Respublika Yosh ijodkorlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Duel” loyihasining telegram safihasi •Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/duelloyihasi •Muhokama guruhi: https://t.me/duel_muhokama •Murojaat uchun tel: +998956622024
Feruzshoh — "Gogol"
https://youtu.be/kgGzwW5xotY?si=zS-qC8rq2pJE4aD0
Finalgacha sogʻ-omon yetib olish kerak-da! :D
@duelloyihasi
Bizda yangi ovoz!
Gulruh Ziyodullayeva – “Ogʻir kun”
https://youtu.be/Mbd-GENf7Nw?si=bMfTTXiZP38nTFVu
Salom, “Duelchi”lar!
Jamoamiz bilan 14 ta viloyatda g’olib bo’lgan do’stlarimizning ijodini targ’ib qilish uchun maxsus media-reja ishlab chiqyapmiz. Maqsadimiz – har bir hudud aholisi iste’dodli shoirlarini tanisin, bilsin, hisoblashsin u bilan.
Yangi yildan loyihani butunlay yangi bosqichda qarshi olasiz.
Finalga kelgunga qadar, final ishtirokchilari ko’p yutuqlarga “Duel” orqali erishadi.
Takliflarga ochiqmiz. Izohlarda fikrlaringizni qoldiring.
Sir bu emas lekin
@duelloyihasi
Shu kanalchalik dizlayklarga ochiq kanal bo’lmasa kerak a telegramda? 😅
@duelloyihasi
#Duel_kashfiyotlari
Duelning navbatdagi topildigʻi:
Shahboz Fayzullayev
Videoni tasvirga olgan va mantaj qilgan Abdumannon Muhammadga minnatdorchilik bildiramiz!
ANORZOR QO‘SHIGʻI
I
O‘shanda yomg‘ir yog‘gan emas, daraxtlar yig‘lagan edi, ona. Axir eslolmaysanmi, momom ko‘zlaridek xira, uning qovog‘idek tundmasdi osmon.
Ona,
o‘shanda
Payg‘ambar shamolning vahiysin tinglab,
Duv-duv ko‘zyosh to‘kkan edi daraxtlar...
II
Nechun jam bo‘ldi ruhlar,
Anor toji uchinda?
Alvon tush ko‘rib uxlar,
Osmon anor ichinda.
Qanoti chaqmoq-chaqmoq,
Qushlar to‘kar ko‘zyoshi.
Sitilib ketar, jono
Yomg‘ir anor ichinda.
Shovullagan devona,
Rubobiy til, ohang yuz,
Gulmohilar o‘ynagan
Daryo anor ichinda.
Ona, qaydaman o‘zim?
Atrofim tah-batah qon.
Qolib ketdim so‘yilgan
To‘qson malak ichinda.
Ona, na odam shakl,
Na daraxtga o‘xshayman.
Kalamushdek ochofat
Bir kovakda qishlayman.
Yirtqichman!
Gʻazabu o‘t
Bora-bora o‘ldirar...
Faqat seni o‘ylasam,
Qushga aylangim kelar.
Osmon anor ichinda,
Yomg‘ir anor ichinda,
Daryo anor ichinda...
(Senu menda masofa yo‘q,
Senu menda makon yo‘q!)
Sen anor ichindasan,
Bolang anor ichinda.
Sitilib ketar jono...
III
Shahar shamoyilin unutdim.
Na bir bino, na bir fonus,
Zahar yutgan bog‘larning suvrati o‘chdi nigohimdan.
Na soyalar olomoni bor,
Na soyasiz olomon.
Nigohimda yagona suvrat qoldi.
O‘zgasi yo‘q.
Yagona —
sog‘inchdan qaqragan lablarim bilan o‘pishga tayyor
anor uzayotgan qo‘lning suvrati...
@duelloyihasi
Vanihoyat, “Duel”ning Respublika bosqichiga yaqinlashmoqdamiz!
Biz kutgan daqiqalarga juda oz qoldi.
Yangi bosqich oldidan sizga muhim sirni ochmoqchimiz…
Bu hammangizni hayron qoldirishi aniq.
Kutilmagan sirni oshkor qilishimizga tayyormisiz?😉
👉
“DUEL” MUSHOIRASI
Bolalar she’riyati
“Duel” loyihasining kattalar she’riyati yo‘nalishi bo‘yicha hududiy bosqich g‘oliblari ijodi bilan tanishtirgan edik. Bugun loyihaning bolalar she’riyati yo‘nalishida respublika bosqichiga saralab olingan yosh ijodkorlarning ijodiy ishlarini havola etamiz.
🔻 Dilshoda ABDUMUTALLIBOVA (Andijon)
🔻 Shamshoda HAMDAMOVA (Buxoro)
🔻 Dilobarxon ABDULFATTOHOVA (Farg‘ona)
🔻 Zuhra YO‘LCHIYEVA (Jizzax)
🔻 Zarnigor SANOYEVA (Navoiy)
🔻 Mushtariy HAYDAROVA (Qashqadaryo)
🔻 Charos RAHIMQULOVA (Samarqand)
🔻 E’zoza ALIMOVA (Sirdaryo)
🔻 Munisa A’ZAMOVA (Surxondaryo)
🔻 Sardor SA’DULLAYEV (Xorazm)
🔻 Allayar DARMENOV (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
🔻 Naima ANVAROVA (Toshkent viloyati)
👉
“DUEL” MUSHOIRASI
Kattalar she’riyati
“Duel” loyihasi yurtimiz bo‘ylab juda ko‘p yosh ijodkorlarning ustozlar nazariga tushishiga, el e’tiborini qozonishiga xizmat qildi. Loyiha Yoshlar ishlari agentligi va Yosh ijodkorlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan. Bugun e’tiboringizga “Duel” loyihasining kattalar she’riyati yo‘nalishi bo‘yicha respublika bosqichi ishtirokchilari va ularning ijodiy ishlarini havola etmoqchimiz.
🔻 Sobir MUHAMMAD (Andijon)
🔻 Muhammad HODIYEV (Buxoro)
🔻 Nilufar ERGASHEVA (Fargʻona)
🔻 Umid QODIR (Jizzax)
🔻 Samandar G‘ANIJONOV (Namangan)
🔻 O‘lmas RAIMQULOV (Navoiy)
🔻 Madina NORCHAYEVA (Qashqadaryo)
🔻 Gulhayo ANOROVA (Samarqand)
🔻 Sevinch ABDAZOVA (Sirdaryo)
🔻 Gulmira ABDIRAIMOVA (Surxondaryo)
🔻 Rahmat BOBOJON (Xorazm)
🔻 Muhammaddiyin AYTJANOV (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
🔻 Iroda RAHMONALIYEVA (Toshkent viloyati)
🔻 Nozima HABIBULLAYEVA (Toshkent shahri)
Bugun kim gʻolib boʻladi
Toshkent shahridagi raqobat sezilarli darajada kuchli.
Siz kimga muxlislik qilyapsiz?
https://www.youtube.com/live/jQxADiFoGwA?si=eUc06-bkIo2kxzlH
🇺🇿 Bayram muborak!
Suvratni maxsus chizdirdik.
Qanday maʼno ilgʻadingiz?
Eng koʻp ❤️ yig‘gan, eng yaxshi ta’rif egasini taqdirlaymiz.
@duelloyihasi
⚡️ XORAZM
✔️ Duelning Xorazm bosqichi ham yakunlandi. Bu gal Aziz Said, Zebo Mirzo hamda Bobur Elmurod hakamlik qilib, yosh ijodkorlarning sheʼrlarini birma-bir baholab berishdi.
Natijalar,
Kattalar sheʼriyatida:
🥇 Rahmat Bobojon
🥈 Zubayda Otaxonova
Bolalar sheʼriyatida:
🥇Sardor Saʼdullayev
🥈Tojigul Yoʻldoshova
🔈 Demak, Respublikada kattalar sheʼriyati boʻyicha
Rahmat Bobojon,
Bolalar sheʼriyatida esa
Sardor Saʼdullayev Xorazm shaʼni uchun kurash olib borishadi.
💬 Xorun Muso, Sarvinoz Shermatova, Dadaxon Qoʻziboyev kabi koʻplab shoirlar hakamlarimiz tomonidan eʼtirof qilindi.
@duelloyihasi
Duel & Bek va Lola
Bu ikki loyiha hamkorlikda ijodiy ish boshladi: Endi Bek va Lola multfilmining qoʻshiq matnlarini DUELning bolalar sheʼriyati yoʻnalishi gʻoliblari yozishadi.
Eng yaxshi matn mualliflariga qalam haqi ajratiladi.
“Duel”dan yana nimalar kutyapsiz?
@duelloyihasi
Kosa tagida nimkosa
Bahs-munozaralar, tortishuvlar kelib chiqqanidan, shoirlar uchun jon kuydiruvchilar borligidan quvondik.
Bundan keyin ham tayyorlagan videolarimiz tarqalishi uchun o'z hissangizni qo'shing. Shunda "Duel" va uning ishtirokchilari jamoatchilik e'tiborida bo'ladi.
Bizga sizning qo’llovingiz juda muhim!
Qalamga hech kim e’tibor qilmagandi-a? 😅
@duelloyihasi
Biz sirni aytdik. Fosh bo’lish navbati endi sizga…
“Duel”ga moddiy manfaat uchun emas, SO’Z ga muhabbat uchun qatnashayotganlargina maydonda qoladi. Buni o’zingiz hal qilasiz.
G’oliblar diplom, maxsus statuetka va adabiyotsevarlarning mehri bilan taqdirlanadi.
Xo’sh, finalda qatnashishga haliyam tayyormisiz?
Pul uchungina topshirganlar bemalol qarg’ish va malomatlarini izohlarda qoldirishlari mumkin:)
@duelloyihasi
Dizlayk bosisham nosdi kaypiday kayp bo’b qoldi shekilli:)
@duelloyihasi
https://youtu.be/5vcYaNygcko?si=CrWs35Xi5VhIo6qR
Sobir MUHAMMAD –
Andijon viloyati gʻolibi.
Xo’o’o’sh, kechagi sir nima edi, deb loyiha menejeri, koordinatori-yu, direktorining “lichkasi” savollarga, taxminlarga to’lib ketdi.
Rostdan nima ekan bu sir?
Balki Respublika bosqichi ishtirokchilaridan kimdir loyihada qatnashishdan voz kechdimikin?😨
Balki javoblardan norozi bo’lgan biror qatnashchi appelatsiya berib, natijalar o’zgarib ketdimi?🤔
Yoki Respublika bosqichiyam onlayn o’tkaziladimi?🫣
Va balki finalda loyiha shartlari o’zgardimi?🌚
Qanday sir bo’ldi ekan endi bu?😒
Xabaringiz bor, "Duelchi"larimiz toʻkis boʻlishi uchun ikki shoir kerak edi...
Bugun ustoz Qozoqboy Yoʻldosh, Zebo Mirzo hamda Dilrabo Mingboyeva bizga bu ikki shoirni aniqlab berdilar.
Respublika bosqichida qatnashish uchun qoʻshimcha oʻrinlarni
Asliddin Abdurazzoq hamda
Azizbek Yusupov
qoʻlga kiritdi.
Tanlovni YouTube kanalimizda toʻliq koʻring, bu videolar barchamiz uchun universitet vazifasini oʻtasa, ajabmas:
https://www.youtube.com/live/N_C0dSn0EOs?si=3n9SQzvnhAyDv62P
Duel kashfiyotlari
Duel 2024 tanishtirgan isteʼdodlardan biri – Sanjar Toshbekov. Albatta, bunday topildiqlarga boy oʻtdi duel. Sizni ham Ular bilan tanishtirib boramiz!
(👍)lar va izohlar bilan qoʻllab-quvvatlang,
Bu bizni ilhomlantiradi!
https://youtu.be/vWSTMtyyCyg
Toshkent shahri
Bugungi "otishma"larda shoirlar Aziz Said, Nosirjon Jo'rayev va Abdulaziz Akramov hakamlik qilib, yoshlarga haqiqiy mahorat darsi o'tdi. Shoirman, desangiz, YouTube kanalimiz orqali bugungi duelni ko'ring. Albatta, foydasi tegadi.
Natijalar esa
Kattalar sheʼriyati bo‘yicha:
🥇 Nozima Habibullayeva
🥈 Azizbek Yusupov
Bolalar she'riyatida esa,
🥇G'olib aniqlanmadi
🥈Boburjon Ibrohimjonov
Shunday qilib, Duel 2024 ning hududiy bosqichi yakunlandi.
Ishtirok etgan, bizni yaqindan qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat.
Respublika bosqichi esa...
@duelloyihasi
Toshkent viloyati
Bugun ustozlarimiz Nosirjon Jo'rayev, Zebo Mirzo va Mansur Jumayev shoirlarni, chin ma'noda savalab, elakdan o'tkazishdi. Bu saralash, she'rlarga aytilgan tanqidlar barchamizga dars bo'ldi, desak adashmaymiz.
Kattalar sheʼriyati bo‘yicha natijalar:
🥇 Iroda Rahmonaliyeva
🥈 Gulhayo Uralova
Bolalar sheʼriyatida:
🥇 Naima Anvarova
🥈 Dilnavoz Najimova
Duelning bu bosqichini YouTube kanalimizda ko'rishingiz mumkin.
@duelloyihasi
⚡️ QORAQALPOGʻISTON
✔️ Duelning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi ham oʻz nihoyasiga yetdi. Bu safar Rustam Musurmon, Abadan Turdimuratova va Nargiza Odinayeva hakamlik qilib, yosh ijodkorlarning sheʼrlarini sinchkovlik bilan baholashdi.
Kattalar sheʼriyati bo‘yicha:
🥇 Muxammatdiyin Aytjanov
🥈 Bazarbay Joldasbaev
Bolalar sheʼriyati bo‘yicha:
🥇 Allayar Darmenov
🥈 Zilolaxon Komiljanova
🔈 Respublika bosqichida Qoraqalpogʻiston sharafini kattalar sheʼriyati bo‘yicha
Muxammatdiyin Aytjanov,
bolalar sheʼriyatida esa
Allayar Darmenov himoya qiladi.
💬 Shuningdek, Atag'ulla Satbaev, Ulbosin Isamatdinova, Sardor Yo'ldosh, Rasul Abdimuratov, Sharafatdin Jollıbekov kabi ko‘plab shoirlar ham hakamlar tomonidan eʼtirof etildi.
@duelloyihasi
"Duel"ning Xorazm bosqichini jonli efirda kuzating:
https://www.youtube.com/live/DRS9pkvrsNk?si=qkxnMcBi62xYk_HX