baholashuz | Неотсортированное

Telegram-канал baholashuz - Bilimni baholash agentligi

111858

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz

Подписаться на канал

Bilimni baholash agentligi

iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

🇬🇧 iTEP
(International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 10-may kuniga qadar davom etadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

👍 Imtihonlar 11-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

🖥 Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m.

iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview

Ma'lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo'lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari munkin bo'ladi.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

✅ 2024-yil 2-aprel kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.uzbmb.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Xabaringiz bor, 2024-yil 19-mayda Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladi.

🔰 Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida 2024-yil 8-may kuni geografiya va kimyo fanlaridan milliy sertifikat uchun repetitsion test sinovlarini tashkil etishi rejalashtirilgan.

📍 Test sinovlarida https://my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tgan va tegishli to‘lov (102 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🖥 Talabgorlar 30-aprel kuni soat 9:00 ga qadar ro‘yxatdan o'tishlari va to'lovni amalga oshirishlari mumkin.

📌 Ishtirokchilar o‘z natijalarini @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 20-21 va 28-aprel kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 22-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-04-17

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🇺🇸 TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov my.uzbmb.uz (“Ilmiy markaz” bo‘limi) platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 10-may soat 10:00 ga qadar davom etadi.

❗️ Imtihon 11-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma'lum bo‘ladi.

🌐 TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi)

🖥 Imtihon topshirish narxi 1 050 000 so‘m

🕯 Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

🔹 TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma

📱 @dtmtoefl

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#gender #ayollar

Ayollar – jamiyatimizning teng huquqli a’zosi


Ma’lumot uchun:

🙎‍♀️ 2023-yilda oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning 56 foizi (529 164 nafari) xotin-qizlardir.

👩‍🎓 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning esa 48 foizi (92 930 nafari) xotin-qizlar hissasiga to‘g‘ri keladi.


Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Akademik litseylarga kirish imtihonlari formatidagi diagnostik test sinovlari

✅ Bilimni baholash agentligi tomonidan akademik litseylarga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

📝 Ushbu diagnostik test sinovlari orqali talabgorlar o‘z bilimini sinab ko‘rishi va akademik litseylarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi mumkin.

📱 Eng asosiysi, ushbu xizmat onlayn test shaklida ishga tushirilgan bo‘lib, undan istalgan vaqtda my.uzbmb.uz/service/97 havolasi orqali bepul foydalanish mumkin.

▶️ Shuningdek, diagnostik test sinovi natijasi asosida akademik litseylarni tanlagan holda o‘tgan yilgi o‘tish ballarini hamda o‘qishga kirish imkoniyatini aniqlash mavjud.

🤖 Bundan tashqari, OTMlarining bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Aziz yurtdoshlar!

🌙 Bilimni baholash agentligi xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ramzi bo‘lgan, dillarimizga quvonch, dasturxonimizga qut-baraka, oilamizga tinchlik ne’matlarini olib keluvchi Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) bilan samimiy muborakbod etadi!

🤲 O‘zbekistonimizni marhamatli Alloh ezgulik va shukronalik, Haq yo‘lida sobitqadamlik bilan siylasin! Orzularingiz ijobatini ziyodasi bilan tuhfa etsin! Ramazon oyining muqaddas kunlarida qilingan savob ishlaringiz, pok niyatlaringiz, ibodatlaringiz va ezgu duolaringiz ro‘yobi nasib etsin!

✨ Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

2024-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

2024-yil 3-aprel kuni 18:00 dan 19:00 ga qadar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida profilaktika ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Shu sababli 3-aprel (bugun) kuni soat 18:00 dan 19:00 ga qadar my.uzbmb.uz saytida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

✅ 2024-yil 30-31-mart kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 28 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 33 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 1-6-, 8-9-, 13-, 15-18-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Sirdaryoda sayyor qabul o‘tkazildi

✅Bugun, 29-mart kuni Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Shakarov Zoxid Xolboyevich Sirdaryo viloyatida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasida aholi vakillari, yoshlar va maktab bitiruvchilari bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

⏰ Sayyor qabul, soat 15-00 dan 16-30 gacha bo‘lib, unda Agentlik faoliyati va test sinovlari bilan bo‘g‘liq fuqarolar tomonidan o‘tgan yillarda yo‘llangan murojaatlar soni va mazmuni, murojaatlarning nechtasi ijobiy hal qilinganligi, nechtasiga tushuntirish berilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishib, u yerga kelgan bir nechta fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi.

❇️ Z.Shakarov tomonidan fuqarolarning murojaatlariga mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida, batafsil javob qaytarildi hamda murojaatchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar o‘rganib chiqilishi aytildi.

👉 @bbasirdaryo

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish (to‘lov qilish — 1 300 000 so‘m) 15-aprel kuniga qadar davom etadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

👍 Imtihonlar 16-aprel kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

📝 Mazkur sertifikatga ega talabgorlar PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
🌐 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 30-31-mart kunlari;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 1-apreldan 18-aprelga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-03-27

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 30-31-mart kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 1-18-aprel kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda 28 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 16 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

❕ Izoh: imtihon natijalari 25-aprel kuni e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Xalqaro hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bilimni baholash agentligi va AQShning “Educational Testing Service” tashkiloti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ikki tomonlama Memorandum imzolangan.

Joriy yilning 15-21-aprel kunlari “Educational Testing Service” tashkilotining delegatsiyasi Toshkentda amaliy tashrif bilan bo‘lishadi.

Tashrifning asosiy maqsadi 18-aprelda ingliz tili o‘qituvchilari uchun TOEFL testlari bo‘yicha konferensiya va qisqa seminarlar tashkil etishdan iborat.

17-aprel kuni Bilimni baholash agentligi vakillari bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Agentlik faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi.

Shuningdek, hamkorlikda TOEFL IBT sertifikatlarining haqiqiyligini tekshirish va qoida buzish holatlarining oldini olish kabi masalalar muhokama qilindi.

Agentlik va hududiy bo‘limlarda TOEFL IBT va GRE imtihonlarini tashkil etish jarayonini jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Xorazm viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 17-arel kuni Bilimni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich ishtirokida Xorazm viloyatida o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasida aholi vakillari, yoshlar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida Bilimni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal qilishga yaqindan yordam berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 17-mart kuni o‘tkazilgan o‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Chet tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam)

2024-yil 2-may kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) o‘tkaziladi.

📍 Test sinovi barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarning ro‘yxatdan o'tishlari va to'lov qilishlari my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali 25-aprel kuni soat 18:00 ga qadar amalga oshiriladi.

⚠️ Mock test natijangizni 🤖 @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Xorazm viloyatida sayyor qabul

📋 Bilimni baholash agentligi tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Xorazm viloyatida o‘tkaziladi.

✅ Sayyor qabul 17-aprel kuni soat 12:00 da – Urganch shahridagi Prezident xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

🇬🇧 Ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi bot ishga tushirildi

✅ Sun’iy intellekt elementlaridan foydalangan holda ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi bot (ilmiy tadqiqot ishi doirasida) ishlab chiqildi.

📱 Mazkur bot orqali foydalanuvchining ingliz tilini bilish darajasini 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) asosida aniqlash mumkin.

📝 Shuningdek, bot orqali fikrlar, taqrizlar va maslahatlar olish hamda yozma ishni plagiatga tekshirish imkoniyati mavjud.

🔗 Bot manzili: @mock_milliy_test_bot

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 2024-yil 7-aprel kuni fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 6,8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 9 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

✅ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

2024-yil 30-31-mart kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

⚡️ Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Imtihon natijalarining statistik tahlili ertaga Agentlikning rasmiy veb saytiga joylashtiriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Bilimni baholash agentligining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi yuqori baholandi

📣 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yildagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari qay darajada samarali amalga oshirilganligiga doir reyting koʻrsatkichlari eʼlon qilindi.

Unda Bilimni baholash agentligi 81 ball bilan faoliyat samaradorligi yuqori sifatida e’tirof etilgan tashkilotlar qatorida qayd etilgan.

📝 Maʼlumot uchun, 2023-yil boʻyicha oʻtkazilgan mazkur reyting baholashda 95 ta davlat tashkilotining:

42 tasi “yaxshi” – (81-100 ball);
38 tasi “qoniqarli” – (55-80 ball);
15 ta si “qoniqarsiz” – (55 balldan past) sifatida belgilangan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 15-aprel kuniga qadar davom etadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52

👍 Imtihonlar 16-aprel kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

📝 Mazkur sertifikatga ega talabgorlar PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
🌐 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

#Sayyor_qabul

Sirdaryo viloyatida sayyor qabul

📋 Bilimni baholash agentligi tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabul Agentlik direktori maslahatchisi Zohid Shakarov tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladi.

✅ Sayyor qabul 29-mart kuni soat 15:00 da – Sirdaryo viloyatidagi Prezident xalq qabulxonasi (Guliston shahri Xalqlar do‘stligi ko‘chasi 31-uy) da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Bilimni baholash agentligi

Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda

🇸🇦 Attanal Alarabiarab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda nomzodlarning:

🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 gapirish;
🔹 so‘z boyligi va grammatika;
🔹 yozish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱 Mazkur imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgor my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, imtihonda ishtirok etishlari mumkin.

📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish va to‘lovni amalga oshirish (990 000 so‘m) 15-aprel kuniga qadar davom etadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/56

📝 Test sinovi 16-aprel kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
🌐 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал