Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
🥉Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasining bronza medal sohiblari (informatika yo‘nalishi)
1. Rahimboyev Behruzbek — O’zbekiston
2. Usmonov Muhammadaziz — O’zbekiston
3. Maxammadov Muxammadqodir — O’zbekiston
4. Ubaydullayev Muhammadali — O’zbekiston
5. Kenzhebek Shadibay — Qozog‘iston
6. Safarzoda Imron — Tojikiston
7. Erkinov Shahruz — O’zbekiston
8. Shohratgeldiyev Akmuhammet — Turkmaniston
9. Mavlianov Aktan — Qirg‘iziston
10. Razakulov Bakbergen — Qozog‘iston
11. Kadirbergenov Atabek — O’zbekiston
12. Abdusamiyev Muhammadsolih — O’zbekiston
13. Qurbonov Jaloliddin — O’zbekiston
14. Jalgasbayev Timur — O’zbekiston
15. Ergashov Farhodjon — O’zbekiston
16. Qosimov Muhammadali — O’zbekiston
17. Abdulla Beksultan — Qozog‘iston
18. Axmatov Asilbek — O’zbekiston
19. Shaymardonov Ibrohim — O’zbekiston
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul_2025
#Matbuot_anjumani
✅ Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjuman doirasida mas'ullar tomonidan joriy yilgi qabul va imtihon jarayonlari haqida so‘z yuritildi hamda barcha savollarga batafsil javob berildi.
#qabul_2025
#ijod_maktablari
❗️MAKTABIMIZ BIZNI YANGI MARRALARGA ILHOMLANTIRMOQDA
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 7 nafar bitiruvchisi oʻzlari tanlagan OTM yoʻnalishi boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligi sertifikatlarini maksimal 189 ball bilan qoʻlga kiritdi.
#KHIMIO_2025
#No_comment
📢 Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasining 2-tur sinovlari boʻlib oʻtdi.
Batafsil videolavhada.
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#Qabul_2025
#OAV_biz_haqimizda
Reportaj | Ta’lim muassasalarida “ochiq eshiklar kuni“ o‘tkazilmoqda
#qashqadaryoMTRK
📍Koson tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#No_comment
#trip
⚡️ Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika Olimpiadasi ishtirokchilari poytaxtimizning “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida sayohat qilishdi.
____________________________________
❗️ Ertaga olimpiada bahslarining
2-turi oʻtkaziladi.
#KHIMIO_2025
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
🤩 Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Shaxruza Saidova IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul_2025
#Ochiq_eshiklar_kuni
🤩 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida boʻlib oʻtgan "Ochiq eshiklar" kuni videolavhada
❗️Eslatma, joriy yilning 10- va 17-may kunlari ham Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni oʻtkaziladi.
Hurmatli faxriylarimiz, aziz yurtdoshlar!
Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun o‘z jonini fido qilgan mard va jasur vatandoshlarimiz xotirasi qalblarimizda mangu barhayotdir. Ularni yod etish, yonimizdagi yoshi ulug‘ insonlarimiz — urush va mehnat faxriylariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridandir.
9 may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan barcha faxriylarimizni va barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimdan muborakbod etaman!
Xalqimizning mardligi va oliyjanobligi qalblarimizga cheksiz g‘urur va iftixor baxsh etib, farzandlarimizni vatanparvarlik va ajdodlar jasoratiga sadoqat ruhida kamol topishiga ilhom bag‘ishlamoqda.
Tinchligimiz yo‘lida jasorat ko‘rsatgan ota-bobolarimiz xotirasini e’zozlash bilan bir qatorda, yoshi ulug‘ duogo‘ylarimiz, mehnat faxriylari, ustoz-murabbiylarimiz va aziz yaqinlarimiz holidan xabar olish, ularning duolarini olish xalqimizning ezgu an’analaridan biridir.
Shu kunlarda butun yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan xotira tadbirlarida Agentligimiz tizimidagi maktab o‘quvchilari ham ustozlari boshchiligida urush va mehnat faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldilar, dildan suhbatlashib, duolarini oldilar.
Bu ezgu an’analar davomli bo‘lsin, yurtimizda doimo tinchlik va farovonlik hukm sursin!
Inson qadri ulugʻ, xotira muqaddas!
Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
Ajdodlarni xotirlash, keksalarni e’zozlash – xalqimizning ezgu qadriyatlaridan biridir. Yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat va e’tibor har doim diqqat markazimizda bo‘lib kelgan.
Xotira va qadrlash – el-yurt ravnaqi, tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi yo‘lida fidokorona kurashgan insonlarning bebaho xotirasini yod etish, ularni e’zozlashdir. Bu – xalqimizning asriy an’analaridan, buyuk fazilatlaridandir.
Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin. Xonadoningizdan fayzu baraka, tinchlik va xotirjamlik hech qachon arimasin. Yurtimiz doimo tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Fakt 24 | Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi uchun AQSh universitetiga 120 foizlik grant
#Oʻzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
#OAV_biz_haqimizda
#Ochiq_eshiklar_kuni
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#No_comment
#Milliy_kontent
✅ Milliy kontent yaratishga bag‘ishlangan kreativ oromgohda yo‘nalishlar kesimida davra suhbatlari ham tashkil etilmoqda.
➖ Ilk davra suhbatida DIP animation va Lola animation brendlari vakillari ishtirok etishdi.
#KHIMIO_2025
📆 Joriy yilning 8-12-may kunlari poytaxtimizda Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi boʻlib oʻtadi.
➖ Buyuk qomusiy olim — Al-Xorazmiy matematika, astronomiya, geografiya fanlari rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan. U algebra faniga asos solgan va “algebra” atamasi uning mashhur “Al-Jabr val-Muqobala” asari nomidan kelib chiqqan.
Olim yaratgan hisoblash usullari keyinchalik “Algoritm” tushunchasining shakllanishiga asos boʻlgan — bu soʻz ham olim nomi bilan bogʻliq. Uning asarlari dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan.
✅✅✅✅
#Milliy_kontent
✅ Milliy kontent yaratishga qaratilgan kreativ oromgoh jarayonlaridan videolavha.
#Taqdirlash_marosimi
#LIVE
🔴 Poytaxtimizda oʻtkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi boshlandi.
🌐 JONLI EFIR
___
🔴 В Ташкенте началась торжественная церемония награждения Международной олимпиады по математике и информатике имени Аль-Хорезми.
🌐 ПРЯМАЯ ТРАНСЛЯЦИЯ
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#jonli_efir
#matbuot_anjumani
#qabul_2025
🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI
✅ Mavzu: Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025/2026-o'quv yili uchun hujjatlar qabuli
⏺Ushbu MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:
▶️ JONLI EFIR
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#matbuot_anjumani
#qabul_2025
⚡️HURMATLI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI HAMDA BLOGERLAR!
📶 Sizlarni "Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025/2026-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli" mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz!
🗣Matbuot anjumanida Siz oʻzingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri javob olishingiz mumkin.
📆 Sana: 12-may
⌛️ Soat: 12:00
🗺 Manzil: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy. AOKA binosi.
❔ Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Magistraturagan qabul davom etmoqda
⚡️ Barcha yoshlar uchun ajoyib yangilik. Endilikda siz "Yangi O'zbekiston" universitetida o'zingiz xohlagan magistratura mutaxassisligida tahsil olishingiz mumkin. Sizdan bakalavrda o'qigan yo'nalishingizga o'qishga topshirish talab etilmaydi.
👉 O'qishga ariza topshirish: admission.newuu.uz
💥 Universitetda hozirda 10 ta eng zamonaviy sohada magistratura mutaxassisliklari bor. Siz ushbu yo'nalishlarning istalgan birida talaba bo'lishingiz mumkin.
✨ Yana bir quvonarli jihat shundaki, universitet davlat oliygohi bo'lganligi sababli ayol-qizlarning kontrakt to'lovlari to'liq davlat tomonidan qoplab beriladi.
💫 Bundan tashqari universitet ikki yillik magistratura mutaxassisliklariga 100%, 70% va 50% miqdoridagi bir yillik grantlar ham taqdim etadi. Agar siz birinchi yil ushbu grantlarni qo'lga kirita olmasangiz, ikkinchi yil albatta sizda bu imkoniyat bo'ladi.
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#qabul2025 #admission2025
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Bolalar uchun milliy kontent yaratish avvalo yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashdan boshlanadi. Chunki milliy kontent ishlab chiqaradigan, xalqimizning ruhi va qadriyatlarini his etadigan yangi avlodni tarbiyalash soha kelajagi uchun juda muhim.
Yaqinda “Renessans” bolalar oromgohida tashkil etilgan ijodiy muloqot va mahorat darslari yosh iste’dodlar hamda soha mutaxassislari o‘rtasida ijodiy ko‘prik vazifasini o‘tadi. Professionallar o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi, yoshlar esa kreativ g‘oya va loyihalarini taqdim etishdi.
Bunday samarali va ilhomlantiruvchi loyihalarni mamlakatimizning turli hududlarida muntazam o‘tkazib borish zarur. Chunki yurtimizda haqiqiy iste’dodlar ko‘p, ularga imkoniyat va yo‘l ko‘rsatadigan ustozlar kerak.
#BolalarUchunKontent
—
Создание национального контента для детей начинается, прежде всего, с поддержки молодых талантов. Ведь для будущего этой сферы важно воспитать новое поколение специалистов, которое сможет создавать контент, чувствовать дух и ценности нашего народа.
Недавняя творческая встреча и мастер-классы, организованные в детском лагере «Ренессанс», стали творческим мостом между молодыми талантами и опытными профессионалами. Мастера поделились своими знаниями, а молодёжь представила креативные идеи и проекты.
Подобные полезные и вдохновляющие проекты необходимо проводить регулярно по всей стране. Потому что у нас много талантливой молодёжи — ей нужны возможности и наставники, которые помогут найти правильный путь.
#КонтентДляДетей
#KHIMIO_2025
#live
📢 Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasining 2-tur sinovlari BOSHLANDI!
✅Jarayonlarni real vaqt rejimida quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin:
🔴 Jonli efir
❗️Informatika fanidan natijalarni ushbu havola orqali kuzatib boring!
Ma’lumot o‘rnida: matematika fanidan maksimal 56 ball, informatika fanidan esa 800 ball beriladi.
#Xotira_va_qadrlash_kuni
#Xotira_aziz
🤩 Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Oʻquvchilarimiz ustozlari boshchiligida urush qatnashchilari va mehnat faxriylarining holidan xabar olishdi.
Shuningdek, "Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yoʻlidagi qahramonlik unutilmaydi" mavzusida maʼnaviyat va maʼrifat soatlari, tanlovlar, viktorinalar, intellektual oʻyinlar, sport musobaqalari, uchrashuv va davra suhbatlari, chellenjlar oʻtkazildi.
Jarayonlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI
📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#sport_maktablari
Navoiy viloyatida sport gimnastikasi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida ta’lim olayotgan Elburus Jo‘rayev yakka bahslarda mutlaqo g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#KHIMIO_2025
#live
📢 Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasining 1-tur sinovlari BOSHLANDI!
✅Jarayonlarni real vaqt rejimida quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin:
🔴 Jonli efir
📌Ma’lumot uchun, Matematika fanidan maksimal 56 ball, informatika fanidan esa 800 ballgacha olish mumkin bo‘lib, har ikki yo‘nalishda ham ishtirokchilarga 2 kun davomida 4 soatdan vaqt ajratiladi va topshiriqlar xalqaro olimpiada standartlari asosida baholanadi.
Qadrli ustozlar,
Aziz oʻqituvchi va murabbiylar!
Bugun shonli tariximiz lavhalaridan soʻzlovchi yana bir muhim sana — "9-may — Xotira va qadrlash kuni" yurtimizning barcha goʻshalarida keng nishonlanmoqda.
Aytish lozimki, ota-bobolarimizning Vatan tinchligi va yurt ravnaqi uchun qilgan jasorati va fidoyiligi barchamiz uchun qadrli va azizdir.
Bugungi tinch va osuda hayotimiz, farzandlarimizning baxtli kelajagi uchun qilingan bu qahramonliklar asrlar davomida xalqimiz qalbida mangu yashaydi.
Shu bilan birga istiqlolimiz va hozirgi faravon turmushimiz uchun jon fido qilgan maʼrifatparvar jadid bobolarimiz, ilm yoʻlida zahmat chekkan minglab vatandoshlarimiz yodi ham biz uchun muqaddasdir.
Ushbu bayram kunida barchangizga sogʻliq-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, Oʻzbekiston kelajagi boʻlgan barkamol avlodga taʼlim-tarbiya berishdagi fidokorona faoliyatingizda omad tilayman.
@hilola_umarova
#sport_maktablari
🤩 Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Boku shahriga joʻnab ketdi.
Joriy yilning 15–22-may kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida sportning boks turi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Xalqaro musobaqa boʻlib oʻtadi.
Hozirgi kunda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi terma jamoasi musobaqaga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida Boku shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazishmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga zamonaviy avtobus topshirildi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur avtobusni tantanali topshirib, o‘quvchilarga ezgu tilaklarini bildirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️6-SINF O‘QUVCHISI C1 DARAJADAGI INGLIZ TILI SERTIFIKATINI QO‘LGA KIRITDI
🤩 Koson tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-sinf o‘quvchisi Samir Qosimov ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi C1 darajadagi milliy sertifikatiga ega boʻldi.
📝CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) tizimiga ko‘ra C1 darajasi ingliz tilini yuqori darajada egallaganlikni bildiradi. Mazkur darajaga ega bo‘lgan oʻquvchi akademik va rasmiy kontekstlarda ingliz tilida muloqot qila oladi, murakkab matnlarni to‘liq tushunadi va o‘z fikrlarini aniq va ravon ifoda eta oladi.
❗️Samirning bu yutugʻi chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan katta qiziqishi, intiluvchanligi va unga taʼlim berayotgan ustozlarining yuqori malakaga ega ekanligini ko‘rsatadi.
#KHIMIO_2025
#live
⏺Poytaxtimizda oʻtkazilayotgan Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi boshlandi.
✅ Maʼlumot uchun: mazkur olimpiadada dunyoning 9 ta mamlakati — Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlaridan kelgan hamda Oʻzbekiston vakillaridan iborat jami 205 nafar (matematikadan 34 ta, informatikadan 32 ta jamoa) oʻquvchi-yoshlar ishtirok etadi.
🌐 JONLI EFIR
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat!
Xabaringiz bor, yaqinda Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.
Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sunʼiy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.
Kurs yakuni boʻyicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar 2025-2026-oʻquv yilidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.
Tanlovda ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan birlamchi talablar:
– fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega boʻlishi;
– 5 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
– ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);
– Scopus, web of science xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
– oʻz fani yoʻnalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki;
Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va maʼlumotlarni tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.
Tanlovda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarga ustuvorlik beriladi.
Hurmatli professor-oʻqituvchilar, ushbu imkoniyatlar siz uchun, undan foydalaning!
@hilola_umarova