Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48
#oʻquv_trening
#kasbiy_rivojlanish
⚡️OʻQUV-TRENING MASHGʻULOTLARI BOSHLANDI
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablari direktor o‘rinbosarlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish va umumta’lim maktablariga tatbiq etilgan yangi baholash tizimini samarali joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-trening mashg‘ulotlariga start berildi.
📍“Xalqaro va milliy tajribalar asosida o‘quv jarayonlarining sifatli va samarali tashkil etilishini yanada takomillashtirish” mavzusidagi mazkur oʻquv-treningga Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi mezbonlik qilmoqda.
🗓 Ikki kun davom etadigan oʻquv-trening mashgʻulotlarida ishtirokchilar:
➖Dars jarayonlarida raqamli ta’lim resurslaridan foydalanishni tashkil etish;
➖Fan kabineti va laboratoriya jihozlardan samarali foydalanish hamda laborantlarning dars jarayonlaridagi ish faoliyati va shu bilan bir qatorda fakultativ dars mashg‘ulotlarining samarali tashkil etish;
➖O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini samarali baholash hamda BSB va CHSB tahlillarining ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati;
➖Normativ hujjatlar bilan ishlash tartibi to‘g‘risida:Normativ hujjatlar bazasini yaratish va yangilab borish;
➖Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars jarayonlarini tashkil etish, kuzatish, tahlil qilish;
➖Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini oshirishda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining vazifalari kabi mavzular boʻyicha bilim va malakalarini oshiradilar.
✅Oʻquv-trening mashgʻulotlarini olib borishga Agentlik mutaxassislari, tizimdagi maktablarning yuqori malakaga ega pedagoglari, mahalliy va xorijiy ekspertlar jalb qilingan.
#OAV_biz_haqimizda
#Qabul_2025
Hudud | Nurafshon shahridagi Prezident maktabi xalqaro sertifikatga ega boʻldi
#My5
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#Qabul_2025
Najot bilimda | Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatiga nazar
#XorazmMTRK
🤩 Koʻrsatuvda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi mazkur maktabda olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayoni, tajribali ustozlar, iqtidorli oʻquvchilar erishayotgan yutuqlar haqida soʻz boradi.
#OAV_biz_haqimizda
Saodat yoʻli | Andijon shahridagi Prezident maktabining Informatika fani o‘qituvchisi Ulug‘bek Abidov
#AndijonMTRK
🤩 Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan mahalliy o‘qituvchilarning xalqaro toifaga ega boʻlishlariga alohida eʼtibor qaratilayotgani samarasida xalqaro taʼlim dasturlari sertifikatlarini qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar qamrovi kengaymoqda.
📍Andijon shahridagi Prezident maktabining kompyuter ta’limi fani o‘qituvchisi Ulug‘bek Abidov ana shunday xalqaro toifaga ega pedagoglardan. U Kembrij xalqaro ta’lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o‘qitish bo‘yicha maxsus kurslarni muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatlarga ega boʻlgan.
➖ Koʻrsatuvda Prezident maktabi oʻqituvchisi U.Abidov pedagoglik tajribasi bilan oʻrtoqlashib, iqtidorli yoshlarga bilim berishning oʻziga xos jihatlari, masʼuliyati haqida soʻzlagan.
✅ Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanishish, yangi istiqbolli rejalarni belgilash maqsadida Xorazm viloyatiga keldi. Davlatimiz rahbari tashrif doirasida Al-Xorazmiy shaharchasining qurilishini koʻzdan kechirdi.
🔹 Qayd etilganidek, kecha Prezidentimiz ushbu hududda Al-Xorazmiy universiteti va ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish boʻyicha qaror imzoladi. Bu universitetda 3 ta: matematika va informatika, aerokosmik texnologiyalar muhandisligi hamda sunʼiy intellekt fakultetlari boʻladi.
➖ Oʻquv jarayonlari “Yangi Oʻzbekiston” universitetining tajribasi asosida, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Qabulni 2025-2026 oʻquv yilidan boshlash rejalashtirilgan. Jami talabalar soni 4-6 ming atrofida boʻlishi koʻzda tutilgan.
➖ Shaharcha hududida Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy maktabining filiali ham tashkil etiladi. Unga 4-sinf bitiruvchilari tanlab olinadi. Taʼlimning yakunlovchi 2 yili muhandislikka boshlangʻich tayyorgarlikka qaratiladi.
👉 Shuningdek, Al-Xorazmiy shaharchasida texnopark va ofislar, tibbiyot va madaniyat markazlari, xiyobonlar, maktab va bogʻchalar, sport majmualari, savdo va maishiy binolar boʻladi.
Bizni kuzating
✅✅✅✅
🔴 Xorazmdagi uchrashuvlar davom etmoqda
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Xorazmdagi o‘rganishlar davomida Xiva shahridagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham bo‘ldi.
📎 Bu yerda vazir o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
#Qabul_2025
Fursat | "Turon yoʻlbarslari" musobaqasining Respublika bosqichi
#NurafshonTV
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Respublika bosqichi tashkil etildi.
#Qabul_2025
#Ochiq_eshiklar_kuni
🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabida oʻtkazilgan “Ochiq eshiklar” kuni jarayonlari videolavhada
❗️Eslatma, joriy yilning 4-may kuni ham Namangan shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkaziladi.
#Qabul_2025
#Ochiq_eshiklar_kuni
🤩 Jizzax shahridagi Prezident maktabida oʻtkazilgan "Ochiq eshiklar" kuni jarayonlari videolavhada.
❗️Eslatma, joriy yilning 11-, 18-may kunlari ham Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.
Президент Шавкат Мирзиёев Ал-Хоразмий университетини ташкил этиш бўйича тақдимот билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о создании Университета Аль-Хорезми.
#Mirziyoyev #taqdimot #universitet #AlXorazmiy
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qiz bolaning vazifasi oʻqish emas, faqat roʻzgʻor, deya fikr yuritadiganlar, sizlarni “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bilan tanishtirishni xohlardim.
Loyiha atrofida birlashgan qizlar jamiyatimizdagi koʻplab ijtimoiy muammolarga befarq emas. Ular tabiatimiz, iqlimimiz, taʼlim va ijtimoiy hayotimizni yanada yaxshilash uchun qimmatli gʻoyalarini taklif etmoqda.
Gʻurur bilan aytamiz, 2021-yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Raqamli avlod” maʼrifiy loyihasi shu kungacha 7000 dan ziyod qizlarni kashf etdi. Loyiha ichida yaratilgan qanchadan-qancha gʻoya, startaplar yirik loyihalarga aylandi. Joriy yildagi qizlarimiz ham juda faol ishtirok etdi. Ularning ayrimlarini sizlarga tanishtirish uchun mana shu videorolikni ulashyapman. Havas qilishingizga ishonaman.
Aqlli qizlarim, sevimli singillarim, yildan yilga safingiz kengayaversin, sizlarni yaxshi koʻraman. Barcha loyihalarimiz zamirida sizlarning bilim-salohiyatingizni yuzaga chiqarish, qoʻllab-quvvatlash maqsadi yotibdi!
@hilola_umarova
#OAV_biz_haqimizda
#Qabul_2025
Assalom Xorazm | Oʻquvchilar almashinuvi
#XorazmMTRK
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablarida oʻquvchilar almashinuv dasturi amalga oshirilmoqda.
✅Dastur doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari taʼlim jarayonlari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda qatnashmoqda.
🗣Shuningdek, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi vakillari Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining maxsus koʻrsatuvi mehmoni ham boʻlishdi.
#OAV_biz_haqimizda
#Qabul_2025
Ixtirochi yoshlar | Robototexnikani oʻrganayotgan yoshlar
#Oʻzbekiston1
🤩 Koʻrsatuvda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabidagi robototexnika toʻgaragi faoliyati, oʻquvchilarni mazkur yoʻnalishda bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida soʻz boradi.
Uzoq kutilgan yangilik!
“Yil oʻqituvchisi” tanlovi qachon, qanday shartlar asosida oʻtkazilishi haqida juda koʻp murojaatlar kelardi. Biz hurmatli pedagoglarimiz, jamoatchilikdan takliflar ham soʻradik, har birini oʻrganib chiqdik.
Nihoyat, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori imzolandi.
Qarorga koʻra, “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.
“Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzodlar oʻzlari dars beradigan bitta fandan, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari esa boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida ishtirok etadi. Ishtirokchilar vazirlikning maxsus platformasi orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:
birinchi bosqichda — nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlari baholanadi;
ikkinchi bosqichda — nomzodlarning pedagogik mahorati baholash mezonlari asosida hakamlar hayʼati hamda pedagoglar tomonidan baholanadi. Bunda nomzod oʻtgan darsning videoyozuvi baholash uchun maxsus platformaga joylashtiriladi;
uchinchi bosqichda — nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati hamda kitobxonligi baholanadi.
Tanlov yakunlariga koʻra, har ikki yilda bir marta oktabr oyida gʻolib deb topilgan har bir nomzod reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladigan hamda Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.
Ushbu sertifikat asosida gʻoliblar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Pedagogik mahorat markazlari direktorlari oʻrtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovida esa ishtirokchilarning 4 ta yoʻnalish boʻyicha faoliyati natijalari oʻrganiladi. Bular — hududda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha erishilgan natijalar, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash boʻyicha erishilgan natijalar, zamonaviy uslubda taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha erishilgan natijalar, Markazni tajribali kadrlar bilan taʼminlash va zamonaviy boshqaruv usullarining joriy qilinganligi.
Gʻoliblar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovlar haqida batafsil maʼlumot, yangiliklarni vazirlik sahifalari orqali berib boramiz. Biz ushbu megatanlovlarni adolatli, shaffof, faxriy pedagoglarimiz, ekspertlar va jamoatlik vakillari bilan hamkorlikda tashkil etamiz.
@hilola_umarova
#Turon_yoʻlbarslari
#Respublika_bosqichi
#LIVE
⚡️"TURON YOʻLBARSLARI": RESPUBLIKA BOSQICHI BOSHLANDI
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo oʻquvchilari oʻrtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Respublika bosqichiga start berildi.
⏺Ayni vaqtda musobaqaning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi mutasaddilari, tizimdagi maktablar jamoalari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
#Turon_yoʻlbarslari
#Respublika_bosqichi
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Respublika bosqichi VIDEOLAVHADA
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Al Xorazmiy universitetining ilk talabasi ma’lum bo‘ldi
✅ Xabaringiz bor, kuni kecha Davlatimiz rahbarining Xorazmda Al-Xorazmiy universiteti va ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish boʻyicha Qarori imzolandi.
➖ Xorazmdagi tashrif chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev hududdagi yoshlar bilan uchrashdi.
⚡️Ushbu uchrashuvda soʻzga chiqqan, Urganch shahridagi 3-sonli maktab o’quvchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Shahzoda Kamolovaning mazkur universitetga qabul qilinganligi ma’lum qilindi.
U 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab toʻliq grant asosida ushbu universitetda oʻqiydi.
Bizni kuzating
#Qabul_2025
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Ijod_maktablar
📣📣📣📣📣
⚡️ Joriy yilning 3-, 10-, 17–may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.
✅ Ochiq eshiklar kunida:
➖Maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
➖Oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
➖Koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
➖ Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.
🗓 3-, 10-, 17–may kunlari
⏱️ Soat 11:00dan 15:00gacha
Aziz oʻquvchilar, keling ijod maktablarimiz bilan tanishing! Nima uchun aynan Siz ijod maktab oʻquvchisi boʻlishingiz kerakligiga oʻzingiz ishonch hosil qiling!
#OAV_biz_haqimizda
Davr | Yunusobod tumanida “STEAM-ta’limni maktab fanlariga integratsiya qilish: loyihaviy faoliyat va to‘garaklar doirasida amaliy yondashuvlar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
#yoshlarTV
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul_2025
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
🤩 Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf oʻquvchisi Yasmina Rahmatilloyeva IELTS imtihonidan 7,5 ball olgan boʻlsa, 10-sinf oʻquvchisi Feruza Choʻlliyeva ingliz tilini bilish boʻyicha milliy sertifikatni C1 darajasi bilan qoʻlga kiritgan.
➖ Videolavhada Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli oʻquvchilari Yasmina va Feruza xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha erishgan yutuqlari haqida soʻzlab, puxta bilim olish sirlari bilan oʻrtoqlashgan.
✅✅✅✅
#Xorazm
✈️ Vazir Xorazmda: pedagoglar attestatsiyasi, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati va qurilish jarayonlari o‘rganilmoqda
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Xorazm viloyatida bo'lib, ta'lim muassasalari faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
➖ Dastlab vazir viloyatning Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida bo‘lib, bu yerda ta’lim sifatini oshirish uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilar tomonidan erishilayotgan yutuqlar bilan yaqindan tanishdi.
Bizni kuzating
Toshkent,
29.04.25.
—
Ташкент,
29.04.25.
#Atrof_muhitni_asrash_va_yashil_iqtisodiyot_yili
#zero_waste_project
🤩 Jarqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zero Waste" loyihasi doirasida qogʻoz chiqindisidan ekologik mahsulot olish texnologiyasi ishlab chiqildi.
✅ Mazkur texnologiya "Nol chiqindi" konsepsiyasi asosida tuxum soladigan idish (fleyka)ni qayta ishlangan qogʻoz mahsulotiga aylantirishni koʻzda tutadi.
🌿Qiziqarlisi, bu qog’oz tarkibida ko’p yillik gul urug’lari mavjud bo’lib, foydalanib bo’lingandan keyin tashlab yuborilganda ham tabiatga zarar bermaydi. Ayni vaqtda yangi mahsulotdan foydalangan holda gul undirish tajribasi olib borilmoqda.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida muhandislik va IT sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi shaklidagi Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi;
➖ Universitet faoliyatini strategik rivojlantirish maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri raisligida Kuzatuv kengash tomonidan amalga oshiriladi. Bunda Kuzatuv kengashi tarkibi Maktabgacha
va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
➖ Universitetda taʼlim jarayoni 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladi, talabalarni oʻqitish davlat va ingliz tillarida, kredit-modul tizimi asosida olib boriladi;
➖ Universitetda taʼlim jarayoni Yangi Oʻzbekiston universiteti tajribasi asosida Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy Xalq Respublikasi, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boriladi;
➖ V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Urganch filiali faoliyati Universitet binosida yoʻlga qoʻyiladi hamda har bir ilmiy xodimga talaba biriktirish amaliyoti joriy qilinadi;
➖ Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
➖ Universitet huzurida Sanoat kengashi va salohiyatli talabalar uchun Sanoat hamkori stipendiyasi tashkil etiladi.
👉 Shuningdek, mazkur qaror bilan:
➖ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali tashkil etiladi va bu yerda oʻquv jarayoni 7 yillik dastur asosida STEM modeli boʻyicha olib boriladi;
➖ oʻquvchilar tanlovi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining matematika va informatika fanlari boʻyicha qobiliyati bor 4-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi;
➖ ixtisoslashtirilgan maktabning muhandislik taʼlim dasturlari Al-Xorazmiy universiteti bakalavriat taʼlim dasturlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadi;
➖ muhandislik taʼlim dasturlarini lozim darajada oʻzlashtirgan bitiruvchilarga oʻz oʻqishini Al-Xorazmiy universitetining tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishida 2-bosqichdan davom ettirish imkoni yaratiladi.
@hilola_umarova
#Turon_yoʻlbarslari
#Respublika_bosqichi
#taqdirlash
⚡️"TURON YOʻLBARSLARI" HARBIY-SPORT MUSOBAQASI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etilgan “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Respublika bosqichi yakunlandi.
✅ Musobaqaning Respublika bosqichida 15 ta jamoa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi shartlar asosida oʻzaro bellashdi.
➖ Yakuniy natijalarga koʻra:
🥇Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining “Sohibqiron” jamoasi 1-oʻrin;
🥈Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining “Yosh gvardiyachilar” jamoasi 2-oʻrin;
🥉Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining “Shunqorlar” jamoasi 3-oʻrinni egalladi.
🗣Shuningdek, turli nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.
✅ Musobaqaning yopilish marosimida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, general-mayor Hamdam Qarshiyev ishtirok etdi.
💫 Gʻoʻlib jamoaga xorijga taʼlim sayohati yoʻllanmasi topshirilgan boʻlsa, sovrindor jamoalar skuter, velosiped hamda boshqa esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.Telegram | Facebook | Instagram | YouTube Читать полностью…
#GlobalActionDays
#Eco_Schools_Uzbekistan
🤩 Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining "Iqlim oʻzgarishi va yoshlarning ishtiroki" hamda "Eco-Line" dasturlarini oʻz ichiga olgan seminar-trening oʻtkazildi.
➖Seminar treningda Sirdaryo viloyatidagi "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga aʼzo maktablardan pedagog-xodimlar hamda eko-faol oʻquvchilar ishtirok etdi.
📰📰📰📰📰📰📰
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Singapurning Marshall Cavendish Education tashkiloti Bosh ijrochi direktori Syu Peng Yim bilan uchrashdi.
➖ Uchrashuv davomida ikki tomonlama ta’lim sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, uni yangi bosqichga olib chiqish haqida so‘z bordi.
Muloqot davomida tomonlar Marshall Cavendish Education tashkiloti bilan nafaqat maktablar ta’limi yo‘nalishida, balki maktabgacha ta’lim yo‘nalishida ham hamkorlik qilishga kelishishdi.
🔰 Uchrashuv yakunida, mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik aloqalari yuzasidan ikki tomonlama anglashuv Memorandumi imzolandi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
#xalqaro_hamkorlik
#Prezident_maktablari
🤩 Toshkent shahridagi Prezident maktabida Yaponiyaning CSPC-Japan tashkiloti rahbari, hamda yapon milliy sanʼati vakillari bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#соҳага_доир_ҳужжатлар
📣 “Yangi Oʻzbekiston” universiteti huzurida Ilgʻor bilim va tajribalar transferi markazi tashkil etiladi
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston” universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:
➖aprobatsiya jarayonidan oʻtib, tatbiq etilgan zamonaviy taʼlim texnologiyalari va oliy taʼlim tashkilotini boshqarish tizimlarini respublikaning boshqa oliy taʼlim tashkilotlariga bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti huzurida yuridik shaxs hisoblangan Ilgʻor bilim va tajribalar transferi markazi tashkil etiladi;
➖ ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Universitetda yuridik shaxs boʻlmagan Ilmiy tadqiqot infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi;
👉 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:
➖ Universitetning magistratura mutaxassisliklari talabalariga Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-iyundagi 300-son qarori bilan taʼlimning bakalavriat bosqichiga joriy qilingan davlat grantini ajratish tartibi joriy etiladi;
👉 2027-yil 1-dekabrga qadar:
➖ Universitet uchun olib kelinadigan muqobili Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilma, dasturiy va texnik vositalar, butlovchi qismlarni respublikaga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi;
👉 Shuningdek, mazkur qaror bilan:
➖ Germaniya Federativ Respublikasining oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda Universitetda oʻz klinikasi va tadqiqot markaziga ega Tibbiyot fakulteti tashkil etiladi.
Bizni kuzating
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️IELTS: 8-SINF OʻQUVCHISIDAN 8 BALLIK NATIJA
🤩 Agentlik tizimidagi Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi Umarjon Aʼlamov xalqaro IELTS imtihonidan 8 ball oldi.
❗️Bu esa ingliz tilini yuqori darajada egallaganlikni bildiruvchi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri boʻlib, eʼtiborlisi oʻquvchiliz bu natijaga atigi 8-sinfda o‘qib turib erishdi.