otm_minbari | Unsorted

Telegram-канал otm_minbari - Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

136375

Talabalar va abituriyentlar uchun eng tezkor kanal Taklif va muammolar uchun:👉 @murojaatuztvbot 💰REKLAMA xizmati @Murojaatuztvbot

Subscribe to a channel

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

#Abituriyent #Statistika #Qabul2025

📌 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2025-yil 20-iyun 10:00 holatiga)

📱 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 385 909 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 338 869 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 38 844 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 7 066 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 130 nafar.

📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 174 532 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 211 377 nafar

✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?

JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.


Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.

✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📣📣DIQQAT DIQQAT E'LON

📌📌ESKI YILLARDA OCHILGAN GRUPPALARNI SOTIB OLAMIZ ISHONCHLI📌📌

2023-y 30.000
2022-yil 60.000
2021-yil 65.000
2020-yil 70.000
⚠️qancha ko'p bo'lsa shuncha qimmatroq olamiz

🛑Agarda telegram akauntizdi3-4 yildan beri ishlatayotgan bo'lsangiz ochib chiqib ketgan gruppalarizni ham topib beramiz bizga murojat qiling.(Telegram akauntizdi ancha vaqtdan beri ishlatayotgan bo'lsangiz ham yozing o'zim topib beraman gruppalarni).

⚠️Odam soni muhim emas muhimi eski yildaligi.(Oddiy qoshiq tawab turaydiganmi yoki do'stlar,og'aynlarmi yoki hech qanday narsasi yo'q shunchaki oddiy gruppami barchasini sotib olamiz)
Puli 1 daqiqada tushadi.

👨‍💻Murojat uchun @Ad_dilshodbek ga yozing

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

#KelajakkaQadam #TalabaExpo2025 #Samarqand

Endi “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi Samarqandda


2025-yil 20-21-iyun kunlari Samarqand shahrida oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchi talabalari uchun “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir “Kelajakka qadam” dasturi, “Dolzarb 90 kun” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida bitiruvchilar bandligiga koʻmaklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Mazkur koʻrgazma mamlakatimizdagi 300 ga yaqin yirik ish beruvchi korxonalar, tijorat banklari hamda 20 ming nafardan ziyod talaba-yoshlarni bir joyda jamlaydi.

Ushbu keng qamrovli tadbir bitiruvchi talabalar uchun real ish imkoniyatlari, mos kasbni tanlash va kelajakdagi faoliyatni belgilashda muhim bosqich boʻlib xizmat qiladi.

2 kun davom etadigan keng qamrovli ko‘rgazma davomida:

▶️“Talaba – kelajak” bitiruvchilar bilan muloqot;
▶️ Seminar-treninglar;
◀️ Biznes va startap loyihalar taqdimoti;
◀️ Oliygohlar bilan tanishuv;
▶️ Imtiyozli kreditlar;
◀️ Madaniy shou va musiqiy kechalar sizni kutmoqda!

Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari, shuningdek, boshqa hududlarda tahsil olayotgan samarqandlik bitiruvchilarni hamda abituriyentlarni ko‘rgazmaga taklif etamiz!

📍 Manzil: Samarqand shahar, Universitet xiyoboni.

✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

⚡️Bu yilgi abituriyentlarga mazza!
Endi hamma o‘qishga kiradi!

📈 Botdagi ma’lumotlardan foydalanib yo‘nalish tanlasangiz o‘qishga kirish ehtimolingiz oshadi!

@mandatjavobbot orqali:

📊 O‘tgan yilgi o‘tish ballari;
🧰 Yo‘nalishlar o‘tish ballari;
📚 Fanlar majmuasi-2025;
🏛 OTM yo‘nalishlari ro‘yxati.

❗️
ENG ASOSIYSI, BALLARGA MOS UNIVERSITETLAR RO‘YXATI (siz kerakli ballni kiritsangiz kifoya bot sizga aynan o‘sha balga mos OTM ni taklif qiladi)

➖ 68 ball bilan qaysi oliygohlarga
GRANTga kirish mumkin, bilasizmi ?

➖ 57 ball bilan qaysi oliygohga
KONTRAKTga kirish mumkinligini-chi ?

Kirish eng oson, balli past yo‘nalishlarni nomini bilasizmi?

Barchasi ushbu yagona botda!
Foydalanish oson, sinab ko‘ring!

👉
@mandatjavobbot
👉 @mandatjavobbot
👉 @mandatjavobbot

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

#magistratura
#sertifikat

📌 Magistratura va doktorantura uchun talab etiluvchi sertifikatlar ro'yxati (yo'nalishlar kesimida)

➖ Qaysi yo'nalishga C1 shart?
➖ Qaysi yo'nalishga B2 kerak?
➖ Qaysilariga B1 ham bo'ladi?

2024-2025 o‘quv yili Magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili sertifikatlari yo‘nalishlar kesimida taqdim etilmoqda.


✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Endi bemalol o‘qishni sirtqidan kunduzgiga ko‘chirish va qayta tiklash mumkin

Bugunga qadar sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos bo‘lardi. Endi shu xatboshini chiqarib tashlashdi.

Batafsil videoda 👆

✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

👍👍👍👍👍🕸

📌 my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

📱 Bugundan 2025–2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

🌎 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📝 Ro‘yxatga olish 2025-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kunlari ham) amalga oshiriladi.

📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

➡️ Hamkorlik xizmati @Murojaatuztvbot

✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

#Doktorantura

📌 Doktorantlar diqqatiga: Tayanch doktorantura bo'yicha bir qator o'zgarishlar kiritildi

Hukumatning 2025-yil 12-iyundagi qabul qilingan 362-sonli qaroriga muvofiq, endilikda quyidagi asoslarga ko‘ra doktorantlar tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatilishi mumkin:

➖o‘z arizasiga muvofiq;
➖salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);
➖yakka tartibdagi rejalarini bajarmaganda;
➖ilmiy yoki ta’lim tashkilotining ichki tartib-qoidalarini tizimli (uch yoki undan ortiq) ravishda buzganda;
➖sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilinganda;
➖hisobotlarni belgilangan muddatda taqdim etmaganda;
➖dissertatsiyani tayyorlash va himoya qilish talabini buzganda.

Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan doktorantlar Kollegial organ qarori bilan tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatiladi va o‘qishga qayta tiklanmaydi.

✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Kreditga qolganingizni uyingizdagilarga aytdingizmi?

Hamkorlik uchun: @murojaatuztvbot

✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.

Kontrakt to'lash muddatlari:

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:
1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

Barcha kurs talabalari:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50% 1-yanvargacha;
— 75% 1-martgacha;
— 100% 1-maygacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

➡️xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Nodavlat oliygohlarda kontrakt to'lash muddatlari talaba va OTM o'rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.

✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Darsga kelmagan akademik qarzdor talaba endi talabalar safidan chetlashtirilishi kutilmoqda

🔴1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan deylik;
🔴1 kredit 30 soatga teng hisoblanadi;
🔴1 ta fanning 6 krediti esa 180 soatga teng (6•30=180);
🔴180 soatning 40% (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60% (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.



❗️Agara talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini yaʼni 18 soatni qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba esa akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.


Lekin taklif etilayotgan yangi tartibga ko'ra, kursdan-kursga qoldirish tizimi o'rniga talabalar safidan chetlashtirish kutilmoqda.

✈️ Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 9-yoki 10-sinfni tugatganlar ham OTMga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladimi?

2020-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ning 11-moddasida quyidagi shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega ekanligi belgilangan:

➖ umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim);

➖ o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim);

➖ boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar;

➖ ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar.
❗️Shu sababli maktablarning 9-10-sinf va akademik litseylarning 1-kurs o‘quvchilari majburiy 11 yillik ta’limni tamomlab, attestat yoki diplom olgandan so‘nggina oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari mumkin.


✈️ Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Davlat grantida o‘qiyotgan talabalar yana qayta o‘qishga topshirsa, kontrakt bo‘ladimi?

❗️JAVOB: O‘tgan yili ilk marta ayrim abituriyentlarning shaxsiy kabinetida quyidagicha yozuv paydo bo‘lgan edi:

Siz avvalgi yillarda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilganingiz sababli joriy yilda davlat granti uchun tanlovda ishtirok eta olmaysiz.


Shu bo‘yicha izoh bermoqchiman. 2024-yil 25-maydagi Prezident farmoniga asosan yangi tartib belgilandi. Unga ko‘ra:

ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, shuningdek, oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi.


Farmonning mazkur bandidagi ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim haqidagi qoida yangilik emas, bu “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda ham bor edi. Ya’ni ikkinchi mutaxassislik doim to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi, unga davlat granti ajratilmaydi.

Farmon bandidagi yangi qoida ayni vaqtda talaba bo‘lib turganlarga taalluqli edi. Ya’ni endilikda oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi.

Bu nima degani?

Eng avvalo, bu yerda to‘liq kontraktda o‘qish haqida gap ketmayotganini ta’kidlash kerak. Faqat talaba grantda o‘qigan bosqichi uchungina grant ajratilmaydi. Masalan, 1-bosqichga grantga kirgan talaba, kelasi yili yana qayta topshirsa, u 1-bosqichda albatta kontraktda o‘qiydi, lekin o‘zlashtirishi yuqori bo‘lsa, 2-bosqichdan davlat grantiga o‘tishi mumkin.

Agar talaba 2 yil davomida davlat grantida o‘qib, keyin fikri o‘zgarib, boshqa yo‘nalishga qayta topshirsa va talabalikka yana grant asosida qabul qilinsa, unda unga 2 yil davomida grant ajratilmaydi, kontraktda o‘qishga majbur bo‘ladi. Lekin 3 va 4-kursda davlat grantiga o‘tishi mumkin.

Joriy yilda ham xuddi shu tartib amal qilishda davom etadi. Ya’ni:

1) hozir talaba bo‘lib turganlar ham abituriyent sifatida qayta hujjat topshira oladi;

2) mabodo davlat grantida o‘qiyotgan talaba topshirsa, u o‘zi o‘qigan kursigacha grant ololmaydi.

✈️ Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

#Eslatma

📌 Sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi.

Mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi.

✈️ Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul bugun boshlandi

Elektron arizalarni vazirlikning my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin.

Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari orqali javob olishingiz mumkin. Umumtaʼlim maktablariga 2025-2026 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul qilish tizimi - my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda onlayn arizalarni topshirish bo‘yicha VIDEO-YO‘RIQNOMA

J
oriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikro-hudud bo‘yicha arizalar yuboriladi, 1-avgustdan 15-avgustga qadar mikro-hududdan tashqari hududlar bo‘yicha arizalar yuboriladi.

MUHIM ESLATMA!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

#QonunchilikYangiliklari

📌 Yuridik universitet huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (374-son, 18.06.2025 y.) bilan “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo‘nalishi mavjud oliy ta’lim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom qabul qilindi.


🔰 Nizom 2023/2024 va 2024/2025-o‘quv yillarida TDYuU huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan o‘quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

📝 Bitiruvchilar 20-iyunga qadar oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga kirish uchun tavsiya qilishni so‘rab maxsus komissiyaga ariza beradi.

📁 Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
✔️bitiruvchining xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;
✔️bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litseyning ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar.

Tavsiya qilingan bitiruvchilarga oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqi dastlabki 2-yil uchun amal qiladi.

🗓 Har yili 1-iyulgacha suhbat komissiyasi tashkil etiladi.

📌 Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 balli tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi.

⛔️ Abituriyent quyidagi hollarda o‘qishga qabul qilinmaydi:
➡️yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish jadvaliga muvofiq suhbatga kelmaganda;
➡️yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizidan kam ball to‘planganda.

🗓 Har yili 10-avgustgacha oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarining abituriyentlarni bakalavriatga o‘qish uchun tavsiya etish to‘g‘risidagi buyruqlari qabul qilinadi.

✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Qabul yakunlanishiga 6 kun qoldi

Abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi xolos. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

Abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Bu yil ham magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

🔰 Kvota to‘g‘risidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berish qayd etilgan.

Kontrakt pullari hech qanday qaytarish shartlarisiz to‘lab beriladi. Buning uchun:

➡️ Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishadi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

➡️ 15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

🖊 Ma'lumot uchun: magistratura uchun chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi.

✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Sizni qiziqtirgan muhim savollarga javoblar:

🚩Savol: OTMlarga hujjat topshirish qachon tugaydi?

Javob: 25-iyun soat 23:59da!

🚩Savol: Maktabni avvalgi yillarda tamomlaganlar qancha to'lov qilishi kerak?

Javob: 170 000 so'm!

🚩Savol: Qachongacha to'lov qilish kerak?

Javob: 25-iyun soat 23:59gacha!

🚩Savol: Bakalavrga kirish imtihonlari qachondan boshlanadi?

Javob: 14-iyul boshlanib, 28-iyul tugaydi!

🚩Savol: Magistraturaga hujjat topshirish qachondan boshlanadi?

Javob: 1-iyul boshlanib 30-iyul tugaydi!

🚩Savol: Perevod uchun arizalar qabuli qachondan boshlanadi?

Javob: Xorijdan perevod ham ichki perevod ham o'qishni tiklash uchun ham ariza qabuli 15-iyul boshlanib, 5-avgust tugaydi!

🚩Savol: iyul-avgust oylari ham ijara to'lovi beriladimi? iyul-avgust oylari ham yotoqxona ochiq bo'ladimi?

Javob: Yo'q, yotoqxonalar yopiladi, ijara to'lovlari faqat o'qish davrida to'lanadi, ta'til davrida ijara to'lovi to'lanmaydi.

✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Stipendiyalar miqdori

2025-yil 1-avgustdan 10 foizga oshgani hisobga olingan.


✈️ Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Tibbiyot yo'nalishi bor nodavlat oliygohlar ro'yxati

1. Alfraganus universiteti
2. Angren universiteti
3. Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti
4. "Central Asian Medical University" tibbiyot universiteti
5. Central Asian university
6. EMU university
7. Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti
8. Impuls tibbiyot instituti
9. Jizzax shahridagi “Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filiali
10. Osiyo xalqaro universiteti
11. Qo'qon universiteti Andijon filiali
12. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
13. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
14. Turon universiteri
15. University of Business and Science
16. Urganch RANCH texnologiya universiteti
17. Zarmed Universiteti

⚠️Eslatib o'tamiz, bugungi kunda davlat va xususiy oliygohlardagi eng yuqori kontrakt narxlari tibbiyot yo'nalishlarida bo'lib, undan so'ng Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi kontrakt qimmatroq turadi.

✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

❗️E’lon!

Oliy ta’lim sohasiga oid cheklanmagan miqdordagi murojaatlarni qabul qilamiz. Murojaatchilarning shaxsi sir saqlanadi.

Jumladan, xalq hisobidan oylik olayotgan mas’ullardan ishiga vijdonan yondashishni, bir tomonlama advokatlik qilmaslikni so‘rab qolamiz.

Murojaat uchun: @murojaatuztvbot

✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

#Bilasizmi?

📌 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati

➡️Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich - Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri

➡️Daliyev Shohrux Hojiakbarovich - Oliy taʼlim, fan va birinchi oʻrinbosari

➡️Mahkamov Otabek Muxtorovich - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari

➡️Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari

✈️Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Qabul boshlandi, lekin axborot haligacha yo‘q

Oliy ta’lim muassasalariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul boshlanganiga 9 kun bo‘ldi. Ammo abituriyentlarga eng zarur axborotni yetkazishi kerak bo‘lgan idoralar hanuz jimjit.

Masalan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi shu vaqt ichida atigi ikki post chiqardi:

1. Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video-yo‘riqnoma
2. Boshqa telefon raqamidan foydalanmang degan ogohlantirish

Har yili e’lon qilinadigan savol-javoblar, qabul tartibiga oid izohlar, zarur ma’lumotlar bu yil hanuz yo‘q.

📊Bilim va malakalarni baholash agentligi ham shu holatda:odatda har kuni beriladigan abituriyentlarning kunlik ro‘yxatdan o‘tish statistikasi e’lon qilinmayapti. Yoki bu safar qabul tugagandan keyin beriladimi?

Axborot bo‘lmasa, abituriyentlar kimdan yo‘l-yo‘riq oladi?

✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Stipendiyalar miqdori

2025-yil 1-avgustdan 10 foizga oshgani hisobga olingan.

✈️ Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi?

2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish imtiyozi beriladi:

1️⃣Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
2️⃣Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO)
3️⃣Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO)
4️⃣Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO)
5️⃣Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI)

Boshqa olimpiadalar-chi?

Yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi.

Masalan, asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichida 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga davlat OTMlariga kirish imtihonlarida mutaxassislik fani bo‘yicha maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.

Boshqacha aytganda, respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lganlarga o’sha fandan maksimal ball beriladi xolos. Masalan, kimyo fanidan respublikada kuchli uchlikka kirsa, kimyo fanidan maksimal beriladi. Agar kimyo 1-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 93 ball, agar 2-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 63 ball beriladi. Boshqa fanlarini o’zi ishlashi kerak bo’ladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lgan o’quvchilarga mutaxassislik fani sifatida matematikadan maksimall ball beriladi.

✈️ Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Ta'lim shaklini o'zgartirish tartibi haqida

🗄Oliygoh ichida faqat ta'lim shaklini o'zini o'zgartirish – OTM komissiyasi hal qiladi;
🗄Bir davlat oliygohidan boshqasiga ta'lim shaklini o'zgartirib ko'chirish – vazirlik xulosasiga ko'ra amalga oshadi (bir davlat OTMdan boshqasiga perevod uchun uzrli sabab kerak);
🗄Xorijiy, nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ta'lim shaklini o'zgatirib ko'chirishda – testdan yetarli ball to'plab o'qishi ko'chirilsa, ta'lim shakli bo'yicha xulosani ko'chirayotgan OTM moddiy texnik bazaga qarab o'zgartirishi mumkin;
🗄Nodavlat oliygohlardan boshqasi – ko'chirayotgan OTM hal qiladi;
🗄Nodavlat oliygohning o'zida ta'lim shaklini o'zgartirish – OTM komissiyasi xulosasiga asosan amalga oshiriladi.

✈️ Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

📌 Oliygoh talabalari kontrakt pulidan 12% qaytarib olish uchun soliq organlariga borish shart emas

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish
mumkin:

↪️davlat va nodavlat OTMga to‘lagan kontraktidan;
↪️nodavlat bog’cha va maktablar to‘lovidan;
↪️ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

✈️ Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari

Читать полностью…

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

#Rasman

📌 1-avgustdan boshlab talabalar uchun stipendiyalar miqdori 10% oshirildi. Bir necha yildan buyon ish haqi oshsa ham, stipendiya oshmayotgandi.

2025-yil 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oshirilishi belgilandi. Yaʼni, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 155 ming soʻmdan 1 mln 271 ming soʻmga oshirildi.

✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari

Читать полностью…
Subscribe to a channel