baholashuz | Неотсортированное

Telegram-канал baholashuz - Bilimni baholash agentligi

111858

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz

Подписаться на канал

Bilimni baholash agentligi

#Qabul2025 #Abituriyent2025

Hurmatli abituriyentlar!


Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!

📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:

🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.

📌 Yodingizda bo‘lsin:

✅ Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
✅ Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.

❗️Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Qabul2025 #Abituriyent2025

📌 Test sinovlarini o‘tkazish tartibi (o‘zbek tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi.

📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

⚡️ Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

⭐️ Barcha abituriyentlardan ruxsatnomalarini yuklab olishlari so‘raladi!!!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Ma’lumot uchun

📞 So‘nggi vaqtlarda Bilimni baholash agentligiga Agentlik vakolatiga kirmaydigan ayrim masalalar yuzasidan murojaatlar soni ko‘paymoqda.

✅ Shu sababli ushbu masalalar yuzasidan qaysi tashkilotlarga murojaat qilish kerakligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz:

Bakalavriatga kirishdagi kasbiy (ijodiy) imtihonlar — oliy ta’lim muassasalari;

Magistratura mutaxassisliklariga qabul — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari;

Klinik ordinaturaga qabul — Sog‘liqni saqlash vazirligi va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari;

Ikkinchi mutaxassislikka qabul — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari;

Davlat OTMlari o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari;

Islom bilim yurtlariga qabul — O‘zbekiston musulmonlari idorasi va tegishli ta’lim muassasalari;

O‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.

Yuqorida qayd etilgan masalalar Bilimni baholash agentligi vakolatiga kirmaydi va Agentlik mazkur jarayonlarda ishtirok etmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🎓 Ready to Take the SAT? Join Us This August!

✔️Take the Digital SAT at the Agency for Assessment of Knowledge and Competences!

🗓 Upcoming SAT Date: August 23, 2025 (Saturday)
📍 Test Locations:
🔹 40.3764753,71.7324134,568m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x38bb9d000e121345:0xbb873225bfd2362f!8m2!3d40.3760832!4d71.7331001!16s%2Fg%2F11lmj955sn?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI1MDYzMC4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Fergana – August 23
🔹 41.035839,71.5467976,1125m/data=!3m1!1e3!4m6!3m5!1s0x38bb35cab2ce8d51:0x7af7feef9d17e9d1!8m2!3d41.0364518!4d71.5451279!16s%2Fg%2F11kr7pzzgp?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI1MDYzMC4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Namangan – August 23

📝 Important Deadlines:

▫️ Registration closes: August 8, 2025

▫️ Late registration / changes / cancellation: Until August 12, 2025 (Extra fees may apply)

💲 Fee: $68 + $43 international fee

🔗 Register now: mysat.collegeboard.org/dashboard

📞 More info: +998 95 515 68 68

📱 Telegram: @ilmiy_markazi

📌 Don’t miss your chance to show case your potential!

Start preparing today, register early, and take the next step towards your future!

Follow us for more:
📱 Telegram | 📱 Instagram |🔴ilmiy-oquvamaliymarkaz">Youtube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#El_yurt_umidi

Xorijda ta’lim olish istagidagi nomzodlar test sinovlaridan o‘tkazildi

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–77-sonli Farmoniga muvofiq, “El-yurt umidi” stipendiyasi g‘oliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat orqali aniqlanishi belgilangan.

🖥 2025-yil 3-iyul kuni test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Onlayn test” axborot tizimi orqali, axborot xavfsizligi ta’minlangan holda elektron shaklda o‘tkazildi.

👥 Test sinovlari respublikamizning barcha hududlarida o‘zbek tilida oʻtkazildi.

🎓 Nomzodlarning yoʻnalishlar boʻyicha bilimlari quyidagi tartibda baholandi:
Bakalavr: tahliliy fikrlash (20 ta savol), IQ (20 ta savol).
Magistratura va doktorantura: tahliliy fikrlash (20 ta savol), ilmiy-tadqiqot olib borish kompetensiyasi (20 ta savol).

❗️Psixologik barqarorlik darajasini aniqlashga qaratilgan test sinovlari faqat diagnostik maqsadni ko‘zlab o‘tkaziladi hamda yakuniy baholash mezonlariga ta’sir qilmaydi.

📤 Nomzodlar test natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishdi hamda test sinovlari qaydnomasi “El-yurt umidi” jamg‘armasiga taqdim etiladi.

📌 Tadbir Prezident Farmonida belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, iqtidorli mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va kadrlar salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTubea

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

✅ Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.

🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimida 2025-yil 1-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨‍🏭Test sinovlarida jami 245 nafar talabgor ishtirok etdi. 1 nafar talabgor tartib-qoidalarni buzganligi uchun chetlatildi.

❇️ Talabgorlar imtihon natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishadi hamda test sinovlari qaydnomasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🎉 30-Iyun — Yoshlar kuni muborak! 🇺🇿

Bugun — qalbi orzu, yuragi umidga to‘la, ezgu maqsadlar sari intilayotgan yoshlarimiz bayrami!

💫 Yurtimiz kelajagi — siz aziz yoshlarga bog‘liq. Sizning bilimga chanqoqligingiz, tashabbuskorligingiz va fidoyiligingiz Vatanimiz taraqqiyotining asosi hisoblanadi.

🕊 Biz siz bilan faxrlanamiz va doimo yelkadosh bo‘lamiz!

🇺🇿 Bayramingiz muborak, O‘zbekiston yoshlari!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat
Qabulning birinchi bosqichi yakuni bo‘yicha ovozli chat

📆
2025-yil 30-iyun kuni 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

✅ Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakuni bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

❗️ 2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun soat 23:59


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

❗️ 2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 2️⃣ soat qoldi

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🟦🟦🟦

📢 SAT imtihoniga ro‘yxatdan o‘ting!

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz tomonidan tashkil etilayotgan SAT imtihoniga sizni taklif qilamiz!

🗓 Yaqinlashayotgan imtihon sanasi:
🗓 2025-yil 23-avgust

🗺 Imtihon quyidagi hududlarda o‘tkaziladi:
1. Farg‘ona 23– avgust
2. Namangan 23– avgust

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun manzil: USTIGA BOSING

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

☎️ (95) 515-68-68

📨 @IlmiyMarkazUz

✍️ SAT imtihonida omad tilaymiz!

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Bugun ro‘yxatdan o‘tishning oxrigi kuni!

📆 2025-yil 25-iyun — oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

📱 Abituriyentlar bugun, soat 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari yoki (to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa ham) ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritishlari mumkin. 26-iyundan boshlab ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati yopiladi.

🔔 Shu munosabat bilan abituriyentlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

▪️ Ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmasdan, imkon qadar erta yakunlash;
▪️ Fanlar majmuasi (ketma-ketligi), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
▪️ Xalqaro sertifikatlarini tizimga imkon qadar ertaroq yuklash;
▪️ Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish (imtiyozga ega bo‘lganlar bundan mustasno);
▪️ Barcha kiritilgan ma’lumotlar va to‘lov holatini shaxsiy kabinet (qayd varaqasi) orqali tekshirib chiqish.


🌐 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: my.uzbmb.uz

ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun rasmiy sahifalar kuzatib borilishi tavsiya etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat
Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat - 3

📆 2025-yil 24-iyun kuni 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkazildi.

✅ Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etdi va savollarga batafsil javob berildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⭕️⭕️⭕️

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi va “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti tomonidan tashkil etilgan TOEFL IBT xalqaro imtihon kunlari belgilandi:

🖥 Imtihon topshirish istagini bildirgan talabgorlar www.ets.org sayti orqali test topshirish manzili sifatida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy o‘quv amaliy markaz (Scientific and educational practical center under The Agency for assessment of knowledge and competences) ni tanlashlari hamda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

➡️ TOEFL iBT - xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatidan joy olgan.

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish, imtihon to‘lovlari, shaxsiy kabinet ochish va imtihonga tayyorlov materiallar va yo‘riqnomalar bilan tanishish www.ets.org sayti orqali amalga oshiriladi.

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Qabul2025 #Abituriyent2025

📌 Test materiallaridan foydalanish (o‘zbek tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📢 DIQQAT! Yozish bo‘limi formati yangilanmoqda

📅 2025-yil oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha ko‘p darajali (multilevel) tizimning yozish bo‘limi formati va baholash mezonlarini yangilash rejalashtirilmoqda.

🧪 Yangi format 2025-yil avgust oyida aprobatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📄 Yuqorida siz yangi format bo‘yicha topshiriqlar tafsilotlari va namunaviy topshiriqlar bilan tanishishingiz mumkin.

✉️ O‘z fikr va mulohazalaringizni nafl@dtm.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Qabul2025 #Abituriyent2025

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
#abituriyent   #qabul2025

🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 52 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

📱 Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.

Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🟦🟦

TOEFL iBT xalqaro imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda Educational Testing Service (ETS) hamkorligida tashkil etilgan TOEFL iBT xalqaro imtihoni uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi!

Imtihonda ishtirok etishni istagan talabgorlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur: www.ets.org

Imtihon topshirish istagini bildirgan talabgorlar www.ets.org sayti orqali test topshirish manzili sifatida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy o‘quv amaliy markaz (Scientific and educational practical center under The Agency - 12, Bogishamol street, 1st floor, Tashkent, 100084, Uzbekistan) ni tanlashlari hamda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

🗓 Imtihon sanasi: 2025-yil 9-iyul, soat 08:00

🔹 Manzil: Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy

🚇 Mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati

🗺 Joylashuv: Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi

TOEFL iBT - xalqaro miqyosda tan olingan va sertifikatlar ro‘yxatiga kiritilgan rasmiy imtihon hisoblanadi. Batafsil: lex.uz havola

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish, imtihon to‘lovi to‘g‘risida ma’lumot olish, shaxsiy kabinet yaratish, shuningdek tayyorlov materiallari va yo‘riqnomalar bilan tanishish uchun:
www.ets.org saytiga tashrif buyuring.

TOEFL iBT - sizning xalqaro ta’lim va kasbiy muvaffaqiyat sari yo‘lingiz!

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞   (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga qabul

📅 2025-yil 1-iyul kuni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari 5 ta fan (dasturlash, matematika, fizika, O‘zbekiston tarixi va ingliz tili) doirasida tashkil etildi.

📝 Har bir fan bo‘yicha 20 tadan test topshirig‘i berilib, jami 100 ta savolni bajarish uchun talabgorlarga 3 soat 20 daqiqa vaqt ajratildi hamda har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball belgilandi.

📤 Test sinovi natijalari Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTubea

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩

🌐 Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

🗓 2025-yil 30-iyun kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 13 ta hududida tashkil etildi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

➡️ Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga murojaat qilish uchun bot

🤖 @NostrifikatsiyaBBA_bot
📱 /channel/NostrifikatsiyaBBA

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Abituriyentlar diqqatiga!

📅 2025-yil 30-iyun kuni soat 16:00 da o‘tkazilishi rejalashtirilgan ovozli chat texnik sabablarga ko‘ra boshqa kunga ko‘chirildi.

🎙 Ovozli chatda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning birinchi bosqichi yakunlari yuzasidan tushuntirishlar berib, savollarga javob berishadi.

📌 Yangi sana va vaqt haqida tez orada xabar beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Harbiy oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

📆
2025-yil 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasining "Psixologiya (Harbiy psixologiya)" ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

📚 Test sinovlari qabul komissiyasi tomonidan belgilangan 5 ta mutaxassislik fanidan o‘tkazildi.

⏳ Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 100 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat-u 20 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 100 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan beriladi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

❗️Talabgorlarning natijalari Harbiy oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

❗️ 2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 1️⃣ soat qoldi

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

❗️ 2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 3️⃣ soat qoldi

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59

📆
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🟦🟦🟦

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan 2025 yil 24-iyun kuni “Oxford Test of English”xalqaro imtihoni muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

Ma’lumot uchun: Oksford ingliz tili imtihonlari dunyoning bir qator nufuzli ta’lim muassasalari tomonidan, xususan, Oksford universiteti tomonidan tan olingan adaptiv test hisoblanadi.
Adaptiv test (moslashuvchan test) – bu nomzodning javoblariga qarab savollarning darajasini moslashtiruvchi baholash usuli. Bu imtihon nomzodlarga o‘z bilim darajasini aniqroq baholash imkonini beradi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshiriladi. Xalqaro imtihon kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

✍️ “Oxford Test of English” imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga “Oxford University Press” tashkilotining sertifikatlari taqdim etiladi.

Imtihon bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar: TANISHISH

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat
Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat-4

📆
2025-yil 25-iyun kuni 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

✅ Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

ОТМга кириш имтиҳонлари қандай ўтади? – Kun.uz'да қабулга оид энг муҳим саволлар юзасидан жонли эфир

5 июндан бошлаб Ўзбекистон олийгоҳларига кириш имтиҳонларида иштирок этиш учун абитуриентларни рўйхатдан ўтказиш бошланди. Айни кунларда қабул қандай ўтяпти? Бу йилги тест жараёнларида нима янгиликлар бор? Умумтаълим фанларидан сертификатлар қандай қўлланади? Мандат кечиктирилмайдими? 24 июн, ҳафтанинг сешанба куни соат 10:00 да Kun.uz мазкур саволлар билан БМБА (собиқ ДТМ) ходимларига юзланади. Сизни қандай саволларга жавоб қизиқтирмоқда? Изоҳларда ёзиб қолдиринг.

🔴 Телеграм'да кўриш

🔴 YouTube'да кўриш

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat
Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat-3

📆
2025-yil 24-iyun kuni 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

✅ Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал