Talabalar va abituriyentlar uchun eng tezkor kanal Taklif va muammolar uchun:👉 @murojaatuztvbot 💰REKLAMA xizmati @Murojaatuztvbot
📌 Ikkinchi mutaxassislikka qabul 10-iyuldan boshlanadi
🇺🇿 Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.
Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin.
📌 Talabalar o‘rtasida grantlarni taqsimlashda o‘zlashtirishdan ko‘ra, tadbirbozlik muhimroqmi?
Ayni kunlarda oliygohlarda ilk marta talabalar o‘rtasida grant o‘rinlarini qayta taqsimlash uchun onlayn arizalar qabul qilinmoqda. Ya’ni kontraktdagilar grantga o‘tib, grantdagilar kontraktga tushishi mumkin. Arizalar 20-iyulga qadar qabul qilinadi.
Bunda baholash mezoni 100 ballni tashkil qilib, u 2 ta guruhga bo‘linadi:
1️⃣ Akademik o‘zlashtirishga — 80 ball;
2️⃣ Ijtimoiy faollik uchun — 20 ball.
Shu o‘rinda ayrimlar "o‘zlashtirishga kam ball berilar ekan", deya noto‘g‘ri talqin qilmoqda. Bunga sabab onlayn ariza topshirish sahifasida talabaning o‘zlashtirishiga 10 ball, masalan, kitobxonlik madaniyatiga 20 ball berilishi ko‘rsatilgan.
Gap shundaki, talabaning ijtimoiy faolligi dastlab 100 ballik shkalada o‘lchanadi va keyin chiqqan natijani 5 ga bo‘lishadi. Ya’ni biron talabada ijtimoiy faollik 100 ball bo‘lsa, demak, umumiy ball hisoblanayotganda unga 20 ball beriladi (100/5=20).
Ijtimoiy faollik 11 ta yo‘nalishdan tarkib topgan va shundan biri talabaning o‘zlashtirishi. Ya’ni faollikning ichida ham o‘zlashtirish uchun ball olsa bo‘ladi.
✅XULOSA: grant taqsimlashda eng avvalo o‘zlashtirishga qaraladi va buning uchun eng ko‘p ball beriladi (82%). Qolgan ijtimoiy faollik yo‘nalishi uchun 18% ball beriladi. Shuning uchun “grant olishda o‘qiganing emas, tadbirlarda qatnashganing muhim ekan” degan gaplar noto‘g‘ri.
Agar yanada soddaroq tushunmoqchi bo‘lsangiz, unda qaysi ish uchun necha ball berilishini hisoblab chiqdim:
• Talabaning akademik o‘zlashtirishi — 82 ball;
• Kitobxonlik madaniyati — 4 ball;
• “5 muhim tashabbus” doirasidagi to‘garaklarda faol ishtiroki — 4 ball;
• Xalqaro, respublika, viloyat miqyosidagi ko‘rik-tanlov, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida erishgan natijalari — 2 ball;
• “Ma’rifat darslari”dagi faol ishtiroki — 2 ball;
• Ichki tartib qoidalar va Odob-axloq kodeksiga rioya etishi — 1 ball;
• Darslarga to‘liq va kechikmasdan kelishi — 1 ball;
• Volontyorlik va jamoat ishlaridagi faolligi — 1 ball;
• Teatr va muzey, xiyobon, kino, tarixiy qadamjolarga tashriflar — 1 ball;
• Sport bilan shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi — 1 ball;
• Ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid boshqa yo‘nalishlardagi faolligi — 1 ball.
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
#Magistratura_2025
📌 2025/2026-o'quv yili magistraturaga qabul qilishda talabgorlardan talab qilinadigan xorijiy til sertifikatlar roʻyxati yangilanishi kutilmoqda.
Xabar rasman tasdiqlanmagan!
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Abituriyentlar diqqatiga!
❗️ 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi.
📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
✅Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.
⚡️ Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.
❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
⭐️ Barcha abituriyentlardan ruxsatnomalarini yuklab olishlari so‘raladi!!!
#Qabul2025 #Abituriyent2025 #Abituriyent #Imtihon
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Hurmatli abituriyentlar!
❇️ Sizlarga 2025-2026 -yil 14-iyul kuni boshlanadigan test sinovlari oldidan omad tilagan holda, quyidagilarni yana bir bor eslatib o‘tamiz.
⏰ Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan sana va vaqtda keling.
📌 O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).
❌ Test sinovlariga taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinmang. Bu sizni chetlashtirish uchun asos bo‘ladi!
‼️ Unutmang! Kech qolgan, hujjatlarsiz kelgan yoki ularning nusxalarini taqdim etgan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi!!!
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
#abituriyent
📌 Texnikum bitiruvchilari OTMlarning 2-bosqichidan oʻqishni davom ettirishi mumkin boʻlgan oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari tasdiqlandi.
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
#Rasman
📌 1-avgustdan boshlab talabalar uchun stipendiyalar miqdori 10% oshirildi. Bir necha yildan buyon ish haqi oshsa ham, stipendiya oshmayotgandi.
✅ 2025-yil 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oshirilishi belgilandi. Yaʼni, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 155 ming soʻmdan 1 mln 271 ming soʻmga oshirildi.
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
#Qabul2025
📌Akademik litsey, Texnikum, OTM, 2-mutaxassislik, O‘qishni ko‘chirish — qaysi platformalar orqali qachon hujjat topshirish mumkin?
➖ Akademik litseylarga qabul (10-iyundan 10-iyulgacha)
👉 my.edu.uz
➖ OTM va texnikumlarga qabul (5-iyundan 25-iyungacha)
👉 my.uzbmb.uz
➖ Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulgacha)
👉 magistr.edu.uz
➖ Texnikumni a’lo baho bilan tamomlagan abituriyentlarni suhbat asosida OTMga qabul qilish (5-iyuldan 25-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz
➖ Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz
➖ O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustgacha)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
📣 Bu foydali postni abituriyent tanishlaringizga yuborib qo‘ying.
✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
5️⃣🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤
🎓ILMGA INVESTITSIYA QILISH VAQTI KELDI!
💥Bu oddiy tadbir emas — BU SIZNING KELAJAGINGIZNI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATI!
🎁Har bir ishtirokchiga BERILADIGAN NARSA EMAS, SOVG‘A QILINADIGAN HAQIQIY QIYMATLAR:
📜 1. Qabul xati
— Siz endi rasmiy ilmiy maydon ishtirokchisiz! Grant, stipendiya va magistratura arizalarida kerak bo‘ladigan asosiy hujjat.
📨2. Taklifnoma
— Siz oddiy ishtirokchi emassiz, TANLAB OLINGANLARDANSIZ! Tashkilotchilardan rasmiy taklif.
🎖3. Karobkali Sertifikat
— Oddiy pdf emas. Qalin qog‘ozda, karobkada, esdalik uchun qadri baland hujjat.
👨👩👧4. Ota-onaga Tashakkurnoma
— Farzandi ilmga intilgan oilaga rasmiy minnatdorchilik.
🎓5. Ilmiy rahbarga Tashakkurnoma
— Sizni qo‘llagan ustozingiz uchun faxrli lahza.
🏫6. O‘qish joyiga Tashakkurnoma
— Siz o‘qiyotgan muassasaga faxrli eʼtirof.
📚7. Kitobxonlik Sertifikati (Yangi!)
— O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda kitobxonligingiz rag‘batlantiriladi.
📕8. Bosma kitob
— Siz yozgan ilmiy maqola haqiqiy kitobda chop etiladi!
🍹VA ENG YOQIMLI QISMI – MOXITO BREAK!
💰Narx?
Oddiy telefon yoki kiyimdan arzonroq: faqat 330 000 so‘m!
(Boshqa joylarda shunday anjumanga kirish 800 000 – 1 200 000 so‘m!)
🥳Taqdirlash marosimi 19-20-21- iyul kuni Qarshi shahrida, 22- iyul kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.
Qaysi hududga borishni oʻzingiz tanlaysiz. Kela olmasangiz pochta orqali sovgʻalaringiz yuboriladi.
⏳Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 10-iyulgacha. Kech qolsangiz, imkoniyatni boy berasiz.
📲Murojaat uchun:
@Mohinur_Qobulova | 📞884470312
✈️@YoshJadidlarIlmiytadqiqotmarkazi
📌 Abituriyentlar diqqatiga
❕“Test qachon boshlanadi, ruxsatnoma qachon chiqadi?” degan savollar juda ko'p kelmoqda.
✅ Aytishlaricha, hozirgi holatga ko‘ra, test sinovlarini 14 iyuldan 28 iyul kuniga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
🚩Ruxsatnomalar berish qachon boshlanadi?
✅ JAVOB: abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish muddati o’tgan yildagidan katta farq qilmaydi. O’tgan yili kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar 3-iyul kuni, test uchun ruxsatnomalar esa 9-iyul kuni e’lon qilingan edi.
📌 Magistratura uchun qabul haligacha ochilmadi. 5 kunga kechikmoqda
✅ 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul davom etmoqda. Bugungacha 103 ming 823 ta ariza kelib tushgan. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
✅ Akademik litseylarga ham ariza qabul qilish davom etmoqda. Bugungacha 42 ming 551 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
🌀 Bugun, 5-iyuldan texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha ham arizalar qabuli ochilishi kerak. Hozircha tizim ochilmadi.
✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
#Bakalavr_uchun
📌 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
#abituriyent #qabul2025
🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 52 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.
📱 Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.
❕ Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.
✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅
Worldly knowledge nashriyoti
✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅
Nashriyot orqali siz:
✅Darslik
✅O’quv qo’llanma
✅Monografiya
✅Maqola va tezislaringizni
nashr etishingiz mumkin.
Tezislarni
🔂
Google scholar
🔂
Doi
🔂
Research Gate
bazalarida index qilib, to’plamlarini tayyorlash va nashr qilish xizmari mavjud.
📌 Ikkinchi mutaxassislikka qabul 10-iyuldan boshlanadi
🇺🇿 Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.
Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin.
📌 O'qishni ko'chirish (perevod) qabuli boshlanishiga 11 kun qoldi!
Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlari, Respublikadagi xususiy va xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.
✅ Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
👉 ariza;
👉 reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
👉 Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
🔴🔴🔴❤️❤️❤️
30 BALL GRANDINGIZNI SAQLAB QOLISH UCHUN!!!
🎯 TARIXIY IMKONIYATNI BOY BERIB QO‘YMANG!
⚠️MUHIM: Grantingizni saqlab qolish uchun 30 BALLLIK hujjatlar to‘plami shu yerda!
➤ Kitobxonlik madaniyati: +20 ball
➤ Ilmiy faollik: +10 ball
➤ TAVSIYANOMA
⚡️ “Yosh jadidlar” ilmiy-amaliy anjumani bu oddiy tadbir emas. Bu sizning kelajagingizga INVESTITSIYA!
➡️ Har kimga nasib etmaydigan imkoniyat:
✅ Rasmiy Qabul xati — Grant va stipendiyalarda asosiy hujjat!
✅ Tanlab olinganlar uchun Taklifnoma — Siz oddiy ishtirokchi emassiz!
✅ Karobkali Sertifikat — oddiy pdf emas, haqiqiy esdalik!
✅ Ota-onaga, ustozga va o‘qish joyingizga minnatdorchilik maktubi — oilangiz va muassasangiz siz bilan faxrlansin!
✅ Kitobxonlik Sertifikati — yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikdagi rasmiy hujjat!
✅ Ilmiy maqolangiz chop etiladigan bosma kitob!
✅ Va eng yoqimli qismi — MOXITO BREAK!
💲NARXI 330 000 so‘m
(Boshqa joylarda 800 000 – 1 200 000 so‘m!)
🗓 19-20-21-iyul Qarshi shahrida, 22-iyul Toshkent shahrida. (Qaysi hududga borishingizni oʻzingiz tanlaysiz)
Kela olmasangiz, sovg‘alar pochta orqali yuboriladi.
📌 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 10-iyulgacha. Kechiksangiz, bu imkoniyat siz uchun yopiladi.
➡️ Sertifikatlar tadbir boshlanishidan oldin, 19-sanasigacha elektron tarzda taqdim etiladi — grandingizni saqlab qolish uchun hujjat topshirishga ulgurishingiz uchun.
💬 Qaroringizni hoziroq bering:
📱 @Mohinur_Qobulova
📞 +998884470312
@YoshJadidlarIlmiytadqiqotmarkazi
📌 Rektor, bosh hisobchi va boshqalar: Andijon davlat universitetining bir guruh mansabdorlari qamaldi
Universitetda 27 yildan buyon bosh hisobchi lavozimida ishlab kelgan shaxs, rektor va yana 11 kishi jinoiy reja tuzib, jami 53,6 mlrd so‘m davlat budjeti mablag‘larini talon-toroj qilgan. Ular turli yo‘llar bilan stipendiya, konrakt, rag‘batlantirish, yotoqxona pullari va boshqa mablag‘larni o‘zlashtirishgan. Buning uchun hatto talabalarning imzosi, boshqa hujjatlar qalbakilashtirilgan.
👉 Batafsil
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar davom etadi
⏰Test sinovlari kuniga 2 smenada yopiq pavilyonlarda tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.
🏃🏻➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
📄Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga Abituriyent ruxsatnomasi my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sayti orqali berilmoqda.
📋Abituriyentlardan ruxsatnomani yuklab olishlari hamda qog‘ozga chop etib qo‘yishlari so‘raladi.
✅Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi.
❌Boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
✅ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❌ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
#Qabul2025 #Abituriyent2025 #Abituriyent #Imtihon
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
#Qabul2025
📌Testda savollarning qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?
Joriy yilgi test sinovlarida ham avvalgi yillardagi kabi savollarning qiyinlik darajasi quyidagicha taqsimlanadi:
🔴 15-25% birinchi darajali savol (oson);
🔴 50-70% ikkinchi darajali savol (o‘rtacha):
🔴 15-25% uchinchi darajali savol (qiyin).
⏺
5-8 ta
oson;
⏺
15-21 ta
o‘rtacha;
⏺
5-8 ta
qiyin
savollar bo‘ladi.
✅✅✅✅
📌 Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
✅ 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
👨💻Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
📋Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❕Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
#Qabul2025 #Abituriyent2025 #Abituriyent #Imtihon #Ruxsatnoma
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 7–19-iyul kunlari o‘tkaziladi
2025/2026-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2025-yil 7–19-iyul kunlari 52 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:
➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
➖ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.
✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 2025-yilgi qabuldagi asosiy yangiliklar!
🇺🇿 Prezidentning 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoni bo‘yicha eng ko‘p berilgan savollarga javoblar.
📌 O‘qishni tanlayotganda nimalarga e’tibor berishingiz kerak?
⌛Oliy ma’lumotli bo‘lishga sarflagan vaqtingiz va pulingizga afsuslanmaslik uchun o‘zingizdan so‘rashingiz kerak bo‘lgan 4 savol
📹 Batafsil videoda👆
✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
#Eslatma
📌 Savol: Yaqinda turmush qurganman, turmush o‘rtog‘im viloyatda yashaydi. Shu sababli o‘qishimni viloyatimga ko‘chirsam bo‘ladimi?
📌 Magistratura: Kimlardan sertifikat talab etilmaydi?
Talab etiladigan til sertifikatlari hamda ariza topshirish borasida abituriyentlarda savollar yuzaga kelmoqda. Buning ustiga, hali kvota ham eʼlon qilingani yoʻq.
📌 Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibi
✅ Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda:
❕2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):
✅ Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;
✅ Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
✅ Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
❕2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq):
✅ A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;
✅ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
💡Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
#magistratura
#sertifikat
📌 Magistratura va doktorantura uchun talab etiluvchi sertifikatlar ro'yxati (yo'nalishlar kesimida)
➖ Qaysi yo'nalishga C1 shart?
➖ Qaysi yo'nalishga B2 kerak?
➖ Qaysilariga B1 ham bo'ladi?
✅ 2024-2025 o‘quv yili Magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili sertifikatlari yo‘nalishlar kesimida taqdim etilmoqda.
#Qabul2025
📌 Rasman: Kasbiy (ijodiy) imtihoni bor abituriyentlar uchun ruxsatnomalar chiqdi.
my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz mumkin.
Oddiy yo’nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ruxsatnomalar ham tayyorlanmoqda.
✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
📌 Magistraturaga ariza yuborish tizimi hali to'liq ishga tushmabdi. Kvotalar ham hali tasdiqlanmagan.
Bunaqa kechikish holatlari so'ngi yillarda kuzatilmayotgan edi, bu yil negadir magistraturaga qabul boshlanganiga 4 kun bo'lgan bo'lsa-da onlayn ariza topshirish imkoniyati hali ishga tushgani yo'q.
#bilasizmi?
📌Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali) tahsil olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.
❗️BHM – 412 ming so‘m (2025-yil 1-avgustdan). 50xBHM=20 600 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.
⚠️ Ushbu imtiyoz xususiy oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun ham taalluqlidir!
✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.
✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari