baholashuz | Неотсортированное

Telegram-канал baholashuz - Bilimni baholash agentligi

111858

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz

Подписаться на канал

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat
Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat - 2

📆
2025-yil 23-iyun kuni 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkazildi.

✅ Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etdi va savollarga batafsil javob berildi.

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

ОТМга кириш имтиҳонлари қандай ўтади? – Kun.uz'да қабулга оид энг муҳим саволлар юзасидан жонли эфир

5 июндан бошлаб Ўзбекистон олийгоҳларига кириш имтиҳонларида иштирок этиш учун абитуриентларни рўйхатдан ўтказиш бошланди. Айни кунларда қабул қандай ўтяпти? Бу йилги тест жараёнларида нима янгиликлар бор? Умумтаълим фанларидан сертификатлар қандай қўлланади? Мандат кечиктирилмайдими? 24 июн, ҳафтанинг сешанба куни соат 10:00 да Kun.uz мазкур саволлар билан БМБА (собиқ ДТМ) ходимларига юзланади. Сизни қандай саволларга жавоб қизиқтирмоқда? @kunuzmurojaat манзилига ёзиб қолдиринг

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#natija_chet_tili

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2025-yil 12-maydan 13-iyunga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

Eslatma: Chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlardan my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida sertifikatni yuklash talab etilmaydi. Ularning milliy sertifikati avtomatik tarzda shaxsiy kabinetda aks etadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🗣Majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun telegram boti ishlamoqda!

Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMning bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ishga tushirilgan.

❗️Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

❄️Ushbu botdagi yangilangan variantini /start buyrug‘i orqali faollashtirish mumkin!

👉🏻 @BMB_Quiz_bot 👈🏻

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan 16-17 iyun kunlari - xalqaro til imtihonlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

🌍 O‘zbekistonning 9 ta viloyatida bir vaqtning o‘zida ingliz va arab tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha nufuzli xalqaro imtihonlar bo‘lib o‘tdi!

🇺🇸 iTEP (International Test of English Proficiency) hamda – 🇸🇦 At-tanal Al-arabi ingliz va arab tillarini bilish darajasini baholovchi xalqaro imtihon hisoblanadi.

🌟 iTEP va Attanal Alarabi – xalqaro miqyosda tan olingan va e’tirof etilgan sertifikatlar hisoblanadi!

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat
Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat

📆
2025-yil 20-iyun kuni 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

✅ Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish va sertifikatlarning qo‘llanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

😊😊😊😊

🗓 2025-yil 17-iyun kuni Bilim va malakalarni baholash agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida xodimlarning iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi.

🔹 Seminar davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi Ravshan Yuldashev tomonidan mavzuga oid tushuntirish va ma'ruzalar taqdim etildi.

🎯 Tadbir Agentlik xodimlarining iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va siyosiy bilimlarini yanada oshirishga xizmat qildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi

⏳ 2025-yil 12-iyun kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari birinchi marta elektron shaklda bo‘lib o‘tdi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

✅ Talabgorlar test natijalari asosida beriladigan QR-kodli elektron sertifikatlarni bir ish kuni mobaynida dt.uzbmb.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Xalqimizni yanada birlashtirgan tarixiy g‘alaba onlari

O‘zbekiston sportining haqli yutug‘i: yaratilgan sharoit, doimiy e’tibor, yuksak mahorat va g‘alabaga ishonch millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizning orzusini haqiqatga aylantirdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

👍👍👍👍👍🕸

📱 Ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaning.

Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentning telefon raqami ma’lumotlarni tasdiqlash vositasi hisoblanadi.

✍️ Bunda ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi va SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

📵 Ro‘yxatdan o‘tishda foydalanilgan (tizimga kiritilgan) telefon raqamisiz ma’lumotlarni tasdiqlab yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi.

🛃 Agar abituriyent boshqa shaxsning telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tadigan bo‘lsa, telefon raqamiga egalik qiluvchi shaxsda abituriyentning ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘ladi.

⚠️ Shu sababli abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamidan foydalanishi va telefon raqamini boshqa shaxslarga bermasligi lozim.

✳️ Shuningdek, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zi eslab qoladigan, xavfsiz paroldan foydalanishi va uni esdan chiqarmasligi maqsadga muvofiq.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

👍👍👍👍👍🕸

2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlandi

📄 2024-yildan boshlab, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.

📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi.

🖥 Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar professional ta'lim muassasasini , kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🇺🇸 iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

📢 Hurmatli talabgorlar!

Ingliz tilini bilish darajangizni xalqaro darajada tasdiqlovchi iTEP (International Test of English Proficiency) imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🗺 Imtihon endilikda 9 ta hududda ham o‘tkaziladi:

📝 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 13-iyungacha — ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish zarur.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: 👉 my.uzbmb.uz/ilmiy-service

💰 Imtihon narxi: 1 657 000 so‘m

📊 Natijalar: 24 soat ichida e'lon qilinadi.

🇺🇸 iTEP sertifikati orqali siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga topshirishingiz mumkin!

📚 iTEP diagnostik test:
👉 https://www.iteptest.com/preview

🔻 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan imtihon o‘tkaziladigan joylar:
➡️ https://telegra.ph/Ilmiy-oquv-amaliy-markazi-04-14-2

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞   (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon bo‘lib o‘tdi

✅ 2025-yil 1-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha maxsus psixologik tanlov va yozma imtihon (diktant) o‘tkazildi.

📍 Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida tashkil etildi va unda 2,4 ming nafardan ortiq talabgor ishtirok etdi.

⏳ Maxsus psixologik tanlovda talabgorlarga 50 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 40 daqiqa vaqt berildi.

📝 Yozma imtihon esa audiomatn asosida diktant shaklida o‘tkazildi.

💯 Maxsus psixologik tanlovda ham, yozma imtihonda ham maksimal ball 100 ballni tashkil etadi. Imtihon natijalari tekshirib bo‘linganidan so‘ng, Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 3–4–5-may kunlari kimyo va biologiya hamda 12-may kuni geografiya va 13-may kuni fizika fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📢 Attanal Alarabi imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan At-tanal Al-Arabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda!

🇸🇦 At-tanal Al-Arabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihon hisoblanadi.

🗺 Imtihon endilikda 9 ta hududda ham o‘tkaziladi:

💻 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 13-iyungacha

💰 Imtihon narxi: 1 547 000 so‘m

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: USTIGA BOSING

🔻 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan imtihon o‘tkaziladigan joylar:
➡️ https://telegra.ph/Ilmiy-oquv-amaliy-markazi-04-14-2

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞   (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

“Rahbar va yoshlar” – samimiy muloqot, yangicha qarashlar!

🗓 2025-yil 20-iyun kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori M.Karimov ishtirokida agentlikda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

👥 Uchrashuvda 19 nafar yosh mutaxassis ishtirok etdi. Ular o‘z yo‘nalishlaridagi innovatsion g'oyalar, taklif va tashabbuslari bilan qatnashib, faol ishtirok etishdi.

🎯 Tadbirning asosiy maqsadi – yosh kadrlar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning fikr va mulohazalarini tinglash, kasbiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va rahbariyat bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

🗣 Uchrashuv davomida:

🔹 yoshlar o‘z g‘oya va tashabbuslarini ochiq va erkin ifoda etish imkoniga ega bo‘ldilar;
🔹 ularni qiziqtirgan dolzarb masalalar yuzasidan batafsil va asosli javoblar berildi;
🔹 kadrlar salohiyatini oshirish, ish samaradorligini yaxshilash bo‘yicha muhim taklif va fikrlar ilgari surildi.

📌 Ushbu uchrashuv yoshlarga ilhom bag‘ishlabgina qolmay, balki ular bilan tizimli ishlash samaradorligini oshirishda ham muhim bosqich bo‘ldi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat
Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat

📆
2025-yil 23-iyun kuni 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.

✅ Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon natijalari e'lon qilindi

✅ 2025-yil 1-iyun
kuni Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha o‘tkazilgan maxsus psixologik tanlov va yozma imtihon (diktant) natijalari e'lon qilindi.

💻Talabgorlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.

📝 Yozma imtihon (diktant) natijalari bo‘yicha apellyatsiya arizalari imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida talabgorlarning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetida qabul qilinadi (21-iyun soat 23:59 ga qadar).

❗️Maxsus psixologik tanlov natijalari apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat
Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat

📆
2025-yil 20-iyun kuni 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkazildi.

✅ Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish va sertifikatlarning qo‘llanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etdi va savollarga batafsil javob berildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

✅ Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.

🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimida 2025-yil 19-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨‍🏭Test sinovlarida jami 437 nafar talabgor ishtirok etdi. 2 nafar talabgor tartib-qoidalarni buzganligi uchun chetlatildi.

❇️ Talabgorlar imtihon natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishadi hamda test sinovlari qaydnomasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#эълон
#бакалавриат

Академия бакалавриатининг “Тергов фаолияти” йўналиши бўйича танловда иштирок этувчи номзодлар диққатига
https://proacademy.uz/uz-cyr/news/view?alias=2452

Вниманию кандидатов, участвующих в отборе в бакалавриат Академии по направлению «Следственная деятельность»
https://proacademy.uz/ru/news/view?alias=2452

📣 Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг!
😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 HMQakademiyasi">You Tube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Assalomu alaykum, hurmatli nogironligi bor abituriyentlar!

🔜 16-iyun (dushanba) soat 17:00 da "Nogironligi bo‘lgan shaxslar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlarga ega?" mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Test sinovlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i — Odilov Jamshidbek To‘lqinboy o‘g‘li bilan ovozli chat tashkil etamiz.

🎤 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov

🔗 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: /channel/huquqplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

❓ Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring.

Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | HuquqPlus">YouTube | Veb-portal

#podkast

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩

🌐 Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

🗓 2025-yil 12-iyun kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 13 ta hududida tashkil etildi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

➡️ Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga murojaat qilish uchun bot

🤖 @NostrifikatsiyaBBA_bot
📱 /channel/NostrifikatsiyaBBA

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

✅ Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.

🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimida 2025-yil 10-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨‍🏭Test sinovlarida jami 469 nafar talabgor ishtirok etdi. 2 nafar talabgor tartib-qoidalarni buzganligi uchun chetlatildi.

❇️ Talabgorlar imtihon natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishadi hamda test sinovlari qaydnomasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🌙Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

Hurmatli yurtdoshlar!

🌙 Bilim va malakalarni baholash agentligi siz azizlarni ulug‘ va qutlug‘ bayram — Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi!

🕋 Bayram har bir xonadonga fayz-u baraka, sog‘lik, tinchlik va totuvlik olib kelsin!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝2025-yil 23-24-25-may kunlari matematika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📌 Qashqadaryo viloyatida chet tilidan gapirish imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlar diqqatiga!

🗓 2–5 va 9–10-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan chet tilidan gapirish imtihonlari boshqa binoga ko‘chirildi.

📍Yangi bino:
Qarshi davlat texnika universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti” binosi, 2-qavat (sobiq Qarshi axborot texnologiyalari kolleji)

📫 Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 226-uy
📌 Mo‘ljal: "Nasaf" markaziy stadioni
📍 Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/rnTWX9z1VUuh6Et68

‼️ Talabgorlar binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtda yetib kelishi lozim. Boshqa hududlarda binolar bo‘yicha o‘zgarishlar mavjud emas.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📢 6-iyun kuni gapirish sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

📅 2025-yil 6-iyun Qurbon hayiti munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilindi.

🎙 Shu munosabat bilan 6-iyun kunidagi chet tili bo‘yicha gapirish imtihonlari quyidagi sanalarga ko‘chirildi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – faqat 13-iyun kuniga;
Namangan viloyati – 9-12-iyun kunlariga;
Farg‘ona viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Buxoro viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Xorazm viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Surxondaryo viloyati– faqat 13-iyun kuniga;
Qashqadaryo viloyati– faqat 10-iyun kuniga;
Samarqand viloyati– 9-12-iyun kunlariga;
Toshkent shahri – faqat 10-iyun kuniga;

📍Talabgorlar gapirish imtihonini topshirishi uchun belgilangan kunlardan birida ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqt va manzilga kelishi lozim!

❗️Bu faqat 6-iyun kuniga tegishli bo'lib, boshqa kunlari imtihon topshiruvchilarda hech qanday o'zgarishlar mavjud emas.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#natija_chet_tili

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2025-yil 25-apreldan 23-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.