136375
Talabalar va abituriyentlar uchun eng tezkor kanal Taklif va muammolar uchun:👉 @murojaatuztvbot 💰REKLAMA xizmati @Murojaatuztvbot
📌 Magistratura uchun qabul haligacha ochilmadi
✅9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda. Bugungacha 91 ming 594 ta ariza kelib tushgan. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
✅Akademik litseylarga ham ariza qabul qilish davom etmoqda. Bugungacha 41 ming 243 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
📌 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori.
1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:
1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;
2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).
❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.
2️⃣Xorijdan o‘qishni ko‘chirish
Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
👉/channel/OTM_Minbari/42048
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
👉/channel/OTM_Minbari/42303
❕Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.
🚩O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish
Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
👉/channel/OTM_Minbari/42048
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
👉/channel/OTM_Minbari/42303
🚩Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.
🚩Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
🚩Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
7️⃣Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish
Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.
🚩Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish
Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin.
***
Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:
➡️transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;
➡️my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga;
➡️rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish.
☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
📌 Xususiy OTMlar daromadini qayta ta’limga yo‘naltiradi
Yangi tartibga ko‘ra, xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyatini boshlaganidan so‘nggi dastlabki 5 yil davomida topgan sof foydaning kamida 80 foizi qayta ta’lim faoliyatiga yo‘naltirilishi shart. Keyingi yillarda esa bu ko‘rsatkich kamida 50 foizni tashkil etishi kerak bo‘ladi.
Ta’lim faqat daromad olish vositasi emas, balki barqaror rivojlanish va sifatni oshirishga xizmat qilishi lozim. Ya’ni foyda, avvalo, o‘qituvchilar salohiyati, infratuzilma, raqamli texnologiyalar, xalqaro hamkorlik va hokazo qulayliklarga yo‘naltirilishi kerak.
Bunday yondashuv orqali ta’limga investitsiya qiluvchilar qo‘llab-quvvatlanmoqda, lekin bunda mas’uliyat ham talab qilinadi. Agar sohaga kirgan har bir subyekt o‘z foydasining katta qismini qayta tizimni rivojlantirishga sarflasa, ta’lim sifati uzoq muddatli kafolatga ega bo‘ladi.
✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
📌 Abituriyentlar diqqatiga!
📆 2025-yil 25-iyun — oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, 25-iyun kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.
👨🏻💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.
Hurmatli abituriyentlar!
❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!
✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.
📱 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.
❕ Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz.
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz
✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
🏫 Qo'qon universiteti Andijon filialining asosiy binosi kirish qismida joylashgan Registrator ofisi talaba, professor-o'qituvchilar hamda abituriyentlarga quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:
✅️Akademik jarayonlarni boshqarish: Ofis tomonidan barcha ta'lim yo'nalishlarida akademik jarayonlarni tashkil etish uchun maxsus menejerlar biriktirilgan. Ular talabalarga HEMIS axborot tizimida xizmat ko'rsatish, o'qishni ko'chirish, o'qishni tiklash yuzasidan konsultatsiyalar taqdim etadi.
✅️Ma'lumotnoma va hujjatlar tayyorlash: Talabalik guvohnomasi, o'qish joyidan ma'lumotnoma, akademik ma'lumotnoma kabi hujjatlar tayyorlash xizmatlari ko'rsatiladi.
✅️Dars jadvali va baholash: Darslar jadvali, imtihonlar jadvali, baholash natijalari haqida ma'lumot berish.
✅️Stipendiya va grantlar haqida ma'lumot: Xalqaro grantlar, ilmiy konferensiyalar, nomdor stipendiyalar, akademik dasturlar to'g'risida ma'lumot berish.
✅️Talabalar turar joyi: Talabalar turar joylariga ariza berish va ular bilan bog'liq masalalarda yordam ko'rsatish.
Registrator
ofisda
30 turdan ortiq xizmatlar ko'rsatiladi, bu esa talaba va o'qituvchilarga markazlashgan tarzda sifatli xizmatlarni taqdim etish orqali ortiqcha ovoragarchilikni oldini oladi.🏫 Qo'qon universiteti Andijon filiali registrator ofisi talaba, professor-o'qituvchilar hamda abituriyentlarga zamonaviy va sifatli xizmat ko'rsatish orqali ta'lim jarayonini yanada samarali tashkil etishga intiladi.
Registrator ofisi faoliyatining joriy etilishi qog'oz ko'rinishida yuritiladigan hujjatlarning bekor qilinishiga zamin yaratadi.
😂
😂
😂
😂
😂
🖊
qabul.kuaf.uz
#Qabul2025
📌 Testga nimalar olib kirish mumkin?
➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
➖ abituriyent ruxsatnomasi;
➖ kepka yoki panama;
➖ oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas);
➖ optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas);
➖ pul;
➖ dastroʻmol;
➖ kalit.
➖ telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
➖ shpargalka, kalkulyator; va h.k.
➖ ruchka (
ichkarida beriladi
);
➖ suv (
ichkarida beriladi
);
➖ qoralama qogʻoz (
ichkarida beriladi);
➖ Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (
ichkarida beriladi
);
➖ tibbiy niqob (
kirish joyida yangi beriladi
);
➖ mashina pulti
(
ki
rish postida qoldiriladi)
.
🔥Nodavlat oliygohlar uchun eksklyuziv taklif! 🔥
(@OTM_Minbari ) - bu sizning qabul kampaniyangizga yo'naltirilgan auditoriyani olib keladigan imkoniyat. Nima uchun bizni tanlash kerak?
• 📊Maqsadli auditoriya: Abituriyentlar va ularning ota-onalari
• 🚀Yuqori qamrov: Kanalimizda doimiy ravishda yangi obunachilar qo'shiladi
• 🤝 Hamkorlik: Biz sizning maqsadlaringizga erishishingizga yordam berishga tayyormiz
Biz sizga qabulga oid reklamalarni joylashtirish uchun turli formatlarni taklif etamiz:
• Video reklama
• Postlar
• Hikoyalar (stories)
• Va boshqalar
Qabul kampaniyangizni (@OTM_Minbari ) bilan yangi bosqichga olib chiqing! Batafsil ma'lumot olish va narxlarni bilish uchun @murojaatuztvbot ga yozing!
#qabul2025 #xususiyoliygohlar #talabalar #reklama #marketingstrategiyasi
✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
#abituriyent
📌 Hurmatli, abituriyentlar! Sizlardan iltimos, qayerda o‘qish niyatingiz bo‘lsa, hozirdan o‘sha yerga topshiring.
Perevodni unuting.
Mevachilik va uzumchilikka kirib, keyin shifokor bo‘laman, degan xomxayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Mevachilik qayerdayu tibbiyot qayerda.
Shifokor bo‘lmoqchimisiz, marhamat, hozir yaxshi o‘qing va jiddiy tayyorlaning, tibbiyot yo‘nalishlaridan biriga topshirib, yuqori ball bilan talaba bo‘ling.
Lekin “keyin perevod qivolaman” degan ko‘zbo‘yamachilikka bormang, Xudo xayringizni bersin, iltimos.
⚠️ Yana bir iltimos, qaysi hududda o‘qish sizga qulay bo‘lsa, o‘sha hududga topshiring.
Ball pastroq bo‘larkan, deb uzoq hududga hujjat topshirib, o‘qishga kirgach, 1 yildan keyin “voy-dod, bu yerda qiynalib ketdimku, bizni dardimizni ham eshitadigan odam bormi, meni yashash joyimga, ota-onamning oldiga perevod qilinglar” deb nolib yurmang. Sizni hech kim boshqa hududga topshirsin, deb majburlayotgani yo‘q, qarorni o‘zingiz mustaqil qabul qilyapsiz, demak, o‘zingiz javob bering endi shunga.
Sharoitingiz bo‘lsa, boshqa hududga topshiring, sharoitingiz bo‘lmasa, topshirmang. Perevoddan umid qilmang. 99% holatda perevod qilolmaysiz.
🚩Kelajagingiz uchun masʼuliyatli bo‘ling, qaror qabul qilishda jiddiyroq yondoshing, iltimos.
✈️ Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Abituriyentlar diqqatiga!
📆 2025-yil 25-iyun — oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, 25-iyun kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.
👨🏻💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.
Hurmatli abituriyentlar!
❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!
✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.
📱 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.
❕ Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz.
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz
✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
📌 Sizni qiziqtirgan muhim savollarga javoblar:
🚩Savol: OTMlarga hujjat topshirish qachon tugaydi?
✅Javob: 25-iyun soat 23:59da!
🚩Savol: Maktabni avvalgi yillarda tamomlaganlar qancha to'lov qilishi kerak?
✅Javob: 170 000 so'm!
🚩Savol: Qachongacha to'lov qilish kerak?
Javob: 25-iyun soat 23:59gacha!
🚩Savol: Bakalavrga kirish imtihonlari qachondan boshlanadi?
✅Javob: 14-iyul boshlanib, 28-iyul tugaydi!
🚩Savol: Magistraturaga hujjat topshirish qachondan boshlanadi?
✅Javob: 1-iyul boshlanib 30-iyul tugaydi!
🚩Savol: Perevod uchun arizalar qabuli qachondan boshlanadi?
✅Javob: Xorijdan perevod ham ichki perevod ham o'qishni tiklash uchun ham ariza qabuli 15-iyul boshlanib, 5-avgust tugaydi!
🚩Savol: iyul-avgust oylari ham ijara to'lovi beriladimi? iyul-avgust oylari ham yotoqxona ochiq bo'ladimi?
✅Javob: Yo'q, yotoqxonalar yopiladi, ijara to'lovlari faqat o'qish davrida to'lanadi, ta'til davrida ijara to'lovi to'lanmaydi.
✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
📌 Xususiy oliygohlarning ayrim talabalariga davlat namunasidagi diplom berilmasligi mumkin
"Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlarining sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi muhokamaga qo'yildi.
Loyihaga ko'ra, Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga (HEMIS) kiritilmagan va registratsiyadan o‘tkazilmagan ta’lim oluvchilarga o‘qish yakuni bo‘yicha davlat namunasidagi tegishli hujjat berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
📌 Quyidagi abituriyentlar 2025-yilda imtihonsiz o‘qishga kirish imtiyoziga ega:
Imtihonsiz davlat granti asosida
➖ Harbiy qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar;
➖ Harbiy xizmatchilarning farzandlari;
➖ Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari;
➖ Bojxona organlari xodimlarining farzandlari;
➖ Respublika va xalqaro sport musobagalari g‘oliblari;
➖ Respublika va xalqaro shaxmat va shashka turnirlari g‘oliblari;
➖ Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
➖ “Nihol” mukofoti sohiblari;
➖ Madaniyat vazirligining respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari;
➖ ”Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari;
➖ “Tarbiyachi” respublika tanlovi g‘oliblari;
➖ “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari;
➖ O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolari;
➖ Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
➖ Prezident maktablari bitiruvchilari.
➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ijod maktablarining bitiruvchilari;
➖ “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari;
➖ Profilaktika
inspektorlari.
🧠🧠🧠🧠
📌 Ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
❕Qabul kvotalari tasdiqlandimi?
✅JAVOB: Yo‘q, hozircha qabul kvotalari tasdiqlanmadi. Tuya go‘shtini yegan kvotalar har yili qabul boshlanib ketgach tasdiqlanishi odatiy holga aylangan. Garchi joriy yilda dastlabki bosqichda faqat fanlar majmuasi tanlanayotgan bo‘lsa-da, lekin bu qabul kvotalarini istagancha kech tasdiqlash mumkin degani emas. Abituriyentlar kvotalarga qarab fanlar majmuasini tanlashi ham mumkin edi. Afsuski, haligacha kvotalar ma’lum emas. Qachon tasdiqlanishi haqida ham aniq ma’lumot yo‘q.
🚩Joriy yilda ham beshta yo‘nalish tanlasa bo‘ladimi?
✅JAVOB: Ha, bo‘ladi. Hozir abiturentlar faqat fanlar majmuasini tanlayapti. Test sinovlari to‘liq yakunlangach esa, 15 kun ichida beshtagacha yo‘nalish tanlashi mumkin bo‘ladi.
✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
#Abituriyent #Qabul2025
📌 Chet tili sertifikati bilan bog‘liq savollarga javoblar
❕ Savol: Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilinganda sertifikat oladigan bo‘lsam, sertifikatim shaxsiy kabinetimda avtomatik tarzda chiqadimi yoki o‘zim kiritishim kerakmi?
✅ Javob: Chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat olgan abituriyentlarning sertifikat ma’lumotlari ularning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda chiqadi. Milliy sertifikat ma’lumotlarini alohida kiritish talab etilmaydi.
❕ Savol: Menda IELTS 6 sertifikat mavjud. Chet tilidan xalqaro sertifikat ma’lumotlarini kiritishda sertifikat seriyasi va raqamiga qaysi raqamni yozishim kerak?
✅ Javob: IELTS sertifikatining quyi qismida “Test Report Form Number” mavjud bo‘lib, sertifikat seriyasi va raqamiga “Test Report Form Number” kiritiladi.
❕ Savol: Chet tilidan xalqaro sertifikatni xato yuklaganman. Sertifikat ma’lumotlarini qayta kiritsam bo‘ladimi?
✅ Javob: Sertifikat tekshirilib, rad etilgan taqdirda, sertifikat ma’lumotlarini qayta kiritish mumkin. Lekin sertifikat tasdiqlanganda yoki tekshirilayotganda ma’lumotlarni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
❕ Savol: Chet tilidan xalqaro sertifikatlarni 20-iyunga qadar kiritish kerakmi? Undan keyin kiritilsa, inobatga olinmaydimi?
✅Javob: Chet tilidan xalqaro sertifikatlarni qabul yakunlangunga qadar, ya’ni 25-iyungacha kiritish mumkin. Lekin sertifikatlarni tekshirish murakkab va ko‘p vaqt talab etadigan jarayon ekanligini inobatga olgan holda ertaroq kiritish tavsiya etiladi.
❕Savol: Chet tilidan B1 darajadagi sertifikat uchun ball beriladimi?
✅Javob: oliy ta’lim muassasalariga qabulda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat uchun ushbu fandan maksimal ball beriladi. B1 darajadagi sertifikat uchun ball berilmaydi.
✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
📌 2025-yilda kirish imtihonlarida testlar taqsimoti e’lon qilindi
Abiturientlarga 50-70% o‘rta darajadagi savollar berilishi kutilmoqda, 15-25% esa oson va qiyin darajadagi testlardan iborat bo‘ladi.
Bo‘lajak talabalarga 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta savol, 3 ta majburiy fanlardan har biri 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i beriladi.
👉 Maksimal ball 189 ballni tashkil etadi va abiturient talabalikka tavsiya etilishi uchun kamida 30% (56,7 ball) to‘plashi kerak.
👉 Imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qish imkoniyatlari harbiy xizmatchilar, IIV xodimlari farzandlari, sport musobaqalari g‘oliblari va Zulfiya mukofoti egalariga beriladi.
👉 Imtihonlarsiz kontrakt asosida esa maxsus ta'lim muassasalari bitiruvchilari va “Zakovat” o‘yini g‘oliblari qabul qilinadi.
📌 Ikkinchi va undan keyingi(ikkinchi mutaxassislik) ta'limga hujjat topshirish har yili 10-iyuldan boshlanadi.
Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.
Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.
Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.
Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin.
✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
📌 O‘zbekistonga haqiqiy salohiyatga ega OTMlar kerak
Vazirlar Mahkamasining qarori xususiy oliy ta’lim tizimini yangicha bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Aytilishicha, endi infratuzilmasi, moliyaviy barqarorligi va strategik rejasi bo‘lgan OTMlar bozorda bemalol faoliyat yurita oladi.
Bu esa vaqtinchalik va rejasiz tashkil etilgan, ta’lim sifatini kafolatlay olmaydigan, maqsadi faqat “diplom sotish” bo‘lgan muassasalarning sohaga kirishini cheklaydi. Talabalar manfaatini himoya qilish, diplomning bozordagi qiymatini saqlash va ta’lim sifati bo‘yicha umumiy talablarni ta’minlash uchun aynan shunday yondashuv kerak.
Hozirgi bosqichda ta’lim sohasiga investitsiya loyihasi emas, ijtimoiy mas’uliyat, intellektual infratuzilma va kadrlar salohiyatiga tayanuvchi maydon sifatida qaralmoqda. Faqat mana shunday yondashuvga ega xususiy OTMlargina islohotlarning asosiy benefitsiariga aylanadi.
✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
📌 Mutaxassislik fan bloki testlari qaysi mavzulardan tuziladi?
✅ Mutaxassislik blok testlari qanday mavzulardan tuzilishi bo‘yicha bo‘yicha 2021-2022 o‘quv yilida eʼlon qilingan maʼlumotlarni taqdim etamiz:
1️⃣Ona tili va adabiyot
- Ona tili - 60 %;
- Adabiyot - 40 %.
- Sonlar va ular ustida amallar - 25 %;
- Funksiya va algebraik ifodalar - 35 %;
- Hosila, integral va ularning tadbiqlari – 10%;
- Geometriya - 30%.
- Siyosiy tarix - 50-60%;
- Ijtimoiy-iqtisodiy tarix - 10-20 %;
- Madaniy hayot - 10-15 %;
- Amaliy topshiriqlar - 20-25 %.
- Mexanika - 35 %;
- Molekulyar fizika va termodinamika (mantiqiy va laboratoriya ishlariga oid topshiriqlar) - 25 %;
- Elektromagnitizm - 30 %;
- Atom va yadro fizikasi (optika, nisbiylik nazariyasi) - 10%.
❗️Qabul tugashiga 2 kun qoldi
Bugun, 23-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 547 ming 248 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🔹 o‘zbek tili — 480 ming 447 nafar;
🔹 rus tili — 54 ming 607 nafar;
🔹 qoraqalpoq tili — 10 ming 665 nafar;
🔹 boshqa tillar — 1 ming 529 nafar.
📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻♂️ o‘g‘il bolalar — 250 ming 967 nafar
🙋🏻♀️ qizlar — 296 ming 281 nafar
❗️Ma’lumot uchun: o’tgan yili 22-iyun soat 18:00 holatiga 601 ming 946 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi. Ko’rinib turibdiki, joriy yilda abituriyentlar soni biroz kamroq.
O’tgan yili jami 894 ming abituriyent hujjat topshirgan, keyinroq 90 ming kishi to’lovlarni qilmagani uchun chiqarib tashlanib, yakunda jami 805 ming abituriyentga testga kirishga ruxsat berilgan edi.
✈️ Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
✅JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.
❓To‘lovni amalga oshirmasa nima bo’ladi?
⚠️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.
❓Bo’lib-bo’lib to’lasa ham bo’ladimi?
✅ Ha, ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizning farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.
❕LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.
❓Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
✈️ Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Magistraturaga hujjat topshirish qachon boshlanadi?
➖ Amaldagi qonunchilikka ko'ra, 1-iyul kunidan rasman magistraturaga uchun qabul jarayonlari boshlanadi va 30 iyul kuniga qadar davom etadi.
✅ Ariza topshirish uchun quyidagi sayt orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:
➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
#Abituriyent #Statistika #Qabul2025
📌 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2025-yil 22-iyun 10:00 holatiga)
📱 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 506 778 nafar.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 O‘zbek tili — 444 719 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 50 903 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 9 743 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 413 nafar.
📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻♂️ erkaklar — 230 414 nafar
🙋🏻♀️ ayollar — 276 364 nafar
✈️ Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
🇹🇷Selamün aleküm herkese 🌚
📌 O’zbekiston Milliy matbuot markazida “Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini tashkil etish hamda Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ushbu matbuot anjumani UzreporTv orqali jonli efirga uzatildi.
Matn ko'rinishida o'qish
#Abituriyent #Statistika #Qabul2025
📌 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2025-yil 21-iyun 10:00 holatiga)
📱 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 453 700 nafar.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 O‘zbek tili — 398 216 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 45 690 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 8 500 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 294 nafar.
📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻♂️ erkaklar — 205 304 nafar
🙋🏻♀️ ayollar — 248 396 nafar
✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
#dolzarb90kun
🏆“Zakovat” ligasi final bosqichi boshlandi!
🏫 Qo‘qon universiteti Andijon filialida, “Dolzarb 90 kun” doirasida o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual ligasi yakuniy bosqichi hozirgina start oldi!
"Zakovat" o'yinining rasmiy boshlovchisi Abdurasul Abdullayev tomonidan olib borilayotgan ushbu final o'yini, o'ziga xos energiya va yuqori darajadagi intellektual ruh bilan davom etmoqda. Zukko jamoalar keskin bahslarga kirishgan, har bir savolga javob topish uchun bor kuchlarini ishga solishmoqda.
😂
😂
😂
😂
😂
🖊
qabul.kuaf.uz
📌 “Kredit” tizimi ishlaydi, ammo “modul” tizimi ishlamaydi — Yoshlar parlamenti a’zosi
Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining “Fikr podkast” media loyihasida oliy ta’lim tizimidagi muammolar muhokama qilinibdi.
Ko‘plab talabalarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan “Kredit-modul” tizimi haqiqatdan ham talaba uchun qulay shart-sharoitmi yoki pul o‘marishmi? Aslida ushbu tizimda fan tanlovi, o‘qituvchini o‘zi tanlash huquqi, dars soatini talaba o‘ziga qulay vaqtda qo‘yish kabi yaxshi imkoniyatlar mavjud.
Bizdachi? Bizda faqat fandan o‘tolmagan talabadan pul olish tizimi ishlayapti, xolos.
🇹🇷Selamün aleküm herkese 🌚
📌 O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanishiga ham oz qoldi.
Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:
➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.
Arizalar qachon beriladi?
● O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi.
● Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
■ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
● ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
● reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari;
● ichki perevod bo'lsa asoslantiruvchi hujjat;
● pasport yoki ID nusxasi.
Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin:
✅akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar;
✅mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga;
OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;
✅1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar;
✅OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;
✅kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda;
✅talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida;
✅grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida;
✅OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda;
✅maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘rirmoqchi bo‘lganda;
✅kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;
✅ talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa.
➡️Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul kvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak.
➡️Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi.
➡️Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.
✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
⚡️Rasman: Koreya Xalqaro universitetida 2025-2026 o'quv yili uchun qabul boshlandi!
🇺🇿KIUF, Vazirlar Mahkamasining 23.08.2019-yildagi 714-son qarori bilan tashkil qilingan, litsenziya asosida faoliyat yurituvchi oliygoh.
Talabalar Janubiy Koreyadagi hamkor universitetlarda o'qishni davom ettirishlari va 2 ta diplomga ega bo'lishlari mumkin.
📖Ta’lim shakllari:
🟢Kunduzgi
🟢Kechki
• 2+2 qo'shma diplom dasturi;
• 3+1 qo'shma diplom dasturi;
• 5 dan ortiq Janubiy Koreyada hamkor universitetlar bilan akademik mobillik;
• Malakali va xorijiy professorlardan bilim olish;
• 100 % tan olinadigan 2 ta diplom;
• Janubiy Koreyada texnologiya, muhandislik kompaniyalarida pullik amaliyot o’tash;
• Xalqaro mutaxassis boʻlish va dunyoga chiqish imkoniyatlari;
• Iqtidorli talabalar uchun ichki
stipendiya
;