Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48
#yakuniy
#davlat_attestatsiyasi
🟢2024/2025-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbirlariga start berilmoqda.
🤩 Agentlik tizimidagi ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarining 9-sinflari uchun O‘zbekiston tarixi fanidan boʻlib oʻtgan qurʼa tashlash jarayoni videolavhada.
📝Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#qabul_2025
Oʻzbekiston vaqti bilan | Oltin avlod vakillaridan navbatdagi muvaffaqiyat
Mazkur dasturning navbatdagi sonida Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilarining erishayotgan yutuqlari haqida so‘z boradi.
#OAV_biz_haqimizda
🤩 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tashkil etilganligining yetti yilligi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
#FargʻonaMTRK
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
#1_iyun_20_iyun
🔔 DIQQAT, EʼLON!
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.
📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alisher_ubbiyev
Bugun “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, kelajagimiz egalarining bayrami!
Bayram bilan barcha bolajonlarimizni tabriklagan holda, ushbu roligimiz orqali kattalar ya’ni ota-onalarga murojaat qilib, koʻzgu tutmoqchimiz.
Bolalarni himoya qilish, avvalo, ularni tushunish, qoʻllab-quvvatlash, ilmga yoʻnaltirish, kelajagi uchun qaygʻurish demakdir.
Bolalar himoyachisi birinchi navbatda ota-ona, afsuski, ularning huquqlarini eng ko‘p buzuvchilar ham ota-ona.
Umid qilaman, ushbu kichik rolik orqali sizlarni biroz boʻlsa-da xulosa chiqarishga unday oldik.
Qadrli ota-onalar, bolalarning hayotda oʻz o‘rnini topishi va kelajagi birinchi navbatda sizning irodangizga bogʻliq. Bolalar cheksiz e’tibor, mehr va bagʻrikenglikka munosib.
Bugungi sana nafaqat bayram, balki jiddiy chaqiriqdir!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
@hilola_umarova
#jasorat_maktablari
📣 "Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish boshlanmoqda
✅ Avval xabar qilinganidek, joriy o‘quv yilidan boshlab "Jasorat maktablari"ga kirish uchun nomzod o‘quvchilar hujjatlari ariza.piima.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
➖ Hujjatlar qabuli 2025-yilning 1-iyunidan 20-iyunigacha amalga oshiriladi.
👉 Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida:
➖ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.
➖ Unda malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatishi belgilangan.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#yakuniy
#davlat_attestatsiyasi
🟢 2024/2025-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbirlariga start berilmoqda.
🤩 Agentlik tizimidagi Ijod maktablarining 11-sinflari uchun Adabiyot fanidan boʻlib oʻtgan qurʼa tashlash jarayon videolavhada.
📝Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#bitiruvchilarimiz
qabul_2025
Bu kun | Qoraqalpoq qizi xorijdagi eng nufuzli oliygoh talabasi
#ZoʻrTV
🤩 Lavhada Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi, hozirda AQShning Stony Brook oliygohi talabasi Gulqumar Jaksilikova haqida soʻz boradi.
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi
🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari davom etmoqda.
📆 Bugun, 30-may kuni yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarida 9-sinf kesimida:
🟢 Prezident maktablaridan 334 nafar oʻquvchi Oʻzbekiston tarixi fani boʻyicha;
🟢 Ijod maktablaridan 354 nafar oʻquvchi Matematika fani boʻyicha;
🟢 Sport maktablaridan 26 nafar oʻquvchi Matematika fani bo‘yicha;
🟢 Ixtisoslashtirilgan maktablardan 11 397 nafar oʻquvchi Matematika fani boʻyicha sinovdan oʻtdi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#qabul_2025
Oʻzbekiston vaqti bilan | Muddatidan avval talaba bo’lgan iqtidorli yoshlar
#Oʻzbekiston24
📍Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
YUNISEF ekspertlari Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilon shaharlaridagi inklyuziv maktablar va "Zamin Creative" ijodiy studiyalari o‘qituvchilari uchun o‘quv seminar-mashg‘ulotlari o‘tkazib, samarali muloqotning yangi uslublari, asosiy axloqiy va ta’limtamoyillari borasidagi bilimlari bilan almashdilar.
Trening ishtirokchilari ta’lim jarayonida inklyuziya me’yorlariga rioya qilgan holda bolalar bilan to‘siqsiz o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.
Zamin Creative o‘quvchilarining teatr san’ati, media va dizayn kurslarini muvaffaqiyatli yakunlash natijasida ularning bitiruv ijodiy ishlari yaratildi.
Studiyalarimizning barcha bitiruvchilariga tanlangan yo‘llarida ulkan ijodiy yutuqlar va kasbiy muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
—
Эксперты ЮНИСЕФ для педагогов инклюзивных школ и творческих студий Zamin Creative Карши, Ташкента, Андижана, Нукуса и Маргилана провели обучающие семинары-тренинги и поделились знаниями о новых методиках, основных этических и образовательных принципах эффективной коммуникации.
Участники тренинга получили практические рекомендации по выстраиванию безбарьерного взаимодействия с детьми, соблюдая нормы инклюзии в образовательном процессе.
Результатом успешного завершения курсов по театральному искусству, медиа и дизайну стали выпускные творческие работы учащихся Zamin Creative.
Желаем всем выпускникам наших студий больших творческих успехов и профессиональной реализации в выбранном пути!
#ZaminCreative #UNICEF
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
#Prezident_maktablari
🤩 Toshkent, Nurafshon hamda Guliston shahridagi Prezident maktablari ishtirokida boʻlib oʻtgan "4S-Spirituality, Sport, Science, Socializing" loyihasi jarayonlari videolavhada
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📰📰📰📰📰📰📰
✅ Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri Hilola Umarova O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan "El-yurt umidi" jamg‘armasi sovrindorlari bilan uchrashdi.
➖ Muloqot davomida Davlatimiz rahbarining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va yoshlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida ma'lumot berildi.
Bizni kuzating
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
🤩 Agentlik tizimidagi Qoʻqon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Asilbek Miryoqubov xalqaro IELTS imtihonidan 8 ball oldi.
💫 Asilbekni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad, ulkan zafarlar tilaymiz!
Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_results
⚡️ IELTS IMTIHONIDAN 9-SINF OʻQUVCHISI 8 BALLNI QOʻLGA KIRITDI!
🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf oʻquvchisi Charos Hakimova xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.
💫 Charosning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
#oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlariga
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qiladi.
📝 Ushbu bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida e’lon qilinmoqda.
Kunlik ish, topshiriq, vazifalardan ortib tez-tez hududlardagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini oʻrganishga, muammolarini eshitishib borishga harakat qilaman. Ana shu damlarda men uchun eng yoqimli daqiqalar bolajonlar bilan gaplashish, ularni eshitishdir.
Bolalar qalbi xuddi oq qogʻozdek, biz kattalar ular koʻnglini yaxshilik, ilm olish ishtiyoqi, mehnatsevarlik, halollik kabi xislatlar bilan toʻldirishimiz, ezgu amallarimiz bilan ularga namuna boʻlishimiz kerak.
Yana bir bor “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan, bolajonlarim!
@hilola_umarova
Eng zamonaviy yoʻnalishlar Al-Xorazmiy universitetida
💥 Al-Xorazmiy universitetiga 2025/2026 oʻquv yilida quyidagi yoʻnalishlarga talabalar qabul qilinadi.
🛬 Uchuvchisiz aviatsiya tizimlari;
💻 Sun’iy intellekt;
💻 Dasturiy ta’minot muhandisligi.
📣 Tez orada qabul e’lon qilinadi!
💣Eng ajoyib yangiliklar hali oldinda. Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring:
👉 Telegram: /channel/alxorazmiyuni
👉 Facebook: https://www.facebook.com/alkhwarizmi.uni
👉 Instagram: https://www.instagram.com/alkhwarizmi.uni
👉 Aloqa bot: @alxorazmiyunibot
#Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni
Qadrli va aziz bolajonlar!
Sizlarni bugungi quvonchli sana — 1-iyun, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin yurakdan muborakbod etaman!
Sizlar bizning hayotimiz mazmuni, Vatanimizning eng bebaho boyligi va ertangi porloq kelajagisizlar. Har biringizda yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan ulkan salohiyat, buyuk orzu va cheksiz imkoniyatlar mujassam. Ushbu kuch — Sizning ilmga bo‘lgan intilishingiz, go‘zal tarbiyangiz va yurtga bo‘lgan sadoqatingiz bilan mustahkamlanib boradi.
Bugun maktablarda chuqur o‘rganayotgan fanlaringizga, bir zamonlar bolaligida xuddi sizlar kabi zehni o‘tkir, ilmga chanqoq bo‘lgan buyuk ajdodlarimiz asos solgan. Tinimsiz o‘qish va izlanishlari, ustozlari bergan saboqlar tufayli ular dunyoni lol qoldirgan buyuk shaxslarga aylanishgan. Bugun ilm-fan eshigining kaliti — aynan Sizning qo‘lingizda.
Mamlakatimizda Sizning bilim olishingiz, yuksak orzularingiz sari intilishingiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalaning, orzularingiz sari dadil qadam tashlang.
Men ishonaman, Sizlar Vatanimiz, ota-onalaringiz va ustozlaringiz ishonchini oqlaydigan, bilimli, vatanparvar va kasb-hunar egasi bo‘lgan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayasiz.
Bu kabi shart-sharoitlardan oqilona foydalanib, ota-onangiz, ustozlaringiz, qolaversa, jonajon O‘zbekistonimiz kutgandek yigit-qizlar bo‘lib ulg‘ayishingizga ishonaman.
Aziz bolajonlar! Sizlarga doimo sog‘lik-salomatlik, baxtli bolalik, oila davrasida quvonchli damlar va orzularingiz ro‘yobini tilayman!
@alisher_ubbiyev
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi
🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari davom etmoqda.
📆 Bugun, 31-may kuni yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarida 11-sinf kesimida:
🟢 Prezident maktablaridan 329 nafar oʻquvchi O‘zbekiston tarixi fani boʻyicha;
🟢 Ijod maktablaridan 319 nafar oʻquvchi Matematika fani boʻyicha;
🟢 Ixtisoslashtirilgan maktablardan 6833 nafar oʻquvchi Matematika fani boʻyicha sinovdan oʻtdi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tashrif
#sport_maktablari
⚡️Boshqirdiston Sport vaziri boks maktabimizda
🤩 Agentlik tizimidagi BahodirJalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga Boshqirdiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Boshqirdiston Respublikasi Sport vaziri Ruslan Xabibov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmonlar sport maktabi faoliyati, bu yerda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, yosh sportchilarimiz erishayotgan natijalar bilan yaqindan tanishdi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✅✅✅✅
#Universitetlar_faoliyati
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida Pedagogika oliygohlari rektorlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-73-sonli Farmoni bilan Vazirlik tizimiga o‘tgan barcha Pedagogika oliygohlari rahbarlari va prorektorlari o’z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.
Bizni kuzating
#Maktab_maslahatchilari
🤩 “Renessans” oromgohida bo‘lib o‘tgan “Maktab maslahatchisining zamonaviy roli va funksiyalarini amalga oshirishning samarali uslublari” mavzusidagi o‘quv-seminarining yopilish marosimidan videolavha.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✅✅✅✅
#Maktab_maslahatchilari
✅ Maktab maslahatchilari uchun tashkil etilgan seminar-trening o‘z yakuniga yetdi.
📊4 kun davom etgan o‘quv mashg‘ulotlari davomida mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida 200 dan ortiq maktab maslahatchilari malaka oshirishdi.
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
❗️Aziz o‘quvchilar!
Agar siz bilimga chanqoq, izlanuvchan va kelajakda Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan boʻlsangiz — ixtisoslashtirilgan maktablarimiz siz uchun!
🤩 Ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar:
➖aniq hamda tabiiy fanlarni zamonaviy taʼlim metodlari asosida chuqur oʻrganib borish;
➖ zamonaviy laboratoriya xonalarida amaliy tajribalar oʻtkazish;
➖ darsdan so‘ng fakultativ to‘garak mashg‘ulotlari;
➖ bepul taqdim etiladigan zamonaviy darsliklar;
➖turli tanlovlar, sport musobaqalari;
➖milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorlov;
➖ 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyati.
VIDEOLAVHADA Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📰📰📰📰📰📰📰
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Kembrijda tashkil etilgan “Maktab liderligini rivojlantirish” dasturini muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar bilan uchrashdi.
📊 Ma'lumot o‘rnida: ushbu dastur yurtimiz maktabgacha va maktab ta’limi tizimi vakillari uchun tashkil etilgan bo‘lib, unda davlat va xususiy sektordan yigirmadan ortiq rahbarlar ishtirok etdi.
🌐 Shuningdek, Vazirlik hamda Cambridge University Press & Assessment tashkiloti rahbarlari o‘rtasida uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
#ijodiy_ishlar
#sarhisob
🤩 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash, san’at va madaniyat sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularni zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida 2024-2025-o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan hisobot konsert dasturi tashkil etildi.
🗣Konsertda turli soha vakillari, maktab o‘quvchilari, ota-onalar, OAV vakillari ishtirok etdi.
📶 Hisobot konsertidan oldin ota-onalar ijod maktabi o‘quvchilarining o‘quv yili davomida erishgan yutuqlari, dizayn to‘garagining chevarlik ishlari, media yoʻnalishidagi fotoko‘rgazma, tasviriy va amaliy san’at namunalari, robototexnika ishlanmalari bilan yaqindan tanishdi.
#qabul_2025
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
🤩 Qahramonimiz — Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashurov, AQShning Chikago universitetiga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilingan. Bitiruvchimiz yutgan grant miqdori 420 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Eʼtiborlisi, Asilbek Chikago universitetining toʻliq grantiga sazovor boʻlgan ilk oʻzbekistonlik oʻquvchi hisoblanadi.
– Prezident maktabida yaratilgan sharoitlardan maksimal foydalanib, bilimlarimni oshirdim, bir nechta ijtimoiy, iqtisodiy loyihalarni yoʻlga qoʻydim, natijada eng katta orzularimdan biriga erishdim – deydi Asilbek.
#ilmiy_amaliy_muhokama
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida ixtisoslashtirilgan maktablar uchun yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy muhokama tashkil etildi.
Unda Agentlik vakillari, yetakchi olimlar, tajribali amaliyotchi o‘qituvchilar, ta’lim sohasi ekspertlari ishtirok etdi.
Muhokama kun tartibidan o‘quvchilarning zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladigan, xalqaro tajriba hamda milliy talablarga mos metodika va mazmunga ega darsliklarni yaratish masalalari oʻrin oldi.
Oʻzaro muloqotda yangi darsliklar o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, amaliy masalalarni hal etish, shuningdek, ijodiy va tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladigan ilg‘or metodik yondashuvlar asosida ishlab chiqilishi, buning asnosida ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifatini tubdan oshirish, o‘quvchilarning hayotda qo‘llay oladigan bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlqntirib borish lozimligi taʼkidlandi.
Muhokamaning amaliy qismida algebra va geometriya fanlari bo‘yicha yangi darsliklarni ishlab chiqish yuzasidan ishchi guruh tuzildi hamda bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ish rejalari belgilab olindi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ChSB_imtihonlari
#yakun
⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda IV chorak ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari yakunlandi.
📝Choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻquv dasturlarga muvofiq ishlab chiqildi.
❗️Eʼtiborlisi, 2024/2025-oʻquv yilida ChSB imtihonlari ilk bor toʻliq onlayn shaklda oʻtkazildi.