baholashuz | Неотсортированное

Telegram-канал baholashuz - Bilimni baholash agentligi

111858

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz

Подписаться на канал

Bilimni baholash agentligi

⚡️Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari davom etmoqda

✅ Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasi test sinovlaridan o‘tkazilmoqda.

📅 Test sinovlari 21-fevralga qadar davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari davom etmoqda

✅ 2025-yil 20-yanvardan barcha hududlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlangan edi.

📌 Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasi test sinovlaridan o‘tkazilmoqda.

📚 Buning uchun talabgorlarga 40 ta jangovar tayyorgarlik, 20 ta ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 ta matematika, 10 ta fizika fani bo‘yicha va 20 ta mantiqiy test topshirig‘i berilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⭕️⭕️⭕️

🏢 BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGI HUZURIDAGI ILMIY - O‘QUV AMALIY MARKAZI TOMONIDAN “OXFORD TEST OF ENGLISH” HAMDA “OXFORD TEST OF ENGLISH ADVANCED” XALQARO IMTIHONLARI TASHKIL ETILMOQDA


👤 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Oxford Test of English” hamda “Oxford Test of English Advanced” imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

🔎 Ma’lumot uchun: Oksford ingliz tili imtihonlari dunyoning bir qator nufuzli ta’lim muassasalari tomonidan, xususan, Oksford universiteti tomonidan tan olingan adaptiv test hisoblanadi. Adaptiv test (moslashuvchan test) – bu nomzodning javoblariga qarab savollarning darajasini moslashtiruvchi baholash usuli. Bu imtihon nomzodlarga o‘z bilim darajasini aniqroq baholash imkonini beradi.

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish my.uzbmb.uz sayti “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 10-fevral soat 10:00 ga qadar davom etadi.

🖥 Imtihon 20-fevral kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy, Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

“Oxford Test of English” hamda “Oxford Test of English Advanced” imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga “Oxford University Press” tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.

❗️Ushbu sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar jahonning nufuzli OTMlarida tahsil olishlari mumkin!

💰 Imtihon topshirish narxi - 1 300 000 so‘m.

🔽 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:
➡️ USTIGA BOSING

🔽 Test namunalari:
➡️ Oxford Test of English Advanced

☎️ Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Milliy sertifikat imtihoni jarayonlaridan videolavhalar

🇺🇿 2025-yil 25–26-yanvar kunlari kimyo va biologiya fanlaridan o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni jarayonlaridan videolavhalar.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2024-yil 26-dekabrdan 2025-yil 17-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 27–29-yanvar kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilidan ko‘zi ojizlar uchun maxsus imtihonlar

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus test sinovlari yanvar, mart va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari uchun ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Eslatma:

‼️ Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) shaxslarga mo‘ljallangan chet tili imtihonlari uchun faqat mazkur toifaga kiruvchi talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🖥 Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bir bosqichda kompyuterda o‘tkaziladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Talabgorlarga eslatma!

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2025-yil 12-yanvar kuni turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 2025-yil 13-yanvardan 22-yanvarga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

Izoh: Test sinovi natijalari 29-yanvarda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Ахборот 24 | Тестовые испытания военнослужащих срочной службы
#22jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

https://uza.uz/uz/posts/askarlar-imtiyozli-tavsiyanoma-uchun-test-sinovlarini-topshirmoqda_679707

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

ANDIJON AXBOROTI | ASKARLAR UCHUN TEST SINOVLARI 21.01.2025

Telegram | AndijonVTRK">Youtube | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat

2025-yil 21-yanvar kuni biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi

✅ 2025-yil 20-yanvar kuni barcha hududlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi.

📌 Test sinovlari muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirganligini yakuniy baholash maqsadida tashkil etilmoqda.

📚 Buning uchun talabgorlarga 40 ta jangovar tayyorgarlik, 20 ta ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 ta matematika, 10 ta fizika fani bo‘yicha va 20 ta mantiqiy test topshirig‘i berilmoqda.

📆 Test sinovlari 20-yanvardan 21-fevralga qadar Agentlikning hududlardagi binolarida hamda harbiy qismlarda tashkil etiladi va unda 24 mingdan ziyod harbiy xizmatchining bilimi sinovdan o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat
Biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da  ovozli chat o‘tkaziladi.

✅ Ovozli chat biologiya fanidan milliy sertifikat imtihonining yangi formati bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga javob beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

✅ 2025-yil 19-yanvar kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 6,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20-yanvardan 31-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2025-yil 12-yanvardan 22-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 30-yanvardan 3-fevralga qadar my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Mazkur e'lon bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot

📚 Oxford Test of English va Oxford Test of English Advanced:
✅ Afzalliklari:
• test natijalari dunyodagi nufuzli universitetlar va ish beruvchilar tomonidan qabul qilinadi.
CEFR darajalarini qamrab oladi:
o Oxford Test of English: A2, B1, B2 darajalarini;
o Oxford Test of English Advanced: B2 va C1 darajalarini baholaydi.
• Moslashuvchan test: test har bir ishtirokchining bilim darajasiga moslashadi, bu esa yanada aniq natijalarni beradi.
• Tezkor va qulay: test sinovi 2 soat davom etadi va uni yil davomida Agentlikda istalgan vaqtda topshirish mumkin.
📝 Formati:
Listening (Tinglab tushunish)
Reading (O‘qib tushunish)
Writing (Yozish)
Speaking (So‘zlashish)
🏢 Qaysi tashkilot tomonidan tashkil etiladi?
Oxford Test of English va Advanced versiyasi Oxford University Press tomonidan ishlab chiqilgan va butun dunyo bo‘ylab tan olingan.
🌟 Nega bu testni tanlash kerak?
• CEFRga mos ravishda qamrab oluvchi darajalar.
• natijalar ishonchli va tezkor.
• moslashuvchan va arzon narxda.
📖 Tayyorlanish uchun qo'shimcha resurslar:
• namuna testlar: Demo testlar va tayyorlanish resurslari

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Muddatli harbiy xizmatchilar oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar olish maqsadida test sinovlarida ishtirok etmoqdalar.

👉Qoraqalpog’iston Respublikasi

👉Toshkent shahri

👉Andijon viloyati

👉Qashqadaryo viloyati

👉Samarqand viloyati

👉Farg’ona viloyati

👉Surxondaryo viloyati

👉Namangan viloyati

👉Navoiy viloyati

👉Xorazm viloyati

👉Sirdaryo viloyati


Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 2025-yil 25–26-yanvar kunlari kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 25 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 14 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

✅ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkazildi

📆 Joriy yil 23-yanvar kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan nomzodlar uchun test sinovlari o‘tkazildi.

📍Test sinovlarida ishtirok etgan nomzodlar O‘zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo‘yicha imtihon topshirdi.

✅ Test sinovi natijalari belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#intervyu
#harbiy_xizmatchi

✍🏼 Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Sirdaryo tumanida joylashgan harbiy qism askarlari uchun test sinovi o‘tkazildi.

👨‍🚀 Mazkur test sinovida ishtirok etgan oddiy askar Saidov Samandar o‘zining fikrlarini bildirdi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#TV 🔴 JASLAR TV / "QARAQALPAQSTAN ONLINE" (НДТК)

Нукус гарнизонида муддатли ҳарбий хизматчилар тест синовларини топширгани ҳақида лавҳа

Эфир 21.01.2025 й.

Каналга уланиш учун шу ерга босинг
🟢 Telegram: /channel/mudofaa_shimoliy

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Tavsiyanoma
#Test_sinovlari

⚡️⚡️⚡️Imtiyozli tavsiyanomalarni olish uchun test sinovlari boshlandi


Telegram |Facebook |Youtube |Instagram

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Diyor yangiliklari

Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi

Bizni kuzatib boring:📲
Facebook | Instagram | jizzaxmtrk4222?si=3k3AV_hA4hh-wgGZ">Youtube |jizzaxmtrk4222?si=3k3AV_hA4hh-wgGZ">Telegram

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Ovozli_chat

2025-yil 21-yanvar kuni biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Talabgorlar diqqatiga!

❇️ 2025-yildan boshlab kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yangi formatda o‘tkaziladi. Talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida kimyo va biologiya fanlaridan namunaviy test topshiriqlari(o‘zbek tilida) e’lon qilingan edi.

❇️ Mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar quyidagi havolalar orqali qoraqalpoq va rus tillaridagi namunaviy test topshiriqlari bilan ham tanishishlari mumkin:

👉 kimyo fanidan namunaviy test topshiriqlari;

👉 biologiya fanidan namunaviy test topshiriqlari.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 25–26-yanvar (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📆 Sayyor qabul o‘tkazildi

✅ Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

✅ Navbatdagi sayyor qabul 2025-yil 18-yanvar kuni Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkazildi.

✅ Ushbu tadbir Qarshi davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilari uchun tashkil etildi.

❔ Sayyor qabul davomida Bilimni baholash agentligi faoliyatiga oid ma'lumotlar taqdim etildi hamda bitiruvchi kurs o'quvchilarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал