baholashuz | Неотсортированное

Telegram-канал baholashuz - Bilimni baholash agentligi

111858

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz

Подписаться на канал

Bilimni baholash agentligi

🚒 "Dolzarb 30 kun" doirasida yong‘in xavfsizligi mashg‘uloti!

🔻 20-maydan 20-iyunga qadar mamlakatimiz bo‘ylab yong‘in xavfsizligini taʼminlash maqsadida o‘tkazilayotgan "Dolzarb 30 kun" tadbirlari davom etmoqda.

🧯 Bugun ushbu tashabbus doirasida Bilimni baholash agentligida amaliy yong‘in o‘chirish mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda xodimlarga o‘t o‘chirgichdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi hamda real sharoitda mashq bajarildi.

👨‍🚒 Tadbir yong‘in xavfsizligini oshirish, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini kuchaytirish maqsadida muhim qadam bo‘ldi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 19–20-aprel kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩

🌐 Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

🗓 2025-yil 26-may kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 13 ta hududida tashkil etildi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

➡️ Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga murojaat qilish uchun bot

🤖 @NostrifikatsiyaBBA_bot
📱 /channel/NostrifikatsiyaBBA

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish maqsadida hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

✅ Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 23-may kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Nurmatov Javlonbek Abdunabiyevich tomonidan Agentlikning Sirdaryo viloyatidagi bo‘limi binosida o‘tkazildi.

📚 Sayyor qabulda Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan chet tili va umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash test sinovlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar va yangiliklar berildi hamda milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.

🔰 Sayyor qabulga tashrif buyurgan o‘qituvchilar, yoshlar va abituriyentlarning murojaatlariga tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar agentlik faoliyatida inobatga olinishi bildirib o‘tildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Sirdaryo viloyatida sayyor qabul

📋 Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi direktor maslahatchisi Nurmatov Javlonbek Abdunabiyevich tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladi.

✅ Sayyor qabul 23-may kuni soat 15:00 da – Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi binosida bo‘lib o‘tadi.

📍Mo‘ljal: Yoshlar markazi binosi, Viloyat arxivi, Guliston davlat pedagogika instituti

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#maxsus_imtihon

⚡️ Ko‘zi ojiz shaxslar uchun o‘tkazilgan chet tilidan maxsus imtihon natijalari e’lon qilindi

✅ 2025-yil 14-may kuni bo‘lib o‘tgan ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus imtihon natijalari e’lon qilindi.

Maxsus imtihonda ishtirok etgan 103 nafar talabgorlarning:
5 nafari - C1 darajadagi
40 nafari - B2 darajadagi
41 nafari - B1 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishdi. Shuningdek,17 nafar talabgor sertifikat talabini bajarishmadi
.

👨🏻‍💻 Maxsus imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Maxsus imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🇺🇸🇺🇸🇺🇸

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 17–19-may kunlari chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Malaka imtihoni talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 47,2 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 161 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun malaka imtihonidan chetlatildi.

🎤 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 12-maydan 13-iyun kunlariga qadar bo‘lib o‘tadi (shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari).

Izoh: Test sinovi natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 20-iyunda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🇺🇸🇺🇸🇺🇸

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 14–16-may kunlari chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihoni bo‘lib o‘tdi. Unda talabgorlar fransuz, arab, nemis, pushtu, hindiy, koreys va dariy tillaridan tinglab tushunish, o‘qish hamda yozish ko‘nikmalari bo‘yicha sinovlarda qatnashdi.

📍 Malaka imtihoni talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 7 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun malaka imtihonidan chetlatildi.

👍 Chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari 17–19-may kunlari davom etadi.

🎤 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 12-maydan 13-iyun kunlariga qadar bo‘lib o‘tadi (shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari).

Izoh: Test sinovi natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 20-iyunda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#maxsus_imtihon

⚡️ Ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tili imtihoni o‘tkazildi

📆 2025-yil 14-may kuni ko‘zi ojiz shaxslar uchun alohida format asosida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari ham talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kompyuterda maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida o‘tkazildi.

💻 Maxsus imtihonda ishtirok etadigan ko‘zi ojiz shaxslar uchun yordamchi (assistent)lar biriktirildi.

🎧 Imtihon tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini baholashga asoslangan bo‘lib, respublika bo‘yicha jami 106 nafar talabgor ushbu maxsus imtihonda ishtirok etdi.

Izoh: Maxsus imtihon natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 21-mayda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

“Farovon oila sari” shiori ostida tadbir о‘tkazildi

👍 2025-yil 12-may kuni “Farovon oila sari” shiori ostida “Yangi О‘zbekistonning ibratli oilasi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari doirasida tadbir tashkil etildi.

👩‍👩‍👦 Agentlikning Xotin-qizlar qо‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti a’zosi G.Babajanovaning oila mustahkamligi, farzand tarbiyasi masalalari hamda bu borada har bir inson mas’uliyatli bo’lish muhim ekanligi xususidagi ma’ruzasi yig‘ilish ishtirokchilarida iliq taassurot qoldirdi.

🧠 Shuningdek, ayni jarayonning mazmuniy davomi sifatida o‘tkazilgan 15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Oilamga ehtirom” loyihasi doirasida oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-psixologik trening ham ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩

🌐 Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

🗓 2025-yil 12-may kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 13 ta hududida tashkil etildi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

➡️ Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga murojaat qilish uchun bot

🤖 @NostrifikatsiyaBBA_bot
📱 /channel/NostrifikatsiyaBBA

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

9 may – Xotira va qadrlash kuni

📅 Bugun yurtdoshlarimiz 9 may – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlamoqda.

Bu sana – jasorat, fidokorlik va xalqimizning mardona tarixini eslash kuni bo‘lib, Ikkinchi jahon urushida qo‘lga kiritilgan g‘alabaning
80 yilligi bilan hamohangdir.

🎗 Urushga O‘zbekistondan 2 millionga yaqin inson safarbar etilgan,
🔹 540 ming nafarga yaqini halok bo‘lgan,
🔹 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan.

Bugun yurtimiz tinchligi uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz, harbiylar va huquq-tartibot idoralari xodimlarini chuqur hurmat bilan yod etamiz. Ularning xotirasi qalbimizda mangu yashaydi.

🕊 Xotira abadiy, qadrlash muqaddas!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

✅ Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.

🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimida 2025-yil 8-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨‍🏭Test sinovlarida jami 467 nafar talabgor ishtirok etdi.

❇️ Talabgorlar imtihon natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishadi hamda test sinovlari qaydnomasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Andijon viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish maqsadida hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

✅ Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 8-may kuni Bilimni baholash agentligining Test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Olimbekov Zafarbek Olimbek o‘g‘li tomonidan Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyi binosida o‘tkazildi.

📚 Sayyor qabulda Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi bo‘yicha ustozlar, o‘quvchi va yoshlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 10 - 11-, 14 - 19-may kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 12-maydan 13-iyun kunlariga qadar bo‘lib o‘tadi (shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🆔 Talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:

⚠️ 1-smena uchun soat 7:00 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 13:00 dan 14:30 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada Soat 14:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).

Izoh: Test sinovi natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 20-iyunda e’lon qilinadi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi

📆 2025-yil 1-iyun (yakshanba) kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o‘tkaziladi.

📍 Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 1 smenada tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini https://my.uzbmb.uz/service/63 havolasi orqali bilishi va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishi mumkin.

❗️ Talabgorlarni kiritish 8:30 dan 9:30 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma orqali amalga oshiriladi. 9:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

✅ Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.

🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimida 2025-yil 27-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨‍🏭Test sinovlarida jami 469 nafar talabgor ishtirok etdi. 3 nafar talabgor tartib-qoidalarni buzganligi uchun chetlatildi.

❇️ Talabgorlar imtihon natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishadi hamda test sinovlari qaydnomasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🤩🙇‍♂️

Milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi


2025-yil 23-24-25-may (juma-shanba-yakshanba) kunlari matematika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 57,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 35 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Izoh: Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

SAT imtihonlari Agentlikda tashkil etiladi.

Joriy yilning 22-may kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda “College Board” tashkiloti o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

🔰Memorandum doirasida SAT imtihonlarini respublikaning barcha hududlarida tashkil etish hamda xalqaro ta’lim standartlarini yaxshilashga qaratilgan seminarlar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik ishlari amalga oshiriladi.

🌐 Bu hamkorlik natijasida mamlakatimizdagi talabgorlar o‘z qobiliyatlarini xalqaro darajada namoyon etish, dunyo miqyosidagi oliy ta’lim muassasalariga yo‘l ochish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞   (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish to‘xtatiladi

✅ Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

📚 Mazkur xizmat doirasida talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkazilmoqda va ular test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqdalar.

❕ Bilimni baholash agentligi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda diagnostik test xizmati to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

📅 Bunda diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish (https://my.uzbmb.uz/service/10 sayti orqali) 22-may kuni to‘xtatiladi.
❗️ Qabul qilingan buyurtmalar 27-maygacha yetkaziladi. Buyurtmalar bo‘yicha talabgorlarning javoblar varaqalari 3-iyungacha qabul qilinadi va 5-iyungacha natijasi ma’lum qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

✍️ Chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonidan video-lavhalar

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 23-24-25-may (juma-shanba-yakshanba) kunlari matematika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📅 23-may kuni 3 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:30 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 11:00 dan 12:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 12:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 3-smena uchun soat 15:00 dan 16:00 ga qadar amalga oshiriladi. (3-smenada soat 16:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).


📅 24-25-may kuni 2 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:00 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 12:30 dan 14:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 14:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).


👝 Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Хусусий секторга ўтказилиши таклиф этилаётган давлат функциялари ва хизматлари юзасидан сўровнома

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 27 февралдаги “Хизматлар соҳаси барқарор ривожланиши учун қулай шарт-шароитлар яратишга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-78-сонли қарорининг 5-иловаси, 14.3-бандида хусусий секторга ўтказилиши таклиф этилаётган давлат функциялари ва хизматлари юзасидан сўровнома ўтказилмоқда.

📃Функция (хизмат)лар рўйхати

Сўровнома ҳаволаси

Мазкур сўровномада фаол иштирок этишингизни сўраб қоламиз. Сизнинг фикрингиз биз учун муҳим!

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🤩🙇‍♂️

Milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi


2025-yil 12-may kuni geografiya va 13-may kuni fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 10,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Izoh: Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

JONLI VEBINAR BOSHLANDI
“Cambridge” imtihonlari to‘g‘risida vebinar boshlandi.
Agentlik huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz tomonidan “Cambridge University Press and Assessment” tashkiloti bilan hamkorlikda “Unlock Global Opportunities: Cambridge Exams Now at the Agency for Assessment of Knowledge and Competences!” mavzusida onlayn vebinar boshlandi.
📌 Vebinar davomida quyidagilar haqida batafsil ma’lumot beriladi:
- Cambridge imtihonlari va ularning maqsadi
- Agentlikda qaysi Cambridge imtihonlari mavjud ekanligi va imtihon uchun to'lov miqdori
- Imtihonlar qaysi hududlarda tashkil etilishi
- Ro‘yxatdan o‘tish va tayyorgarlik bosqichlari


🔴 Vebinar: Ingliz va o‘zbek tillarida olib boriladi.
💻 Vebinarga qatnashish uchun: Ustiga bosing.☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 10-11-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 47,2 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 112 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

👍 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 14 - 19-may kunlari davom etadi.

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 12-maydan 13-iyun kunlariga qadar bo‘lib o‘tadi (shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari).

Izoh: Test sinovi natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 20-iyunda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Chet tili imtihoni (ko‘zi ojizlar) uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🔔 Ko‘zi ojiz talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari 2025-yil 14-may kuni bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Chet tili imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlar diqqatiga!

👍 2025-yil 10 - 11, 14 - 19-may kunlari chet tili imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.

🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-05-08-4

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Namangan viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish maqsadida hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

✅ Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 7-may kuni Bilimni baholash agentligining Test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Olimbekov Zafarbek Olimbek o‘g‘li tomonidan Namangan davlat universiteti akademik litseyi binosida o‘tkazildi.

📚 Sayyor qabulda Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi bo‘yicha ustozlar, o‘quvchi va yoshlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📚📚📚📚📚📚📚📚

ONLAYN DIAGNOSTIK TESTLAR YANGILANDI!


🏫 Oliy ta’lim muassasasining bakalavr yo‘nalishiga kirish testlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan talabgorlar uchun onlayn shaklda diagnostik testlar xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu xizmat doirasida talabgorlar uchun onlayn diagnostik testlar yangilandi.

🖥 Xizmatdan qanday foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma video-qo‘llanmada batafsil yoritilgan.

🎯 Nima uchun aynan onlayn diagnostik testlar?
• Haqiqiy test formati asosida tuzilgan savollar
• Bilim darajangizni aniq baholash imkoniyati
• Qaysi yo‘nalishda kuchliroq tayyorgarlik kerakligini aniqlash
• Tez va istalgan vaqtda mavjudligi.


☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | ilmiy-oquvamaliymarkaz">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал