16672
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
🖥 Bepul Cisco kurslari va sertifikatlari
Agar siz IT sohasida karyera qurmoqchi bo‘lsangiz yoki dasturlash, kiberxavfsizlik va kompyuter tarmoqlari bo‘yicha bilimingizni oshirmoqchi bo‘lsangiz, ajoyib imkoniyat sizni kutmoqda! Cisco Networking Academy platformasi orqali dunyoning eng yaxshi IT kurslarini mutlaqo bepul o‘rganish va xalqaro tan olingan sertifikatlar olish mumkin.
Eng yaxshi tomoni shundaki, bu kurslar uchun sizdan bir tiyin ham talab qilinmaydi va o‘qituvchi ham shart emas – barcha darslarni o‘zingiz uchun qulay vaqtda, uydan chiqmagan holatda o‘rganishingiz mumkin. Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganingizdan keyin esa LinkedIn va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi profilingizga qo‘shishingiz va ish beruvchilarga ko‘rsatishingiz mumkin bo‘lgan rasmiy raqamli (digital) sertifikat va yorliq (badge) olasiz.
🟥 Sizdan faqat ingliz tilini bilish talab etiladi.
Cisco Netacad platformasida ta’lim olish uchun instruktor (o‘qituvchi) talab qilinmaydigan (self-paced) va sertifikat olish imkoni mavjud kurslarning ro‘yxati:
📖 IT Asoslari
✅ Computer Hardware Basics - Kompyuter apparati asoslari
✅ Operating Systems Basics - Operatsion tizimlar asoslari
✅ IT Essentials - IT asoslari (8 ta kurs) (CompTIA A+ ga tayyorlaydi)
📖 Raqamli savodxonlik
✅ Digital Awareness - Raqamli xabardorlik
✅ Using Computer and Mobile Devices - Kompyuter va mobil qurilmalardan samarali foydalanish
✅ Create Digital Content, Communicate and Collaborate Online - Raqamli kontent yaratish, onlayn muloqot va hamkorlik
✅ Digital Safety and Security Awareness - Raqamli xavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish
📖 Tarmoq (Networking)
✅ Networking Basics - Tarmoq asoslari
✅ Networking Devices and Initial Configuration - Tarmoq qurilmalarini sozlash
✅ Networking Addressing and Basic Troubleshooting - Manzillash va muammolarni hal qilish
✅ Network Support and Security – Tarmoqqa xizmat ko‘rsatish va xavfsizlik
✅ Getting Started with Cisco Packet Tracer - Packet Tracer bilan ishlash
✅ Exploring Networking with Cisco Packet Tracer - Tarmoqlarni Packet Tracer orqali o‘rganish
📖 Kiberxavfsizlik (Cybersecurity)
✅ Introduction to Cybersecurity - Kiberxavfsizlik asoslari (6 soat)
✅ Cybersecurity Essentials - Keng qamrovli kiberxavfsizlik kursi
✅ Endpoint Security - Qurilmalar xavfsizligi
✅ Network Defense - Tarmoq himoyasi
✅ Cyber Threat Management - Kibertahdidlarni boshqarish
✅ Ethical Hacker - Etik xakerlik
📖 Dasturlash (Programming)
✅ Python Essentials 1 (PE1) - Python asoslari (30 soat)
✅ Python Essentials 2 (PE2) - Python ilg‘or darajasi (40 soat, PCAP sertifikatiga tayyorlaydi)
*Shuningdek HTML, CSS, C/C++, Java Script kurslari ham mavjud
📖 Linux
✅ NDG Linux Essentials - Linux asoslari
✅ NDG Linux I & II - Linux ilg‘or darslari
📖 IoT va sun’iy intellekt
✅ Introduction to IoT and Digital Transformation - IoT va raqamli transformatsiya
✅ Exploring IoT with Cisco Packet Tracer - IoT ni Packet Tracer bilan o‘rganish
✅ Introduction to Modern AI - Zamonaviy AI kirish kursi
@tarmoq_tizim
🚀 GOOGLE’DAN YANA BIR YANGILIK! 😱
Google Stitch endi Canvas funksiyasini taqdim etdi — barcha interfeysni bitta oynada ko‘rish va boshqarish imkoniyati!
🎨 Endi dizaynerlar yanada aniqroq qilib:
◀️ Interfeys ekranlarini to‘liq ko‘rishlari mumkin
◀️ Foydalanuvchi oqimlarini tahrirlash va sozlashlari mumkin
◀️ UX (User Experience)ni yaxshilash uchun test va iteratsiyalarni tezlashtirishlari mumkin
😮 Eng qizig‘i — bularning barchasini Figmaga ham ko‘chirish mumkin!
➡️ Sinab ko‘rish uchun shu yerga bosing↖️
@a1withus
🇰🇷 Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligining tarkibiy agentligi hisoblangan Milliy IT sanoatini rivojlantirish agentligi (National IT Industry Promotion Agency, NIPA) tomonidan tashkil etilayotgan Uzbekistan K-LAB ICT Education Center sizni 3D Printer va Laser Cutter darslariga taklif qiladi!
🔹 3D printerdan foydalanish va modellashtirish
🔹 Laser cutter yordamida yog‘och, akril va boshqa materiallarda ishlash
🔹 Prototip tayyorlash va kichik hajmda ishlab chiqarish
🔹 Startap va ijodiy loyihalarda qo‘llash imkoniyatlari
▪️ 3D Printer:
13–17 okt, 18:00–22:00 (5 kunlik guruh)
18–19 okt, 14:00–18:00 (2 kunlik guruh)
20–24 okt, 18:00–22:00 (5 kunlik guruh)
25–26 okt, 14:00–18:00 (2 kunlik guruh)
▪️Laser Cutter:
13-17 okt, 15:00-19:00 (5 kunlik guruh)
18-19 okt, 14:00-18:00 (2 kunlik guruh)
20-24 okt, 15:00-19:00 (5 kunlik guruh)
25-26 okt, 14:00-18:00 (2 kunlik guruh)
💼 Yangi imkoniyatlar dunyosiga xush kelibsiz!
🔎 IT, ta’lim, marketing yoki boshqa sohalarda ish qidiryapsizmi?
Yoki yangi vakansiyalarni boshqalardan oldin bilishni xohlaysizmi?
📲 @ishmi_ish Telegram kanaliga qo‘shiling va:
✅ IT, dizayn, ta’lim, marketing kabi sohalarda eng so‘nggi vakansiyalarni ko‘ring
✅ Ofis yoki masofaviy ishlardan o‘zingizga mosini tanlang
✅ Bepul e’lon joylashtiring — ish beruvchilar va izlovchilar uchun
✅ Rezyume yozish, intervyu, va o‘sish bo‘yicha foydali maslahatlar oling
🔥 Ish topish endi oson va ishonchli!
📌 Obuna bo‘ling 👉 @ishmi_ish
🇰🇷 Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligining tarkibiy agentligi hisoblangan Milliy IT sanoatini rivojlantirish agentligi (National IT Industry Promotion Agency, NIPA) tomonidan tashkil etilayotgan Uzbekistan K-LAB ICT Education Center sizni startap tanloviga chorlab qoladi!
➕ Bundan tashqari, 1-2-o‘rin g'olib jamoalarga o‘z Start-Uplarini yo‘lga qo‘yishlari uchun qo'shimcha ''Qo'llab-quvvatlash' taqdim etiladi!👥 2–5 kishilik jamoa tuzing va bugunoq pastdagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
#word
Word hujjatidagi qisqa tirelarni uzunlariga almashtiramiz 🔄
Oddiy chiziqchalar o‘rniga uzun tirelar qo‘llanilgan hujjat yanada jozibali ko‘rinadi.
Hujjatda qo‘llanilgan qisqa tirelarni uzunlariga almashtirish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
— 1-qadamCTRL + H kombinatsiyasini bosish yoki menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida joylashgan Заменить tugmasidan foydalanish orqali Найти и заменить muloqot oynasini ekranga chaqiramiz.
— 2-qadam
Найти maydoniga ^=, Заменить maydoniga esa — ^+ belgilarini mos tarzda kiritamiz.
— 3-qadam
Заменить всё tugmasi ustiga bosamiz, tayyor.
📝 Manba: @hacks_word
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security
Windows 10'da parol kiritishga bo‘lgan urinishlar soniga limit o‘rnatish 🔐
Agar kompyuteringizdan foydalanish uchun parol himoyasidan foydalanib, boshqa foydalanuvchilar tizimga kirish paytida parolingizni chamalab ko‘rishlarini istamasangiz, u holda parolni kiritish uchun urinishlar sonini belgilab keting. Foydalanuvchi o‘rnatilgan urinishlar limitiga borib yetganida, kompyuter muayyan daqiqaga parol kiritishdan bloklanadi.
1️⃣. Buning uchun WIN + R klavishlari birikmasini bosing va ochilgan Выполнить oynasiga gpedit.msc buyrug‘ini kiritib ENTER klavishini bosish orqali Редактор локальной групповой политики oynasini ekranga chaqiring.
2️⃣. Oynaning chap tomondagi panelida Конфигурация компьютера - Конфигурация Windows - Параметры безопасности - Политика учетных записей - Политика блокировки учетной записи ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting.
3️⃣. Sozlash uchun sizga uchta parametr taqdim etiladi:
⚡️ Пороговое значение блокировки - parolni kiritish uchun urinishlar soni (limit).
⚡️ Продолжительность блокировки учетной записи - foydalanuvchining parol kiritishga qarshi bloklanishi davomiyligi daqiqalarda ko‘rsatiladi.
⚡️ Время до сброса счета блокировки - parolni kiritishga bo‘lgan omadsiz urinishlar hisoblagichini qayta o‘rnatish uchun talab etiluvchi vaqt daqiqalarda ko‘rsatiladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi? 🤔
Word jadvallarida bir nechta formulalardan foydalanish ko‘zda tutilgan, ulardan foydalanish uchun kerakli yacheykani tanlash va Макет → Данные bo‘limining Формула tugmasini bosish lozim.
Ochilgan oynadagi Вставить функцию menyusida funksiyalardan biri tanlanadi va ma’lumotlar keltirilgan yacheykalar havolalari qo‘lda ko‘rsatiladi. Shunday qilib, post ostiga biriktirilgan rasmda keltirilgan misolda ushbu yacheykalar B2; C2; C3 koordinatalariga ega.
❗️Agar sizda natija o‘rniga shaklli ({}) qavslar ichida funksiya paydo bo‘lsa, ushbu yacheyka ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va Коды/значения полей bandini tanlang.
🎞 Ushbu postimizga mos mavzuda keltirilgan (ovozsiz) video ko‘rsatmani ham tomosha qilishni tavsiya etamiz.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#lifehack
🖥 Ko'pchilik internetda rasmlar ustiga sichqonchani o'ng tugmasini bosib, "saqlash" variantini tanlaydi, ammo kompyuteringizga suratni yuklab olishning ancha oson va tezroq usuli mavjud.
⌨ Siz shunchaki “ALT” tugmasini bosishingiz va keyin sichqonchani chap tugmasini bosishingiz kifoya va u avtomatik ravishda kompyuteringizda “Yuklashlar” papkasiga saqlanadi.
👉 Bizning barcha loyihalar
Ucell raqamli kelajak tarafdori
Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi va Ucell ko‘magida “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” loyihasi doirasida “Cyber Summer Camp – 2025” yozgi ta’lim oromgohi o‘tkazildi. Oromgohning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatning barcha viloyatlari pedagoglari va o‘quvchilarining ilg‘or tajriba almashishi, murabbiylikni rivojlantirishi va texnologik salohiyatini oshirishi.
Ikki haftalik qizg‘in dasturning birinchi qismida loyihaning 120 nafar murabbiysi raqamli pedagogika, IT yo‘nalishlari va ingliz tili bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdi. Kiberxavfsizlik, DevOps, back-end va front-end dasturlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, IT mutaxassislari uchun ingliz tili bo‘yicha bilimlar bilan 11 nafar murabbiy o‘rtoqlashdi. Lager doirasida xakaton o‘tkazilib, unda ishtirokchilar yangi bilimlarni amalda qo‘lladilar.
Oromgohning ikkinchi bosqichida “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari” loyihasi doirasida yuqori natija ko‘rsatgan 53 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. Dastur mashg‘ulotlar, ijodiy va rolli o‘yinlar, jamoaviy loyiha ishi va “Ideathon”: g‘oyalar tanlovini o‘z ichiga oldi. AQShlik ma’ruzachilar ishtirokidagi interaktiv sessiyalar esa bolalarni ilhomlantirib, kasbiy dunyoqarashini kengaytirdi.
Ucell mamlakatning raqamli kelajagini qurayotganlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Robotaxi - Ilon Mask dan kutilmagan yechim
Oldingi postimda Ilon Maskning bizneslarini sanaganda Robotaxi yodimdan ko’tarilibdi. To’g’ri, u Mars bilan bevosita bog’liq emas, lekin u katta daromad ko’rish uchun qilingan biznes.
Bilmaganlar uchun Robotaxi - bu haydovchisiz taksi xizmati. Siz ilovadan taksi chaqirasiz, va mashina o’zi yurib keladi. Bunday loyihalarda hozirda eng ilg’or kompaniya Googlega qarashli Waymo bo’lib, u 10 yildan oshiq tajriba va AQShning qator shtatlarida ruxsatga ega. Robotaxi Waymo ni quvib yetishni maqsad qilgan.
Robotaksining Waymodan asosiy farqi - mashinada rulning yo’qligi hisoblanadi. Waymo klassik mashinani olib, qo’shimcha qurilmalar, radar va lidarlar bilan jihozlab, avtonomlashtirgan. Lekin Waymo avtomobillarini haydovchi haydashi mumkin. Robotaxi umuman odam boshqarish imkoni bo’lmagan to’la avtonom mashinalar bilan bozorga kirdi.
Postdagi suratda San Fransisko shtatida 1.36 mil, yoki 2,2 km masofaga borish uchun 4 ta kompaniya tariflari taqqoslangan. Robotaxi Waymodan ancha arzon bo’lib qolmay, u Uber va Lyft dagi klassik taksilardan ham ancha arzonligini ko’rish mumkin. Shu ketishda bo’lsa, AQShda taksistlarga qiyin bo’lishi tayin.
Narxlar 1 km uchun:
Robotaxi: $1,75
Waymo: $5,25 (3 barobar qimmat)
Uber: $4,51 (2,58 barobar qimmat)
Lyft: $4,93 (2,81 barobar qimmat)
Endi sarlavhadagi ajoyib fikrga kelsak: Robotaxi platformasi Tesla avtomobillari bilan bir xil. Bu degani Robotaxi qiladigan ishni Tesla avtomobili ham qila oladi degani.
Ya’ni siz Tesla avtomobilingizda ishga kelib, keyin mashinangizga “bor taxi qilib, pul top” deb ishga jo’natvorsangiz bo’ladi.
Bu bilan birinchidan, Tesla egalari qo’shimcha daromad olishlari mumkin. Ilkinchidan, mashinalarning ishxonalar oldida bekor turishi oldi olinib, yo’llarda mashinalar soni kamayishiga olib keladi.
Ajoyib, to’g’rimi? Siz shu haqida o’ylab ko’rganmidingiz?
@fikrofon
“Muhimi qancha pul topayotganing emas, balki uni qanday sarflayotganing”
Marat Toshkentdagi IT kompaniyada backend dasturchi bo‘lib ishlaydi. Oyiga qariyb 2500 dollar topadi. Daromadining yarmi uy-ro‘zg‘or, avtokredit va kundalik ehtiyojlariga ketadi, qolganini esa tomorqasi bor hovli sotib olish uchun yig‘adi.
U qulay yashash va tejash o‘rtasida muvozanatni topa olgan. Qahva, tushlik yoki pul o‘tkazmalarida ortiqcha xarajat qilmaslik bo‘yicha o‘zining oddiy, lekin foydali maslahatlari bilan maqolada bo‘lishdi.
To‘liq hikoyani havola orqali o‘qing.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🎁 Honor 200 Lite – Sizniki bo‘lishi mumkin!
"Smartfon yutish uchun omad kerak", deyishingiz mumkin. OMAD Siz yomonga yugurib ketmoqda, ushlab qoling!
🎥 Har seshanba va juma kuni Jonli efir orqali 7 ta smartfon va qimmatbaho sovg'alar o‘ynaladi
🗓 Avgust davomida – 56ta HONOR 200 Lite va qimmatbaho sovg'alardan biri sizniki bo'lishi mumkin.
❗️Qanday qatnashish mumkin? DISKONT do'konlariga kelasiz (yoki online buyurtma qilsangiz ham bo'ladi) Noutbuk yoki Smartfon xarid qilasiz va shaxsiy ma'lumotlaringizni @diskont_promobot ga yuborasiz.
Shoshiling! Sizda Har haftada 2ta imkoniyat!
💬 Bu postni smartfon yoki noutbuk xarid qilmoqchi bo‘lgan do‘stlaringizga yuboring - ular sizdan minnatdor bo‘ladi!
☺️☺️☺️☺️☺️☺️
"Qimmatga olma DISKONTdan ol!" 😉
📲 Bog'lanish uchun: 712077788
🌐 Saytimiz: diskont.uz
#SonetUzStyle tanlovi davom etmoqda va endi yangi shartlar bilan!
O‘zingizni namoyon qilib, bosh sovrin — Kia Sonet avtomobilini yutib olish uchun ajoyib imkoniyat!
G‘oyalaringizni amalga oshirishingiz uchun ko‘proq vaqt berish maqsadida arizalar qabul qilish muddati 15-avgustgacha uzaytirildi va ishtirokchilar uchun obunachilar soni bo'yicha talab 15 000 gacha oshirildi.
Tanlov shartlari:
▪️ Mavzu: “Nima uchun Kia Sonet – Oʻzbekiston uchun mos avtomobil” mavzusida 20 dan 60 soniyagacha davom etadigan Reels videosi tayyorlang.
▪️ Ishtirokchi: 18 yoshdan katta, profili ochiq va obunachilari soni 15 000 nafargacha boʻlishi kerak. Bu tanlov yangi blogerlar va mobilograflar uchun ajoyib imkoniyat!
▪️ Musiqa: E'londagi maxsus trekdan foydalaning.
▪️ Belgilar: Postni joylashda #SonetUzStyle heshtegini qoʻshing va @kia__uzbekistan akkauntini belgilang.
Hali ham ariza topshirishga ulgurmagan bo‘lsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Eng kreativ videolaringizni kutib qolamiz! 💪🏼
📞 1333
🌐 kia.uz
🤖 Gʻoyalaringizni bir necha soniyada rasm va videoga aylantiring! 🇺🇿 Bizning loyihamizni qo'llab-quvvatlang!
Endi noyob kontent yaratish uchun soatlab vaqt sarflash shart emas. Telegram Bot sizga yordam beradi:
✨ Matn yozing (istalgan tilda) — bot uni ajoyib rasmga aylantiradi.
🎥 Rasm tanlang — bot uni jonlantirib, videoga aylantiradi.
💡 Vaqtingizni tejang va auditoriyangizni hayratda qoldiring!
Oʻz ijodiy salohiyatingizni kashf qilish uchun botni hoziroq ishga tushiring:
👇👇👇
/channel/almagen_bot?start=fromITSpecialist
#smartfon #maslahat
📱 Xarid qilish oldidan ikki smartfonni barcha xususiyatlari bo‘yicha vizual solishtirish
Smartfon xususiyatlari bo‘ylab mustaqil ravishda o‘tib ko‘rish mumkin, albatta — chunki ularning tavsifi odatda batafsil keltiriladi. Biroq ularni unchalik tushunmagan taqdiringizda, xarakteristikalarni qanday solishtirishingiz mumkin? Yoki ularda sezilarli farq bo‘lmasa-da, bir smartfon ikkinchisini ish samaradorligi bo‘yicha testlarda ishonchli tarzda ortda qoldirsachi?
Ikki smartfon xususiyatlarini solishtirishga yordam berishi mumkin bo‘lgan maxsus xizmat mavjud. U e’tibor berilishi lozim bo‘lgan eng muhim joylarni ajratib, ularni sodda tilda tushuntiradi.
Undan foydalanish tartibi esa quyidagicha:
1️⃣. NanoReview saytiga o‘tamiz.
2️⃣. Qidiruv satrlariga kerakli qurilmalar brendi va modellarini kiritamiz.
3️⃣. “Сравнить” tugmasini bosamiz.
Barchasi oddiy! “Ключевые отличия” bo‘limida smartfonlarning eng muhim afzalliklari haqida umumiy ma’lumotni ko‘rish, “Цена/Качество” bo‘limida smartfonlardan qaysi biri o‘z narxiga ko‘ra yaxshiroq ekanini bilish mumkin. Quyiroqda esa — smartfonlarni har tomonlama batafsil taqqoslanishi keltiriladi.
📝 Manba: @tech_lifehacks
📌 P.S.: Maqolada keltirilgan xizmatga muqobil va o‘z ishini juda yaxshi uddalovchi veb-sayt bilan ham tanishing: GSMArena
ℹ️ Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #game
🎮 Google'da sirli minio‘yinlarni faollashtiramiz
Google o‘z qidiruv tizimida biror yuz bergan voqea yoki tadbirlarga nisbatan munosabat bildirib eslatishni xush ko‘radi va bugun biz ushbu imkoniyatlar sarasiga kiruvchi ayrim minio‘yinlar haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Chrome brauzerida saytlarga o‘tish va ma’lumot izlash bilan bir qatorda, turli o‘yinlar o‘ynab, gohida vaqtichog‘lik qilish mumkinligini ko‘pchilik bilmaydi.
Pac-Man. Sharpalardan qochib, missiya bajarish uchun qidiruv tizimiga “Google Pacman” so‘rovini yuborib, ENTER'ni bosing. “Играть” tugmasiga bosing. O‘yin mazmuni quyidagicha: barcha nuqtalarni yeyishingiz va sizni ta’qib etayotgan sharpalar iskanjasiga tushmaslik lozim.
Solitaire. “Solitaire” so‘rovi bo‘yicha qidiruvni amalga oshiramiz. va “Играть” tugmasiga bosamiz. So‘ngra o‘yinning murakkablilik darajasi tanlagan holda kartalarni yoyamiz. Asosiysi – ko‘p muddat o‘tirib qolmaslik, chunki hammamizga ma’lumki, pasyans o‘yinchini o‘ziga rom etadi.
Tic-tac-toe. Qidiruv satriga “Tic-Tac-Toe”ni kiritamiz. Barchamizga ma’lum bo‘lgan krestik-nolik o‘yini ochiladi. Murakkablilik darajasini tanlagan holda kompyuterga qarshi yoki do‘stingiz bilan o‘ynashingiz mumkin.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash
• Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
• Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash
• Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
• Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
• Google Chrome'ni bir zumda tozalash
• Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
• Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish
• Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
• Google Chrome brauzeri oynasini belgilangan kenglik va balandlikda ochish
• Chrome orqali Super Mario'ni o‘ynaymiz
• Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
• Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish
• Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi?
• Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
• Internet Explorer vs. Google Chrome (IT hazil)
• Google Chrome vs. operativ xotira (IT hazil)
• Google Chrome haqida yana bir hazil post
• Corsair kompaniyasi Google Chrome va Photoshop’ning operativ xotirani iste’mol qilishi yuzasidan kuldi
• Google Chrome yangi kengaytmalar platformasi – Manifest v3'ga o‘tmoqda
• Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash
• Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
• Brauzer ishlashini tezlashtirish
• Brauzerda videoning qotib ishlashi
• Kesh nima?
• Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
• Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
✅ Windows 10'da uzun yozuvdagi manzillar qo‘llab-quvvatlanishini faollashtirish
Ehtimol, kimdir bilmas, ammo Windows'dagi fayl yoki papka manzilining maksimal uzunligi qoida bo‘yicha 260 belgidan oshmasligi lozim. Agar ushbu qiymatdan oshib ketilgudek bo‘lsa, bunday ma’lumotlar bilan ishlashda biz Слишком длинный целевой путь xabariga duch kelamiz va bu, ayniqsa ma’lumotlarni bir joydan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazish jarayonida xalal berishi mumkin.
Windows 10'da biz ushbu cheklovni chetlab o‘tishimiz mumkin. Boshlanishiga WIN + R klavishlari birikmasi yordamida Выполнить oynasini ekranga chaqiring va unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosish orqali Редактор локальной групповой политики'ni ishga tushiring.
Ochilgan oynaning chapki panelida Конфигурация компьютера → Административные шаблоны → Система → Файловая система yo‘nalishi bo‘ylab o‘ting. Включить длинные пути Win32 parametrini faollashtiring (Включено).
📥 Yuqorida keltirilgan harakatlarni qo‘lda bajarib o‘tirmaslik uchun ushbu tayyor reyestr tvikidan foydalanishingiz mumkin.
📌 P.S.: Ushbu yechimni bilmagan va fayllarni nusxalash hamda bir joydan boshqasiga to‘liq ko‘chirishda muammoga duch kelmaslik uchun ba’zi foydalanuvchilar Total Commander'ga murojaat etib yurishgan bo‘lsa ham ajabmas. 😉
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows reyestri bilan bog‘liq mavzular ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Windows'dagi dasturning internetga kirishini taqiqlash!
#info / #internet
ℹ️ Barcha dasturlar ham internetga kirishga muhtoj emas. Biroq, ularning ba'zilari trafikni faol ravishda "yoqib" yuboradi, yangilanishlar mavjudligini tekshiradi yoki xizmat ma'lumotlarini yuboradi. Bu, ayniqsa, hisoblangan ulanishdan foydalanganda (masalan, smartfondan internetni tarqatishda) yoqimsizdir.
Windows'da ma'lum bir dasturning umuman internetga kirishini yoki ma'lum tarmoqlarga ulanishni cheklash imkonini beruvchi o'zining standart funksiyasi mavjud.
🗒 Buning uchun:
1️⃣ Win + R tugmalarini bosib, firewall.cpl ni kiritib, xavfsizlik devorini ishga tushiring.
2️⃣ "Дополнительные параметры" tugmasini bosing va "Правила для исходящего подключения" ni tanlang.
3️⃣ O'ng qatordagi "Создать правило" tugmasini bosing.
4️⃣ "Для программы" ni tanlang.
5️⃣ Internetni blokirovka qilish kerak bo'lgan dasturga yo'lni belgilang.
6️⃣ "Блокировать подключение" katagiga belgi qo'ying.
7️⃣ Agar kerak bo'lsa, qoida qo'llaniladigan muayyan tarmoqlarni belgilashingiz mumkin.
8️⃣ Qoidani aniq nomlash va tavsiflashni unutmang, shunda kelajakda uni topish osonroq bo'ladi.
9️⃣ "Готово" tugmasini bosing. @tech_lifehacks
😉 Oldingi holatiga qaytarish uchun o'zimiz kiritgan bandni tanlab, sichqonchani o'ng tugmasini bosaniz va "Oтключить правилo" ni tanlaymiz, bo'ldi!
▶️ Keyingi postda to'liq video qo'llanma berilgan.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita I Loyihalar
#smartfon #android #maslahat
⏱ Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova
⠀
1️⃣. Dreamie Planner | Yuklab olish
Ko‘plab chiroyli fonlar va smayliklarni o‘z ichiga oluvchi yorqin va qulay mobil ilova. Oy, hafta, kun uchun rejalashtirish imkoniyati mavjud.
⠀
2️⃣. My Tasks To Do List & Diary | Yuklab olish
Kalendar, kundalik, rejalashtirgichlarning ajoyib uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan oddiy va qulay interfeysli mobil ilova. Kun yoki haftalik vazifalaringizni oson tuzib boring.
⠀
3️⃣. To Do List & Goal Planner | Yuklab olish
Oddiy va minimalistik tamoyilidagi mobil ilova. Uning yordamida maqsadlar, vazifalar, quyi vazifalar, qaytariluvchi vazifalarni belgilash, ularni guruhlash, eslatmalar, vidjetlar yaratish imkoni bor. Shuningdek ishlardagi taraqqiyotning avtomatik hisobi ham yuritiladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Barcha yumushlarni barajarishga ulgurish uchun ko‘maklashuvchi rejalashtirgich
• Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
• O‘rganish uchun Top-7 mobil ilovalar ro‘yxati
• Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova
• Sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha mobil ilovalar
• Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
• Video bilan ishlash uchun foydali mobil ilovalar
• Chizmachilik uchun mobil ilovalar
• Dasturlashni o‘zlashtirib borish uchun mobil ilovalar
• Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova
• Dasturlash tillaridan turli qiyinchilikdagi misollarni ishlash uchun 25 ta sayt
• Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
• Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova
• Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar
• List of English & IELTS Channels to follow
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🔥 Servercore’dan biznes-kechki ovqat Toshkentda
Mavzu: Cloud (bulutli) xotiralar yordamida biznesda ma’lumotlarni samarali boshqarish
🍴 Biznes-uchrashuvda siz bilib olasiz:
▫️ Servercore S3-xotirasi qanday ishlaydi, qaysi vazifalar uchun mos va qanday qilib xarajatlarni 30% gacha kamaytirishi mumkin
▫️ O‘zbekistonda mavjud saqlash sinflari va ulardan foydalanish ssenariylari
▫️ AWS S3 bilan mosligi va allaqachon ishlayotgan integratsiyalar
👨💻 Servercore mijozlari tajribasi ham taqdim etiladi:
▫️ Bosch — Germaniya brendining Markaziy Osiyodagi rasmiy dileri
▫️ M Cosmetic — go‘zallik va uy uchun mahsulotlarga ixtisoslashgan O‘zbekistondagi chakana tarmoq
▫️ Alif Tech — to‘lovlar, pul o‘tkazmalari va online xaridlar uchun FinTech yechim
🤝 Networking vaqtida ishtirokchilar professional mavzularni muhokama qiladi, tajriba almashadi va yangi aloqalar o‘rnatadi.
🇰🇷 Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligining tarkibiy agentligi hisoblangan Milliy IT sanoatini rivojlantirish agentligi (National IT Industry Promotion Agency, NIPA) tomonidan tashkil etilayotgan Uzbekistan K-LAB ICT Education Center sizni HACKATHONga taklif qiladi!
📅 Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
14-sentabrgacha
❗️Yosh chegarasi pastdagi
havolada.
🏆 Har ikkala toifadagi g‘olib jamoalar umumiy 36 000 000 so‘m pul mukofotiga ega bo‘ladilar!
---
🚀 Toifa 1 — Digital Manufacture (o‘quvchilar uchun bepul kursdan so‘ng)
''Bolalar xavfsizligi qurilmasi”ni yasashni bepul o‘rganing.
🕔 Dars vaqtlari:
## 1-guruh: 17:00–19:00
## 2-guruh: 19:00–21:00
(22-sentyabrdan~ 24-oktyabrgacha)
---
🚀 Toifa 2 — Programming (soha mutaxassislari uchun 48 soatlik “Non-sleep” musobaqa)
⁉️ 2–4 kishidan iborat jamoangiz bilan portfoliolaringizni bizga yuboring (Google Form orqali).
Havola orqali ma'lumot oling hamda ro'yhatdan o'ting!
---
📲 Biz bilan bog‘laning:
Telegram | Instagram | Manzil ㅣ Website
⚠️ Joylar soni cheklangan — bugunoq ro‘yxatdan o‘ting!
Yandex Uzbekistan Dasturlash maktabiga qabul e’lon qildi!
14-17 yoshli o‘quvchilar uchun bepul Dasturlash maktabiga qabul boshlandi. Dasturda Python asoslari va kutubxonalar bilan ishlash o‘rgatiladi. Darslar Toshkent, Samarqand, Urganch shaharlarida hamda onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Maktabga kirish uchun ariza topshirish, 18 sentyabrgacha test va suhbatdan o‘tish kerak. Arizalar 30 sentyabrgacha qabul qilinadi.
👉 Ariza topshirish
O‘zbekistonda loyiha ilk bor 2023 yilda Toshkentda ish boshlagan. Ikki yil davomida 75 nafar o‘quvchi ushbu dastur bitiruvchisiga aylangan.
#excel
Excel jadvaliga sonlarni matn sifatida qabul qilinadigan qilib kiritamiz 🔢🔤
Kichik hiyla va tryuklarni bilish, ba’zida Excel'dagi ishimizni ancha tezlashtirishi mumkin. Masalan, yacheykaga sonli qiymatni matn formatida kiritish uchun shunchaki kiritishni apostrof (') belgisidan boshlash yetarlidir.
Apostrofni, va uning ortidan – kerakli sonni kiritamiz. Natijada Excel uni matn sifatida qabul qiladi.
❗️Excel'da sonli qiymatlar qoida bo‘yicha yacheykaning o‘ng tomoni bo‘ylab, matnli ma’lumotlar esa chap tomoni bo‘ylab tekislanadi.Qiziq tomoni shundaki, apostrof belgisi formulalar satrida ko‘rinadi, yacheykada esa ko‘rinmaydi. Bu nafaqat sonlarga nisbatan, balki sana va vaqt qiymatlari uchun ham qo‘llanilishi mumkin (chunki ular ham aslida sonli qiymatlardir).
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Bog’langan loyihalar
Ilon Mask qator loyihalarni parallel olib bormoqda: Tesla, Starlink, Space X, Boring Company, X.com, Grok, Neuralink, Optimus va hokazolar.
Ilon Maskning katta orzusi bor: Mars sayyorasida inson koloniyalarini yaratish. Barcha qilinayotgan loyihalari (X dan tashqari) shu maqsadga qaratilgan.
SpaceX kosmosga chiqish uchun, Starlink - kosmik va planetar masshtabda aloqani ta’minlash uchun, Tesla - Marsda yuradigan transport uchun, Optimus - Marsda ishlaydigan robotlar uchun, The Boring company - Marsda yer osti tunnellar yo’llari va yer osti shaharlari uchun, Neuralink - inson miyasini Optimus robotlariga ulab, boshqarish uchun.
Hozirda Sun’iy Idrok alohida, Robotlar alohida, Neuralink - alohida loyiha sifatida ishlamoqda. Shu uchalasini ulasa nima bo’lishini tasavvur qilyapsizlarmi?
Sun’iy Idrok va Robotlar haqida ko’pchilik yangiliklardan xabardor. Lekin Neuralink haqida xabaringiz bo’lmasligi mumkin. Yaqinda Ilon Mask va komandasi Neuralink erishgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi: https://youtu.be/FASMejN_5gs
Albatta ko’rishni tavsiya qilaman.
Neuralink orqali hozircha odamlar endi kompyuter sichqonchasini miya bilan boshqarishni o’rgandi xolos. Lekin texnologiya rivojlanishi orqali siz miyangizni Sun’iy Idrok orqali boshqariladigan minglab robotlarga ulashingiz va ularni bir o’zingiz fikringiz bilan boshqarishingiz mumkin.
Hozirda alohida rivojlanayotgan loyihalarni bir-biri bilan, yoki klassik biznes bilan bog’lab, juda katta o’zgarishlar yaratish mumkin.
@fikrofon
#operatsion_tizim #internet #game
Kompyuter qanday o‘yinlarni “ko‘tara olishini” aniqlaymiz 🕹
Sizning ShK qo‘llab-quvvatlaydigan o‘yinlar ro‘yxatini tuzish uchun, ularning har biri uchun tizim talablarini izlashga to‘g‘ri keladi.
🌐 technical.city/ru/what-games-can-i-run — ShK'da qaysi o‘yinlarni ishga tushira olishingizni ko‘rsatib beradi. Buning uchun saytga o‘ting va kompyuterning texnik parametrlarini ko‘rsating.
Shundan keying o‘yinlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Ulardan birining ustiga bosgan taqdiringizda, ushbu o‘yinning muvofiqligi haqidagi ma’lumot keltirilgan sahifaga o‘tasiz.
Masalan, sizdagi ShK o‘yinning minimal va tavsiya etiluvchi talablariga qanchalik mos kelishi, qancha FPS va boshqalar.
Sayt ma’lumotlarining aniqligini oshirish maqsadida, o‘z FPS qiymatingizni ham yuborishingiz mumkin.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Android’da o‘yinlardagi grafika sifatini oshirish haqida
• Android smartfonida qancha vaqt sarflayotganingizni bilish usuli
• Smartfon haqida 7 ta cho‘pchak
• Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin!
• Bolalarni dasturlashga o‘rgatuvchi eng yaxshi 9 o‘yin
• Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin
• Google Chrome’dagi dinozavrcha keltirilgan o‘yinda to‘siqlar bo‘ylab o‘tish
• “Сапёр” o‘yinidan qanday qilib tez o‘tish mumkin?
• Windows 10’da o‘yin rejimi qanday faollashtiriladi?
• Barcha geymerlar uchun qadrdon bo‘lishga ulgurgan Counter Strike o‘yini kodlari
• Google Play’da ota-ona nazorati (родительский контроль)ni o‘rnatish
• Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi
• O‘yin haqida IT-hazil
• O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
• Foydali mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
Windows'ning “Проводник” fayl menejeri oynasi bilan ishlash uchun tezkor klaviatura birikmalari 📝
• * — tanlangan papka tarkibiga kiruvchi barcha papkalarni ko‘rsatish;
• + — tanlangan papkaning tarkibini ko‘rsatish (раскрыть содержимое);
• - — tanlangan papkaning tarkibini berkitish (скрыть содержимое);
• ALT + D — manzil satrini tanlash;
• ALT + P — ko‘rish sohasini ko‘rsatish / berkitish;
• ALT + ENTER — tanlangan elementning xususiyatlari (Свойства) oynasini chaqirish;
• ALT + ↑ — asosiy papkaga qaytish;
• ALT + → (ALT + ←) — oldingi / keyingi papkaga o‘tish;
• BACKSPACE — oldingi papkani ko‘rish;
• CTRL + F — qidiruv maydoniga o‘tish;
• CTRL + N — yangi oynani ochish;
• CTRL + SHIFT + E — joriy papka qaysi papkalar tarkibida joylashganligini ko‘rsatish;
• CTRL + SHIFT + N — yangi papkani yaratish;
• CTRL + W — faol oynani yopish;
• F4 — manzil satriga o‘tish;
• F6 — oyna yoki ishchi stolidagi elementlar o‘rtasida siklik o‘tish;
• F10 — faol ilovadagi menyu satriga o‘tish;
• F11 — faol oynani butun ekranga yoyish (развернуть) / vazifalar paneliga tushirish (свернуть);
• HOME — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning dastlabkisiga o‘tish;
• END — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning so‘nggisiga o‘tish.
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
Bo‘sh yacheykalarni tezkor o‘chirish usuli ❌
Ba’zida shunday holat bo‘ladiki, foydalanuvchi tomonidan keraksiz ma’lumotlar o‘chirilganidan keyin bo‘sh yacheykalar qolib ketadi. Oradagi hosil bo‘lgan ushbu bo‘shliqlarni olib tashlash esa unchalik murakkab emas:
— 1-qadam
Bo‘sh yacheykalari o‘chirilishi lozim bo‘lgan ustun yoki satrni belgilang.
— 2-qadam
Menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida Найти и выделить → Выделить группу ячеек tugmalari ustiga bosing. So‘ngra yuzaga kelgan oynada Пустые ячейки variantini tanlab, OK tugmasini bosish orqali tasdiqlang. Buning natijasida barcha bo‘sh yacheykalar belgilanadi.
— 3-qadam
Belgilangan yacheykalardan istalgan birining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Удалить → Ячейки, со сдвигом вверх bandlari bo‘ylab o‘ting, tayyor.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android
Android'da saqlangan parollarni qanday ko‘rish mumkin? 🔐🤔
Android'da veb-saytlar, xizmatlar va siz tomondan o‘rnatiladigan ilovalar parollarini saqlash uchun parollar menejerining mavjudligi haqida hamma ham bilmaydi. Natijada, siz hattoki dasturni o‘chirib tashlab, so‘ngra qayta o‘rnatgan taqdiringizda ham, sizga qayd ma’lumotlarini qayta qo‘lda kiritib o‘tirish zarurati bo‘lmaydi.
Xo‘sh, ushbu parollarni qanday ko‘rishimiz mumkin?
1️⃣. Smartfoningizdagi Настройки'ni oching va Google bo‘limiga o‘ting.
2️⃣. Ochilgan oynada Автозаполнение → Автозаполнение от Google bandlarini tanlang.
3️⃣. Пароли bandiga o‘ting.
4️⃣. Barcha saqlangan parollar ro‘yxati ochiladi, keraklisini tezroq izlab topish uchun qidiruvdan foydalanish mumkin.
5️⃣. Kerakli akkauntni tanlang va kirishni barmoq izi bilan tasdiqlang.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• iPhone'da turli saytlardagi barcha akkauntlarning login va parollarini ko‘rish
• iPhone'da sayt uchun saqlangan parolni qanday bilish mumkin?
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
⌨️ Funksional klavishlar (3-qism)
• F9 — barcha ochilgan ishchi kitoblaridagi barcha ishchi listlari qiymatlarini (qayta) hisoblaydi;
– SHIFT + F9 birikmasi faol list tarkibidagi qiymatlarni (qayta) hisoblaydi;
– CTRL + F9 birikmasi ishchi kitobi oynasini dastur belgisiga qaratib tushirib qo‘yadi (Свернуть);
– CTRL + ALT + SHIFT + F9 birikmasi bir-biriga bog‘liq formulalarni tekshiradi, so‘ngra barcha ochilib turgan ishchi kitoblaridagi yacheykalar qiymatlarini qayta hisoblaydi.
• F10 — klavishlar eslatmasini faollashtirish yoki o‘chirib qo‘yish (ALT klavishi harakati bilan o‘xshash);
– SHIFT + F10 birikmasi tanlangan element uchun kontekstli menyuni aks ettiradi;
– ALT + SHIFT + F10 birikmasi Поиск ошибок tugmasi uchun menyu yoki xabarni aks ettiradi;
– CTRL + F10 birikmasi tanlangan ishchi kitobi oynasini to‘liq ekranga yoyadi yoki joriy o‘lchamini tiklaydi.
• F11 — alohida listda diagramma yaratish;
– SHIFT + F11 birikmasi ishchi kitobiga yangi list qo‘shadi;
– ALT + F11 birikmasi makros yaratish mumkin bo‘lgan Microsoft Visual Basic muharririni ekranga chaqiradi.
• F12 — Сохранить как oynasini aks ettirish.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📌 1-qism | 2-qism
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija