Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48
#imtihon_2025
#Prezident_maktablari
🔔 Hurmatli ota-onalar!
📆 Ertaga, 6-iyul kuni Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi — saralash bosqichi boshlanadi!
⚡️ Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:
🗣Jumladan:
✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkaziladigan belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;
✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;
✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);
✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.
❌ Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!
🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!
❗️Maʼlumot uchun: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.
📱 1-smena: soat 8:00 da
📱 2-smena: soat 12:00 da
📞 Savollar bo‘yicha: 1206
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2025
🤩 “Yangi O‘zbekiston” universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan saralash imtihoni 5-iyul kuni, soat 11:00 da boshlanadi.
💫Imtihonda qatnashish uchun siz ruxsatnoma (qog‘ozga chop etilgan holda) va shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan, ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzilga, imtihon vaqtidan bir soat oldin yetib kelishingiz kerak.
📥 Ruxsatnomani ushbu havola orqali shaxsiy kabinetingizga kirib, “Permit card” bo‘limidan yuklab olishingiz mumkin:
🌐 https://admission.newuu.uz
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bogʻcha #MTT
Bugun poytaxtimizdagi 567-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ta’mirdan chiqqan yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Marosimda ishtirok etib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdik, bolajonlar bilan suhbatlashdik.
420 nafar tarbiyalanuvchi quvvatiga ega bo‘lgan mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti 1990-yilda ish faoliyatini boshlagan, ancha ta’mirtalab holatda edi. Endi esa bino bolajonlar foydalanishi uchun barcha qulayliklarga ega.
To‘liq ta'mirdan chiqarilgan yangi binoda zamonaviy faollar zali, logoped xonasi, futbol maydonchasi, bolalar yozgi ayvoni kabilar mavjud.
@hilola_umarova
#imtihon_2025
#sport_maktablari
🤩 BAHODIR JALOLOV HAMDA OKSANA CHUSOVITINA NOMIDAGI SPORT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
🔔Sport maktablarining kirish imtihonlari 10–20-iyul kunlari o‘tkaziladi.
🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.
#qabul_2025
#ijod_maktablari
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida 2025/2026-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish imtihonlarining 2-bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
🗣Ma’lumot o‘rnida: ijodiy suhbat — imtihonning 2-bosqichi bo‘lib, unda tanlangan bilet savolini qay darajada tushunishi, badiiy asar yuzasidan kreativ fikrga ega ekanligi, ijodiy, tanqidiy fikrlashi, shuningdek, o‘quvchining ijodiy qobiliyatini namoyon etuvchi portfoliosi asosida baholanadi.
#Ixtirochilikka_qadam
#Respublika_bosqichi
🤩 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi “Ixtirochilikka qadam” tanlovining Respublika bosqichining yopilish hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
📍Tadbir Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazildi.
⚡️Tanlovda eng yaxshi deb topilgan 10 ta loyiha ishi mualliflariga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amaliyotga tatbiq etish uchun maxsus vaucherlar taqdim etildi.
🏆 Shuningdek, tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1-, 2-, 3-o‘rin egalariga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
🤩Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan Bitiruvchilar qurultoyi doirasidagi tadbirlar, ularda Bitiruvchilar kengashi hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari tomonidan taqdim etilgan ilmiy izlanishlar, innovatsion loyihalar va ishlanmalar OAVda keng yoritildi:
#bizning_faxrimiz
#100_foizlik_grant
🤩 Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sarvarbek Ergashaliyev American University of Sharjah (AUS)ga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi!
📚 AUS Times Higher Education reytingi bo‘yicha TOP 125-oʻrinda turuvchi xalqaro nufuzga ega oliygoh hisoblanadi.
Sarvarbek qo‘lga kiritgan Full-Ride Scholarship quyidagilarni to‘liq qoplaydi:
✅ O‘qish to‘lovi (100% grant)
✅ Barcha laboratoriya va majburiy to‘lovlar
✅ Yotoqxona (on-campus housing)
✅ Har oylik stipendiya
✅Yiliga $5,400 miqdorida qo‘shimcha "gift money"
#imtihon_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
🤩 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
🔔Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 7–9-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.
➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5–10-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7–10-sinflarga o‘tkaziladi.
⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.
❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
🏆 O‘zbekistonning barcha hududlaridagi 20 ta maktabning 50 nafar o‘smirini birlashtirgan “Young Climate Champions” dasturining birinchi bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🚀 Dastur 2023-yilda imzolangan Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim o‘zgarishi bo‘yicha kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha milliy va mintaqaviy strategiyalarni amalga oshirishning amaliy bosqichi sifatida 2024-yilning avgust oyida ishga tushirilgan edi.
📚 Dastur boshlanganidan buyon ekochempionlarning birinchi avlodi tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar o‘rtasida ekologik bilimlarni oshirgan holda butun mamlakat bo‘ylab 17428 nafar yoshni safarbar qildi, o‘z hududlarida 260 ta ekologik tadbirni tashkil etdi, 3200 ta daraxt ekdi, 13 tonna chiqindi yig‘di, milliy va xalqaro miqyosda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha siyosiy tashabbuslarda, jumladan, BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Bokuda bo‘lib o‘tgan COP-29 konferensiyasida ishtirok etdi.
📆 Bolalar, tez orada yosh ekochempionlarning ikkinchi guruhiga arizalar qabul qilinishini e’lon qilamiz! Yangiliklarimizni kuzatib boring!
~~~
🏆 Состоялась церемония награждения первого выпуска программы Young Climate Champions, которая объединила 50 подростков из 20 школ со всех регионов Узбекистана.
🚀 Программа была запущена в августе 2024 года как действенный шаг реализации Национальной и региональных стратегий продвижения культуры устойчивого развития и вовлечению детей и молодёжи в повестку дня по изменению климата, подписанных в 2023 году.
📚 С момента запуска программы первое поколение экочемпионов мобилизовало 17428 молодых людей по всей стране, повысив экологические знания среди сверстников и ребят младшего возраста, организовало 260 экологических мероприятий в своих регионах, высадило 3200 деревьев, собрало 13 тонн отходов, приняло участие в политических инициативах по вопросам изменения климата на национальном и международном уровнях, включая Конференцию ООН по изменению климата COP-29 в Баку.
📆 Ребята, совсем скоро мы объявим приём заявок во вторую группу молодых экочемпионов! Следите за нашими новостями!
😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
#bizning_faxrimiz
#IELTS_result
🤩 Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf bitiruvchisi Boburbek Noraliyev xalqaro IELTS imtihonidan 8.5 ballik natijani qoʻlga kiritdi.
🎧 Listening - 9.0
📚 Reading - 9.0
✍️ Writing - 7.5
🗣 Speaking - 8.0
💫 Boburbek, Siz bilan faxrlanamiz, yutuqlaringiz bardavom boʻlsin!
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2025
#brifing
🤩 PREZIDENT MAKTABLARIGA BIR O‘RINGA 148 TALABGOR!
🗣AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul statistikalarini e’lon qildi.
📊Umumiy topshirilgan hujjatlar soni: 255 613 ta
📚MAKTABLAR BO‘YICHA STATISTIKA:
🟢Prezident maktablari – 49 924 ta hujjat
🧮 Har bir o‘ringa o‘rtacha 148 nafar talabgor
🟢 Ijod maktablari – 4 740 ta
🧮 Har bir o‘ringa 11 nafar
🟢 Sport maktablari – 582 ta
⚽️ Gimnastika: 1 o‘ringa 8 nafar,
🥊 Boks: 1 o‘ringa 15 nafar
🟢 Ixtisoslashtirilgan maktablar – 137 870 ta
🧮 Har bir o‘ringa 12 nafar
🟢 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar – 62 497 ta
🧮 Har bir o‘ringa 38 nafar
🔹 Abu Ali ibn Sino – 4 250 ta
🔹 Mirzo Ulug‘bek – 3 093 ta
🔹 Muhammad al-Xorazmiy – 55 154 ta
🟢 Al-Beruniy xalqaro maktabi – 6 184 ta
🧮 Har bir o‘ringa o‘rtacha 103 nafar talabgor
📥Qabul kvotalari:
⏺Prezident maktablari (5-sinf): 336 nafar;
⏺Ijod maktablari (7-sinf): 440 nafar;
⏺Ixtisoslashtirilgan maktablar: 13 000+ o‘quvchi;
⏺Al-Beruniy maktabi 60 nafar.
📌 4-sinf bitiruvchilari bir vaqtning o‘zida 3 xil maktabga alohida hujjat topshirdi:
▫️ Prezident maktabi
▫️ Ixtisoslashtirilgan maktab
▫️ Muhammad al-Xorazmiy maktabi
📌 6-sinf bitiruvchilari esa quyidagilarga:
▫️ Hududidagi tabiiy fanlar yo‘nalishidagi maktab
▫️ Mirzo Ulug‘bek yoki Abu Ali ibn Sino maktablari (Toshkent shahri)
📆 Imtihonlar – iyul-avgust oylarida!
📍Sana, manzil va vaqtlar haqidagi ma’lumotlar Agentlik rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
📝 Batafsil
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tayinlov
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
✅ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Shakirov Xasan Rustamovich — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti moliyaviy va ma’muriy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Xasan Shakirov 2001-2016-yillarda Moliya vazirligida mas'ul lavozimlarda, 2016-2020-yillarda Tashqi ishlar vazirligida Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2022-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Moliyalashtirish va rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2022-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Vazirlik jamoasi Xasan Shakirovga kelgusi faoliyatida omad tilaydi.
Bizni kuzating
#bitiruvchilar_qurultoyi
#2_kun
🤩 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar Bitiruvchilar qurultoyi doirasida “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur taqdimoti oʻtkazildi.
💫 Ushbu milliy dastur mamlakatimiz bo‘ylab saralab olingan 1500 nafar eng qobiliyatli 9-sinf bitiruvchilari Garvard, Yal va Princeton kabi jahondagi yetakchi universitetlarga tayyorlashni koʻzda tutadi. Xususan, bitiruvchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning malakali maslahatchilari zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda, portfolioni kuchaytirishda yaqindan yordam beradi.
#Ixtirochilikka_qadam
#Respublika_bosqichi
🤩 “Ixtirochilikka qadam” tanlovining Respublika bosqichi bo'lib o'tdi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tayinlov
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining buyrug'iga binoan Islam El Hadariy Al-Xorazmiy universiteti faxriy prezidenti etib tayinlandi.
✨ Islam El Hadariy bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti bo'lim boshlig'i va Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektorining xorijiy maslahatchisi lavozimlarida ishlab kelgan.
🎗 Islam El Hadariyni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#faxriyprezident
👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot
#tayinlov
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining buyrug'i bilan Islamov Murotjon Xikmat o'g'li Al-Xorazmiy universiteti ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.
🗣 Murotjon Islamov bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Fan olimpiadalari markazida bo'lim boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.
💫 Murotjon Islamovni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | Ixtirochilikka qadam tanlovining respublika bosqichi
#Oʻzbekiston24
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2025
🤩 AGENTLIK TIZIMIDAGI AL-BERUNIY NOMIDAGI XALQARO MAKTAB-INTERNATIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
🔔Mazkur maktabning 1-bosqich kirish imtihonlari 12-iyul kuni 13 ta hududda tashkil etiladi.
🗣Maʼlumot oʻrnida, 1-bosqich imtihonlari Matematika va ingliz tili fanlaridan har bir fan boʻyicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida tashkillashtiriladi. Bunda Matematika fani topshiriqlarini yechish uchun 90 daqiqa, Ingliz tili fani topshiriqlari uchun 40 daqiqa vaqt ajratiladi.
#imtihon_2025
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
🤩 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 10–12-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI
📆 Joriy yilning 10–12-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
✅ Kirish imtihonlari talabgorlarning o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.
📍Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.
❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus, Andijon, Buxoro, Fargʻona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Urganch shaharlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.
📰📰📰📰📰📰📰
✈️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari Germaniya korxonalarida amaliyot o‘tashadi
⚡️Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetida Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining ilk yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📍 Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, mazkur universitet faxriy Prezidenti Wolfgang A.Herrmann va kengash a’zolari ishtirok etdi.
Bizni kuzating
#OAV_biz_haqimizda
SAMARQAND YANGILIKLARI | KUTUBXONACHILAR MALAKASI OSHIRILMOQDA
#SamarqandMTRK
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#rasmiy_bayonot
#ota_onalar_diqqatiga
❗️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH UCHUN TAYYORLAYDIGAN OʻQUV KURSLARI MAVJUD EMAS!
❌ Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari koʻp uchramoqda.
⚠️ Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ham koʻpaygan.
📍Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq!
‼️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablariga kirish uchun hech qanday ORALIQ SINOV IMTIHONLARI oʻtkazilmaydi!
🤩 Prezident maktablari boʻyicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali yoritilib boriladi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_yozgi_oromgoh
📍“Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlari davom etmoqda.
✅ Innovatsion yozgi oʻquv mashgʻulotlarida Agentlik tizimidagi maktablarning iqtidorli oʻquvchilari tajribali trenerlar hamda fan oʻqituvchilari koʻmagida xalqaro olimpiadalarga tayyorlanish bilan bir qatorda IT va robototexnika, art dizayn, sport hamda intellektual o‘yinlar, kitobxonlik kabi yoʻnalishlarda yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, ijodiy fikrlash salohiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Barchangizni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan samimiy tabriklayman.
Sizlarning qizgʻin va sermazmun kasbiy faoliyatingiz yurtimizda olib borilayotgan katta islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu oʻrinda, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga yetkazishda sizlarning hamkorligingiz juda muhim ekanligini alohida qayd etmoqchiman.
Davlatimiz rahbarining yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllagan bayram tabrigida, jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslaganligi ham bejiz emas.
Qadrli jurnalistlar!
Bugungi muhim sanada barchangizning fidokorona va mashaqqatli mehnatingiz rivojida ulkan muvaffaqiyatlar tilashdan mamnunman.
Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!
@hilola_umarova
#bitiruvchilar_qurultoyi
#yopilish_marosimi
🤩 BITIRUVCHILAR QURULTOYINING YOPILISH MAROSIMI BO'LIB O'TDI
📆 Ikki kun davom etgan mazkur tadbirda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari ko'plab ilmiy-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar.
📝 Jumladan, Qurultoy doirasida o'tkazilgan "Yangi O‘zbekistonda 3-Renessans tadqiqotchilari: Ilm, innovatsiya va ijodkorlik" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarida:
🔍Quyidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashinuvi va taqdimotlar o‘tkazilmoqda:
➖sun’iy intellekt va STEM yondashuvi;
➖yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish;
➖robototexnika, IoT va kiberxavfsizlik;
➖raqamli ko‘nikmalar va kelajak kasblari;
➖global muhitda milliy qadriyatlarning o‘rni.
📚Bitiruvchilar kengashi hamda ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilarining ilmiy izlanishlari, innovatsion loyihalari va ishlanmalari taqdim etildi.
🔖 Qurultoy doirasida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha sho‘balarda yangi loyihalar va ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🫥Shu bilan birga, bitiruvchilar uchun turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
🇺🇿 “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur taqdimoti oʻtkazildi.
💫 Ushbu milliy dastur mamlakatimiz bo‘ylab saralab olingan 1500 nafar eng qobiliyatli 9-sinf bitiruvchilari Garvard, Yel va Prinston kabi jahondagi yetakchi universitetlarga tayyorlashni koʻzda tutadi.
🟢Xususan, bitiruvchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning malakali maslahatchilari zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda, portfolioni kuchaytirishda yaqindan yordam beradi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishtirokchilar_fikri
🤩 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar Bitiruvchilar qurultoyi ishtirokchilari oʻz taassurotlari, taqdim etayotgan loyiha va ishlanmalarining ahamiyati, kelgusidagi maqsadlari bilan oʻrtoqlashdi.
📺 Videoda batafsil.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tayinlov
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:
✅ Shakirova Sevara Baxodirovna — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o'rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida o'qituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.
2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan.
Vazirlik jamoasi Sevara Shakirovaga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating
#qabul_2025
#brifing
#LIVE
⚡️ 2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabiga hujjatlar qabuli yuzasidan
⏰ AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi Axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ishtirokida shu mavzuda brifing boshlandi.
Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:
📹 Jonli efir
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube