Dokadze - Gruziya
6. Munkh-Uchral Bat-Erdene - Mongoliya
7. Xomidjonov Mirjalol - Oʻzbekiston
8. Abdirahimov Nuriddin - Oʻzbekiston
9. Rand Alhassan - Saudiya Arabistoni
10. Turkormaz Havin - Turkiya
11. Erkinov Azizbek - Oʻzbekiston
12. Rassul Orynbassar - Qozogʻiston
13. Abdulmahmudova Shodiyona - Oʻzbekiston
14. Baisbek Miras - Qozogʻiston
15. Hakan Annanyyazov - Turkmaniston
16. Turdykul Daryn - Qozogʻiston
17. Turbarutku Omer Tuna- Turkiya
18. Xulan MUNKHBAYAR - Mongoliya
19. Aylar Orunova - Turkmaniston
20. Zhaparov Erzhan - Qirgʻiziston
21. Saba Sumru - Turkiya
22. Alikhan Iskendir - Qozogʻiston
23. Nazli Serdarova - Turkmaniston 24. Filippov Denis - Rossiya
25. Artur Bekpolatov - Turkmaniston
26. Turdamir Defne - Turkiya
27. Valeryia Kazlova - Belarus
28. Ariungoo Nyambayar - Mongoliya
29. Munx-Eneral Batjargal - Mongoliya
30. Syzdykov Muxammad - Qozogʻiston
31. Alimjan Karash - Qozogʻiston
32. Ibragimova Aisha - Qozogʻiston
33. Ergashboyeva Zulayho - Oʻzbekiston

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025

🔔 DIQQAT, EʼLON!

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 2025/2026-o‘quv yilida yangi tashkil etilayotgan maktablar.

📍Toshkent viloyati Chinoz tumanida tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiali tashkil etilmoqda.

Ushbu maktabga tabiiy yo‘nalishda taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan 7-, 8-, 9-sinflariga oʻquvchilar belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.

🌐 Batafsil
🟢 Kvotalar

📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🤖 @piima_admission_chatbot

☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

@alisher_ubbiyev

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025

🔔 DIQQAT, EʼLON!

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 2025/2026-o‘quv yilida yangi tashkil etilayotgan maktablar.

📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Buxoro, Xorazm, Fargʻona, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida filiallari tashkil etilmoqda.

Ushbu maktablarga taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-sinflar uchun oʻquvchilar belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.

🌐 Batafsil: https://portal.piima.uz/page/newschools

📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🤖 @piima_admission_chatbot

☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

@alisher_ubbiyev

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025
#Prezident_maktablari

🤩 Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar" kuni o‘tkazildi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025
#ishchi_guruh
#Qashqadaryo

🤩 AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligida Qashqadaryo viloyatida joylashgan tizimdagi maktablar faoliyati joyiga chiqib o‘rganilmoqda.

Tashrif davomida direktor 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjat topshirayotgan o‘quvchilarga ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan maxsus shtablar faoliyati, “Dolzarb 90 kunlik” rejalari va yozgi oromgohlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Agentlik direktori o‘quvchilar bilan ochiq muloqot chog‘ida, ularning orzu va maqsadlari, o‘quv jarayonlari haqidagi fikrlarini eshitdi. U yoshlarni chuqur bilim olishga, zamonaviy fanlarni puxta egallashga chaqirib, bu omillar kelajakda yuqori natijalarga erishishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.


Agentlik rahbari boshchiligidagi joyiga chiqib o‘rganish ishlari boshqa hududlarda ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Ахborot 24 | "Maktab maslahatchisining zamonaviy roli" mavzusida oʻquv-seminari oʻtkazildi

#Oʻzbekiston24

00:48 — Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyevning intervyusi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#qabul_2025

Maxsus reportaj | Maktab ta’limidagi islohotlar samarasi

#Oʻzbekiston24

📍Buxoro shahridagi Prezident maktabi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025
#infografika

Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 11-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

🤖 @piima_admission_chatbot

☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik
#trening
#boshqaruv_koʻnikmalari

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi maktablar rahbar xodimlari uchun AQA (Assessment and Qualifications Alliance) xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda maxsus trening mashgʻulotlari oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

📶 Treningning ikkinchi kunida AQA xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari Samantha Twiselton va Ann Burgess tomonidan olib borilgan mashgʻulotlarda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish, samarali yetakchilik, o‘qituvchilarni rag‘batlantirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan mavzular muhokama qilindi. Xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan metodik yondashuvlar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.


📆 Maxsus trening mashgʻulotlari 13-iyunga qadar davom etadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_faxrimiz

⚡️BIR KUNDA 7 NAFAR OʻQUVCHI TALABALIKNI NAQD QILDI

🤩 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 7 nafar bitiruvchisi bir kunda Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha sertifikatlarig ega boʻlib, oʻzlari tanlagan oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin talaba boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

🗣Umumiy hisobda 189 ball jamg‘arib, o‘zlarining bilimga chanqoqligi, intiluvchanligi orqali yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilarimiz:

Azizbek Muzaffarov;
Durdona Roʻziyeva;
Javohir Komilboyev ;
Jasmina Rahmatullayeva;
Suhrob Sultonov;
Nozima Islomova;
Ozodbek Hamidov.

💫 Oʻquvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularning kelgusidagi oʻqish va ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025
#infografika

Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 10-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

🤖 @piima_admission_chatbot

☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#diqqat

⚡️ DIQQAT, TANLOV!

❗️Hurmatli lider va tashabbuskor rahbarlar! Siz bilan kelajak innovatsion taʼlimini birgalikda quramiz!

‼️ Siz taʼlim tizimida yangilik va o‘zgarish qilishga tayyormisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi innovatsion fikrlovchi, ilgʻor va masʼuliyatli rahbar kadrlarni ixtisoslashtirilgan maktablarga ishga taklif etadi.


📆 Hujjatlar qabuli 10-iyundan boshlanadi
🌐 Platforma: job2.piima.uz

🗣Bizni tanlashingiz uchun 3 ta asos:

🟢 Shaxsiy va kasbiy o‘sish uchun keng imkoniyatlar – xalqaro tajriba, zamonaviy metodikalar, mentorlik va professional rivojlanish.

🌍 Mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan treninglarda – bevosita ishtirok etish, xalqaro IELTS, SAT kabi sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati.

💼 Ta’limda global yondashuv – sizda xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars jarayonlarini tashkil etish imkoniyati bo‘ladi.

📝 Talab qilinadigan hujjatlar:
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);
Bakalavr yoki magistr diplomi;
Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
IELTS / CEFR sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).

Biz qanday nomzodni izlayapmiz?
🔹 Halol, fidoyi va mas’uliyatli;
🔹 Kuchli liderlik salohiyatiga ega;
🔹 Jamoa bilan ishlay oladigan va AKT sohasida zamonaviy bilimlarga ega rahbar.

💫Kelajak ta’limida sizning o‘rningiz bor!
Endi sizning navbatingiz – rahbarlikdagi yangi bosqichga birinchi qadamni tashlang!

🤩 Sizdek nomzodlarning tanlovimizda ishtirok etishidan xursandmiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Top-10 talik universitetlarga kirish uchun yangi imkoniyat!

💥 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida respublikamiz va dunyo tajribasining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassam etadigan zamonaviy o'quv dasturlari asosida ta'lim beriladi.

✨O‘quvchilar dunyoning yetakchi universitetlariga muvaffaqiyatli kirish uchun tayyorlanadi.

✅ Ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda
my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789


@alberuniyuzb

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yakuniy_davlat_attestatsiyasi

🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari davom etmoqda.

📆 Bugun, 3-iyun kuni yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarida 9-sinf kesimida:

🟢 Ijod maktablaridan 354 nafar oʻquvchi;

🟢 Sport maktablaridan 26 nafar oʻquvchi;

🟢 Ixtisoslashtirilgan maktablardan 11 397 nafar oʻquvchi Oʻzbekiston tarixi fani boʻyicha sinovdan oʻtdi.

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Taqdirlash_marosimi

🥈Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasining kumush medali sohiblari:
1. Nurseiit Seitkaziyev - Qozog'iston
2. Haidar Yasser Aldubaisy - Saudiya Arabistoni
3. Ilxomova E'zoza - O'zbekiston
4. Samiev Ismoil - Tojikiston
5. Orifova Xulkar - O'zbekiston
6. Abdurashidov Abdul-aziz - O'zbekiston
7. Kakhramanov Maksatbek - Qirgʻiziston
8. Saidova Fotima - O'zbekiston
9. Ali Ahmed Bawazeer - Saudiya Arabistoni
10. Jeren Akmyradova - Turkmaniston
11. Toxirova Zarnigor - O'zbekiston
12. Kasimov Amin - Rossiya
13. Aliaksei Stsiapanau - Belarus
14. Ammar Mohammad Alturkistani - Saudiya Arabistoni
15. Mustafoev Jasur - O'zbekiston
16. Kamolov Abdurashid - O'zbekiston
17. Dzmitry Anishkevich - Belarus
18. Uskanboyeva Rayhona - O'zbekiston
19. Rustem Jumayev - Turkmaniston
20. Trinh Viet Hoang - Vetnam
21. Palvan Ilmammedov - Turkmaniston
22. Diyar Dovletov - Turkmaniston
23. Gizatullin Dinis - Rossiya
24. Vladimir Rurenko - Rossiya

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Live

🔴 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi boshlandi.

🌐 JONLI EFIR

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️OʻQUVCHIMIZ IELTS IMTIHONIDAN 8 BALLNI QOʻLGA KIRITDI!
  
🤩 Pop tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Fayozbek Erkinjonov xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballik natija koʻrsatdi.

💫 Fayozbekning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#qabul_2025

Maxsus reportaj | Prezident maktablari: Taʼlimdagi islohotlar samarasi
#Oʻzbekiston24

📍Guliston shahridagi Prezident maktabi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yakuniy
#davlat_attestatsiyasi

🟢2024/2025-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbirlariga start berilmoqda.

🤩 Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarining 11-sinflari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan boʻlib oʻtgan qurʼa tashlash jarayon videolavhada.

📝Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Tayinlov

Ahmedov Javohir Jamolovich — “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi loyihasi rahbari – Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan J. Ahmedov 2018-2021-yillarda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimlarida mehnat qilgan.

J. Ahmedov iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Vazirlik jamoasi Javohir Ahmedovga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#qabul_2025

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Farangiz Abduqahhorova “Summer Science Program” xalqaro dasturi doirasida tashkil etilgan yozgi oromgohda ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Endilikda oʻquvchimiz AQShning Pensilvaniya shtatida joylashgan Lehigh universitetida bir oy davomida tadqiqot olib boradi.


📝Ma’lumot uchun, “Summer Science Program” – AQSHning o‘rta maktab o‘quvchilari uchun astrofizika, biokimyo, bakterial genomika va sintetik kimyo yoʻnalishlarida amaliy tadqiqot tajribasini taklif qiluvchi STEM ta’lim dasturlaridan biri boʻlib, 1959-yildan buyon faoliyat yuritadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik
#festival

🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Ilm-fan va ta’lim vazirligining rasmiy taklifiga binoan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablardan 16 nafar iqtidorli oʻquvchidan iborat delegatsiya Shusha shahrida tashkil etilgan “Shusha – Turkiy millatlar birligi madaniyati durdonasi” xalqaro bolalar ijodiyoti festivalida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

🤩 Oʻquvchilarimiz mazkur nufuzli festivalda oʻzbek milliy kuy-qoʻshiqlari, folklor raqslari va hunarmandchilik namunalari, ijodiy koʻrgazmalari orqali Vatanimizning boy madaniyatini namoyish etib, ishtirokchilar va tashkilotchilarning eʼtirofiga sazovor boʻldi.

Turkiy tilli davlatlar oʻrtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash, yosh avlodni oʻz milliy qadriyatlari, sanʼat va anʼanalari asosida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etuvchi mazkur festival doirasida oʻquvchilarimiz Ozarbayjon Respublikasi Ilm-fan va taʼlim vaziri Emin Amrullayev bilan muloqotda boʻldi.

Shuningdek, oʻquvchilarimiz Ozarbayjon ommaviy axborot vositalariga intervyu berib, festival taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал