baholashuz | Неотсортированное

Telegram-канал baholashuz - Bilimni baholash agentligi

111858

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz

Подписаться на канал

Bilimni baholash agentligi

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim ochiq va yopiq turdagi test topshiriqlari ham turli muhokamalarga sabab bo‘layotgani kuzatilmoqda. Tahlillar jarayonida mazkur test savollarining ayrimlari agentlik tomonidan hozirgi kunga qadar o‘tkazilgan imtihonlarda foydalanilgan test topshiriqlariga mos kelsa-da, ularning aksariyati Bilim va malakalarni baholash agentligi test bazasiga daxldor emasligi ma’lum bo‘ldi. Muhokamaga sabab bo‘layotgan ayrim test topshiriqlarining 2- va 3-noyabr kunlarida bo‘lib o‘tgan imtihon variantlaridagi test topshiriqlari bilan muvofiqligi bevosita Rash modeli ilmiy-nazariy tahlili talablari bilan bog‘liq. Unga ko‘ra bir o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan imtihonlarda foydalaniladigan test variantlarining qiyinlik darajasi mutanosibligini ta’minlash asosiy omil hisoblanadi. Qolaversa, test variantining qiyinlik darajasi talabgorlarning test topshiriqlariga bergan to‘g‘ri javoblari orqali belgilanadi. Ayni bir savolga berilgan to‘g‘ri javoblar soni ortib borishi bilan Rash modeli asosida mazkur test variantiga beriladigan ball kamayib boradi. Muqaddam o‘tkazilgan imtihonlardan so‘ng keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim test topshiriqlarining 2024-yil 2- va 3-noyabr kunlarida bo‘lib o‘tgan imtihon test variantlarida ham takrorlanganligini mazkur ilmiy-nazariy tahlil talabi sifatida izohlash mumkin.

Ona tili (o‘zbek) va adabiyot fani bo‘yicha o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari ilmiy-statistik tahlili bilan Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-sayti (uzbmb.uz)da tanishishingiz mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari

🔰 Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarorining ikkinchi va uchinchi ilovalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar test sinovi topshirishi belgilangan.

📆 Shu maqsadda 2024-yil 3-dekabr kuni Bilimni baholash agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar uchun test sinovi tashkil etildi.

🎓 Test sinovida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan 241 nafar talabgorning 234 nafari ishtirok etdi.

✅ Unda talabgorlarning chet tillari, axborot texnologiyalari va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkazildi.

📤 Test natijalari hisoblanishi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Milliy sertifikat imtihonidan videolavhalar

🇺🇿 2024-yil 1-dekabr kuni matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonidan videolavhalar.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📆Andijon viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 30-noyabr kuni Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi A.Hayitov tomonidan Andijon viloyatida o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Andijon viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasida aholi vakillari, yoshlar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida Bilimni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal qilishga yaqindan yordam berildi.

❗️Shuningdek, sayyor qabul davomida murojaatchilarga qulaylik yaratish maqsadida surdotarjimon ham jalb etildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Andijon viloyatida sayyor qabul

📋Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Hayitov Abduvahob Tolliboyevich tomonidan Andijon viloyatida o‘tkaziladi.

✅ Sayyor qabul 30-noyabr kuni soat 15:00 da – Andijon viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasi (Andijon shahri Milliy tiklanish ko'chasi 24-uy)da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Chet tilini (ingliz, nemis, fransuz, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi

2024-yil 11-dekabr kuni soat 9:00 da Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, fransuz, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

📆 Ro‘yxatga olish muddati - 5-dekabr 10-00 ga qadar.
💳 To‘lov qilish muddati -5-dekabr 10-00 ga qadar.
👥 Test o‘tkazish kuni - 11-dekabr.

⚠️ Natijangizni @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68.

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlar 5-dekabrga qadar ro‘yxatga olinadi va to’lovni amalga oshirishadi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: USTIGA BOSING

💰 To’lov qilish uchun havola: USTIGA BOSING

👍 Imtihon 6-dekabr kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

Imtihon topshirish narxi - 1 657 000 so‘m
➡️ iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview

🎓 iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin.

📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📆 Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 27-noyabr kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Sirdayo viloyatida o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Sirdaryo viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasida aholi vakillari, talabalar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun tashkil etildi.

Sayyor qabulda Agentlik faoliyati va test sinovlari bilan bo‘g‘liq fuqarolar tomonidan 2024-yilda Xalq qabulxonasiga yo‘llangan murojaatlar soni va mazmuni, ularning qanchasi ijobiy hal qilinganligi, nechtasiga tushuntirish berilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishib, u yerga kelgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi.

Sayyor qabulga tashrif buyurgan fuqarolar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va abituriyentlarning murojaatlariga tegishli tartibda Sayyor qabulga tashrif buyurgan fuqarolar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va abituriyentlarning murojaatlariga tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar agentlik faoliyatida inobatga olinishi bildirib o‘tildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 1-dekabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

✅ 2024-yil 23–24-noyabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 20,8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 15 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 25-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📆Farg‘ona viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 22-noyabr kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Hayitov Abduvahob Tolliboyevich tomonidan Farg‘ona viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasida o‘tkazildi.

Sayyor qabulga tashrif buyurgan fuqarolar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va abituriyentlarning murojaatlariga tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar agentlik faoliyatida inobatga olinishi bildirib o‘tildi.

Sayyor qabul davomida murojaatchilarga agentlik tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari haqida ham ma'lumotlar berildi. Jumladan, chet tillaridan, umumta'lim fanlaridan o‘tkazilayotgan milliy sertifikat imtihonlari to‘g‘risida batafsil aytib o‘tildi. Fuqarolarga imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishda faqat o‘z bilimlariga ishonishlari lozimligi, turli xil firibgarlarga aldanib qolmasliklari borasida tushuntirish berildi. Sayyor qabul ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Bayrog‘imiz - faxrimiz, g‘ururimiz!

🇺🇿 Agentlik xodimlari ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan munosabati o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol qatnashmoqda!

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Test sinovi aprobatsiyadan o‘tkazildi

❇️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son farmonida ko‘zi ojiz shaxslarga xorijiy tillarni o‘rganishda qulay va maqbul muhitni yaratish vazifasi qo‘yilgan edi. Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan maxsus format ishlab chiqilib, aprobatsiyadan o‘tkazildi.

🏛 Aprobatsiyada respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi I va II guruh nogironligi bo‘lgan 90 nafar ko‘zi ojiz talabgor ishtirok etdi.

✅ Aprobatsiya sinovi natijalari Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan tahlil qilinib, yanada takomillashtiriladi hamda ko‘zi ojiz shaxslar uchun xorijiy tillar bo‘yicha sertifikat imtihonlari kelgusida alohida formatda o‘tkaziladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari

📆 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2024-yil 17-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari 1 smenada tashkil etilib, 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi.

⏳ Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

👨🏻‍💻 Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqt (soat 08:30)dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Apellatsiya natijalari

📣 2024-yil 12-oktabr kuni matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 25-oktabr kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.

📥 Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilindi.

📱 Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️MUNOSABAT

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan joriy yilning 2 – 3-noyabr kunlari Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi doirasida ona tili va adabiyot fanidan imtihon o‘tkazildi.

Milliy sertifikat imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 646-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan tartibga solinadi. Unga ko‘ra tegishli umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikat darajasiga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball yoki maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etilgan.

Bilimni baholash agentligi tomonidan Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish uchun tuziladigan test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim tizimiga joriy etilgan davlat ta’lim standartlariga hamda ta’lim o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Xususan, ona tili fanidan lingvistik va nutqiy kompetensiyalarni, adabiyot fanidan badiiy asarni tahlil qilish hamda adabiy-nutqiy kompetensiyalarni baholashga yo‘naltirilgan test topshiriqlaridan foydalanilgan.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘layotgan ayrim test topshiriqlari hamda esse mavzularining imtihon savollari bilan muvofiqligi agentlik tomonidan o‘rganib chiqildi. Tahlil jarayonida mazkur holat turli omillar ta’sirida yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumki, yozma savodxonlikni baholashda o‘lchov vositasi sifatida yozma ishning esse turidan foydalanilmoqda. Esse yozish texnologiyasi bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va o‘zlashtirish talabi yaqin yillardan boshlab ta’lim dasturlarida belgilab ko‘rsatildi. Shu sababli dastlab milliy test tizimi doirasida ona tili va adabiyot fanidan o‘tkazilgan imtihon jarayonlarida yozma savodxonlikni baholashga yo‘naltirilgan test topshiriqlari sifatida o‘quv dasturlarida belgilab ko‘rsatilgan mavzularga mos vaziyatlarga oid esse yozish talabi belgilangan ("Gender tengligi” “Maktabni bitirgach qay yo‘ldan borgan ma’qul?”, “Oliy ta’lim olish yoki ishga kirish?” kabi mavzular doirasida) edi.

Quvonarlisi shundaki, so‘nggi yillarda talabgorlar orasida yozma savodxonlikni oshirishga bo‘lgan e’tibor ortgani bois esse yozish malakasi ham to‘laqonli shakllanib borayotgani ko‘zga tashlanmoqda. Shu bois o‘tkazilayotgan imtihon jarayonlarida esse mavzulari sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etayotgan, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan, e’tiborga loyiq, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb va qiziqarli mavzular tanlanmoqda. Xususan, ta’lim sohasidagi muammolar, xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyati, ayniqsa, joriy yilda bo‘lib o‘tgan “Parij-2024” yozgi olimpiada o‘yinlarida yurtdoshlarimizning qo‘lga kiritgan yutuqlari asnosidagi sport va ta’limga bo‘lgan e’tibor mavzularining keng jamoatchilik muhokamasida ekanligi sir emas. Esse uchun omma e’tiborida bo‘lgan mavzular tanlanishi bir qancha sabablar tufaylidir. Talabgor uchun notanish mavzu uning tilni bilishga oid bilimlarini aniqlashga xizmat qilmasligi mumkin. Esse yozish jarayonida talabgorning jamiyatshunoslik, tarix yoki boshqa fanlarga oid bilimlari emas, balki uning yozma savodxonligi tekshiriladi, matn yaratish, matnga xos mantiqiy-mazmuniy xususiyatlar, til birliklaridan matnda to‘g‘ri foydalana olish, imlo qoidalariga amal qilish, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay olish, lug‘at boyligidan unumli foydalana olish kabi bilim, ko‘nikma va malakalar baholanadi.

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🖥 2024-yil 2-dekabrdan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 8-dekabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️9-dekabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 2024-yil 1-dekabr kuni matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 16,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 10 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

✅ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi

Bilimni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

📚 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari mumkin.

📍 Diagnostik test materiallari har hafta barcha hududlarga yetkaziladi va talabgorlar test materiallarini agentlikning hududiy bo‘limlaridan olib ketishlari mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Mazkur xizmatdan foydalanish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishlari mumkin.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#sertifikat_natija

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 2–3-noyabr kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.

Bunda nomzodlarning:
🔵 tinglab tushunish
🔵 o‘qish
🔵 gapirish
🔵 so‘z boyligi va grammatika
🔵 yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlar 5-dekabrga qadar ro‘yxatga olinadi va to’lovni amalga oshirishadi.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: USTIGA BOSING

💰 To’lov qilish uchun havola: USTIGA BOSING

💰 Attanal Alarabi imtihoni narxi – 1 267 000 so‘m.

🗺 Imtihon 6-dekabr kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) o‘tkaziladi.

📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi

🌲 Joriy yil 27-noyabr kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori M.Karimov Sirdaryo viloyatida test sinovlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan agentlik binosi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi.

🌳Mazkur tadbirda agentlikning Sirdaryo viloyati bo‘limi xodimlari bilan birgalikda bino hududiga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi hamda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtish ishlari muntazam davom etishi ta'kidlandi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkazildi

📆 Joriy yil 27-noyabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan nomzodlar uchun test sinovlari o‘tkazildi.

📍Test sinovlarida ishtirok etgan nomzodlar O‘zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo‘yicha imtihon topshirdi.

✅ Test sinovi natijalari belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Sirdaryo viloyatida sayyor qabul

📋Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladi.

✅ Sayyor qabul 27-noyabr kuni soat 12:00 da – Sirdaryo viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasi (Guliston shahri Xalqlar do‘stligi ko‘chasi 31-uy)da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

📆Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayyor qabul o‘tkazildi

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 23-noyabr kuni Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi boshlig‘i A.Baratov tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Qoraqalpoq davlat universitetida aholi vakillari, yoshlar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida Bilimni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal qilishga yaqindan yordam berildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️test sinovining yozma qismi — 23–24-noyabr kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 25-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-11-20

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Olam uzra mag‘rur hilpiraydi O‘zbekiston bayrog‘i!

Bugun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 33 yil to‘ldi.

1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan ushbu qonunga ko‘ra, davlat bayrog‘i – O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgandir.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i Birlashgan Millatlar Tashkiloti, davlatimizning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari peshtoqida, sport musobaqalarida, xalqaro anjumanlarda, umuman, xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘lib xizmat qilmoqda!

Davlat ramzlari qatorida hur bayrog‘imiz xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi, intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr, iftixor bag‘ishlaydi va u mangudir!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari o‘tkazildi

📆 2024-yil 17-noyabr kuni Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari o‘tkazildi.

📌 Test sinovlarida 3 351 nafar talabgor ishtirok etdi.

📚 Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkazildi.

📌 Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2024-yil 21-oktabrdan 5-noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 13–15-noyabr kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 19-20-oktabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 21-oktabrdan 5-noyabrga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 13 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari 12-noyabrda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал