10111
Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!
- Yo’q, turmushga chiqmadi. O’zini ishga bag’ishlagan. Eng ko’p navbatchilik ham shunda. Tinmaydi. Har kuni izlanishda. Kelasi yildan ilmiy ishini ham boshlaydi.
- Lekin irodasiga gap yo’q. Yana bitta narsa... senga havasim kelayapti... Ishxonangda ham kofe tayyorlab beradigan, kutib oladigan odaming bor...
- Eyy, qo’ysang-chi. Singlimdek-ku.
- Baribir-da. Yomon odamsan, Javohir, yomon odamsan sen (kulib gapirdi).
- Sen yaxshi odamsan. O’zing ham Germaniyada bo’sh yurmagan bo’lsang kerak-a?
- Men to’g’ri odamman. Sendan farqli jihati.
- Judayam...
Shunday hazillar bilan Sarvarni uyiga kuzatib qo’ydim. O’sha yerdayam ozgina gaplashib turib, keyin ertaga ishga borishimni aytib, uyga ketdim. Yo’lda ayolimga telefon qilib, qornim to’qligini, Sarvar bilan ovqatlanganligimni, Sarvar kimligini, nega Germaniyadan qaytganligini, yana ketish, ketmasligini bilmasligimni, ertalab ishga borishimni, borishga majbur ekanligimni, meni kutmasdan dam olaverishini aytib qo’ydim. Hayot hali oldinda. Qiladigan ishlarimiz, davolaydigan bemorlarimiz, kurashadigan kasalliklarimiz bor. Ular borgan sari kuchayib boraveradi, biz ham shunga yarasha ulardan kuchli bo’lib borishimiz kerak. Uyga kelib, mashinani to’xtatib, o’chirdim. Ayiqchali brelok osilgan mashina kalitini cho’ntagimga solib, uyga kirib ketdim...
(tamom).
E'tiboringiz uchun rahmat.
Mualif: G'iyosiddin Gafforov
@Hikoyalar
- Albatta. Sizdan yaxshi shifokor chiqadi. Men unda boshqa bemorlarga ham qarashim kerak edi... Haliroq kiraman. Yaxshi dam oling.
- Rahmat.
Umidani bu fikridan qaytara olmas edim. Qaytarganimda ham uydagilar o’zi qarshi bo’lib turishgandi, hozirgi holatini eshitishsa, battar qarshi bo’lishadi. Shunga nima qilishni bilmayman.
Bir necha kundan keyin Umidaning davo muolajalari yakunlanib, ambulator sharoitda davo muolajalarini davom etirish uchun uyiga jo’natdik. Umidaning yashash uchun yana maqsad va kuch topgani meni xursand qildi. Uning kuchli ishonchi kasallikni yenga olishiga yordam bera oldi.
(davomi bor)
@Hikoyalar
Onam bilan ammam Umidaning uyiga sovchilikka borib kelishdi. Ularni uyda, ishdan vaqtli kelib, kutib oldim. Ichimda qanaqadir hayajon to’lib-toshgandi. Onam Umida haqida ozmi ko’pmi bilardilar. Ammam u haqida deyarli bilmasdilar. Shuning uchun uni “rak” kasal ekan-ku, deb vahima qilib tashladilar. Yo’l-yo’lakay onamning miyasini zaharlab kelganmikanlar, bilmayman. Ammam ketganlaridan keyin onam bilan bo’lgan qisqacha suhbatimizning mazmunini aytib o’taman. Onam o’zi uni kelin qilishga qarshi emas ekanlar. Lekin o’zimning mutaxassisligimni gap orasiga tiqishtirib, uning ertangi asoratlari haqida o’ylaganligimni, bola tug’a olish, olmasligini aytdilar. Lekin qiz yoqib qolgandi-yu. Shu “kichik” ammamning ta’biri bilan aytganda, “katta” muammocha ozgina xalaqit qilayotgan ekan. Ularning uydagilari ham “qizim hali o’qimoqda, qiynalib qolmasmikan” deb mujmal javob berishibdi. Qisqa qilib aytganda, onam ular hozir uzatishmas ekan deb, barcha aybni ularning o’ziga yuklab qo’ydilar. Yanada qisqasi onam Umidani olib bermoqchi emaslar. Shularni gaplashib turganimizda Umidadan “Bugun sovchi jo’natibsiz. Bugun uchrasha olamizmi?” degan sms keldi. “Hop” deb javob yozdim. Gul do’konga telefon qilib, menga qizil va oq atirgullardan 2 ta ayiqchali guldasta yasab berishini aytdim. Borgunimcha yasab qo’yibdi. Ularni olib, kelishilgan manzilda uchrashdim.
- Umida bu gullar sizga. (ayiqcha shakldagi guldastani ko’rib, biroz jilmayib qo’ydi.
- Javohir aka, bugun uyingizdan sovchilar kelishdi.
- Ha, uydagilar uylantiramiz deb qo’yishmayapti. Shunga manzilingizni berishga majbur bo’ldim. Siz belgilagan muddat ham deyarli tugab qoldi.
- Lekin sizga hozir ham bir narsa deyolmayman.
- ...
- Javohir aka, men sizni akamdek ko’raman. Hech qachon turmushga chiqmoqchi emasman.
- Nimaga?
- Oxirgi tekshiruvimda hosila yana paydo bo’lgani aniqlandi...
- Nima?
- Tekshiruvda hosila aniqlandi.
- Nimaga menga vaqtliroq aytmadingiz?
- Aytganimda nima o’zgarardi.
- Tekshiruv natijalarini menga ko’rsating. Nima qilishni rejalashtirishimiz kerak...
- Uyda. Yonimda emas, lekin hozir hech narsa olmoqchi emasman.
- Hammasi yaxshi edi-ku.
- Menimcha Muslima uchun siqilganim ta’sir qilgan bo’lsa kerak.
- Yuring, uyingizga borib, tekshiruv natijalarini ko’rsating.
Umidani uyiga borib, tahlil natijalarini olib, maslahatlashish uchun shifoxonaga ketdim. Ustozlar bilan maslahatlashib, boshlanishiga kimyoterapiya va nur terapiya qilinadigan bo’ldi.
Ertalab Umidani shifoxonaga chaqirdik. Kelishni biroz xohlamadi. Lekin keldi.
- Umida Baxtiyorovna (jiddiy qabul qilsin deb, ismini yoniga otasini ismini qo’shib aytdim) biz sizni tahlil va tekshiruvlaringizni to’liq o’rganib chiqdik va kimyoterapiya bilan nurterapiya qilinadigan bo’ldi.
- Tuzalamanmi?
- Hozir sizga tasalli berish uchun nimadir deb ishontirmoqchi emasman. O’zingiz ham ko’p narsa bilasiz. Tuzalib-tuzalmasligingizni davolash jarayonida aniq ayta olamiz. Bunaqa tashxis bilan bemorlar davolanib chiqib ketishadi albatta.
- ...
- Endi ruhiyatingizni tushirmasligingiz kerak. Hammasi hali oldinda. Qolaversa Muslima uchun ham yashashingiz kerak.
- Mayli. Hammasi yaratgandan. Roziman. Uydagilarga xabar beramiz. Bugundan boshlaymiz.
- Yaxshi.
- Yana bitta narsa...
- Aytavering.
- Kimyoterapiyadan keyin sochim to’kilib ketmaydimi?
- Bunga bir narsa deyish qiyin. Sizga qilinadigan dori, sochni deyarli to’kmaydi. Havotir olmang.
- Rahmat. Nimaga bularni sizdan yashirganimni bilasizmi?
- Yo’q.
- Aytolmayman... (uyalibmi, hijolat bo’libmi, yerga va orqaga qaradi. Ko’z yoshlari oqayotganini ro’molchasiga artayotganidan bilish mumkin edi).
Operatsiya asoratlari so’zini eshitib, Muslimaning yuz ko’rinishi yana o’zgarib qoldi. Avvalgi Muslima bo’lib qoldi. Men boshqa gaplashish ortiqchalik qiladi deb, ota-onalari kelganida chaqirishlarini aytib, chiqib ketdim.
Umida nega javob bermayotganining sababini endi bilmoqchi bo’lganimda, taqdir shuni to’sib qo’ydi. Ozgina qolgandi. Haliroq kirib so’rasammikan? Yo’q, buni o’zidan bilishim kerak. Muslimaga balki boshqa sabab aytgandir. Endi sal chalg’iganimda, Muslima buni yana yodga solib, yuragimning tubidagi xotiralarni uyg’otib yubordi.
Kechga yaqin Muslimaning otasi bilan onasi kirib kelishdi. Ularga qizlari operatsiyaga rozi bo’lganini aytdim. Keyin kuzatilishi mumkin bo’lgan asoratlar, qisqasi hammasi haqida tushuntirdim. Ularning oldida faqat bitta yo’l qolganini tushunardim. Ular ham buni tushunishardi. Bu og’ir qarorni qizlari bilan birgalikda qabul qilishlari uchun, operatsiyaga rozilik xatini berib yubordim. Uning ichida barcha kuzatilishi mumkin bo’lgan holatlar yozilgandi. Faqat familiya va ism yozib, qo’l qo’yilsa bo’ldi... Qo’l qo’ydirib olib kelib berishdi... Ishdan chiqishimda, Umida kutib turgan ekan. Birga piyoda sayr qilishimizni so’radi (balki bugun javobini aytar. Menimcha, indinga, operatsiyadan oldin aytmaydi).
- Javohir aka, olib kelingan ayiqchangiz, juda chiroyli ekan. Menga yoqdi. Muslimaning palatasiga kirganimda ko’rdim-u, siz olib kelganingizni bildim.
- Ruhiy qo’llab-quvvatlash uchun bu kerak edi. Lekin uni mendan ham ko’proq ruhiy qo’llab-quvvatlagan siz bo’ldingiz. Agar siz bo’lmaganingizda, menimcha ko’ndira olmasdim.
- Men ham vazifamni bajardim. Siz meni ko’ndirganingizdek.
- Ha. U paytlar yosh edim.
- Nimagadir shu operatsiya haqida gapirsam, jiddiy, o’ychan bo’lib qolayapsiz. Ishqilib, hammasi yaxshi bo’ladimi? Men unga hammasi yaxshi bo’lishiga va’da berib qo’yganman.
- Nasib, yaxshi bo’ladi... hammasi yaratgandan.
- Avvallari boshqa operatsiyalardan oldin bunchalik o’ychan bo’lmasdingiz?
- Hozir ham bunday o’ychan emasman. Shunchaki charchagandirman. (gul do’kon yonidan o’tayotgan ekanmiz. Anchadan beri gul bermaganim esimga tushib, o’ziga yoqqan gulni olib berdim).
- Rahmat, meni ham xursand qildingiz. (shunday deb gulni hidlab qo’ydi. Va qo’limdan quchoqlab, yelkamga boshini qo’ydi. Oz fursatdan keyin guldastani quchoqlab, sevinib aylandi. Keyin yana yo’lda davom etdik. Uyiga kuzatib qo’ydim).
Operatsiya kuni keldi. Tahlillar hammasi ko’rildi. Muslimani palatasidan ota-onasi, Umida duo qilib kuzatib qo’yishdi. 4 soatlik murakkab operatsiyani o’tkazdik. Operatsiya tafsilotlarini aytib o’tirmayman... Qisqasi operatsiyadan keyin Muslima reanimatsiya bo’limida vafot etdi... Reanimatsiya bo’limi yo’lagida onasini, yana yaqin qarindoshlarini yig’isi tutib ketdi. Ularning oldiga chiqib, nima deyishni bilmay qoldim. Operatsiyadan avval xonada, shunday holat bo’lishi mumkinligini, lekin boshqa variant yo’qligini tushuntirgandik. Shunga deyarli tayyor edilar... Bu holat kechasi bo’lgani uchun, Umida yo’q edi. U operatsiya tugaganidan keyin uyiga ketgandi. Endi aslida bemorlar operatsiyadan keyin reanimatsiyaga chiqadi, ahvoli stabillashgandan keyin palataga qaytariladi. Shuning uchun unday xavotirlanmadi, operatsiyani murakkab kechganini ham aytmagandim. Muslima esa, palataga qaytmadi. Palatasida 2 ta ayiqchasi uni kutib qolib ketdi. Ular egasi endi qaytmasligini bilmasdi.
(davomi bor)
@Hikoyalar
Palatadagi qiz II (davomi) (3) ***
Men 3 yil o’qib, magistraturani bitirdim. Diplom olish marosimida onam, akam (tog’amning o’g’li) qatnashishdi. Mantiya kiyib, uzun qizil gilam ustidan yurib, fakultet dekani qo’lidan diplom oldik. Tabriklash uchun Umida ham keldi, onam, akam turganliklari uchun yaqin kelishga ozgina uyaldi. U diplom olib, ortga qaytayotgan vaqtda ko’zlarimiz to’qnashganda, qarsak chalib qo’yganida ko’rdim. Qo’lida men bergan uzuk bor edi. Birozdan keyin rasmlarga tushib bo’lib, uning oldiga bordim. Samimiy tabriklar tiladi. Ularda yana malakaviy amaliyot boshlanayotganligini, mening shifoxonamda amaliyot o’tashini aytdi. Men shu yerda ishga qoladigan bo’lganligimni, yana ko’rishimizni aytdim.
Ularda malakaviy amaliyot boshlandi. Har kuni ko’rishamiz. Bilmagan narsalarini o’rgataman, ko’rsataman. Endi o’zim ham juda kuchli mutaxassis emasman-u, yaqinda bitirganman, baribir ancha tajribaga egaman. Yana bitta narsa, ustozlar bilan yelkama yelka ishlash zavqi boshqacha ekan. Avval shogird sifatida edim. Hozir esa, barcha mas’uliyat o’zimda. Umida esa taklifimga hali ham javob bermadi. O’zi ham bilib turibdi, bu yil oxirgi muddat ekanini, chunki bitirdim, endi uydagilar uylantirishga ko’ndirishlarini. Uni nimadir ushlab turibdi, nimadir. Agar u javob bermasa, onam topadigan qizlardan biri bilan oila qurishimga to’g’ri keladi...
Bo’limimizga bitta ichak saratoni tashxisi bilan bemor qizcha olib kelindi. Tuzatishning yagona chorasi, operatsiya qilib, ichakni berkitib turgan o’smani olib tashlash. Lekin qizcha operatsiyaga ko’nmayapti. Necha yil avvalgi voqealar yana takrorlanayotgandek edi. Lekin bu safar qiz qaysarroq chiqdi... Uncha bunchasi ko’ndira olmayapti. Yana bitta ko’ndirishga harakat qilish uchun u yotgan 8-palataga kirdim. Bu qizchayam 18 yoshda ekanlar. Ismlari Muslima.
- Assalomu alaykum, kirsam maylimi?
- Assalomu alaykum, keling doktor.
- Yaxshimisiz. Davo muolajalarini vaqtida olayapsizmi? (bilagini ushlab, pulsini tekshirdim, so’ng tonometr bilan qon bosimini o’lchadim).
- Ha, lekin baribir foydasi yo’q doktor.
- Qon bosimingiz ham pasayib ketmoqda. (Stol ustidagi deyarli yeyilmagan ovqatga qarab qo’ydim). Ovqat ham yemayapsiz.
- O’tmasligini bilasiz-ku, doktor.
- (ozgina sukut saqlab turdim). O’ylab ko’rdingizmi?
- Ha, o’yladim. Menimcha operatsiyadan chiqish imkoniyatim past. Internetdan bu kasallik haqida ma’lumotlarni, bemorlarning fikrlarini o’qidim.
- Endi internetga hamma xohlaganini yozishi mumkin.
- Qancha umrim qolgan bo’lsa ham, shu umrimni ibodat qilib, yaxshi qilib tugatmoqchiman. Qancha umr bergan bo’lsa, shuni yashayman. Ozgina qiladigan ishlarim bor. Operatsiyadan qo’rqayotganim yo’q. (shunda yonidagi yumshoq o’yinchoq kichkina “Teddy” ayiqchasini qo’liga oldi). Bilasizmi doktor, menga shunaqa o’yinchoq ayiqchalar yoqadi. Uyda bulardan ko’p. Har xil o’lchamdagilari bor. Bu yerga ko’p mumkin emas ekan. O’shanga 1 ta kichikrog’ini birga olib keldim. O’zi mushuk boqishga ham qiziqaman, lekin uydagilar uyda boqishga ruhsat berishmaydi. (bu gaplar bilan meni chalg’itmoqchi bo’layotgandi). Bu ayiqchani ko’ring, biram shirin.
- Muslima, nasib qilsa, bundan ham ko’p yashaysiz. Biz bu operatsiyalarni ko’p o’tkazganmiz. (shu payt amaliyotda yurgan Umida kirib qoldi). Ishonasizmi, shu qiz ham sizdek vaqtida operatsiya o’tkazgan. Hozir esa, tibbiyot talabasi. 5 daqiqasi kam shifokor. (Umidaga qarab, ozgina kulib qo’ydim).
- (Muslima, Umidaga qarab, ishonishini, ishonmasligini bilolmay turdi. Umida ham nima vaziyat ekanini anglaguncha bir xil qiyofada turishdi).
- Lekin rozilik berdi deb o’ylamaslik sharti bilan-a?
- Ha, shunday, bu uzukni rozi bo’lsangiz ham, rozi bo’lmasangiz ham sizga berish uchun olgandim (uzukni uzatdim. Aslida rozi bo’lganida barmog’iga taqib qo’yishim kerak edi...).
- Vuuy chiroyliligini... (hayratlanib, uzukni tomosha qildi va qo’liga taqib, birinchi o’zi ko’rdi, so’ng menga ko’rsatdi). Yarashibdimi?
- Yarashdi, yarashdi. Huddi siz uchun yasalgandek (aslida ham u uchun yasalgandi)... Yoqqan bo’lsa, xursandman. (Chekkaroqda, olindan buyurtma qilib qo’ygan guldastamni ofitsant yigit olib kelib berdi). Bu guldasta ham siz uchun. Faqat ustidagi yozuviga (merry me) ahamiyat bermaysiz. Rozi bo’lasiz deb o’ylab, shunday yozdirgandim (kulib qo’ydim).
- Chiroyli guldasta ekan, mayli yozuviga ahamiyat bermaymiz... O’zim aytmagunimcha o’zingiz so’ramaysiz, hop?- Hop, boshqa so’ramayman. So’rasam, kal bo’lib qolay (baravar kulib yubordik).
Shu bilan Umidani uyiga kuzatib qo’yib, quyuq xayrlashdim, so’ng 1 chaqirimcha kelgan mashinada yurgach, piyoda yurishni xohlab, tushib qoldim. Yo’lda hayol surib, o’zim bilan o’zim gaplashib ketdim. Meni o’ylantiradigan ko’p narsalar bor edi. Umida menga, shunda silliq qilib, rad javob berdimi? Yoki rostdan ham o’ylab ko’rmoqchimi? O’ylasa qancha vaqt o’ylaydi? Uydagilar ertaga meni uylanishga qistab qolsa, nima deb aytaman? O’zimga qolsa, magistraturani tugatishni istayman...
Endi Umidani uncha bezovta qilmaydigan bo’ldim. Bilmadim, deyarli rad javobini bergani uchunmi? Yoki rozi bo’lishiga ko’zim yetmayapganigami? Bir tomondan hozir ish, o’qish ham ko’paygan o’zim uchun ham bo’sh vaqt topish qiyin bo’layotgan edi. Ko’rishishni, birga tushlik qilishlarni kamaytirdim. Agar mabodo rad javobini beradigan bo’lsa, unga o’rganib qolmayin, derdim. Kimdir aytishi mumkin, sevgi uchun kurashish kerak, yana nimalardir deb. Menda bitta qoida bor, suymaganga, suykalma! Balki uni sevmasman, shunchaki yoqtirarman.
(Davomi bor)
Uydagilar bitirganimdan boshlab, uylanishim kerakligini aytib, boshni qotirib tashlashgan edi. Ularga magistraturaga kirishimni, so’ng bu haqida gaplashamiz deb muhlat so’ragandim. 25 yoshga endi to’lgan bo’lsam. Endi uylanishga qattiq o’ylanish boshlandi. Hayolim Umidada. Unga sovchi jo’natsam... U rozi bo’larmikan? O’ziga aytsammikan avval? Hozir o’qiyman, turmushga chiqishni o’ylamayapman deb rad javobini bersa kerak. Lekin tavakkal qilishga uncha botina olmayapman. To’sattan sovchi qo’ysamchi? Hafa bo’lib qolsachi? Keyin ikkalamizning kontraktimiz bor. Uning uydagilari kontraktini to’lashga yordam berishi ham mumkin, lekin men uni qabul qila olmayman. Ishlab topganim, o’zimnikiga yetadi. Ota-onam qarashishar. Ishlari yaxshi-ku. Hop, avval Umidadan, meni uydagilar uylantirmoqchi ekanini aytib, maslahat so’rayman. Va shu orada uning qo’lini so’rayman. Rozi bo’lsa sovchi jo’nataman. Bitta uzuk sotib olishim kerak. Uzuk ham qandaydir noodatiy bo’lishi kerak. Yoki yasattiraman. Tibbiyot ramzi idishga o’rmalab chiqayotgan ilonni gul o’rniga yasatiriman. Bittagina yaltiroq toshi ham bo’ladi. Agar taqdir bo’lsa, birga bo’lamiz.
Hozir ular malakaviy amaliyotda, bizning shifoxonamizda amaliyot o’tashmoqda. Amaliyot tugaganidan keyin uni yaqin atrofdagi restoranga taklif qildim.
- Umida, darslarni eson-omon tugatib oldingizmi? Ancha moslashib qoldingizmi?
- Ha, moslashayapmiz. Lekin ba’zi fanlar qiyin ekan. Ayniqsa anatomiya! Ko’p narsani yodlash... eslab qolish. Vuuuh.
- Ha, eng keragi ham anatomiya. Barcha fanlarimizning asosida shu fan yotadi. Agar anatomiyani yaxshi o’zlashtira olmasangiz, boshqa fanlarni tushmay qolasiz.
- Ustozlar ham boshida shunday tushintirishdi.
- Agar jarrohlikni tanlaydigan bo’lsangiz, barcha ichki tuzilmalarni o’rganishingiz kerak bo’ladi.
- Ha, men ham sizga o’xshab, jarroh bo’laman.
- Menga shogird bo’lar ekansiz-da unda (deb kuldim).
- Albatta.
- Umida, qisqasi sizga bir gapim bor. Uydagilar meni uylantirishmoqchi bo’lishmoqda. Qisqasi o’shanga...
- (nimadir demoqchi bo’lib, yutinib qo’ydi).
- Shunga nima deyishga ham hayronman.
- (yana jim, ko’zlarini pirpiratib qo’ydi. Hayajonini bosish uchun yonidagi suvni ichdi).
- O’zi uydagilarga ko’z ostimga olganim yo’q deganman. Lekin sizni uchratganimdan keyin, bu fikrim xatomi deb o’yladim.
- ...
- Hozir nima desangiz ham sizdan hafa bo’lmayman. O’sha paytda vaziyatni tushuntirgandingiz. Balki avvalgi gaplarimiz hazil-huzul bo’lgandir. U paytga qaraganda ozgina bo’lsa ham ulg’aydik... Bundan keyingi hayotimni siz bilan tasavvur qilayapman (shunday deb yasatib kelgan uzugimni uzatdim).
Palatadagi qiz II (davomi) (2) * * *
Umida hazillashmagan ekan, tibbiyot oliygohiga kirish uchun astoydil tayyorlanishni boshladi. Kirish imtihoni bo’ladigan fanlardan topib bergan repetitorimga borib, tayyorlandi. Tushunmagan joylarini o’rgatib turdim. Bir xillarida ozgina chalg’isin deb, darsdan chiqqanidan keyin turli joylarga aylanishga bordik. Teatrga tushdik. Restoran, yo’g’e, kafelarga borib ovqatlandik. Talabalikda restoranga borishga pul qayerda edi. Keyin 2 ta guldasta bilan uyiga kuzatib qo’ydim.
O’sha hayajonli kunlar keldi. U imtihon topshirgani kirib ketdi. Qo’llab turish uchun birga bordim. To’g’risi o’zim, imtihonga kirgan vaqtimda bunchalik hayajonlanmaganman. Uni chiqishiga 2-3 soat vaqt borligidan foydalanib, yaqin atrofdagi gul do’kondan guldasta olib kelib turdim. Bir qancha vaqtdan keyin xursand bo’lib chiqib keldi. Aytishicha biladigan savollari tushgan ekan. Unga omad tilab, uyiga kuzatib qo’ydim. Keyin shifoxonaga, ustozimni yoniga navbatchilikka ketdim. O’zimning ham bir yillik o’qishim bor va magistratura yoki ordinaturaning birortasiga kirishim kerak edi. Tibbiyotda bularni o’qimasangiz, hech kimsiz. Shuning uchun ham ixtiyoriy-majburiy narsa hisoblanadi.
Bir qancha kundan keyin javoblar e’lon qilinishini aytildi. O’sha kuni Umida javoblarni bilish uchun Tibbiyot oliygohiga bordik. Javob varaqalarini eshikdan kiraverishga chiroyli qilib osib qo’yishibdi. Bo’lajak talabalar va omadi kelmagan abituriyentlar o’zlarini nechi ball olganliklarini qiziqish bilan qarshayotgan edi. Biz ham bir chekkadan suqilib kirib, yaxshi niyatda byudjetning birinchisidan qarashni boshladik. Raqamlarga qaraymanu, o’zimnikini ko’rayotgandek hayajon bosardi. Byudjet ro’yxati borgan sari pastga tushib borarkan, qaltiroqli hayajon kuchayardi. Shu payt Umida kontraktga kirganlar orasidan o’zini topganini aytdi va xursandligidan baqirib yuborib, meni quchoqlab oldi. Men ham tabriklab, beixtiyor quchoqladim. Ikkalamizni quvonchimiz dunyolarga sig’masdi. O’zim o’qishga qabul qilinganimda ham bunchalik quvonmagandim. Keyin uydagilariga telefon qilib, suyunchi berdi. Qisqa, ammo mazmunli suhbat bo’ldi. Gaplashib bo’lganidan keyin, aytishicha uydagilari meni uyligiga taklif qilishibdi. Tibbiyot oliygohiga kirganligini “yuvib” berishar ekan. Endi ozmi-ko’pmi, menda ham hissa bor-ku.
Yo’lda taksi to’xtatib, uning uyiga yo’l oldik. Yo’lda o’ylab ketayapman. Taqdirimiz endi nima bo’ladi. Unday uylanish fikri yo’q-ku. Lekin shuncha vaqt ichida bir-birimizga ancha bog’lanib qolgandik. U ham sovchi yuborishim haqida boshqa so’ramadi. Men ham unga hech narsa demadim. Tashqaridan qaraganda xuddi aka-singildek, yoki do’stlardek yurardik. Uylariga ham ko’p borganim uchun meni yaxshi tanishardi. Xuddi o’zligimdek.…. bilmadim. Qanaqa qabul qilishadi o’zi. Umida yo’lda sinfdoshlari, dugonalari, qarindoshlariga telefon qilib, o’qishga kirganini aytib, maqtanish deymizmi, bildirishmi, qisqasi xursandchiligini ulashib kelmoqda. Menga unday e’tibor ham bermayapti. Menda ham oldinda oxirgi kursim qoldi.
Palatadagi qiz II.
(1) 12 yildan so’ng.
Bugun o’zgacha kun. 10 yil avval o’qish va ishlash uchun Germaniyaga ketgan kursdoshim Sarvar qaytib kelmoqda. O’shani kutib olish uchun aeroportga bordim. Telefonda, internet orqali gaplashib turganimiz uchun, ko’rib birdaniga tanib oldim. Lekin semirib ketibdi, Germaniyaning havosi yoqibdi shekilli. Uni kutib olib, ovqatlanish uchun yaqin atrofdagi “Milliy taomlar” kafesiga olib bordim. Yo’lda hol ahvol so’rashib, yoshlikni eslashib yetib oldik. Keyin unga osh buyurtma berdim, Toshkent to’y oshini sog’ingan bo’lsa kerak. O’zimgayam osh buyurtma qila qoldim. Har holda bir xil taom yeyish odatim bor. Kulishib, ovqatlanib ham bo’lgandik. Sarvar mendan so’rab qoldi:
- Javohir, esingdami? 5-mi 6-mi kurslik paytingda bir davolagan bemor qizga uylanmoqchi bo’lib, yurgan eding. Adashmasam sovchi ham jo’natganding?!
- Umidani aytayapsanmi?
- Ha, o’sha, ismi Umida edimi?
- (biroz o’ylanib qoldim) Ha, Karimova Umida Baxtiyorovna.
- O’sha, uyiga 4 ta guldasta ko’tarib borgan eding, keyin men ketib qoldim. Sen boshqa bu haqida gapirmading. So’raganlarimda gapni boshqa yoqqa burarding.
- Ancha voqealar bo’ldi. Agar uyingga shoshilmayotgan bo’lsang, aytib beraman.
- Shoshmayapman. Menga shu qiziqroq.
Umida onangiz bilan ammangizni jo’nating deganini, boshida tushunmadim, keyin unga mehr ko’rsatganimga, gullar berganimga, meni yoqtirib qolgan ekan. To’g’ri u chiroyli qiz edi. Kelishgan. 18 yosh (men 24 yosh) navnihol edi. To’g’risi shoshib qoldim. Nima deb javob berishni ham bilmadim. Keyin birgalikda kulib, olib kelaman, siz yaxshilab tuzalib oling, deb chiqib ketdim. Ortimdan qarab qoldi va 1 ta guldastani olib chiqib, onamga berib qo’yib, salomini yetkazishimni aytib, o’zingiz aytganingizdek, uyimda guldastalar soni 4 ta qoldi, 5-chisi ortiqcha, dedi. U bu gaplarni aytayotganda juda ham yaqin turganligi sababli, ko’z nigohlarini yaqqol ko’rib turardim. Avval ko’zlariga bunchalik yaqindan qaramagandim. Shunda men ham unga o’zimda qandaydir iliqlik his qildim.
Qo’limda gul bilan uyga ketayapman. Onamga nima deyishni bilmayman. Sovchilik haqida gapirishni emas, gulni qanday berishni aytayapman. Chunki tug’ilgan kunlaridayam, bayramlardayam gul bermaganman. Hozir nima deb olib boraman. Bu gul bo’lajak keliningizdan. Sizga berib yubordi, shu gulday ochilib yurarkansiz, otashin salom aytdi deymanmi? Shularni o’ylab, boshim qotdi. Keyin uyga yetib kelganimni sezib, onamga shunchaki ularni yaxshi ko’rishimni aytib, gul olib kelganimni, hech qanday sababsiz, gul berish uchun qandaydir bayramlar bo’lishi kerakmasligini, bayramlarsiz ham gul berish mumkin dedim. Onam shunda gulga qarab turib, so’ng menga ma’noli qaradilar: - O’g’lim, shu yarimtasini sevib-sevib qolmadingmi? Hozir sovchilikka boradigan manzilini ham aytasanmi? - dedilar. Shoshib qoldim. Chunki bunaqa deyishlarini kutmagandim. Yo’q, hech qanaqa qiz.… Shunchaki olib keldim. Agar xohlamasez... (uyda televizor ko’rayotgan otamga ishora qilib) otamga beraman dedim. Hech zamonda erkak kishigayam gul beradimi, deb onam gulni olib qoldilar.
Umida bilan telefonda gaplashib turdim. 1 haftalardan keyin uyiga borib, hol ahvolini bildim. 2 ta guldasta ham oldim. Bemalol erkin harakatlanib yuribdi. Orada telefonda hol-ahvol so’rab turdim. 3 haftalardan keyin yana 2 ta guldasta ko’tarib, uyiga bordim. Endi ko’rinishi ancha o’ziga kelgan. Ko’rgan hech kim Umidani kasal deb o’ylamaydi. Uydagilarining roziligi bilan yaqin atrofdagi hiyobonni aylantirib kelishga ruhsat so’radim. Hiyobonga yetib borib, aylanib yurib gap boshladim:
- Umidaxon, qanday endi, kayfiyatlar?
- Yaxshi, shukur. Hozir juda ham baxtiyorman. Balki operatsiya qildirmaganimda, davolanishga bormaganimda bunday yurmasmidim. Keyin...
- Nima keyin?
- Keyin... (qisqa o’ylanib turib) Keyin sizni uchratmagan bo’lardim. Siz hayotimni saqlab qoldingiz. Siz bo’lmaganingizda, menga ishonch bermaganingizda, dalda bo’lmaganingizda, meni hech kim operatsiyaga ko’ndira olmasdi. Allaqachon hayotdan umidimni so’ndirgan edim.
Ertasiga ertalab, usha derazada, 2 ta guldasta o’rtasida, chiroyli qiz menga jilmayib qarab turibdi. Men unga hammasi zo’r deb, qo’lim bilan ishora berdim...
Operatsiya qilindi. Yaxshi o’tdi. Uni palatasiga har kuni kirib ko’rib turdim. Guldastalari so’layotgan bo’lsa, yangilarini olib kelib turdim. Ota onasi ham mendan hursand bo’lishdi. Butunlay sog’ayib, uyiga jo’natishganda, va’daga muofiq, 4 ta guldasta ko’tarib bordim. U esa menga hazillashib:
-Bir o’zingiz keldingizmi?
-Ha, domlamni vaqtlari yo’q ekan.
-Yo’q, onangiz bilan ammangizni olib kelmadingizmi?
-To’g’risi sizni tushunmadim.
-Sovchilikka deyman. Sovchillikka... (u haholab kulib yubordi. Mengayam yetib borib, hoholab kuldim).
(davomi bor)
@Hikoyalar
Palatadagi qiz (Hikoya)
Darsga kelayotganimda, qizil kiyimda bir qiz doimo palatasi derazasidan ko’chaga qarab turar edi. Yonida ikkita guldasta bor. Gullar ham, u qiz ham juda chiroyli.
Men Tibbiyot akademiyasida o’qiyman. Darsimiz onkologiyaning “Kolopraktalogiya” bo’limida bo’layotgan edi. U qiz ham shu bo’limning palatasida davolanayotgan edi. Uchinchi kun darsga kelayotganimda, shoshib yurib borardim. Chunki darsga kech qolayotgandim. U qiz esa meni shoshib yurishimni ko’rib, jilmayib qarab turardi. Menam unga qarab jilmayib qo’yib, tez yurishda davom etdim. Tanaffus paytida, shu qiz yotgan palataga kirdim. U ko’rib hayron bo’ldi va meng savol berdi:
-Siz shifokormisiz?
-Avval salomlashilardi shekl...
-Kechirasiz. Assalomu Alekum.
-Voalekum Assalom. Yo’q, shifokormasman.
-Unda ...
-Tibbiyot talabasiman. Nasib qilsa, 5 daqiqadan keyin shifokor bo’laman.
-To’g’risi gapingizni tushunmadim.
-Bir gapni eshitmaganmisiz? Yuqori kurs talabalariga 5 daqiqasi kam shifokorlarsanlar deyishadi.
-Haaa. Shunday demaysizmi?
-Mana dedimku. Sizni har kuni shu derazadan ko’rib o’taman. Derazangizda, 2 ta guldasta va siz bilan 3 ta chiroyli guldasta borligi ko’rinadi. Siz bu guldastalardan ham chiroyli ekansiz.
-Iltifot uchun rahmat. Juda gapga usta ekansiz.
-Ha, bilaman. Lekin o’zimni bunday his qilmayman. Negadir sizni oldingizda ko’p gapirib, gapga ustadek ko’rinayotgan bo’lsam kerak.
-Juda oshirib yubordingiz endi.
-Yo’g’e. Oshirib yuborsam, toshishi kerak edi. Toshmayapti, demak oshmadi.
-Xaxaxa. Rosayam qiziqchi ekansiz. Anchadan beri zerikib yotgandim.
-Shuning uchun ham ertalabdan ko’chaga qarab o’tirarkansizda.
-Ha. Shunda sal chalg’iyman. Qachon bu darddan qutilarkanman. Bilmadim.
-O’zi nima bilan yotibsiz. Nimaga davolanayapsiz? (Bilmagandek so’radim)
-Yog’on ichagim kasal. Bu yer qanday shifoxona ekanini bilasiz. Yog’on ichagimda o’sma bor ekan.
-Usha kasalingiz sizni sevib qolgan ekan. Ushanga sizga yopishib olgan. Shunday chiroyli qizga, bunday kasallik... Hazil.
-Gapirmang. Ozi meni kasalliklar rosa yaxshi ko’radi. Esimni taniganimdan beri, hali u kasal bilan, hali bu kasal bilan davolanaveraman. Bu kasalligimni davolash uchunam ancha dori ichdim. Kimyoterapiya, nurterapiya, birnarsa terapiya Ichim apteka bo’lib ketdi. Lekin tuzalmayapman. Shifokorlar, operatsiya qilib, o’smani olib tashlash kerak deyishayapti.
-Shunchalik jiddiy bo’lib ketganmi?
-Ha. Ancha vaqt davolanmadim. Og’riqqa chidadim. Dardimni hech kimga aytmadim.
-Hozir yoshingiz nechida?
-Qizlar yoshini aytmaydi-yu!?
-Mayli, siz bir marta istesno tarzda ayta qoling. Yaxshilik uchun.
-Hop. 18 da.
-18 da ekan yoshingiz, qop qora ekan, ko’zu qoshingiz... degan ekan shoirlar...
-Judayam ko’ngil ko’tarishga usta ekansiz. Kelganizdan beri kayfiyatimni ko’tarayapsiz.
-O’zi kayfiyat ko’tarishda bizni vazifa. Og’riqqa chidagan ekansiz. Keyin nima bo’ldi?
-Keyin uydagilarga aytdim. Shifoxonaga olib kelishdi. Davolandim. Ozgina yaxshi bo’ldim. Keyin uyga javob berishdi. Ular menga bergan tavsiyalarini bajarmadim. Keyin yana boshlandi. Ancha vaqt murojat qilmagandim. Bu yerga kelganimizdan keyin operatsiya taklif qilishdi. Meni kasalim o’tib ketibdi.
-Hmmm. Operatsiya qildirasizmi?
-Qo’rqayapman. O’smani davosi baribir yo’q. Yana qaytalanadi.
-Nega qo’rqayapsiz? Qaytalanmaydi. Davosi shu!
-Bilmadim. Operatsiya qildirsam... Keyin uyg’onmasamchi? Balki shunday ko’proq yasharman.
-Nega, hamma uyg’onayaptiku. Agar jiddiy bo’lsa, operatsiya qildirish kerak. Undan ham ko’p asoratga olib bormaslik uchun. Keyin kattalashib ketsa... Chidab bo’lmas og’riq... Oldini olgan yaxshi-ku!
-Bilmadim.
-Siz yaxshilab o’ylab ko’ring. Men yana ertaga kelaman.
Shunday qilib, men ertasi kuni yana ertalab uni derazasi yonidan o’tdim. Meni ko’riboq yuziga hursandchilik yugurdi. Darsga kirib, tanaffus paytida uni yoniga kirdim.
– Тўхтанг, бир пиёла чой ичмай кетасизми?
– Бошқа вақт.
– Ахир, боламни текширдингиз, вақтингизни олдим.
– Хижолат бўлманг. – Шундай деб пойгакка етдим. Оёқ кийимимга энгашаётиб, деразага кўзим тушди: йигит тизза бўйи чуқурликдан тупроқ чиқармоқда эди. Боягидан ҳам важоҳат ила ишлаётгани юрагимда алланечук ҳадик уйғотди.
– Бирпас ўтиринг, – очиқчасига ялинди Ойхол.
– Узр, нариги қишлоққа боришим керак.
– Сизда ишим бор, ака.
Туфлимни кияётган жойимдан кўз қиримни ташладим.
– Менда? Нима иш экан?
– Эримнинг аҳволини кўраяпсиз, у туғма касал, ақл-ҳуши жойидамас...
– Синглим, кўринишингиздан лоқайд аёлга ўхшамайсиз. Шифокорларга мурожаат қилмаслигингиз мени ажаблантираяпти. Эрингизнинг касали билан ҳам шуғулланадиган мутахассислар кўп.
– У бечора энди одам бўлмайди. Қариндошларим мажбурлаб беришган мени. Туҳмат сабаб фотиҳам бузилиб, ҳеч ким совчи юбормай қўйганди... – Жувоннинг кўзлари пирпиради. – Кейин шу хонадондан келган совчиларга розилик беришди. Ноилож, йигитга узатишди-ю ҳеч бири ҳолимдан хабар олмайди, қўшнилар билан чиқишмайман, доим ғийбатимни қилишади. Гўёки... – жувоннинг кўзлари ёшланди. – ...Уч боламнинг отаси эрим эмас эмиш. Яқинда вафот этган қайнотам... Хуллас, умрим туҳматда ўтаяпти. Мен... менга "медпункт" ҳам узоқ... мен...
Ҳўнграб йиғлаб юборса керак, деб тахмин қилгандим. Йўқ, у ўзини қўлга олди.
– Нимадир демоқчимисиз?
– Касалман... мазам йўқ... – деди жувон.
– Нима безовта қилади? Айтинг.
Ойхол деразадан ҳовлини бир зум кузатиб, менга ғалати қараб қолди.
– Касалингизни айтинг, – дедим юрак ютиб, – қулоғим сизда.
– Ўн кундан бери баданимда тошма бор, уйқуга ётсам қичишади. Кечадан бошлаб янада кўпайди.
– Тошмами? Кўриниши қанақа?
– Шу... қизил-қизил... Қўлимга ҳам тошган. Мана.
У енгини шимариб, оппоқ билагини очди. Аллергия белгиларини кўрдим. Тирсагидан ушлаб, енгини юқорироқ шимардим.
– Бу хавфли эмас, дори ёзиб бераман.
– Мен ҳам хавфли эмас, десам... Шунча кун қилмаган давом қолмади, қайтага кўпайиб бораяпти... Елкамга ҳам тошган...
У тиззалаб ўтирди ва ёқасини кенг очиб, елкасини кўрсатди. Дарвоқе, елкасидаги тошмалар қўлидагидан кўп эди.
– Ўзингизча даво қилманг, – деб енгил койиди, – узоқ бўлса ҳам "медпункт"га бориш керак эди. Булар... – тошмаларга яна бир кўз югуртирдим. – Аллергия билан ҳазиллашиб бўлмайди. Мен айтган дориларни оласиз ёки "медпункт"га боринг. Кўрмагандай бўлиб кетасиз... Узр, қўполроқ бўлса ҳам сўрайман, синглим, тошмалар фақат қўл ва елкангиздами?
Жувон бош силкиди. Тўсатдан кўзлари ярқ этиб очилди-да, ёқасини туширди.
– Сизга касалимни кўрсатмаслигим керак эди, – деди у жаҳл аралаш.
– Дўхтир эканимни унутманг.
– Барибир... эркак кишисиз.
– Тиббиётдан анча узоқлашиб кетибсиз, – дея ўрнимдан тураётгандим, қўлимдан маҳкам ушлади.
– Кечиринг, ака... Мен бу уйга тириклай кўмилганман... Ҳатто, оддий тошмаларимни ҳам даволатмаяпман... Сел келди-ю тақдир сизни юборди...
– Тақдир мени юборгани йўқ. Ўзингиз қирга чиқиб келдингиз.
– Қишлоғимизга келмаганингизда, бегона врачни бу атрофда қаердан ҳам учратардим.
– Қўлимни қўйиб юборинг. Касалингиз менга таниш. Эртага ҳам қишлоғингизга шифокорлар келади. Сизни даволайдиган аёл врачни юбораман.
– Нега "Касалингиз таниш" деяпсиз?
– Эрингизнинг ақли заифлиги, ўғлингизнинг безовталиги, баданингиздаги тошмаларни назарда тутмадим. – Шундай дея жувоннинг бошига ишора қилдим. – Ҳамма гап анави жойингизда.
Шу пайт ташқарида эшак ҳангради. Ойхол сапчиб туриб, хона ўртасига чопди. Нима қилишни билмай бир зум қаққайиб қолди. Ниҳоят, боласини қўлга олиб, деди:
– Дўхтир ака, келган одам қайнотамнинг яқин дўсти, жуда бадгумон киши. Иккимиз уйдан бирга чиққанимизни кўрса, гап-сўз қилади.
– Мен врачман, – туфлимни кийдим. – Ҳозир учала қишлоқда ҳам шифокорлар оралаб юришибди. Ўзингизни шундай тутсангиз, ҳар қандай одам шубҳага боради.
– Сиз ҳам мени ёмон хотин деб ўйладингиз-а?
– Йўқ, сиз бир умр шундай ҳадикда яшаётганингиз учун ҳам ўзингизни нобуд қилаяпсиз. Ҳаётга очиқ кўз билан қаранг. Одамлар яхши. Одам одам билан тирик.
Олтмиш ёшлардаги киши эшагини тол шохига боғлаётган экан, мени кўриб хиёл тараддудланди.
ТОҒЛИК ЖУВОН
ХЎРЛИК КЎЧАСИ...
Шоҳида эрта тонгда телефон қўнғироғидан чўчиб уйғонди.
Уйқусираганча пайпасланиб телефон гўшагини қулоғига тутди.
- Алло..
- Шоҳи. Бу менман. Тинчмисизлар?- бу собиқ эрининг овози эди.
- Раҳмат. Тинчликми, эрта тонгда йўқлаб қолибсиз?
- Юрагим сиқилиб кетди. Сени кўргим келяпти.
- Яхши. Уйга келаверинг.
- Йўқ. Кўчада учрашамиз, яхшиси. Болалардан уяламан.
- Хўп.
Шоҳида эри Муталиб билан 15 йил аввал университетда танишган. Бир-бирларига меҳр қўйиб, турмуш қуришди. Ҳаётнинг энг қийин, оғир дамларини бирга кечиришди. Аста-секин эри ишга жойлашди, ўзи эса кетма –кет фарзанд кўриб, уларнинг парвариши билан банд бўлиб қолди. Катта-катта пул топиб, машинали бўлган эрини бирдан “ патагига қурт тушди”. Уйига сиғмай қолди. Ишдан бўшади, дегунча уйига ошиқадиган эр, энди уйга ортмай қолди.
- Ҳм... Шоҳи... Иш кўпайиб кетди. Бугун текширувга борамиз. Мени кутманглар. Вазирликдан меҳмонлар келди.
Кун ора келган эр унга яхши гаплар айтиш ўрнига суюкли хотинидан нуқсон излай бошлади. “Ёқамга яхши дазмол босмабсан”, “Овқатингни тузи паст”, “Бунча кампирга ўхшаб букчайиб юрасан”.....
Шоҳида шуларни эсласа юраги сиқилади. Ахир қачонлардир “менинг фариштам”, “Ўлаётган одам сен қилган овқатни еса тирилиб кетади” деган мақтовли сўзлар қаёққа кетди. Наҳотки ҳаётининг оғир дамларида суянч бўлган аёл эркакнинг пули ортган сайин бир буюмдай унинг учун кераксиз матоҳга айланиб қолса...
Кейинроқ эшитди. Эри ўзидан икки ёш кичик рус қизга уйланиб олган экан. Ўғилли бўлишибди. Буни сезиб қолганини билган эр энди унга ошкора таҳдидини бошлади. Аёл шўрлик фақат эрини инсофга чақирар эди.
-Дадаси, уч болангизни ҳурмати йўқми? Нега бундай қилдингиз? Болаларингизни келажагини ўйламадингизми?
- Вайсайверма... Овозингни чиқарсанг, қорамни ҳам кўрмайсан. Мендан бир тийин ҳам ололмайсан.
- Нима?
Бу гап Шоҳидани жон-жонидан ўтиб кетди. Энди эри пуллик бўлиб қолибди-да. Эри диссертациясини ёқлаётганида олий маьлумотли ўқитувчи бўла туриб, икки жойда ишлаб, яна фаррошликни ҳам қўшиб, болалари билан қийналиб яшаган кунларини эслаб дод, деб йиғлаб юборай деди. Алами, хўрлиги келди. Дунёнинг юкини гарданига олган ер ўқи айланаверар экану, ҳаётда одам боласи давлат топган сари қалб кўзи хира тортиб бораверар экан. “Яхши топсак зорланмаймиз. Болаларимиз кемтиклик кўрмайди. Мингни берган тангри, бирини олиб, инсонга тирикликнинг бир камлигини ёдга солиб қўяркан.
Қисмат эндигина кўксига шабода теккан аёлдан эрини, болаларидан эса ота меҳрини осонгина юлиб олди. Тўкисликнинг кемтик дил боласини камини тўлдиришга тадбиркор аёлнинг ҳам қурби етмаслигини англасада, эрини ортга қайтариб бўлмаслигини тушунгач, Шоҳида жаҳл отига минди:
- Ўша алвасти биздан азиз бўлса, остонамизга қайтиб қадам босманг. Бизни унутинг!
Муталибга шайтонни араваси чиройли кўринди. Шайтонни от ўрнида қамчилаб, болаларига “хайр” ҳам демай, “Хотин зоти қуриб кетгани йўқ. Дарахтни бир тепсам, ёнғоқни ўрнида ҳам хотин ёғилади. Сен эса эрсиз қоласан. Сенга ҳатто мукиллаган чоллар ҳам қиё боқмайди. Умрбод эрсиз ўтасан,- деди-ю, уйдан бадарға кетди.
Омад, дегани эркак бошидан тилла танга сочиб ўтирадиган фаришта эмас экан. У бир келиб, бир кетаркан. Уни тутиб олган умрбод жони роҳатда яшаркан. Мағрурланиб ўзидан кетгани эса, ҳавойи ҳавасларга алданиб икки қўли бўш қолар экан. Муталиб давлати борида ҳалоли пок хотинини, пушти камаридан бўлган болаларини ҳам унутди. Ёш маъшуқаси Светлана учун эса кўкдаги ойни узиб беришга шай эди. Аммо, маъшуқанинг эркаликлари бир кун уни нажотсизлик дарёсига ғарқ қилди. Светлана бу -Шоҳида эмас эди. “Дадаси, борига сабр қилайлик” демади. Зеро, у бундай гапларни айтишни ҳам билмасди.
-“Купи...”, “Обязательно приниси, если не можеш, я уйду богатому”..
Муталиб бу гапларни агар Шоҳидани оғзидан эшитса, албатта уни оғзи- бурнини қонга тўлдирарди. Аммо Светланага қўл текизолмайди. Уни тоифаси қонунни пеш қилиб, қўлига кишан урдиришдан тоймайди. Муталиб вақт ўтган сари хатосини тушунаркан, ўзидан жиркана бошлади.
Palatadagi qiz II (davomi) (5) ***
Sarvar bilan gaplashib turganimizda telefonim jiringlab qoldi. Shifoxonaga chaqirishayapti. Kecha operatsiya bo’lgan bemor bezovta bo’layotgan ekan. Sarvarga vaqti bo’lsa, shifoxonaga borib kelishimizni, keyin uni kuzatib qo’yishimni aytdim. Sarvar rozi bo’ldi.
- Javohir, shunaqa taqdiring nima bo’ldi keyin, uylanganing, bola chaqang borligini eshitganman.
- Ha, keyinroq onam topgan qizga uylandim. Xarakteri yaxshi. Tushunadigan. Uyga borganimda, xushmuomilalik bilan kutib oladi. Kofe, yoki choyni ta’bimga qarab tayyorlab beradi. Ovqatlarni shirin tayyorlaydi. 2 ta farzandim bor. Hozir dekret ta’tilida, uyda o’tiribdi. Yashashimiz yomon emas. Ish ham ancha yaxshi. Sharoitlar yaxshilanmoqda. Ta’minot yaxshilandi. Nasib qilsa, ilmiy ishni ham tugatay deb qoldim.
- Ooo. Bu zo’r. Eson-omon tugatib ol.
- Rahmat.
- Umidaning taqdiri nima bo’ldi keyin? Tuzalib ketdimi, shu joyini aytmading.
- Hozir shifoxonaga yetib keldik. Keyin gaplashamiz.
- Hop.
Mashinani avtoturargohga qo’yib, shifoxonaga kirdik. Sarvarni shifokorlar xonasiga olib kirdim. O’sha yerda o’tirib turishi qulayroq. Men ungacha bezovtalangan bemorni ko’rib chiqaman. Shifokorlar xonasiga kirganimizda xonada hech kim yo’q ekan. Navbatchi shifokor palatalarda bemor ko’rayotgan bo’lishi mumkin. Sarvarga stol yaqinidagi kresloga o’tirishni taklif qildim. O’zim shkafdan ustimga oq xalat kiyish uchun bordim. Shunda eshikdan oq xalat kiygan, sochlari yig’ilgan, rangli qalpoqcha taqqan, qora qosh ko’zli, barmog’ida ilon ramzli uzuk bo’lgan navbatchi shifokor kirib keldi va biz bilan salomlashdi.
- Assalomu alaykum, yaxshi keldingizmi (shkaf kiraverishda bo’lgani uchun, Sarvarga ahamiyat bermadi).
- Vaalaykum assalom. Rahmat. Keldik. Tanishing bu yigit kursdoshim Sarvar. Germaniyada ishlaydi deb aytgandim-ku, o’sha.
- (Sarvar borligi bilan ozgina hijolat yoqib oldi va sal mayinroq ovozda salomlashdi). Assalomu alaykum. Yaxshimisiz? (Sarvar ham sal hijolatliroq alik oldi).
- Sarvar, bu shifokorimiz bilan tanish, hamkasbimiz, ham shogirdimiz, ham singlim Umida Baxtiyorovna! Bugun navbatchilikdalar. (Sarvar Umidani ko’rib qotib qoldi. Salomlashishni ham, nimadir deb gapirishni ham bilmay qoldi).
- Tanishganimdan xursandman. Javohir Ergashovich, nima tayyorlay, choy, kofe! O’rtog’ingizga-chi?
- Sarvar nima ichasan? (uning javobini kutmadim). Ikkita kofe tayyorlayvering, shirinligi har doimgidek bo’laversin. Men ungacha bemorni ko’rib kelaman.
- Hop bo’ladi.
- Hozir kelaman (men bemor ko’rib keldim. Kelgunimcha kofe tayyor bo’lgan ekan. Ustimdagi xalatni yechgandim, Umida xalatni qo’limdan olib, shkafga, joyiga osib qo’ydi). Kofe zo’r chiqibdi. Tavsiyalarni bemor kasallik tarixiga yozib qo’yaman. Shularni qilishni hamshiralarga aytasiz.
- Hop. Rahmat. Sizlar bemalol o’tiraveringlar. Men bemor bilan shug’ullanaman.
- Yaxshi. Biz kofedan keyin ketamiz. Sarvarni uyiga kuzatib qo’yishim kerak.
- Hop. Agar ko’rishmasak, sog’ bo’linglar. Yaxshi yetib olinglar.
- Navbatchiligingiz yaxshi o’tsin. Nimadir bo’lsa, telefon qilasiz. Ertalab ko’rishamiz. (Umida, rahmat dedi va derazada turgan guldastani silab, shu joyini to’g’rilagan bo’lib chiqib ketdi.)
Biz ham kofeni ichib bo’ldik. Sarvar nimadir deya olmasdi. Menimcha ichida savollari rosa qaynardi. Nimadir demoqchiyu, gapirsa Umida kirib qolib, dilidagini ayta olmay qoladigandek bezovtalanardi. Issiq kofeni shoshilib, tez sovutib ichib, ketishga tushdi. Keyin xonadan chiqdik, yo’lakda Umida bilan yana bir bor xayrlashib, Sarvarni uyiga kuzatib qo’yish uchun jo’nadik.
- Javohir... menga qaragin... (nimanidir aytolmayapti-da) Qanaqasiga?
- Nima qanaqasiga?
- Yo’q, men tushunmayapman-da.
- Shu, davo muolajalaridan keyin tuzaldi. O’qishni bitirdi. Magistraturani bitirdi. Birga ishlayapmiz.
- Oila?
- Mayli. Keyin aytib berarsiz. Hozir mavridi emas. Uydagilaringizga xabar bering. Sizga eng yaxshi 8-palatamizdan joy qildiraman (bir narsa esimga tushib, ozgina jim qoldim). Yo’q, kechirasiz, u yerda boshqa bemor yotqizishni kelishgandik. Sizga boshqa 10-palataga yotqizamiz.
- Rahmat. Palatani farqi yo’q. Faqat derazasiga guldasta qo’yish esingizdan chiqmasin. Men yaxshisi uyga borib, ota-onamga tushuntirib, narsalarimni olib kelaman.
- Ha-ya. Albatta. Yaxshi.
Umidani taksiga o’tkazib, uyiga yubordim. O’zim shifoxonaga yaqin bo’lgan gul do’kondan ikkita avvalgidek guldasta sotib oldim. Uni palata derazasiga joyladim. Kelishiga xonani tayyorlab qo’ydim. 1 soatlarda onasi bilan qaytib keldi. Endi onaxon yig’laydilar-da. Uydagilarga ham tekshiruv javoblarini aytmagan ekan. Hammasi yaxshi bo’ladi, deb Umidaning onasini yupatdim. Umida palataga kirib, gullarni ko’rib, xursand bo’lib ketdi. Borib, navbatma-navbat qo’liga oldi, hidlab, keyin joyiga qo’yib qo’ydi.
Shunday qilib, davo muolajalarini boshladik. Palatadagi gullarni so’lishidan oldin almashtirib turdim. Har kuni bo’sh vaqtim bo’lgan zahoti kirib, hol-ahvol so’rab turdim. Kayfiyatini ko’tardim. Uyga deyarli bormadim. Qisqasi u bilan birga davolandim, birga yashadim, birga his qildim. Davo muolajalarining oxirgi kunlarida Umidaning oldiga kirganimda, kimyoterapiya natijasida ancha rangpar, so’lishibroq qolgan edi.
- Javohir aka, sizni ham ancha qiynab qo’ydim.
- Hech qanaqasiga qiynamadingiz. Hamma davo muolajalaringizni o’zim nazorat qilib turibman.
- U ma’noda aytmadim. Barmog’idagi men bergan uzukka imo qilib qo’ydi.
- Qo’ying. Hozir buning mavridi emas.
- Yo’q, balki mavridi boshqa kelmas. Men o’zim uchun qaror qabul qildim. Bilasizmi, men rostdan ham sizga turmushga chiqishni istardim, sizni tug’ilajak farzandlarimiz otasi sifatida ko’rar edim. Siz ishonchli er va ota bo’la olardingiz. Men birinchi navbatda o’zimga er va tug’ilajak farzandlarim uchun ota sifatida albatta sizni tanlardim. Lekin bu kasallik... (biroz jim qoldi. Ko’zlaridan yosh oqdi. Ro’molchasi bilan artdi) bu orzularimni sindirdi.
- Bu orzularni amalga oshirishga hali imkon bor, (uning kasalligi, qanaqa kasallik ekani meni o’ylantirmadi. Hozirgi maqsadim nima bo’lsa ham, qancha bo’lsa ham Umidani baxtli qilish edi) biz albatta baxtli bo’lamiz.
- Qo’ysangizchi Javohir aka. Men sizni baxtsiz bo’lishingizni istamayman. Balki yashab ketarman. Balki... Lekin sizga sog’lom farzandlar tug’ib bera olmasligim mumkin.
- ... (farzandlarsiz ham baxtli yashashimiz mumkin degim keldi. Lekin ayta olmadim). Niyatni yaxshi qilish kerak. Mana davo muolajalarimiz deyarli yakunlanmoqda. Holatingiz ancha yaxshi. (oppoq qo’lidan ushlab dalda berishda davom etdim). Biz hosilani yengsak, keyin marra bizniki.
- Nasib qilsin. Lekin Javohir aka, meni kechiring. Sizni shuncha vaqtingizni oldim. Meni boshqa kutmang, boshqasiga uylanavering. Men hech qachon turmushga chiqmayman. Kimnidir baxtsiz qilishni istamayman. Avvalo tezroq tuzalib olib, o’qishni davom ettiraman. So’ng o’zimni shifokorlikka bag’ishlayman. O’zimga o’xshagan bemorlarni davolayman. Men sizni rad etayotganim yo’q, kasalligim rad etayapti. Siz akam bo’lib qolasiz.
- Umida yana o’ylab ko’ring.
- Yo’q, o’ylamayman... Qarang kecha olib kelgan gulingizda g’unchalari ko’p ekan. Bu menga umid beradi. Qaysidir gul ochilib, so’nadi, tagidan ikkinchi ochiladi. Ikkita guldasta bo’lishi ham bejiz emasga o’xshaydi. Biri avval kasal bo’lganim, ikkinchi hozirgi kasal bo’lganim uchun qayta ochilayotgan gullar. Yana bir bor sizga hammasi uchun katta rahmat. Meni tuzatdingiz, hayotga qaytardingiz. Ishonch berdingiz. (yostig’i yonidagi o’yinchoq ayiqchani ham tokchaga qo’ydi). Hali oldinda qiladigan ishlarim ko’p ekan. Bilasizmi, Muslima ham sog’ayib ketsam, shifokor bo’laman degandi. Ko’p bemorlarni tuzatish orzusi edi. Bu imkoniyat menda ko’proq ekani uchun ham, menga shuni aytib qoldirdi. Albatta zo’r shifokor bo’laman.
Palatadagi qiz II (davomi) (4) * * *
Uyga ketmadim. O’zim ham chuqur qayg’uda edim. Aslida shifokor bunday holatlar ko’p bo’lganligi sababli, o’zini qo’lga olib, boshqa bemorlarni sog’aytirish haqida o’ylash kerak... Ertalabgacha uhlamay shu o’ylarni o’ylayotgan vaqtimda Umida yig’lab kirib kelib qoldi.
- Axir menga hammasi yaxshi bo’ladi, degandingiz-ku!!! Men Muslimani hammasi yaxshi bo’lishiga ishontirgandim. Endi u dunyoda uning ko’ziga qanday qarayman!
- Umida, o’tiring, suv ichib oling (unga suv uzatdim).
- Nimaga axir? Kecha operatsiya yaxshi chiqdi degandingiz.
- Ha, yaxshi edi. Reanimatsiyada kutilmaganda qon bosimi tushib ketib...
- (Umida yanada kuchliroq yig’lab yubordi)
- Umida, o’zingizni qo’lga oling. Shifokor o’zini qo’lga ola olishi kerak. Har bir bemor vafot etsa, bunqa qayg’uga tushib o’tirsak, ishlay olmaymiz. Shifokorlikni qiyin jihati ham shu. Bunaqada onko-jarroh bo’la olmaysiz. Onkologiyada ko’z oldingizda bemorlaringiz kamayib boraveradi.
- Men bilan yaxshi bo’lgandi-ku!
- Sizda tarqalmagan edi. Shuning uchun yaxshisiz. (Xonaga hamshiramiz kirib, Muslima unga, agar operatsiyadan keyin biror narsa bo’ladigan bo’lsa, xatni Umidaga berib qo’yishini so’rab, yozgan xatini berdi)
- (Umida past ovozda xatni o’qidi). Umida opa, agar bu xatni o’qiyotgan bo’lsangiz, demak men yo’qman. To’g’risi operatsiyadan chiqishimga uncha ko’zim yetmayapti. Shu sababli xatni yozib qoldirayapman. O’zi hayotdan umidimni uzgandim. Lekin siz bilan gaplashib, yana hayotga umidim uyg’ondi. Baribir uzoq yashamasdim, shu sababli tavakkal qilishga qaror qildim. Menga nimadir bo’lsa, siz o’zingizni ayblamang. Siz bilan tanishganimga unaqa ko’p bo’lmagan bo’lsam ham, lekin yaqin opamdek bo’lib ketdingiz. Sizni yaxshi ko’raman. Ikkita ayiqchamni sizga qoldiraman. Mendan esdalik. Sizga aytgan orzularimni amalga oshiring. Men uchun ham siz yashang. Hammaga rahmat! Jannatlarda ko’rishish nasib qilsin... (xatni o’qib bo’lib, Umida xushidan ketib yiqildi).…
Umidaga yordam ko’rsatib, bo’sh palatalarni biriga yotqizib qo’ydik. 1-2 soatlar yotganidan keyin o’ziga keldi... O’rnidan turib, Muslima yotgan 8-palata tomon borib, ikkita ayiqchani oldi va bag’riga bosib yig’lab yubordi. Men eshik oldida qarab turdim. Uni nima deb ovutishni ham bilmasdim. Keyin ustozim kelib, Umidani uyiga olib borib tashlashimni, so’ng o’zim ham uyimga borib dam olishim kerakligini aytdi. Taksi chaqirib, Umidaga ketishimiz kerakligini aytdim va uyiga kuzatib qo’ydim. O’zim ham uyga ketdim.
2-3 haftalardan keyin uydagilar meni uylantirishni tezlashtirishlarini aytishdi. Onamga Umidaning manzilini berdim. Ammam bilan borib keladigan bo’lishdi. Umidaga bu haqida aytmadim. Uning javobini bilaman. Hozir emas deydi.
- Ishonmasangiz (negadir hayolimga shu fikr keldi) sizlarni yolg’iz qoldiraman. Gaplashasizlar, operatsiyadan keyingi chandiqlarini ham ko’rishingiz mumkin. Deyarli bilinmaydi. (Umidaning chandig’i qanday ekanini aniq bilmasdim, tavakkal etdim. Umida har 6 oyda davriy tekshiruvdan o’tib turadi, o’smaning qaytalanishi ehtimolini, asoratlarning oldini olish va boshqalarni tekshirish uchun). Unday bo’lsa, Umidaxon, Muslimaxon, sizlarni yolg’iz qo’yaman.
Shunday deb ikkalasini yolg’iz qoldirib chiqib ketdim. To’g’risi Muslimani operatsiyasidan uncha umidim yo’q edi. O’sma, yon organlarga ham tarqalgan. Biz agar imkoni bo’lsa o’smani olib tashlash, yoki ichak sog’lam qismini bir biriga ulab qo’yishni reja qilayotgandik. Shunda ham biz uning umrini uzaytirgan bo’lar edik. Bir soatlardan keyin Umida xursand holatda 8-palatadan chiqib keldi.
- Javohir aka, men Muslimani operatsiyaga ko’ndirdim!!! Uraaa.
- Rostdanmi?
- Avval siz meni qanday ko’ndirgan bo’lsangiz, men ham shunday ko’ndirib, ishontirdim. O’zimning hozirgi ahvolimni, menga qanday yordam berganlaringizni, hammasini aytib berdim. Chandig’imni ham ko’rsatdim (menga ham ko’rsatmoqchi bo’lgandek, xalatni tugmasini ushladi-yu, nimadir to’xtatib, qo’lini cho’ntagiga soldi).
- Unda zo’r, borib ustozlarimga aytib, operatsiyaga tayyorlashimni aytaman.
- Faqat bir narsa, operatsiya muvaffaqiyatli chiqadi-a? (yuz ko’rinishi xursandlikdan o’ychan qiyofaga o’zgardi).
- Nimaga buni so’rayapsiz?
- Men unga va’da berdim. Operatsiyadan keyin dugona bo’lib ketamiz dedim.
- Ha. Albatta. Yaxshi chiqadi (oxirgi gapim uncha dadil chiqmadi).
- Rahmat. Men ham kirsam bo’ladimi?
- Shu safar kirmay qo’ya qoling. Og’ir operatsiya.
- Mayli.
Ertasi kuni do’kondan bitta o’yinchoq ayiqcha sotib oldim. Uni Muslimaga olib kirib beraman va operatsiyani tushuntiraman. Roziligini olib, operatsiyaga tayyorlaymiz. Shifoxonaga yetib borib, kiyim almashtirdim. Hamkasb ustozlar bilan suhbatlashib, rejalar bilan bo’lishdik. Qo’limdagi ayiqchaga e’tibor qaratishdi, Muslimaga olganimni, indingga operatsiyaga olishimizni, bu ruhiy dalda bo’lishini aytdim. Keyin uning 8-palatasiga kirdim.
- Assalomu alaykum doktor (kirib kelishim bilan kulib kutib oldi. Har doim o’ychan, jiddiy qiyofada bo’lardi).
- Vaalaykum assalom. Ahvolingiz qanday? (shunday deb, ortimga berkitib turgan ayiqchani ko’rsatdim). Bu sizga!
- Voy, chiroyliligini, rostdan menga oldingizmi?!
- Ha, siz uchun oldim.
- Ishonasizmi, huddi shuni olishni xohlab, ololmagan edim. Shirinligini qarang.
- O’zimga ham boshqa ayiqchalar orasida shunisi yoqdi. Marhamat oling (ayiqchani unga uzatdim, u ozg’in, oqargan qo’llarini cho’zib, ayiqchani oldi va ozg’in tanasiga bosib quchoqlab erkaladi).
- Rahmat kattakon. Anchadan beri bunaqa xursand bo’lmagandim. Buni operatsiyaga rozi bo’lganim uchun olib keldingizmi? Agar rozi bo’lmaganimda olib kelmasmidingiz?
- (nimadir deyishga shoshdim, nima desam hafa qilmayman deb o’ylab qoldim)
- Bildim, Umida opamga ham rosa gullar olib kelgan ekansiz. Kecha gaplashganimizda aytib berdilar. Uylariga borib, xabar olib turgan ekansiz. Talabalikka tayyorlabsiz. Sizni bunaqa oliyjanob doktor ekaningizni bilmagandim. Qanaqadir kibrli deb bilardim. Duolarimda sizni ham qo’shib ketayapman endi. Umida opa bilan bugun ham gaplashgandim. Bergan uzugingizni ko’rsatdilar. Juda chiroyli ekan. Sizlarga havasim keldi. Lekin oxirgi paytlarda gullar berishni kamaytirib qo’yibsiz. Qo’llarini so’ragan ekansiz, lekin javobni keyinga qoldirgan ekanlar. Uning sababini ham aytdilar... (shu joyida ustozim kirib kelib, suhbatni bo’lib qo’ydilar. Bemorni ko’zdan kechirib, tahlillarni qayta olish va ota-onasi bilan birgalikda operatsiya mohiyatini, kechishini, asoratlarini aytishimni so’radilar, so’ng ayiqchaga qarab qo’yib, menga qarab, boshlarini qimirlatib, tabassum bilan chiqib ketdilar).
Mustaqillik bayramidan salyut va dron shou!
@Hikoyalar
- (Uzukka qarab qoldi. Chunki bunaqa antiqa uzukni kutmagandi). Bilasizmi, hozir bir narsa deyishga ham hayronman (ko’zi uzukda). Siz menga juda ko’p yaxshiliklar qildingiz... Endi 2 kursga o’tdim... O’ylashim uchun vaqt bersangiz.
- Qancha o’ylaysiz? (Ozgina tabassum bilan gapirdim).
- Ko’p emas, 2-3 yil (kulib yubordi). Lekin uzugingiz yoqdi...
- Uzuk yoqqan bo’lsa, bu sizga.
Umidalarning uyiga kirganimizda tayyorgarlikni ancha katta qilib yuborishgan ekan. Bir pasda mehmonlar ham kelib bo’lishgan. Musiqachilar bo’lganida, kichikroq to’y bo’layapti deb o’ylardingiz. Hamma Umidani tabriklab ketdi, menga rahmatlar aytishdi. Ayollar alohida, erkaklar alohida o’tirdik. Bitta ovqat, mastava tortilgandan keyin, navbatchilikni bahona qilib, chiqib ketdim. Menga notanish bo’lgan odamlar orasida unaqa uzoq o’tirish juda noqulay bo’ldi. Aslida navbatchilikda hech nima yo’q edi. Uyga yetib borib, dam oldim. Kechroq Umida qo’ng’iroq qilib, menga vaqt ajrata olmaganligini, qachon ketib qolganimni so’radi. Unga hijolat bo’lmasligini, yaxshi o’tirganimni aytdi. U hamma uchun rahmat aytib, endi o’qish mobaynida ham uni qo’llab turishimni so’radi. Yo’q deya olmayman-ku... O’qishga kirganiga gul sovg’a qilmaganim esimga tushib, yetkazib berish xizmati orqali, 2 ta katta guldasta yubordim. Oq liliya va pushti atirgullardan iborat bo’ldi, bu talabalik ostonasidagi yaxshi niyatlarimni bildirish uchun edi. Bir necha soatdan keyin “Rahmat” degan sms xabar keldi. Ertasiga kunduzi, qayerda bo’lishimni so’rab, sms yozdi. Ishda bo’lishimni aytdim. 1 soatlardan keyin shifokorlar xonasining eshigi taqillatildi, qarasam Umida qo’lida nimadir ushlab turibdi.
- Assalomu alaykum. Osh yemay ketibsiz, onam rahmat etib berib yubordilar, o’zim ham qarashgandim osh tayyorlashga...
- Vaalaykum assalom. Rahmat... lekin shart emas edi...
- Sizdan minnatdormiz... Talaba bo’lganimga hali ham ishona olmayapman.
- Ishonasizmi, ishonmaysizmi, endi talabasiz! Oshni olib kelib ovora bo’libsiz-da.
- Mayli, vaqtingizni olmay. Ketishim kerak (qo’lidagi bir martalik ishlatiladigan idishdagi oshni menga uzatdi).
- Rahmat. (idishni oldim). Hozir sizni kuzatib qo’yaman.
Qo’limdagi idishni xonadagi muzlatgich ustiga qo’ydim. Xonada o’tirgan shifokorlar piching qilgandek kulib qo’yib, kimdan kelganligini va havas qilishayotganligini aytib, hazillashib kulishdi. Hozir kelaman deb chiqib ketdim. Umidani darvozagacha kuzatib qo’yib, ozigina gaplashib turdik. Keyin uyiga ketdi. Xonaga qaytib kirib qarasam, oshni yeb qo’yishibdi. Tagida 3-4 dona guruchi qolibdi. Mazasini bilishni istaganimdan o’shani terib og’zimga soldim. Ichimdagi gapimni o’qib turishganidek, “osh mazali chiqibdi” – deb hiringlashdi...
Tibbiyot oliygohida birgalikda o’qishni boshlab yubordik. Bizning darslarimiz asosan klinikalarda bo’lgani uchun, Umida bilan deyarli ko’rishmasdik. Men shu bahonalar bilan tushlik vaqtida ko’proq o’quv binosiga borib turardim. Birga tushlik qilardik. Keyin qaytib ketardim. U qolardi. Tushunmagan darslarini tushuntirib, o’rgatib. Amallab bir yilni o’tkazdik. Men bitirdim. U ikkinchi kursga o’tdi. Birga nishonladik. Keyin o’zim yoqtirgan yo’nalishga, magistraturaga topshirdim. Kontraktga kirdim! Muhimi kirib olish. Ozgincha qo’rqqan edim. Kira olmayman deb o’ylagandim. Chunki talab yuqori, talabgorlar ham ko’p. Muhimi men yutib chiqdim.
- Juda oshirib yubordingiz, men shunchaki sizni sog’ayishingizni bilardim va shuning uchun harakat qildim. Biz shifokorlar uchun bemorlar hayotini saqlash birinchi o’rinda turadi!
- Bo’lajak shaxsiy shifokorimeey...
- Endi sog’ayib ketdingiz, bemorimeey deya olmayman. (kulishdik). Endi men bor ekanman. Hech qachon kasal bo’lmaysiz. (qo’lidan tutib, yurishda davom etdim).
- Bir narsa so’rasam maylimi?
- So’rang.
- Anavi kundagi guldastani oyijonga berdingizmi? (onamni oyijon deyishi, qanaqdir boshqacha tuyuldi).
- Ha, berdim.
- Men haqimda aytdingizmi?
- (Nima deyishni bilmay qoldim. Alday desam, to’g’ri kelmaydi, aldamay desam, salomimni yetkazmadingizmi, deyishi mumkin!) To’g’risi, ayta olmadim. Uyaldim.
- Hmm. (miyg’ida kulib qo’ydi). Sizga bir gap aytaymi? Men sizni, menga uylanishingizga majburlamoqchi emasman. Hazilkash bo’lganingizga, hazil aralash gapirgandim. Keyin endi 18 yoshdaman. Turmushga hozir chiqmoqchi emasman. Mana tuzaldim. Nasib qilsa, menam sizga o’xshab shifokor bo’lmoqchiman. Tibbiyot oliygohiga kiraman. Bemorlarga, odamlarga yordam beraman. Davolayman. Faqat siz jiddiy o’ylamagan edingizmi?
- (yana shoshib qoldim) Jiddiy o’ylaganim yo’qku, lekin baribir ... . Qachondir uylanaman. Shunday chiroyli qizni begona qilgim kelmayotgan edi-da. (kulishdik).
- Qaydam, hayot hali oldinda. Siz o’qishni tugatishni, men esa o’qishga kirishni o’ylaylik.
- O’qishga kirishingizga o’zim yordam beraman. O’zim tayyorlangan, tanish repetitorlar bor. O’shalarga olib boraman.
- Ooo. Zo’r bo’lar edi. Rahmat bugungi kun uchun. Men biroz charchadim. Uyga qaytaylik.
So’ng uni uyiga kuzatib qo’ydim. Yo’lda uyga qaytayapman, boshda ming hayollar. Nimagadir Umida menga yoqa boshlagandi. Qanaqadir umid bergandi. Lekin hozir o’zim ham uylanadigan sharoitda emasman. Darslar qiyin, ustozlar qattiqqo’l. Yana darslardan chalg’ishim mumkin degan fikr ham bor. Onamga aytsammikan? Lekin Umida ham hozir turmushga chiqmasligini aytayapti. Keyin o’qishga kirmoqchi. Agar kontraktga kirsachi? Qanaqa qilib to’layman? Keyin, o’qishni bitirib, keyin turmushga chiqaman desachi? Uni kuta olamanmi? Yana bitta narsa bor. Kasalligini qaytalanmasmikan? Farzandli bo’lishiga halaqit qilmasmikan?.…
(Davomi bor)
@Hikoyalar
Ahvollariningiz yaxshimi? Ancha rangingizga rang qo’shilibdi. Bu yaxshi.
-Rahmat. Haliyam usha-ushaman. Siz ham usha-ushasiz. Bir narsaga hayron qolayapman. O’zi men hayottan odamoviman. Lekin siz bilan qandaydir chiqishib ketdim. Nima sababdan ekanini bilmayman. Sizni qandaydir o’zimni yaqinimdek ko’rdim. Oq xalatda bo’lsangiz ham, siz bilan ochiq gaplashdim. Boshqa shifokorlar oldimga kirishganda, jiddiy tusda bo’lishadi. Yana qo’polroq gapirishadi. Yoqmaydi.
-Juda unchalik qo’pol gapirishmasa kerak. Sizga shunday tuyular.
-Lekin siz boshqachasiz. Sizda nimadur borki, siz meni ko’nglim qulfini ocha oldingiz.
-Endi siz oshirvordingiz.... (kulib qo’ydim). Ho’sh kechagi gapimni o’ylab ko’rdizmi?
-Kecha kechasi onam ko’rgani kelgandilar. Ular ham shuni aytdilar. Baribir ko’nmadim. To’g’risini aytsam. Men o’z kasalimni bilaman. Baribir tuzalmayman. Bir kun o’laman. Lekin hozir tavakkal qilmoqchimasman. Qolgan umrimni yashamoqchiman. Og’riq bilanman, qiyinchilik bilanmi farqi yo’q. Oz bo’lsa ham yashamoqchiman.
-Hammamiz ham bir kun o’lamiz. Lekin bunday yosh paytda emasde. Siz oson yengilib qo’yayapsiz. Sizdek yosh qizchani o’lim yoqtirib qolishi kerakmas. Hali turmushga chiqishiz kerak. Farzandli bo’lishiz kerak.
-Bunday kasali bor qizga kim ham uylanardi.
-Operatsiya qildirsangiz, tuzalasiz. Keyin to’ylar muborak.
-Operatsiya qildirsam, qaytaga tezlashib ketishi ham mumkin. Kinolarda ko’rganman.
-Hayot kino emas. U kino. Bekorchilikdan yozilgan va olingan.
-Yo’q, men baribir qo’rqayapman.
-Qo’rqmang. Men shu sohasida o’smasi borlar operatsiya bo’lib, tuzalib ketganini ko’p ko’rganman. Umuman qaytalamagan. Sizda ham qaytalamaydi. Siz yashashingiz kerak. Rozi bo’ling.
-Bilmadim.
-Bo’lmasa meni hafa qilib qo’yasiz
Shunday deb, palatadan chiqib ketdim. Ertasiga u yana derazasi yonida o’tirardi. Meni ko’rib, ko’rmaganga oldi. Men ham shunday qildim. Bugun palataga kirmadim.
Kelasi kuni u derazada u qiz ham, guldastalar ham yo’q edi. Palataga kirib qaradim. Yo’q. Keyin so’rasam. Uyiga ketib qolibdi. Darsdan keyin manzilini olib, uyiga ketdim. Yo’l yo’lakay, bitta chiroyli guldasta sotib oldim. Uning uyiga yetib borib, eshigini qoqdim. Onasi eshikni ochib, kutib oldi. Ularga nima sababdan kelganimni aytdim. Ichkariga kirg’azdilar. Qizning xonasiga bordim. Xonada qiz derazadan tashqariga qarab o’tirgan ekan. Yonida 1 ta guldasta turibdi. U menga qarab:
-Bitta guldastam so’lib qoldi. Bunisi ham so’layapti.
-Hech qisi yo’q. Mana sizga yangi guldasta olib keldim.
-Rahmat (U salgina jilmayib qo’ydi, men guldastani uni yoniga qo’ydim)
-Mana chiroylilar soni yana 3 ta bo’ldi. Bilasizmi? Guldastalar qancha marta so’lsa, shuncha marta yangisini olib kelishim mumkin. Lekin siz so’lsangiz... hech qachon boshqa olib kela olmayman. Siz ota-onangizni guldastasisiz. Siz oddiy guldastangiz so’lganga qancha qayg’urasiz. Ota onangizchi? Shuni ozroq o’ylang.
-Meni ko’ndirgani keldingizmi?
-Ha.
-Nega kecha kirmadingiz?
-Kecha....
-Sizni hafa qildim deb o’yladim. Keyin jahlim chiqdi. Uyga ketaman deb turib oldim.
-Kecha kirmaganim qarzini bugun to’lay deb, uyingizga keldim.
-Siz menga ishonasizmi?
-Bilmadim.
-Ko’zlarimga qarang. Menga ishonasizmi? Ishonaman deng.
-Hop. Ishonaman.
-Unda rozi bo’ling. O’zim tepangizda turaman. Albatta tuzalasiz. Bu dardan qutilasiz. Ishonavering.
-Uyg’onmay qolsamchi?
-Aytayapmanku, o’zim tepangizda turib, uyg’otaman deb.
-Hop. Sizga ishondim. Ertaga qaytib boraman.
-Ishonchingizni oqlaymiz. Siz sog’ayib ketasiz. Sizga buni 5 daqiqasi yetmayotgan -shifokor aytayapti. Sog’yib ketganizdan keyin birga sog’ayganingizni nishonlash uchun uyingizga 4 ta guldasta ko’tarib kelaman.
-Hop. Ishqilib, qabrimga obormasangiz bo’ldi. (kulib aytdi).
-Nafasingizni yel uchirsina. Mayli. Men ketdim. Ertaga kutaman.
-Yaxshi yetib oling.
Uning uyidan uzoqlashib, domlamni telefoniga telefon qildim.
-Assalomu Alekum.
-Voalekum Assalom. Nima bo’ldi.
-Hammasi yaxshi. Ko’ndirdim.
-Malades shogird.
-Faqat operatsiyaga o’zim kirib turaman deb va’da berdim.
-Bu muammo emas.
-Menga fandan 5 qo’yib bersizda endi.
-Bu esa muammo. (kulib qo’ydilar).
– Салом, отахон, – дедим қўл узатиб. – Туман касалхонасидан келган врачман, уйма-уй юрибман. – Кейин жўрттага сўрадим: – Сиз шу ерда яшайсизми?
– Йўқ.
– Қайси қишлоқдансиз?
– Пастки.
– Бўлмаса, уйингизга бориб кутинг. Биз ҳар кимни ҳар қаёқдан ахтариб юрмайлик. Осон тутманг дўхтирларга ҳам.
Унга эшак ипини ечишга кўмаклашиб, йўлга кузатиб қўйдим. Ойхолнинг эри шунда ҳам менга қиё боқмади. Агар уни кимдир тўхтатмаса ер қаърига кириб кетгудек фақат ер қазирди, қазирди.
Уч боланинг отаси эканлигига шубҳаланиб қолдим.
* * *
Эртасига туман шифохонасига биринчилардан бўлиб келдим. Тоққа жўнайдиган машинани сабрсизлик билан кутдим. Бир вақт бош ҳаким чақириб қолди.
– Сизга бошқа топшириқ бор. У ёққа одам етарли.
– Лекин кеча беморларга ваъда бергандим.
– Беморлар рўйхатини манзили билан бирга бошқа врачга топширамиз. Оғирроқ касал бўлса, "Тез ёрдам" машинаси олиб келади.
Шундай қилиб, тоққа бормайдиган бўлдим. Кун бўйи хонамда зўрға ўтирдим. Негадир хаёлим Ойхолга кетаверди. Яқинда якун ясамоқчи бўлганим шифокорлик фаолиятим сўнгида у менинг қурбонимдек туюлди. Ахир, уни тушкунлик домидан халос этишим мумкин эди-ку.
Кечқурун, ҳамкасбларим тоғдан қайтмасдан аввал совуқ хабар келди: терапия бўлимида ишлайдиган йигитни тоғликлардан бири кетмон билан уриб ўлдириб қўйибди. Бояқиш ишга келганига атиги бир йил бўлганди-я!
Зудлик билан бош ҳаким ҳузурига чопдим. Кўз олдимда жоду кўзларини пирпиратаётган Ойхол, ер қазиётган ақли заиф эри...
Шу пайт тоғдан машиналардан бири қайтиб, уларга пешвоз чиқдим.
– Нима бўлди? Нега бундай?.. – сўрадим шошиб.
– Э, ҳайвон экан! – сўкинди ҳамкасбим. – Ҳеч нарсадан ҳеч нарса йўқ, хотинини шифокордан рашк қилибди. Ҳовлисидаги чуқурга кўмаётганида, ушладик. Айтишича, анча вақтдан бери хотинидан шубҳаланиб юрган экан. Хиёнат устида ушласам, кўмаман, деб уй олдидан гўр қазиб қўйганмиш. Ақли заиф хавфли одамни участка нозири ҳам, қишлоқ врачи ҳам вақтида руҳий касаллар шифохонасига юбормаган.
– Хотинини ҳам ўлдирибдими?
– Йўқ... Э, кеча ўша уйга сиз ҳам борган экансиз-ку! Нима. тентаклигини сезмадингизми?
У жаҳл билан ерга туфлади-да, оқ қалпоғини ғижимлаб нари кетди. Миям ғув-ғув этарди. Кимдир ёнимга келиб вайсай бошлади:
– Тўрт йил ишлаб-ишламай кетаман дейсиз, одамлар ўттиз ёшда иш бошлайди бизнинг соҳамизда! Энди-и... терапевт йигитимиз ўша психнинг хотинига суйкалган дейишяпти. Одамларнинг айтишича, жувонда ҳам кўп гап бор экан. Кўрдингизми, қаётда қанақалар учрайди. Уларни даволаш керак, бир бошидан даволаш...
Шифохона ҳовлисидан чиқдим. Қаёққа кетаётганимни ўзим ҳам билмасдим. Шифохонадан чиққаним ростми ё шифохонага кириб келаяпманми, англаёлмасдим.
Одамлар тоғдаги селни эмас, Ойхолни гапира бошлашди. Бир енгилтак жувонни деб телба эри кетмон кўтарган, бегуноҳ шифокор ҳалок бўлган. Ҳа, ҳаммасига Ойхол айбдор эди гўё. Ҳатто сел ҳам унинг гуноҳлари эвазига жазо сифатида юборилганмиш.
Мен ариза ёзмадим.
Азамат ҚОРЖОВОВ
– Ассалому алайкум... сиз дўхтирмисиз? – худди йўлимни тўсгандек олдимдан кесиб чиқди у.
Рўмолини пешонасидан танғиб олган оҳу кўз жувонга ихтиёрсиз равишда тикилиб қолдим. Ундан чорва сути аралаш ёқимли ҳид уфурарди. Ёш бўлса-да, катта хотинлардек жиддий ва қатъият-ла боқарди кишига. "Бир камим энди шу жувон ҳақида ўйлашим қолувди", дедим ичимда.
– Ҳа, лекин кетмоқчи бўлиб турибман. Эрта-перта келарман.
Сой ёқасидаги йўлга қараб юрдим. Жувон ортда қолиб кетмади, қарасам, изма-из келаяпти.
– Бизнинг дўхтирлар, тўғриси, яхши дўхтирлар эмас, – деди у дадиллик билан, – сел баҳонасида қишлоғимизга келган экансизлар, боламга бир қараб қўйинг. Илтимос сиздан, ака.
Тўхтадим. Яна бир оз ўйландим. Жувон томон ўгирилганимда, менга ҳамон умидвор тикиларди.
– Сел яна келишидан ваҳимага тушаяптими? – сўрадим ундан.
Айни дамда одмироқ кийинган қишлоқ келини тимсолида кўнглимнинг аллақаеридаги сирли торларни чертган бегона оҳанг кучлироқ, ёрқинроқ жилва қилди. Умримда бундайлар билан гаплашмаганман, аммо ҳозир чироқ иси босган нимқоронғи уйда сочларини силагандек бўлдим, жувоннинг эҳтиросли кўзлари кўринди.
Уйқудан уйғонгандай тўсатдан атрофга аланг-жаланг боқдим: у ва мен, бошқалар олисда. "Менга нима бўлаяпти? – лабларим қуриди. – Эсимдан оғаяпман шекилли".
Жувоннинг кўзларида чиндан-да мен кутган маъно бор эди. Саволимга кулимсираб жавоб берди:
– Ўғлим селдан ваҳимага тушмайди, у ҳали бир ёшда.
– Қаери оғриган?
– Вақтидан аввал суннат қилдириб ташласамми деяпман, пешоб қилишга қийналаяпти. Бир кўринг, ана, уйимиз яқин. Тез-тез кучанади, йиғлайди, уйқусида безовта бўлади.
– Буни урологлар яхши билади, – дедим.
– Сиз ҳам барибир... врачсиз-ку.
– Тўғри...
Ўша ҳовли сари йўл олдим. Сойдан ўтганимизда сўрадим:
– Сел даҳшат бўлиб келгандир?
– Қўйхона, тандирхона, таппихона кетди, тол ҳам қулади.
– Уй ичида эдингизми?
– Ҳа.
– Жуда қўрқиб кетгандирсиз?
– Йўқ, – деди у хотиржам оҳангда. – Ҳаётда бундан ҳам қўрқинчли нарсалар бор-ку.
Беихтиёр тўхтаб, жодуваш кўзларидан кўз узолмай қолдим. Тобора унга сеҳрланиб борардим.
– Қишлоқда яшаш қийин-а? – деб йўлимда давом этдим.
У эса:
– Оилангиз борми? – деб сўради.
– Менинг оиламми?
– Ҳа.
– Ажрашганман, – дея очиғини айтиб қўя қолди.
Назаримда, жувон кулгандек бўлди, ялт этиб қарагандим, кўзларини олиб қочди.
– Врач эри бўла туриб ҳам ажрашадиган аёллар борлигини тушунмайман, – деди у.
– Исмингиз нима?
– Ойхол, – деди жувон қадамини илдамлатиб менга етиб оларкан.– Болаларим учта: икки ўғил, бир қиз. Сизнинг фарзандларингиз борми?
– Фарзанд кўришга ҳам улгурмадик.
Ҳовлининг нариги четида бир йигит жон-жаҳди билан ҳандақ қазимоқда эди. Ўлган чорвасини кўммоқчидир-да, деб ўйладим. Биз уйга кираётганимизда, бошини ҳам кўтармади. Йигирма беш-ўттиз ёшлардаги бу йигит руҳан мажруҳ эканини пайқаб, жувонга саволомуз қарадим. Жувон эса уйига шошилди.
Жулдур фуфайкасининг енги билан бурнини обдон ишқалаган йигит бир лаҳза ишдан тўхтади. У бизни узоқдан кўргани аниқ эди. Ҳозир тикилаётганимни сезди, лекин яна кетмон урди, ураверди.
– Киринг, – илтифот қилди жувон.
Хаёлимдан ўтган чироқ иси босган ўй эди бу. Деворлари сариқ лой билан сувалган, тўрдаги токчаларга ёстиқлар тахланган, шифт фанерсиз. Бурчакка ҳинд киноактрисасининг сурати ёпиштирилган.
Болани текширдим. Жинсий аъзосида ҳеч қандай касаллик аломати кўринмасди.
– Кўп безовта бўладими? – ёнимга ўтирган жувонга боқдим.
– Кечаси йиғлайдию... Унчаликмас...– қўлини қашиб жавоб берди у.
– Туман марказидаги поликлиникага... урологнинг хонасига олиб боринг, – дедим. – Ўғлингиз соппа-соғга ўхшайди. Шунда ҳам мутахассис бир кўрсин-чи. У менинг ҳамкасбим, сиз ҳақингизда айтиб қўяман.
Бола онасига талпинди. Жувон уни қучоқлади. "Уйнинг соҳиби ким экан? – деб ўйладим. – Чуқур қазиётган телба йигит эмасдир..."
– Катталар қаерда? – дедим эшик-деразага қараган киши бўлиб.
– Катта қизим билан ўғлим экскаваторларни томоша қилгани кетди, қайнонам ўн йил бурун, қайнотам яқинда ўлган.
– Эрингиз...
– Эримни ҳовлида кўрдингиз-ку, ҳожатхона учун чуқур қазияпти.
– У... эрингизми? Хаёлимга келмабди... Сўрашмади ҳам... Хайр, мен борай.
Шоҳидани фаришта аёл эканини англаган сайин қийноқлар уни ширин жонига қасд қиларди. Ёруғ дунё кўзига тор кўринди, дегунча, Шоҳидани олдига чопади.
“ Бугун ҳам бир жанжал бўлган эҳтимол”, -хаёлидан ўтказаркан Шоҳида. Ойнадан кўчага қараганди, ташқарига эри шумшайиб унга нажотсизларча тикилиб турарди. Унга жуда раҳми келди. Шошиб елкасига халатини ташлаб, ташқарига чиқди.
- Яна жанжаллашдиларингми? -сўради Шоҳида.
- Эй, -Муталиб қўл силтадию, сигарета тутатишга киришди.
Ҳаётнинг найрангларига тушуниб бўлмайди. Бир жуфтлик эр-хотинликдан бегона бўлиб, сирдош дўстга айланиб қолдилар.
-Шоҳи, бу кунингдан баттар бўл, дерсан. Сени шунча хўрлаб, яна дардимни сенга тўкаман.
-Отимни ўлишини билганимда бир коп кепакка алиштирардим, -деган экан бир одам, - дея кулди Шоҳида.
- Бемаҳал ит қутирар, пул топса эр қутирар, демайсанми?
Улар бир муддат бир- бирларига тикилиб турдилар-да, ҳоҳолаб кулар эканлар, кўп қаватли уйлар оралиғидаги ўриндиқлардан жой олдилар.
-Сени севганман-а.
-Сизни бир кун кўрмасам ўша куни ақлдан озай, дердим.
-Муҳаббатимиз шунчалик ўткинчимиди-а.
-Йўқ. Ўзимиз ўткинчи. Муҳаббатимиз уйига ўтин ташиб, оловда куйдириб юбордик.- Шоҳида миннат қилиб, эрини дилини оғритиши ҳам мумкин эди. Аммо истамади. У Муталибни юрагини нимталаётган оғир туғённи кетказиш учун яна ҳазил қилди.
“Ўзбек аёли бўлиш осонми? Атала ичсанг- ош, деб мақтанасан. Онанг йиғиб-териб олиб берган биттагина кўйлагингни эрим олиб берди, деб кериласан. Эрдан калтак еб, бузоқ сузди, дейсан. Касал бўлсанг, касалингни тан олмаган эринг этагини ёпиб, докторларни кўрсам жиним қўзийди, дейсан. Оиланинг шаънини сақлаш учун мингта ёлғон айтиб, ўзинг шу ёлғонларни қулига айланасан.
Шоҳида уч боласини чирқиратиб ташлаб кетиб, кўнгли ёш хотинни тусаган эрининг ҳозирги ҳолига ачинарди. Уни таъна - дашномаларсиз жимгина тинглади:
-Шоҳи, мен сени қарғишингга қолдим. Пулсизлигимда ёнимда эдинг, пул топдим бегона бўлдинг. Яна чой-чақасиз қолиб, ёнингга келиб турибман. Эҳ, пушаймонликларимни ошнам билан оширади, душманларим билса тоширади. Жим юрсам ёрилиб ўламан.
Шоҳида жим эди. Унинг ёдидан онасининг сўзлари бирма-бир ўта бошлади. “Дўстни дўстдан пул айиради. Яхшилик ҳатто душманларнинг ёмонликдан тўхтатади. Оллоҳнинг марҳамати кенг. Яхшиликни пайида бўл”.
У ўзини хўрлаган, орзуларини топтаган эрининг кўзларига жасорат билан кулиб қаради. Уйдан чиқаётиб, халатини чўнтагига солиб олган бир даста пулни эрига узатди.
-Сизга асқотар...
Муталиб шу лаҳзада бепичоқ сўйилгандек бўлди. Эр бўлиб бир аёлча мард бўлолмаган ўзини койир экан, пулни олмай кўзларига қалқиб чиққан ёшни яшириш учун Шоҳидадан узоқлашди.
Internetdan olindi.
Коракўз Кимёгарлар шаҳарчасининг энг чеккадаги «дом»га етиб келганда кампирнинг невараси шиша банкада сут олиб келаётган эди. Қоракўз унга думини ликиллатиб ялтоқланди. Унга эргашиб учинчи қаватга чиқди. Уйга кирмай қайтиб тушди. Бир оздан кейин кампирнинг овози эшитила бошлади. Қоракўзнинг кулоғи динг бўлди. Яқин икки ойдан бери йўқотган қадрдон кишисининг овозини эшитиб йиғлаётгандек ғингшиди. Қоракўз учинчи қаватга отилиб чиқди. Эшикни тимдалаб вовуллади. Яна қайтиб тушди. Болохонага қараб вовуллайверди, вовуллайверди…
Магнитофондан кампирнинг овози келарди.
«Қоракўзгина, қаёқларда санқиб юрибсан? Ҳеч уйда ўтирасанми-йўқми? Қорнинг хам очгандир? Тентаккина. Гапимга қулоқ сол, нега беозор мусичани қувасан?..»
Қоракўз акиллар, ерни тимдалаб орқасига тупроқ отарди. Шу ҳовлида кеча тўй бўлганди. Ширакайф йигитлар микрофонни баланд қўйиб, ҳеч кимни ухлатмаган эди. Уйқуга тўймаган одамларга тонг маҳали акиллаётган итнинг бу қилиғи малол келарди. Қутурган бу ит қаёқдан пайдо бўлди, уни йўқотиш керак, деб ўйлашарди.
Қоракўз одамларни жонидан безор қилиб, тинмай вовуллар, у ёқдан-бу ёққа югуриб, акиллагани акиллаган эди.
— Дайди итларни тутадиганларни чақириш керак, — деди биринчи қават болохонасига чойшаб ёпиниб чиққан касалманд бир киши.
— Қутурган бу, болаларни тишлаб олмасин-да! Уни отиб ташлаш керак! Ҳой, кимнинг милтиғи бор? — деб асабий қичқирди учинчи қаватдан биттаси.
Кампирнинг овози ҳамон эшитилиб турибди. Қоракўз акиллашини қўймайди.
Шу пайт тўртинчи қаватдан кимдир варанглатиб ўқ узди. Қоракўз вангиллаб ёнбошига ағдарилди. Орқа оёғини бир-икки силкитиб жимиб қолди.
Магнитофон тасмаси ҳамон айланарди.
«… Қоракўз ўлмагур, Мажнунгина, яна қаёққа кетяпсан? Маъшуқаларинг олдигами? Келинни қачон кўрсатасан? Лайлингни бир олиб кел, кўрай…»
Қоракўз кампирнинг овози келаётган болохона томонга юзини бурганча жонсиз ётарди.
1999 йил, январь
Саид Аҳмад.