🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 28-mart kuni o‘tkaziladi
📆 2024-yil 28-mart kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 6 ta hududida tashkil etiladi.
📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-03-26
❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
👉 @NostrifikatsiyaBBA 👈
Turkiyadagi universitetlar bo‘yicha onlayn seminar
✅ Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan taqdim etiladigan ingliz tili sertifikati Turkiyaning bir qator universitetlari tomonidan tan olingan.
🇬🇧 Bunda mazkur universitetlarga o‘qishga kirish istagini bildirgan ingliz tilidan B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.
📆 2024-yil 26-mart (seshanba) kuni soat 16:00 da Bilimni bahaolash agentligi tomonidan Turkiyaning Istinye universiteti, Istanbul Okan universiteti va Kipr fanlar universiteti bilan hamkorlikda onlayn seminar tashkil etilmoqda.
❔ Unda ushbu universitetlarda o‘qish, ulardagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari haqida ma’lumot beriladi hamda talabgorlarni qiziqtirgan savollarga javob beriladi.
📹 Seminar Zoom platformasida o‘tkaziladi va ingliz tilida bo‘lib o‘tadi.
📱 Seminarda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: https://www.nichegrp.com/event-details-registration/online-seminar
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Assalomu alaykum muhtaram vatandoshlar!
O‘lkamizga kirib kelayotgan bahoriy tengkunlik va yangilanish bayrami – Navro‘zi olam munosabati bilan Sizlarni Bilimni baholash agentligi jamoasi nomidan qizg‘in muborakbod etamiz!
Tobora go‘zallashib, farovonlashib borayotgan barqaror, tinch va osuda Vatanimiz rizqu barakasidan, baxtli xalqimizning mehr-oqibatlaridan doimo bahramand bo‘lish, dasturxon to‘kinligi baxti nasib etsin!
Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Guruh nazoratchiligiga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!
📣 Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.
📱 Unga ko‘ra 2024-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali nomzodlar ro‘yxatga olindi.
📋 Mazkur muddat davomida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning shaxsiy kabinetiga keyingi bosqichga o‘tgan yoki o‘tmagani to‘g‘risida ma’lumot joylashtirildi.
📆 Keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun 25-mart kunidan barcha hududlarda oflayn tarzda o‘quv-seminar mashg‘ulotlari boshlanadi.
✅ Keyingi bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnoma nomzodlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.
📝 Ruxsatnomada nomzodlar qachon, qayerda seminarda ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.
▶️ Seminarlarda ishtirok etgan nomzodlar yakuniy nazorat sinovidan o‘tkaziladi va eng yuqori natijaga erishganlar keyingi bosqich (suhbat)ga tavsiya etiladi.
❕ Izoh: o‘quv-seminar mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 2024-yil 17-mart kuni barcha hududlarda o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.
📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 17 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 14 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
✅ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi
📆 2024-yil 6-14-mart kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan 15 ta umumta’lim fani bo‘yicha test topshiriqlari aprobatsiyasi o‘tkazildi.
✅ Test topshiriqlari aprobatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📚 Unda 2024-2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi.
📝 Aprobatsiyada o‘quv markazlari o‘quvchilari hamda akademik litsey, ixtisoslashtirilgan maktablar va umumta’lim maktablarining 8 ming nafardan ziyod bitiruvchisi ishtirok etdi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 17-mart (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida:
1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.
❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi
✅ 2024-yil 3-mart kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.
🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 4-7- va 11-12-mart kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.
👨🏻🎓 Unda 5,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 4 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.
❕ Izoh: imtihon natijalari 19-mart kuni e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
🌷 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!
Bilimni baholash agentligi barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etadi hamda mustahkam sog‘liq, baxt va oilaviy farovonlik tilab qoladi.
Barchangiz hamisha rahmdil va donosiz, mehringiz cheksiz, tashqi va ichki go‘zalligingiz esa g‘oyatda beqiyos!
Sizlarga izlanishdan to‘xtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, yangi marralarni zabt etishni tilaymiz.
Hozir cheksiz imkoniyatlar davri, shuning uchun ham, aziz qizlarimiz, mavjud imkoniyatlardan foydalanib, hur fikrlaydigan, yetuk mutaxassis bo‘ling, o‘z oldingizga to‘g‘ri maqsadlarni belgilab, ular sari dadil qadam tashlang!
Bayramingiz bilan, aziz ayollar!
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 6-mart kuni o‘tkaziladi
📆 2024-yil 6-mart kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 7 ta hududida tashkil etiladi.
📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-03-04
❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
👉 @NostrifikatsiyaBBA 👈
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2024-yil 3-mart kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 5,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 7 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi
✅ 2024-yil 29-fevral va 1-mart kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
🗺 Test sinovi talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 9 ta hududida tashkil etildi.
📚 Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.
🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
✅ Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Kimyo va geografiya fanlaridan apellatsiya natijalari
📣 2024-yil 28-yanvar kuni kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 2024-yil 14-fevral kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.
📥 Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilindi.
📱 Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.
👨🏻💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
📝 test sinovining yozma qismi — 3-mart kuni;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 4-7- va 11-12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ 2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
✅ 2024-yil fevral-may oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.
📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891
❕ Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#OnlineSeminar #Live
Turkiyadagi universitetlar bo‘yicha onlayn seminar boshlandi
🇹🇷 Onlayn seminarda Turkiyaning Istinye universiteti, Istanbul Okan universiteti va Kipr fanlar universitetida o‘qish, ulardagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari haqida ma’lumot beriladi.
❔ Seminar davomida ishtirokchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.
✅ Savollarga Turkiyaning Istinye universiteti, Istanbul Okan universiteti va Kipr fanlar universiteti mutaxassislari tomonidan to‘liq javob beriladi.
📺📺 26-mart soat 16:00 da — Zoom platformasida.
🔗 Onlayn seminarda qatnashish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/89752244360
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
📣Eʼlon!
❗️my.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda
📱21 – 24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.
⚙️ Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.
🟡 Sizga bayram kunlarini maroqli oʻtkazishni tilaymiz! Bu vaqt ichida biz elektron davlat xizmatlarining ishlashini yanada yaxshilashga intilamiz!
📱Qoʻshimcha savollar boʻlsa, 1242 raqamiga murojaat qiling.
⏺ my.gov.uz ⏺ egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
#RasmiyMunosabat
O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha bildirilgan fikrlarga rasmiy munosabat
👉 https://uzbmb.uz/post/view/o-zbek-tili-va-adabiyot-rasmiy-munosabat
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2024-yil 3-martdan 12-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (20-22-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Agentlikda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
Bugun respublikamizning barcha hududlarida Navro‘z umumxalq bayrami arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Hashar obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda.
Shu munosabat bilan Bilimni baholash agentligida ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etgan holda xayriya hashari tashkil etildi.
Unda Agentlik xodimlari faol ishtirok etib, binolar va ularning atrofini tozalash, daraxtlarni butash va oqlash hamda ish joylarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda
🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:
🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 grammatika;
🔹 yozish;
🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish (to‘lov qilish — 1 300 000 so‘m) 18-mart kuniga qadar davom etadi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52
👍 Imtihonlar 19-mart kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.
📝 Mazkur sertifikatga ega talabgorlar PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
🌐 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda
🇸🇦 Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda nomzodlarning:
🔹 tinglab tushunish;
🔹 o‘qish;
🔹 gapirish;
🔹 so‘z boyligi va grammatika;
🔹 yozish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
📱 Mazkur imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgor my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, imtihonda ishtirok etishlari mumkin.
📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish va to‘lovni amalga oshirish (990 000 so‘m) 18-mart kuniga qadar davom etadi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/56
📝 Test sinovi 19-mart kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) bo‘lib o‘tadi.
❕ Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
🌐 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2024-yil 17-fevraldan 1-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (12-14-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
“Uddaburon” talabgorlar imtihondan chetlatildi
📝 2024-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan biologiya fanidan milliy sertifikat imtihonida 25 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.
📱 Mazkur raqam boshqa imtihonlardagi qoidabuzarliklar sonidan anchagina ko‘p bo‘lib, ularning barchasi telefon va aloqa vositalari bilan bog‘liq. Jumladan:
➖ 12 nafar talabgor imtihon o‘tkaziladigan binoga telefon yoki aloqa vositalarini olib kirishga uringani uchun;
➖ 13 nafar talabgor imtihon vaqtida telefon yoki aloqa vositalaridan foydalangani uchun chetlatilgan.
❌ Shuningdek, telegram kanallarda rasmi tarqatilayotgan biologiya fanidan savollar aks etgan 8311323 raqamli test topshiriqlari kitobi Surxondaryo viloyatida imtihon ishtirok etgan talabgorga tegishli bo‘lib, mazkur talabgor ham imtihonda taqiqlangan vositalardan foydalangani aniqlanib, jarayondan chetlatilgan.
📷 Bunda talabgor imtihonga aloqa qurilmasi bilan birga kiyimga maxsus joylashtirilgan mini kamera bilan kirgan bo‘lib, test topshiriqlari kitobi ushbu mini kamera bilan rasmga tushirilgan.
❕ Hurmatli talabgorlar! Turli qing‘ir yo‘llar bilan sertifikatga ega bo‘lishni emas, balki imtihonlarga puxta tayyorlangan holda o‘z bilimingiz bilan sertifikat olishni maqsad qiling.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi
☘️ 2024-yil 4-mart kuni barcha hududlarda biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.
📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 7,2 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 25 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
✅ Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi
✅ 2024-yil 17-18-fevral kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.
🎤 Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 19-fevraldan 1-martga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.
👨🏻🎓 Unda 14 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 12 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.
❕ Izoh: imtihon natijalari 11-mart kuni e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
“Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va jinoyatlarning yoshlar kelajagiga taʼsir qiluvchi salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi
✅ 2024-yil 1-mart kuni Bilimni baholash agentligida “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va jinoyatlarning yoshlar kelajagiga taʼsir qiluvchi salbiy oqibatlari” mavzusida seminar va ochiq muloqot tashkil etildi.
👍 Tadbirni ochib bergan Bilimni baholash agentligi direktori o‘rinbosari Farxod Mirzayev agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
👮 Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy taʼlim markazi boshlig‘i Xudoyberdi Tursunmetov ta’lim tizimida kuzatilayotgan korrupsiya holatlari va ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
📝 Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda mamlakatimizda keyingi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, shu jumladan korrupsiyani oldini olishga qaratilgan preventiv choralar, sohaga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, mazkur yo‘nalishda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini mamlakatimizda ham joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 3-mart (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 13:30 dan boshlab (test sinovi 15:00 da) kiritiladi.
❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
Turk tilidan milliy sertifikat Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olinadi
🇹🇷 2024-yil 27-fevral kuni Bilimni baholash agentligida Turkiyaning Istanbul Okan universiteti (İstanbul Okan Üniversitesi) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤝 Uchrashuv mobaynida baholash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, seminar-treninglar tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
✅ Uchrashuv natijasida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni asosida beriladigan turk tilidan milliy sertifikat Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olinishiga kelishildi.
❕ Ma’lumot uchun: Bilimni baholash agentligi tomonidan beriladigan ingliz tilidan milliy sertifikat 2023-yildan Istanbul Okan universiteti tomonidan tan olingan.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
⚡️ Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 29-fevral va 1-mart kunlari o‘tkaziladi
📆 2024-yil 29-fevral va 1-mart kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 9 ta hududida tashkil etiladi.
📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-02-23
❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
👉 @NostrifikatsiyaBBA 👈