piimauz | Неотсортированное

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

44448

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48

Подписаться на канал

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#BMO_2025
#Results

👍👍👍👍👍👍👍

TERMA JAMOAMIZ A'ZOLARIDAN NAVBATDAGI 5 MEDAL!

🌍 Hozirda Bosniya va Gersegovinada Bolqon Matematika Olimpiadasi (BMO) bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️Ayni paytda olimpiada ishtirokchilarining yakuniy natijalari e’lon qilinmoqda.

➡️Natijalarga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasidan iborat o‘quvchilar katta muvaffaqiyatga erishdi:
🥇1 ta oltin, 🥈4 ta kumush — jami 5 ta medal!

G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:

🥇 Elbek Zohidjonov - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisioltin medal,
🥈Asadbek Boboqulov - “Artel Technical School” NTMning 11-sinf o‘quvchisikumush medal,
🥈Ozodbek Axtamov - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisikumush medal,
🥈Rasulbek G‘afforovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi - kumush medal,
🥈Behruz Elmurodov - Mirishkor 21-maktab, 11-sinf o‘quvchisi kumush medal.

📢Ma’lumot uchun:
Xalqaro darajada o‘tkazilayotgan ushbu olimpiadada Terma jamoamiz a’zolari ILK OLTIN MEDALINI qoʻlga kiritdi.

❗️Eslatma:
2024-yili Bolgariya Varna shahrida oʻtkazilgan 41-Bolqon Matematika olimpiadasida Terma jamoa a'zolari 2 ta kumush va 3 ta bronza medallar bilan taqdirlangan edi.

Gʻoliblarni tabriklaymiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qabul_2025
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktablari

📣📣📣📣📣

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.

Ochiq eshiklar kunida:

Maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
Oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
Koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.

📍Oʻz hududingizdagi Prezident maktabida qaysi kunlari "Ochiq eshiklar kuni" boʻlib oʻtishini quyidagi havolalar orqali bilib olishingiz mumkin:

🕊Andijon shahridagi Prezident maktabi
🕊Buxoro shahridagi Prezident maktabi
🕊Guliston shahridagi Prezident maktabi
🕊Jizzax shahridagi Prezident maktabi
🕊Qarshi shahridagi Prezident maktabi
🕊Navoiy shahridagi Prezident maktabi
🕊Namangan shahridagi Prezident maktabi
🕊Nukus shahridagi Prezident maktabi
🕊Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
🕊Samarqand shahridagi Prezident maktabi
🕊Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
🕊Xiva shahridagi Prezident maktabi
🕊Termiz shahridagi Prezident maktabi
🕊Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Aziz oʻquvchilar, keling maktablarimiz bilan tanishing! Nima uchun aynan Siz Prezident maktabi oʻquvchisi boʻlishingiz kerakligiga oʻzingiz ishonch hosil qiling!


Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qabul_2025
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oʻtkazilgan "Ochiq eshiklar" kuni jarayonlari videolavhada

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning 26-aprel kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtdi.


❗️Eslatma, joriy yilning 2-may kuni ham Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📰📰📰📰📰📰📰

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Massachusetts texnologiya institutining MIT RAISE dasturi global hamkorliklar rahbari Julia Reynolds bilan uchrashdi.

Muloqot avvalida vazir Hilola Umarova ikki tomonlama hamkorlik O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun strategik ahamiyatga egaligini va bunday hamkorlik mamlakatimiz yoshlarini xalqaro miqyosda raqobatbardosh etib tayyorlash imkoniyatini berishi haqida so‘z yuritdi.


Uchrashuvda tomonlar "Raqamli avlod qizlari – 2025" tadbirida ishtirok etish, sun’iy intellekt, yashil iqtisodiyot va iqlim o‘zgarishi kabi dolzarb yo‘nalishlarda iqtidorli qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilishdi.

⚡️ Shuningdek, MIT bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari, xususan "Sun’iy intellekt kuni" dasturini O‘zbekistondagi maktablarida joriy etish haqida fikr almashildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Ахborot 24 | Ochiq eshiklar kuni

#Oʻzbekiston24

🤩 Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkazildi. Tadbir doirasida maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilindi. Taʼlim muassasasiga tashrif buyurgan oʻquvchilar, ota-onalar bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi. Oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan koʻrgazmalar oʻtkazildi. Maktab hududi boʻylab ekskursiya ham uyushtirildi.


Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#rasmiy_bayonot
#ota_onalar_diqqatiga

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH UCHUN TAYYORLAYDIGAN OʻQUV KURSLARI MAVJUD EMAS!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari koʻp uchramoqda.

⚠️ Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ham koʻpaygan.

📍Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq!

‼️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablariga kirish uchun hech qanday ORALIQ SINOV IMTIHONLARI oʻtkazilmaydi!

🤩 Prezident maktablari boʻyicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali yoritilib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari

🤩 Agentlik delegatsiyasi XXRning Tyanjin shahridagi Nankai universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifning dastlabki qismida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Nankai universiteti vitse-prezidenti ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari jadal rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladilar.

Muzokaralar davomida Xitoy tili va madaniyati fakulteti bitiruvchilari hamda magistrlarini O‘zbekistonga xitoy tilini o‘qitish uchun jalb qilish, shuningdek, Nankai universiteti bilan Agentlik tizimidagi universitetlar o‘rtasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun, 1919-yilda tashkil topgan mazkur universitetda bugungi kunda 11 nafar o‘zbekistonlik talaba ham borligi kishini quvontiradi. Agentlik direktori vatandosh talabalar bilan uchrashib, samimiy suhbatlashdi.

Tashrifning ikkinchi qismida delegatsiya universitetning Xitoy tili va madaniyati fakulteti rahbari bilan uchrashdi va davra suhbati o‘tkazilib, istiqboldagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Xitoyga safar doirasida delegatsiya Tyanjin shahrida o‘tkazilayotgan 85-xalqaro ta’lim jihozlari ko‘rgazmasida ham ishtirok etdi.

Mazkur ko‘rgazmada 300 dan ortiq tashkilot maktabgacha va maktab ta’limi uchun zamonaviy uskunalar, laboratoriya jihozlari, robototexnika hamda sun’iy intellekt integratsiya qilingan elektron dasturlarni namoyish etdi.

Shu tariqa delegatsiyaning Xitoyga tashrifi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Muhammad_Yusuf_71_yoshda

🤩 Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan “Adiblar xiyoboni”da bo‘ldi.

Tadbir davomida o‘quvchilar shoir she’rlaridan aytishdi, adib hayoti va ijodiy merosi haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ayniqsa, Muhammad Yusufning yurt, xalq va ona til haqidagi samimiy satrlari o‘quvchilar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashriflar yosh avlodni Vatanga muhabbat, adabiyotga ehtirom va milliy o‘zlikni anglash ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️BITIRUVCHIMIZ XORIJIY UNIVERSITETDA TAʼLIM OLISH UCHUN TOʻLIQ GRANTNI QOʻLGA KIRITDI

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Mashhura Hoshimova AQShning "Clark University" oliygohiga toʻliq grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Taʼlim granti miqdori 240 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

📌 "Clark University"ning eng mashhur mutaxassisliklariga quyidagilar kiradi:
- Psixologiya;
- Biologiya va biotibbiyot fanlari;
- Tasviriy va ijro san'ati;
- Biznes, menejment, marketing va tegishli yordam xizmatlari;
- Aloqa texnologiyalari
.


💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | "Oʻtkan kunlar" romanining qirg'iz tilidagi nashri taqdimoti

#25apr #oʻzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari

🤩 Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan Agentlik delegatsiyasi mamlakatning yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish masalalari yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Agentlik direktori Alisher Ubbuyev boshchiligidagi delegatsiyaning navbatdagi tashrif manzili XXRning Vuchin shahrida joylashgan “Yinghua Akademiyasi” yuqori maktabi bo‘ldi.

Tashrif davomida Agentlik vakillari mazkur maktabda ta’lim jarayoni, milliy va xalqaro dasturlar asosida olib borilayotgan o‘quv tizimi, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, maktabda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyamiz va Yinghua Akademiyasi rahbariyati hamda Vuchin shahri hokimi o‘rtasida davra suhbati ham o‘tkazildi. Muloqotda tomonlar o‘zaro hamkorlikning istiqbollari yuzasidan taklif almashdilar. Muzokara yakunida Agentlik hamda “Yinghua Group” o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Shuningdek, delegatsiya “Yinghua Group” tizimidagi maktabgacha ta’lim muassasasi hamda boshlang‘ich maktabga ham tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qabul_2025
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Ijod_maktablari

📣📣📣📣📣

⚡️Joriy yilning 26-aprel, 3-, 10-, 17-may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkaziladi.

Ochiq eshiklar kunida:

Maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
Oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
Koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆26-aprel, 3-, 10-, 17-may kunlari
soat 11:00 dan 15:00 gacha
🗺 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi, 6/2.

Murojaat uchun:
📱(99895)479-20-80
😎@Diyor_919
😎@Laziza_Naz

❗️Aziz oʻquvchilar, keling ijod maktabimiz bilan tanishing! Nima uchun aynan Siz ijod maktabi oʻquvchisi boʻlishingiz kerakligiga oʻzingiz ishonch hosil qiling!


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#malaka_oshirish

🤩 Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ixtisoslik fanlari oʻqituvchilari Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida malaka oshirmoqda.

Malaka oshirish davomida biologiya fani boʻyicha malaka oshirayotgan tinglovchilar uchun laboratoriya va amaliy mashgʻulotlar Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida tajribali oʻqituvchi va laborantlar tomonidan tashkil etilmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Hogwarts yozgi ilmiy oromgohiga qabul boshlandi

💥 Yozgi ta'tilda ilmiy loyihalar qilish, yangi do'stlar orttirish va o'z tajribasini yanada oshirishni maqsad qilgan yoshlarimiz uchun yaxshi yangiligimiz bor.

✅ “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari tomonidan Hogwarts yozgi ilmiy oromgohi tashkil etiladi. Ushbu ilmiy oromgohda siz IT, ekologiya, ta'lim, sanoat, huquq va siyosat sohalaridan birida o'z loyihangiz ustida ishlashingiz mumkin bo'ladi.

✨ Har bir loyihaga 6 kishi qabul qilinadi va ishtirokchilar jamoaviy ishlab, o'z loyihasini ishlab chiqishadi.

💫 Ro'yxatdan o'tish va loyiha haqida to'liq ma'lumot olish uchun Hogwarts kanalini kuzatib boring.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#yozgi_oromgoh #summer_camp

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Raqamli_avlod_qizlari
#NO_COMMENT

"Raqamli avlod qizlari—2025" IT tadbirining 1- va 2-kundagi jarayonlaridan videolavha.

📊 Ma'lumot o‘rnida: ushbu tadbirda qizlar:


➖ Ta’lim,
➖ Sun’iy intellekt,
➖ Yashil iqtisodiyot,
➖ Iqlim ozgarishi kabi yo‘nalishlarda startap loyihalari ustida ish olib borishmoqda.

Shuningdek xorijiy va mahalliy spikerlar ishtirokida davra suhbatlari ham tashkil etilgan.

Digital Generation Uzbekistan

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar| Fargʻona shahridagi Prezident maktabida oʻtkazilgan anjuman tafsiloti
#FargʻonaMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#Eco_schools_Uzbekistan

Yoshlar vaqti | "Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi o‘quvchilarning ekologik madaniyatini oshirishda, ularni ona tabiatga muhabbatli bo‘lishlarida muhim o‘rin tutmoqda.
#fargʻonaMTRK

🌱"Eco-Schools Uzbekistan”  loyihasi doirasida hududlarda seminar-treninglar boʻlib oʻtmoqda

🤩 Seminar-treninglarda Agentlik tizimidagi loyihaga aʼzo maktablarning direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, loyihaga masʼul pedagoglar, eko-faol oʻquvchilar ishtirok etishmoqda. Tadbirda "Iqlim oʻzgarishi va uning tasnifi", "7 qadam metodologiyasi" boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar tashkil etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik
#CIS

🤩 Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) vakillari Guliston shahridagi Prezident maktabi mutaxassislari bilan uchrashdi.

⚡️Guliston shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) ga aʼzolik uchun 1-, 2-bosqich tayyorgarliklardan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlib, jarayonning soʻnggi bosqichi (3-bosqich) boshlandi.

CIS vakillari Prezident maktabida bir haftalik tashrif bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganadi.


Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.

🗣Avvalroq, Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva, Namangan, Andijon, Fargʻona hamda Nurafshon shahridagi Prezident maktablari ham CIS akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik
#CIS

🤩 Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) vakillari Buxoro shahridagi Prezident maktabi mutaxassislari bilan uchrashdi.

⚡️Buxoro shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) ga aʼzolik uchun 1-, 2-bosqich tayyorgarliklardan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlib, jarayonning soʻnggi bosqichi (3-bosqich) boshlandi.

CIS vakillari Prezident maktabida bir haftalik tashrif bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganadi.


Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.

🗣Avvalroq, Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva, Namangan, Andijon, Fargʻona hamda Nurafshon shahridagi Prezident maktablari ham CIS akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Raqamli_avlod_qizlari
#Xorijlik_ishtirokchilar_taassurotlari

“Raqamli avlod qizlari-2025” IT tadbirining xorijlik ishtirokchilari Samarqand haqida.


➖ Bu yerni odamlari juda mehmondo’st ekan, madaniyati ham anchagina boy. Allaqachon bu yerning tarixi va madaniyati haqida ko’p narsa o‘rgandim.

➖ Menga Samarqand juda yoqdi, shaharning arxitekturasi ham katta taassurot qoldirdi.

➖ Tez orada biz ham “Raqamli avlod qizlari” dan biri bo’lamiz.


Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Fotoreportaj

“Raqamli avlod qizlari-2025” tadbirining xorijiy ishtirokchilari bugun Samarqandning diqqatga sazovor joylarida bo‘lishdi.

📍 Iordaniya, Ozarbayjon va Xitoydan kelgan o’quvchi qizlar mazkur IT tadbirida o‘z loyiha ishlari bilan qatnashishadi.


Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Raqamli_avlod_qizlari
#Ochiq_muloqot

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova "Raqamli avlod qizlari-2025" tadbiri ishtirokchilari bilan muloqot qildi.

Muloqot avvalida vazir Hilola Umarova ta'limdagi o‘zgarishlar, mamlakatimizda qizlarga yaratilayotgan sharoitlar, yangi tashabbuslar va kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritdi.


Uchrashuv davomida ishtirokchi qizlar tomonidan:

➖startap loyihalarni amaliyotga joriy etish va ularni xalqaro darajaga olib chiqish;
➖talaba yoshlar bilan intervyular tashkil etish;
➖kiberbulling va mediasavodxonlik loyihalarini ishlab chiqish,
➖yoshlarga o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlarda amaliyot o‘tash imkoniyatini taqdim etuvchi loyihalarga bo'lgan zarurat haqida savollar va takliflar bildirildi.

📍 Vazir "Raqamli avlod qizlari-2025" IT tadbiri ishtirokchilarining barcha savollariga batafsil javob berdi.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#taqdirlash

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2025” kasbiy koʻrik-tanlovi gʻoliblarini taqdirladik.

Tanlovda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 16 mingdan ortiq direktor oʻrinbosari va tarbiyachilari qatnashdi.

Gʻoliblar bilan tanishing:

”Eng yaxshi direktor oʻrinbosari” nominatsiyasi boʻyicha:


1-oʻrin — Munojat Moʻminova;
2-oʻrin — Tumaris Tursinboyeva ;
3-oʻrin — Sabina Guzarova;

“Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominatsiyasi boʻyicha:

1-oʻrin — Dilnoza Saidova;
2-oʻrin — Zebo Xidyoyeva;
3-oʻrin — Mavluda Kamalova;

“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:


1-oʻrin — Gulsina Dauletova;
2-oʻrin — Lionora Eshaliyeva ;
3-oʻrin — Sug‘diyona Boymirzayeva ;

“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:

1-oʻrin — Vazira Shoimova;
2-oʻrin — Yulduz G‘aybullayeva;
3-oʻrin — Mohinur Egamberdiyeva;

“Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:


1-oʻrin — Maxinaxon Mamasoliyeva;
2-oʻrin — Gulnoza Yalgʻasheva;
3-oʻrin — Dilnoza Shamatova;

“Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:


1-oʻrin — Nozimaxon Zikiryayeva;
2-oʻrin — Vazira Sayfullayeva;
3-oʻrin — Mohigul O‘roqboyeva.

Barcha gʻoliblarimizni yana bir bor tabriklayman va kelgusi faoliyatlariga omad tilayman!

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qabul_2025
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣📣📣📣

⚡️ Joriy yilning 26-aprel va 2-may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.

Ochiq eshiklar kunida:

Maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
Oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
Koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.

🗓 26-aprel va 2-may kuni
⏱️ Soat 09:30 dan 14:00 gacha

Aziz oʻquvchilar, keling ixtisoslashtirilgan maktablarimiz bilan tanishing! Nima uchun aynan Siz ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi boʻlishingiz kerakligiga oʻzingiz ishonch hosil qiling!


🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📺Videoda Taxtakoʻpir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Muhammad_Yusuf_71_yoshda

26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan.

Shoir adabiyotimizda betakror timsollar yarata olgan, hayot voqeligini chuqur va o‘ziga xos tarzda ifodalagan, ajoyib iste’dod sohibi sifatida munosib iz qoldirgan.

Muhammad Yusuf 2001-yil 47 yoshida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 2017-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Fotoreportaj
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025” tanlovi doirasida maktabgacha ta’limdagi zamonaviy va yangi metodikalarga bag‘ishlangan taqdimotlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham ishtirok etdi.

🔴 Ayni damda tantanali taqdirlash marosimi davom etmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Diyor yangiliklari
| Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida "Kitobxonlik haftaligi"
#JizzaxMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Raqamli_avlod_qizlari
#Fotoreportaj

"Raqamli avlod qizlari—2025" tadbiri doirasida mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Jarayonlar qizg’in tarzda, bahs munozalarga boy holda tashkil etilgan.

Kun yakunida ishtirokchi qizlar musobaqalarda ishtirok etib, yangi ko’nikmalarga ega bo‘lishmoqda.

Digital Generation Uzbekistan

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#STEAM_koʻrgazma
#Prezident_maktablari

🤩Nukus shahridagi Prezident maktabida "STEAM-Science Fair" ilmiy ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazma davomida o‘quvchilar STEAM fanlari, zamonaviy yondashuv, ingliz tili, rus tili, qoraqalpoq tili, biznes asoslari, iqtisodiyot va tasviriy san’at kabi yoʻnalishlarda ishlab chiqilgan 40 dan ortiq loyiha ishlarini taqdim etdi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️OʻQUVCHIMIZ MUDDATIDAN OLDIN TALABALIKNI NAQD QILDI!

🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Nurgul Mahmudova Farmatsevtika texnik universitetining "Hayot fanlari olimpiadasi"da gʻolib boʻlib, mazkur oliygohda oʻqish uchun 100 foizlik grantni qoʻlga kiritdi.

📆 Avvalroq, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Yoqub Ashirbekov, Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Saodatjon Muhammadova, Namangan shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Madina Ikromjonova ham mazkur universitetning 100 foizlik grantni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.


💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал