🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olish davom etmoqda
🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:
🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 17-may kuniga qadar davom etadi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52
👍 Imtihonlar 18-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.
🖥 Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m
iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview
iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin.
📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
⚡️ Surxondaryo viloyatida test sinovlariga tayyorgarlik holati o‘rganildi
✅ Bilimni baholash agentligi direktori M.Karimov 10-11-may kunlari Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib, agentlikning Surxondaryo viloyati bo‘limi binosining qurilish ishlari bilan tanishdi, mas’ul xodimlarga qolgan ishlarni ham qisqa muddatda yakunlash choralarini ko‘rish lozimligi, shuningdek, mazkur binoda abituriyentlar bilan birgallikda ularning ota-onalari uchun ham zarur sharoitlar yaratish zarurligiga alohida to‘xtaldi.
☝️Ushbu binoning foydalanishga topshirilishi viloyat yoshlari uchun test sinovlarini yilning istalgan vaqtida topshirish imkoniyatini berishi, chet tillari va umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari, diagnostik testlar va boshqa test sinovlari doimiy tashkil etilishi ma’lum qilindi.
☝️Shuningdek, viloyatda 2024 - 2025-o‘quv yilida oliy ta'lim tashkilotlariga qabul test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan katta sig‘imli binolar bilan ham tanishildi. Mazkur binolarda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.
👉 Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
📆Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.
✅ Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
✅ Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 10-may kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Surxondaryo viloyatida o‘tkazildi.
❇️ Mazkur tadbir Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti binosida aholi vakillari, talabalar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun tashkil etildi.
❇️ Sayyor qabul davomida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal qilishga yaqindan yordam berildi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#Sayyor_qabul
Surxondaryo viloyatida sayyor qabul
📋Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Surxondaryo viloyatida o‘tkaziladi.
✅ Sayyor qabul 10-may kuni soat 11:00 da – Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Guruh nazoratchiligiga nomzodlar tanlab olindi
📣 Ma’lumki, 2024-yil 1-fevral kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.
📱 2024-yil 1-fevraldan 1-martga qadar 10 ming nafardan ziyod talabgor guruh nazoratchiligiga nomzod sifatida onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
📝 2024-yil 25-martdan 5-aprelga qadar guruh nazoratchiligiga nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi va seminar yakunida maxsus test sinovi o‘tkazildi.
▶️ Unda 7 ming nafardan ziyod nomzod ishtirok etdi va test sinovi natijalariga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 4 ming nafarga yaqin nomzod tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etildi.
✅ 2024-yil 22-apreldan 26-aprelga qadar o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra 3 100 nafardan ziyod nomzod guruh nazoratchisi sifatida tanlab olindi.
✅ Bundan tashqari eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarga yordam berish uchun 150 nafarga yaqin surdotarjimon bilan ham shartnoma imzolandi.
Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda
🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:
🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 10-may kuniga qadar davom etadi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52
👍 Imtihonlar 11-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.
iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview
iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin.
📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
Majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun telegram boti yangilandi!
✅ Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMning bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ishga tushirilgan.
📝 Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.
📚Talabgorlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida bot savollar tarkibi yangilandi hamda uning ishlash funksiyasi takomillashtirildi.
🛠 Ushbu botning yangilangan variantini /start buyrug‘i orqali faollashtirish mumkin!
👉🏻 @BMB_Quiz_bot 👈🏻
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni sanasi o‘zgardi
✅ Xabaringiz bor, 2024-yil birinchi yarimyillik uchun e'lon qilingan taqvimga muvofiq joriy yil 19-mayda Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
✍️Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda, imtihon o‘tkazish sanasiga o‘zgartirish kiritildi.
✅ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 26-may kuni o‘tkaziladi.
📱Imtihon o‘tkazish smenasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
Tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
📝 2024-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan tarix va fizika fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2024-yil 20-, 21-, 28-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 31,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 28 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 2024-yil 28-aprel kuni matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.
📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 9,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 15 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
✅ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2024-yil 30-martdan 18-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (26-28-aprel) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi o‘tkazilmoqda
🗓 Navbatdagi “Chet tilini bilish darajasini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha 48 soatlik malaka oshirish kursining onlayn (📹 Zoom va Canvas platformasi orqali) mashg’ulotlari 29-aprel kuni boshlanadi.
⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.
👩👨 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 26-aprel kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service platformasi orqali ro'yxatdan o‘tishingiz mumkin.
💻 Mashg‘ulotlar 29-apreldan 20-maygacha davom etadi.
⚡️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 26-aprel.
Imtihon narxi: 1 050 000 so‘m.
To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 26-aprel.
📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 507-70-72
🏢 @IlmiyMarkazUz
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda
🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:
🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 10-may kuniga qadar davom etadi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52
👍 Imtihonlar 11-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.
🖥 Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m.
iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview
📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
⚡️ Guruh nazoratchiligiga nomzodlar diqqatiga!
📣 Ma’lumki, 2024-yil 1-fevral kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.
✅ Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan va o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etib, seminar yakunida test sinovi topshirgan nomzodlarning test sinovi natijalari e’lon qilindi.
📱 Nomzodlar test sinovi natijalarini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
📝 Tanlovning suhbat bosqichi barcha hududlarda 2024-yil 22-apreldan 26-aprelga qadar (shu kunlari ham) o‘tkaziladi.
🔗 Havola: https://my.uzbmb.uz/service/62
❕ Izoh: tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda
🇸🇦 Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.
Bunda nomzodlarning:
✅ tinglab tushunish
✅ o‘qish
✅ gapirish
✅ so‘z boyligi va grammatika
✅ yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.
📆 Test sinovi 18-mayda tashkil etiladi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish muddati 17-may ga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.
🇸🇦 Attanal Alarabi imtihoni narxi - 990 000 so‘m.
🗺 Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati).
Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2024-yil 11-12-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 39,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 69 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 13-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).
Shuningdek, 2024-yil 14-15, 18-19-may kunlari ham chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tadi.
Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
✏️test sinovining yozma qismi — 11-12, 14-15 va 18-19-may kunlari;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 13-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).
📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-05-08-3
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi
✅ 2024-yil 20-21, 28-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.
🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 22-apreldan va 8-mayga qadar(dam olish kunlaridan tashqari) gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.
👨🏻🎓 Unda 31 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 23 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.
❕ Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq bir haftada e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda
🇸🇦 Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.
Bunda nomzodlarning:
✅ tinglab tushunish
✅ o‘qish
✅ gapirish
✅ so‘z boyligi va grammatika
✅ yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.
📆 Test sinovi 11-mayda tashkil etiladi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish muddati 10-may ga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.
🇸🇦 Attanal Alarabi imtihoni narxi - 990 000 so‘m.
🗺 Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati).
Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
🇺🇸 TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda
✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov my.uzbmb.uz (“Ilmiy markaz” bo‘limi) platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 10-may soat 10:00 ga qadar davom etadi.
❗️ Imtihon 11-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma'lum bo‘ladi.
🌐 TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi)
🖥 Imtihon topshirish narxi 1 050 000 so‘m
🕯 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:
🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma
📱 @dtmtoefl
📞 (95) 515-68-68
🏢 @IlmiyMarkazUz
Sirdaryo viloyatida test sinovlariga tayyorgarlik holati o‘rganildi
✅ Bilimni baholash agentlik direktori M.Karimov 2-4 may kunlari Sirdaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib, agentlikning Sirdaryo viloyati bo‘limi binosi qurilish ishlari bilan tanishdi, mas’ul xodimlarga qolgan ishlarni ham qisqa muddatda yakunlash choralarini ko‘rish lozimligi, tashqi kommunikatsiya ishlari, ota-onalar kutish joyi, obodonlashtirish va boshqa zarur bo‘ladigan ishlarni sifatli darajada yakuniga yetkazish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.
▶️ M.Karimov tomonidan mazkur bino viloyat yoshlari uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan obyekt ekanligi, bu yerda yoshlarimizga barcha shart-sharoitlar yaratilib, ularga test sinovlarini yilning istalgan vaqtida topshirish imkoniyatini beruvchi chet tillari va umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari, diagnostik testlar va boshqa test sinovlari doimiy tashkil etilishi ma’lum qilindi.
✅ Shuningdek, viloyatda 2024 - 2025-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan katta sig‘imli binolar bilan ham tanishildi. Mazkur binolarda abituriyentlar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 3-may (juma) kuni Toshkent, Buxoro, Namangan va Urganch shaharlarida huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Aprobatsiya sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali yuklab olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar aprobatsiya sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 14:00 dan boshlab (aprobatsiya sinovi 15:00 da) kiritiladi.
❕Aprobatsiya sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha aprobatsiya o‘tkazilmaydi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Chet tilidan ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati aprobatsiyasi
✅ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan chet tilidan gapirish ko‘nikmasini baholash uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.
⌚️ Ushbu yangi format aprobatsiyasi 2024-yil 10-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Ilmiy o‘quv-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
⚡️💻 Aprobatsya test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service havolasi orqali ro'yxatdan o‘tishlari mumkin.
⚡️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 8-may soat 08:00 gacha.
Test sinovi narxi: 25 000 so‘m.
To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 8-may soat 10:00 gacha.
📱 @bba_ilmiy_markaz
/channel/BaholashUz/6512
📞 (95) 507-70-72
📞(95) 515-68-68
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2024-yil 28-aprel kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 4,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 2 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati
✅ Ma’lumki, Agentlik xodimlari xalqaro hamkorlar (British Council, Cambridge Assessment English, CITO International) bilan birgalikda ko‘p darajali (multilevel) test sinovini takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishmoqda.
✍️ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi.
⌚️ Hozirda ushbu formatni Agentlik huzuridagi Ilmiy o‘quv-amaliy markaz bilan hamkorlikda approbatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati 2024-yil sentabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.
📱 Talabgorlar va barcha qiziquvchilar yangi format va namunaviy topshiriqlar (pdf) bilan tanishishlari mumkin.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Milliy sertifikat uchun huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi
📝 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq 2020-2024-yillarda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladigan 9 ta umumta’lim fanidan milliy sertifikat joriy etish vazifasi qo‘yilgan edi. Mazkur topshiriq agentlik tomonidan 2023-yilda nihoyasiga yetkazildi.
⚖️ Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
📱 Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
📍 Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi.
📆 Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi.
🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.
❕ Kelgusida tashkil etiladigan imtihonlarning yanada sifatli bo‘lishini ta'minlash maqsadida huquqshunoslik fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida albatta ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika va rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.
❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2024-yil 20-21-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 26,8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 26 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 22-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, 2024-yil 28-aprel kuni ham chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tadi.
Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda
🇸🇦 Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.
Bunda nomzodlarning:
✅ tinglab tushunish
✅ o‘qish
✅ gapirish
✅ so‘z boyligi va grammatika
✅ yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.
📆 Test sinovi 11-mayda tashkil etiladi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish muddati 10-may ga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.
🇸🇦 Attanal Alarabi imtihoni narxi - 990 000 so‘m.
🗺 Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi (Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati).