Talabalar va abituriyentlar uchun eng tezkor kanal Taklif va muammolar uchun:👉 @murojaatuztvbot 💰REKLAMA xizmati @Murojaatuztvbot
#Kvota #Bakalavr #Kechki #Qabul2025
📌Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti
2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
Jami: 28 ming 732 ta.
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
➖ Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.
➖ Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.
➖Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.
📱Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
🖥Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
🔵Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
📆Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
#Eslatma
⏳ 2025/2026 -o’quv yili uchun 9-sentyabr kunidan o’quv mashg’ulotlari boshlanadi!😀
P/S: Insayd: Oz qoldi…😎
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Moliyaviy mustaqil oliygohlar har yili 1 mlrd so‘mgacha grant e’lon qiladi
Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotida GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etiladi.
Bunda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari har yili o‘zlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda oliy ta’lim tashkiloti grantini taqdim etadi.
Bunda oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA ko‘rsatkichi:
3.3- 3,39 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 20 foizi;
3.4- 3,49 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi;
3.5- 3,59 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 40 foizi;
3.6- 3,69 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi;
3.7- 3,79 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 60 foizi;
3.8- 3,89 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 70 foizi;
3.9- 3,99 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi ushbu oliy ta’lim tashkilotining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Bunda talabgorlar o‘z arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Natijalar har yili 5-sentyabrga qadar e’lon qilinadi.
📌 Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
📌Akademik litseylarga kirish test sinovlari natijalar qachon e'lon qilinadi?
✅ Javob: Imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi .
📌 DIPLOM BIR XIL KUCHGA EGA!
🟢Xususiy universitetlar va davlat universitetlari diplomi bir xil kuchga ega. Bu O’zbekiston qonunchiligida mustahkam belgilab qo‘yilgan.
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 ISHONING: Talaba boʻlishingizga bir qadam qoldi! (Ajoyib sheʼr)
Orqaga chekinar magʻlubiyatlar
Gʻalaba boʻlishga bir qadam qoldi.
Ilohim ushalsin ezgu niyatlar
Talaba boʻlishga bir qadam qoldi.
Kimlardir oʻqidi oʻyqudan kechib,
Kimlardir oʻqidi suv kabi ichib,
Imtihonga kirib, testlarni yechib
Talaba boʻlishga bir qadam qoldi.
Abituriyent dili urmoqda nido,
Talaba boʻlay deb bermoqda sado.
Mandatda madad ber, ilohim Hudo
Talaba boʻlishga bir qadam qoldi.
Barchaga omad yor boʻlsin! Ushbu xabarni barcha abituriyentlarga yuboring!
📌 Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash qoldi
⚡️O‘NINCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI
📆 2025-yil 22-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin:
👉 @mandat_uzbmbbot
👉 @mandat_uzbmbbot
👉 @mandat_uzbmbbot
❗️Ushbu botlar orqali mandat saytida nechinchi o'rinda turganingizni ham aniqlashingiz mumkin!
Hali testga kirmaganlar ham botga oldindan buyurtma berishi mumkin.
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌O'qishga kirish oson yo'nalishlar
📉56,7 ball bilan kirsa bo'ladiganlari!
✅ Ushbu faylda kontraktga o‘tish balli eng past bo‘lgan yo‘nalishlar bilan tanishishingiz mumkin.
❕ Eslatma: Abituriyent talabalikka tavsiya etilishi uchun maksimal ballning hech bo‘lmasa, 30 foizini to‘plashi kerak. Bu — 56,7 ball bo‘ladi. Ro'yxatdagi yo‘nalishlar o'tgan yilgi o'tish ballari asosida tayyorlangan, eng minimal ball to‘plab talaba bo‘lish mumkin bo‘lganlari.
📌 Abituriyentlar testdan soʻng nimani tanlashadi?
🚩Beshtagacha yoʻnalish tanlanadi.
Siz istalgan yoʻnalish va istalgan OTMni tanlashingiz mumkin, bu siz topshirgan fanlar majmuiga mos keladi.
Kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy taʼlim shakllarini tanlash mumkin, bu ajratilgan kvotalarga bogʻliq. Besh yoʻnalish orasida taʼlim shakllarini aralashtirish mumkin, masalan, 1 va 2 yoʻnalish - kunduzgi, 3 - sirtqi, 4 - kechki, 5 - masofaviy.
Davlat granti yoki yoʻnalish uchun ustuvorlikni tanlash mumkin. Masalan, kimdir aytishi mumkin: "Men besh yoʻnalishdan qay biriga kirsam ham muhim emas, muhimi - davlat grantiga kirish", shunda ustuvorlik grantga beriladi. Boshqa bir kishi aytishi mumkin: "Men albatta tanlagan birinchi yoʻnalishga kirishim kerak, hatto shartnoma asosida ham", shunda ustuvorlik yoʻnalishga beriladi.
🇺🇿Bugun, 24-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kunlari. Davlatimiz rahbari 68 yoshni qarshilamoqdalar
💐Tavallud ayyomingiz muborak. Umringiz uzoq bo'lsin, Muhtaram Prezident!
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
#magistratura
#sertifikat
📌 Magistratura va doktorantura uchun talab etiluvchi sertifikatlar ro'yxati (yo'nalishlar kesimida)
➖ Qaysi yo'nalishga C1 shart?
➖ Qaysi yo'nalishga B2 kerak?
➖ Qaysilariga B1 ham bo'ladi?
✅ 2024-2025 o‘quv yili Magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili sertifikatlari yo‘nalishlar kesimida taqdim etilmoqda.
#Qabul2025 #Magistratura
📌Magistraturaga qabul boshlandi
Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.
2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
👉Sertifikatlar ro‘yxati
✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
#Kvota #Bakalavr #Kunduzgi #Qabul2025
📌 Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti
2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
Jami: 148 ming 400 ta
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌O'qishga kirish oson yo'nalishlar
📉56,7 ball bilan kirsa bo'ladiganlari!
✅ Ushbu faylda kontraktga o‘tish balli eng past bo‘lgan yo‘nalishlar bilan tanishishingiz mumkin.
❕ Eslatma: Abituriyent talabalikka tavsiya etilishi uchun maksimal ballning hech bo‘lmasa, 30 foizini to‘plashi kerak. Bu — 56,7 ball bo‘ladi. Ro'yxatdagi yo‘nalishlar o'tgan yilgi o'tish ballari asosida tayyorlangan, eng minimal ball to‘plab talaba bo‘lish mumkin bo‘lganlari.
📌 826 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi
Bu shubhasiz, rekord natija. Hatto bunkerlar gullab-yashnab, abituriyentlar o‘rniga professional ustozlar testlarni yechib bergan davrlarda ham maksimal ball olganlar soni bunchalar ko‘p bo‘lmagandi, adashmasam. Yoshlarimizga qoyil!
Albatta, maksimal ball to‘plashda xalqaro va milliy sertifikatlarning tan olinishi ham katta rol o‘ynamoqda. Ammo sertifikatni ham ashula aytgani yoki raqs tushgani uchun emas, bilimi borligi uchun berishadi. Ya’ni sertifikati bor abituriyentda yetarli darajada bilim bor degani. Bu meni juda xursand qiladi. Yana bir bor ilmga chanqoq yoshlarimizga qoyil!
Eng ko‘p maksimal ball biologiya+kimyo fani majmuasida (tibbiyot yo‘nalishi desak ham bo‘ladi), undan keyin ingliz tili+ona tili fanlari majmuasida (ingliz tili filologiyasi yo‘nalishi).
Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball to‘plaganlar soni quyidagicha:
🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida (259 nafar)
O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 18 nafar
Qoraqalpoq tili: 14 nafar
🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida (234 nafar)
O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar
🔹Tarix + chet tili fanlari majmuasida (146 nafar)
O‘zbek tili: 145 nafar
Rus tili: 1 nafar
🔹Matematika + chet tili fanlari majmuasida (139 nafar)
O‘zbek tili: 133 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar
🔹 Davlat va huquq asoslari + chet tili fanlari majmuasida (26 nafar)
O‘zbek tili: 22 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar
🔹Ona tili va adabiyot + chet tili fanlari majmuasida (16 nafar)
O‘zbek tili: 9 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar
🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida (5 nafar)
O‘zbek tili: 5 nafar
🔹Fizika + matematika fanlari majmuasida (1 nafar)
O‘zbek tili: 1 nafar
ℹ️ Izoh: yuqoridagi ro‘yxatga “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilarining natijasi kiritilmagan, chunki ular uchun alohida kvota beriladi.
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Ikkinchi bosqich: yo'nalish tanlash qachon boshlanadi?
✅ Javob: O'tkan yili (2024-yil) 27-iyuldan ta'lim yo'nalishlarini tanlash boshlangan edi . Joriy yilda abituriyentlar kamligi sababli imtihonlar 1 kun oldin yakunlandi. Taxminlarga ko'ra, ertaga 26-iyul ikkinchi bosqich boshlanishi mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting.
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Tanlovda nimalarga e'tibor berish kerak?
1-navbatda. Fanlar majmuangizga mos yo'nalishlar bo'yicha kvotalarni tekshirib chiqing (kvotalar endi chiqadi)
2-navbatda. Siz topshirib o’qish uchun qulay bo‘lgan oliy ta'lim muassasasi joylashgan hududlar kesimida so'ngi yillardagi kirish ballarini tahlil qiling!
3-navbatda. barcha ta'lim shaklini tahlil qiling kunduzgi, kechki, masofaviy, part-time shakli bo'yicha tahlil qiling.
📌 Yo‘nalishlar bo'yicha maksimal ball qancha?
Kirish imtihonlarida abituriyentlar o‘z yo‘nalishlarida turlicha maksimal ball to‘plashni uddalashdi.
Keling, o‘zbek tilidagi yo‘nalishlar kesimida keltirilgan maksimal natijalarni ko‘rib chiqamiz:
👉 Huquq + Ingliz tili - 214,8
👉 Ingliz tili + Ona tili - 194.2
👉 Kimyo + Biologiya - 184.6
👉 Matematika + Ingliz tili - 210.3
👉 Matematika + Ona tili - 170.7
👉 Matematika + Fizika - 214.8
👉 Ona tili + Ingliz tili - 189
👉 Ona tili + Matematika - 181,3
👉 Tarix + Geografiya - 186.9
👉 Tarix + Ingliz tili - 217,4
👉 Tarix + Ona tili - 184.8
👉 Biologiya + Ona tili - 181.7
👉 Biologiya + Kimyo - 189
👉 Kimyo + Matematika - 187.9
👉 Geografiya + Matematika - 161.6
📌 O'qishni ko'chirayotganlar uchun 1-avgustdan to'lov miqdori oshishi mumkin
O'qishni ko'chirish test sinovlarida qatnashish uchun talabgorlar BHMning 50% miqdorini amalga oshiradilar. Bugungi kunda BHM 375 ming so'mni bo'lib, "perevodchilar" uchun to'lov miqdori esa 187,500 so'mni tashkil etadi.
Biroq, bazaviy hisoblash miqdori 1-avgust sanasidan 412 ming so‘mga oshishi sababli, shu kundan "perevodchilar" uchun to'lov ham avtomatik BHM 206 ming so'mni tashkil etishi mumkin.
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Nodavlat oliygohni bitirib davlat oliygohlarining magistraturasida o'qib bo'lmaydimi?
✅ JAVOB: Nodavlat oliygohlarning bakalavriat ta'lim yo'nalishini tamomlagandan so'ng davlat oliygohlarining magistraturasida yoki aksincha davlat oliygohlarining bakalavriatida o‘qib nodavlat oliygohlarning magistraturasida tahsil olish mumkin. Bu bo'yicha hech qanday cheklov va havotirlanishga asos
⚠️Eslatib o‘tamiz: tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy taʼlim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.
✈️ Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Mandat saytidagi o‘rningizni bilib oling!
— Natijangizni boshqalar bilan solishtirib ko‘rdingizmi?
Endi maxsus Telegram-botlar orqali mandat ro‘yxatidagi o‘rningizni bilish imkoniga egasiz.
Botga ruxsatnomangizdagi ID raqamini yuboring:
👉 @bmb_natijabot
👉 @bmb_natija1bot
👉 @bmb_natija2bot
👉 @bmb_natija3bot
Shuningdek, titul varaqa bo'yicha to'g'ri va noto'g'ri javoblarni ham olishingiz mumkin.
📌 Super-kontrakt boʻyicha tushuntirish!
➡️Abituriyentlar tanlagan 5 ta yoʻnalishning 2-3-4 va beshinchisining biriga davlat granti yoki toʻlov-shartnoma asosida qabul qilingan boʻlsa, ular oʻzlari tanlangan, ammo birinchi tanlagan yoʻnalishiga bali yetmay qolgan boʻlsa ular birinchi yoʻnalishni super-kontraktini toʻlab oʻqishlari mumkin!
👉 Bu degani, siz birinchi tanlagan OTM va yoʻnalishga balingiz yetmagan ammo ikkinchidan beshinchigacha boʻlgan OTM va yoʻnalishning biror biriga kirgansiz. Endi siz birinchi tanlagan OTM va yoʻnalishda oʻqimoqchisiz.
👉 Bunday boʻlsa siz oʻsha birinchi tanlagan OTM va yoʻnalishga super-kontrakt asosida oʻqishni davom ettirasiz. Yaʼni, sizga 4.05 gacha yetmagan taqdirda ham siz 6, 7, 8, 8.5, 9, 10, 13 yoki 19 barobarini toʼlab oʻqishni davom ettirasiz! Komilxo'ja
Qo‘shimcha maʼlumotlar:
➖Yo‘nalishlar kesimida super-kontrakt narxi qancha?
✅Javob: /channel/OTM_Minbari/49300
➖4 ballgacha yetmaganlarga ham 10% chegirma beriladimi?
✅Javob: /channel/OTM_Minbari/49278
➖Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?
✅Javob: /channel/OTM_Minbari/49326
➖56,7 balldan kam to’plaganlar ham super-kontraktda o’qisa bo’ladimi?
✅Javob: /channel/OTM_Minbari/49224
➖Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?
✅Javob: /channel/OTM_Minbari/45580
➡️ Batafsil ma’lumot
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Kimlar beshtagacha yo‘nalish tanlay olmaydi?
✅2025-yil 24-iyuldan 7-avgustgacha (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin);— yo‘nalish tanlash jarayoni boshlab imtihonning ikkinchi bosqichi, ya’ni tanlov bosqichi boshlandi. Abituriyentlar 15 kun davomida imtihon topshirgan fan majmuasidan kelib chiqib, yo‘nalish hamda OTMlarni tanlaydi.
➖Joriy yilgi test sinovlarida ham beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud. Abituriyentlar istalgan 5 ta OTM hamda 5 ta yo‘nalish tanlash mumkin. Shuningdek, bitta OTMda 5 xil yo‘nalish tanlasa ham bo‘ladi.
⚠️Eslatma! 5ta yo‘nalish tanlayotganda eng asosiy 1 ta shart bor: mutaxassislik blokidagi fanlar ketma-ketligi mos kelishi kerak. Bunda 3,1 va 2,1 ball beriladigan 2 ta asosiy fan to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashishi kerak.
➖Tanlovda ta’lim shakli bir xil bo‘lishi shart emas. Ya’ni endi bir paytning o‘zida ham sirtqi, ham kunduzgi, ham kechki, ham masofaviy ta’limni tanlash mumkin.
📌Akademik litseylarga kirish test sinovlari natijalar qachon e'lon qilinadi?
✅ Javob: Imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi .
Imtihonlar yakuniy natijalariga ko‘ra akademik litseylarga o‘qishga qabul qilinmagan abituriyentlar o‘zlari o‘qigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qishni davom ettiradi.
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash qoldi
#Qabul2025
📌 Magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o'tkazilmaydi.
Talabgorlar diplom balli va chet tili sertifikatlari asosida qat'iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko'rib chiqiladi.
❕Eslatma: Hujjatlarni topshirish vazirlikning magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tishingiz uchun bakalavr diplomi ilovasi bilan va chet tilidan sertifikatning elektron varianti bo‘lishi zarur.
〽️ magistr.edu.uz platformasi orqali ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma.
✅ Batafsil: /channel/OTM_Minbari/52225
👆Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin
⚡️Magistratura uchun talab etiluvchi sertifikatlar ro'yxati (yo'nalishlar kesimida)
✅ Batafsil: /channel/OTM_Minbari/52176
📌 Magistraturaga qabul uchun my.edu.uz sayti bugun ochilishi haqida mujdalar keldi.
“Nega 7 kun kechiktirding”, “ertachi ochsa bo‘lmasmidi”, “yana qo‘shib berasizlarmi” degan savollar foydasiz. Boisi hammasi onlayn, diplom ma’lumotingiz avtomatik chiqadi, sertifikatingizni yuklasangiz bo‘ldi.
Sertifikatni sifatli skaner qilib yuklang, bo‘lmasa rad javobi olasiz. O‘tgan yili shunday bo‘lib qaydganlar qancha...?
✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari