“Akademnashr” nashriyotining rasmiy kanali Мutolaa qiling! Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo Tel: 99 433-16-77 Aloqa: @akademnashr_bot Manzil: t.me/Akademnashr/1461 Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)
📘 Aziz Nesinning "Tayoq yemasdan turolmayman" to'plamidan quyidagi hikoyalar o'rin olgan:
Tayoq yemasdan turolmayman
Insonlar uyg‘onmoqda
Ali Bey bilan suhbat
Kemani zabt etgan shilliqqurtlar
Ko‘zoynak
«Men doimo hayotda...»
Oyga boramiz
«Hamma gap baqirishda...»
Sharmandiy qachon tug‘ilgan?
📖 Fragment va mundarija
Tarjimon: Rahmat Bobojon
Narxi: 15 000 so‘m
📘 Nazar Eshonqul: Saylanma I, II
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq, 576 bet / 512 bet
Narxi: 45 000 so‘mdan
Xarid: t.me/akademsavdo
Kecha oʻzbek yozuvchisining yangi romanini birinchilardan (ehtimol eng birinchi) boʻlib oʻqib tugatdim. Oldin milliy adabiyotimizda men kuzatmagan yoʻnalish va uslubda yozilgan. Asar oson oʻqiladi. Hazmi yengil. Ammo zamiriga jiddiy yuk joylangan. Texnotriller janrida, oʻtkir syujetlar bilan boyitilgan va abadiy falsafiy mushohadalar ustiga qurilgan.
Pardani ozroq koʻtarish joiz boʻlsa, asar biz qadam qoʻyayotgan yangi reallik – sunʼiy idrok bilan birga-birga mavjud boʻlish va bu yangi erada oʻz fitratidan ajralib qolmaslik haqida bahs yuritadi.
Avvalo kitobxonlarni, soʻng muallifning oʻzini ham yangi yaxshi asar bilan tabriklayman.
P.S. Kelishuvga binoan boshqa tafsilot va maʼlumotlarni ochiqlay olmayman 😁
“Kecha va kunduz” romanining ikkinchi kitobi haqida ham turli-tuman fikrlar yuradi. Kimdir yozilgan deydi, kimdir ikkinchi kitobning yozilmaganini tasdiqlovchi “dalil”larni keltiradi. Romanning birinchi qismi “Sharq yulduzi” jurnalida bosilayotgan kezlarda esa ikkinchi kitobning qo‘lyozmasi Samarqand qishloqlaridan birida yashayotgan cho‘lponxon kishilarning uyidan topildi, degan mishmish ham tarqalgan.
Cho‘lponning Vahob Rashidov degan yosh zamondoshi esa Naim Karimovga “Kunduz” qismining yozila boshlaganini, hatto Cho‘lpon bilan Moskvada yashagan vaqtida adibning ikkinchi kitobdagi ayrim epizodlarni unga o‘qib berganini aytib bergan. “Bu parchalarga qaraganda, — degan u, — Miryoqub Moskvadan Bog‘chasaroyga yo‘l olib, u yerda I.Gasprinskiy bilan tanishadi va uning ta’sirida jadidchilik g‘oyalari bilan shug‘ullanadi”.
Endi aniqki, romanning “Kunduz” deb atalgan qismi yozila boshlangan. Tintuv paytida olib ketilgan ashyolar orasida “tugallanmagan asar” sifatida ro‘yxatga kiritilgan qo‘lyozma, N.Karimovning aytishicha, “Kecha va kunduz”ning ikkinchi, tugallanmagan qismidir. (#)
📘 Cho‘lpon: Kecha va kunduz
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq
Hajmi: 336 bet
Narxi: 37 000 so'm
#gaplashamiz
Siz uchun o'zbek adabiyotidagi eng yaxshi uchta hikoya qaysilar?
Izohlarda yozib qoldiring. ⬇
📖 Andrey Platonov: Xandaq
Santuagara of library:
Sovet Ittifoqi tugaganidan keyin qayta kashf etilgan eng muhim rus yozuvchilaridan biri bu shubhasiz Platonovdir. Platonov "Xandaq" nomli qissasini 1930-yilda yozib tugallaydi, biroq asar 1987-yilga kelibgina nashr etiladi. Chunki asarda Sovet Ittifoqi bunyod etishga urinayotgan tizim tanqid ostiga olingan edi.
👉 Batafsil o'qish
Tarjimon: Sharifjon AhmadЧитать полностью…
📖 Fragment va mundarija
Hajmi: 216 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 50 000 so'm
quroqlar
📘 Faxriyor
: Izlam
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq; 448 bet;
Narxi: 60 000 so'm
Xarid: t.me/akademsavdo
📘 Buvamning oshqozonidagi mamlakat
📖 Fragment va mundarija
Muallif: Qobiljon Shermatov
Muqova: yumshoq/qattiq
Hajmi: 192 bet
Formati: A4
Narxi: 55 000 so‘m / 65 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
Anton Chexovning "Kuchuk yetaklagan xonim" kitobidan quyidagi hikoyalar o'rin olgan:
1. Qiyshiq ko‘zgu
2. Yomon bola
3. Kitobxonlik
4. Yozuvchi
5. Bebaho ko‘ppak
6. G‘urbatda
7. Undov belgisi
8. Dorixonada
9. G‘aflat
10. Muallim
11. Qaltis hazil
12. Og‘u
13. Intihosiz hikoya
14. Jaholat
15. Sir
16. Bo‘sa
17. Hakalak
18. Bir do‘kon tarixi
19. Kuchuk yetaklagan xonim
20. Sevgi haqida
21. Aroqxo‘rning hushyor shayton bilan gurungi
22. Qora rohib
📖 Fragment va mundarija
Tarjimon: Humoyun
Muqova: qattiq
Hajmi: 272 bet
Narxi: 50 000 so‘m
Turkistonlik jadidlarning deyarli barchasi Gasprali bilan bevosita ko‘rishmagan bo‘lsa-da, uning asarlari bilan juda yaxshi tanish bo‘ldilar va bu asarlarning ma’nolarini to‘la angladilar.
Mirmuhsin Shermuhamedov Gasprali asarlaridan millatparvarlik, millatni davomli taraqqiy yo‘liga solish fikrlarini chiqarsa, Ashurali Zohiriy uning “Русское мусульманство” broshyurasini tahlil qildi va bu Gasprinskiyning faoliyat dasturi, qiladigan ishlarining loyihasi bo‘lganligiga urg‘u berdi.
Bu kitobning asosiy xulosalari Yevropa ilm va fikrini musulmonlar orasiga o‘z maktablari va o‘z tillari orqali olib kirish, natijada Rossiya musulmonlarining o‘z adabiyotlarini vujudga keltirish bo‘lganligini yozdi. Turkistonlik jadidlarning bu so‘zlari ularning Gasprali shaxsiyati va faoliyatiga qiziqishlari katta bo‘lganligi va uning asarlarini muttasil o‘qib borganliklarini isbotlaydi.
Zaynobidin ABDIRASHIDOV
filologiya fanlari doktori
Xarid: t.me/akademsavdo
Nazar Eshonqulning “Qora kitob” qissasida tagiga chizib o’qiladigan satrlar
▪️Zo’rlik kishida hamisha noxushlik uyg’otadi. Zo’rlikni, o’limni sevish va unga o’zlikni baxshida qilish uchun odam aqldan ozishdan tashqari yana bir narsaga ega bo’lishi kerak: iblisning yuragiga…
▪️Faqat u xudbinligini ziyolinamo sukut bilan yashirib yuradi.
▪️Men o’zimni quruq maqtashlarini sezib turaman, bu mening g’azabimni qo’zg’aydi, g’azabni yashirish uchun kibrona jilmayib qo’yaman.
▪️Minglab, yuz minglab odamlarga nisbatan o’zingning kuchli va farqli ekaningni anglashning o’ziyoq kishiga saodat bag’ishlaydi.
▪️Inson o’zini to’la kashf qilmagani tufayli ham ojizdir.
▪️Har qanday go’zallik ortida vahshiylik yashiringan bo’ladi, go’zallik vahshiylikning yuvosh ko’rinishidir… Mana bu gul qanday nafis deyishingiz bilan ko’nglingizda shu gulni uzib olish istagi paydo bo’ladi.
▪️Kitob meni qanchalar telba qildi, qanchalar jununvash qildi, u meni bolalikning tor ko’chalaridan aql-idrokning cho’qqilari sari yetaklab o’tdi.
▪️O’lim bema’nilik emas, taqsirim, o’lim ma’no… O’layotgan odam o’z umrining necha pulga arzishini bilib o’ladi.
▪️Odam birdan tushkun bo’lib qolmaydi, u eng oxirgi imkoniyatgacha kutadi va u ham boy berilgach, tushkunlik sahrosiga yo’l oladi.
📘 Nazar Eshonqul: Saylanma
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq, 576 bet
Narxi: 45 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
– Qachon sheʼr yoza boshlaganingni eslaysanmi?
– Ilk sheʼrlarimni beshinchi sinfda oʻqib yurgan paytlarim yozganman. Ularni olib kelib, oʻsha paytlar bemalol gaplasha oladiganimiz rus tili oʻqituvchimizga koʻrsatganman. U menga, qofiyasi qani? turogʻi qani? vazni qani? degan edi. Oʻsha paytlar sheʼrda bunaqa narsalar boʻlishi kerakligiga aqlim yetmagan. Demak, qanchalik ibtidoiy boʻlmasin, “erkin sheʼr” yozgan ekanman-da. Qizigʻi, keyinchalik baribir shunga qaytdim. Lekin endi anoyilik qilmay, barmoq vaznining past-u balandini yaxshi oʻzlashtirib va tanib olgan edim.
– Adabiy “tomorqang” haqida ham gapirib bersang.
– Sheʼrni kam yozaman. Asosan, tarjima, texnik tarjima bilan shugʻullanishimga toʻgʻri keladi. Sheʼrdan koʻra, ulardan xalqqa foyda koʻproq boʻlsa ne ajab! (Kuladi.) Yevropa va Lotin Amerikasi adabiyoti bilan “ogʻrigan” paytlarim boʻlgan. Ustozim Murod Muhammad Doʻstning “Lolazor” romani qahramoni gapini oʻzgartirib aytganda, saksoninchi yillar avlodi bizga sohir realizmning “changalzoru” “silvalari”ni kashf qilib berdi. Ungacha oʻzbek adabiy intelligensiyasi dunyoga Chexovning pensnesi orqali qarar, yaʼnikim, asosan, rus adabiyotidan ulgi olar edi.
Bugun biroz injiqman, “mintaqalar”ga qiziqishim susaygan – muayyan mualliflarning muayyan asarlarini oʻqishni xush koʻraman.
Oʻzbek yozuvchilaridan Nazar Eshonqul va Shodiqul Hamroyev, shoirlaridan Abduvali Qutbiddin, Halima Ahmedova, Farogʻat Kamol, Bahrom Roʻzimuhammad, Xosiyat Rustamova va boshqalarning ijodini kuzatib boryapman. Afsuski, rus oʻquvchisi ularni tanimaydi. Asarlari tarjimonlarini kutib turibdi; ularning har biri Oʻzbekistonni dunyoga kutilmagan rakursdan kashf qilib berishiga ishonaman.
Shoir Faxriyor bilan suhbatdan
👉 To'liq maqola
📘 @akademnashr
akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook | Twitter
Cho’lponni Fitratnikida ko’rib yurib, uning yana bir xislatini bilib oldim — u ham musiqani juda-juda yaxshi ko’rar ekan. Shashmaqom sadolari yangraganda Cho’lpon sel bo’lib, butun vujudi quloqqa aylanganday, bir maromda chayqalib o’tirib tinglardi. Qulog’i musiqada-yu, hayollari junbushga kelib, nimalarnidir ko’z oldiga keltirayotgani sezilib turardi. U eshitgan kuylarini yurak-yurakdan juda chuqur his qilardi. Buni komil ishonch bilan aytayotganimning boisi bor.
Ba’zan shunday bo’lardiki, Cho’lpon bir kuyni berilib tinglab, undan bag’oyat mutaassir bo’lib, chiqib ketardi-da, ikki-uch kundan keyin shu kuyga moslab she’r yozib kelardi.
Mutal Burhonov
📘 Cho'lpon I, II
I - She'rlar - 37 000 so'm
📖 Fragment va mundarija
II - Kecha va kunduz - 37 000 so'm
📖 Fragment va mundarija
Oiladagi kitobxonlik (#)
Telegram | Instagram | Facebook
#qutlov
Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida Navoiy viloyatida o‘tkazilgan "Eng ulug‘, eng aziz" ko'rik-tanlovining "Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari" nominatsiyasida shoira Musfira Munavvarning "Hur yo‘lchi" kitobi birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Muborak bo‘lsin!
📘 @akademnashr
akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook | Twitter
📘 Mushuklar malikasi Minush
Muallif: Anni Shmidt
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq
Hajmi: 192 bet, rangli
Narxi: 50 000 so'm
Michael Rosen haqida internetda juda ko'p ma'lumot topsa bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda u bolalar adabiyoti olamidagi korifeylardan biridir. Mana shu odam haqida adashmasam 2 yilcha oldin bir dars olayotganimda eshitgan edim. O'shanda uning kitoblarini akademik tarzda tahlil qilgan edik. Bu yozuvchi ijodida men uchun eng qimmatli jihat bu matnlaridagi yumor. Bolalar adabiyotida yumor bo'lishi men uchun juda muhim. Yaqinda O'zbekiston vakillari IBBY xalqaro bolalar adabiyoti kongresida qatnashdilar. Bu bizning ikkinchi bor qatnashishimiz va o'ylaymanki bu juda katta yutuq. Hozirgi islohotlardan kelib chiqib, tez orada IBBY kongresi O'zbekistonda ham o'tkazilishiga hech shubham yo'q.
Eng qizig'i endi boshlanadi...
Ana shu kongresda hurmatli Dilnavoz Najimova mening "Ajoyib kaktus" kitobimni Michael Rosenga sov'ga qilibtilar. Dilnazovning aytishlaricha, kitob Rosenga yoqdi. Bolalar adabiyoti olamida bunday buyuk insonning qo'llarida kitobimni ko'rish men uchun qanchalik baxt ekanligini hech kim bilmasa kerak. Dilnzavozga bo'lgan minnatorchiligimni yuz so'z bilan ham izhor eta olmayman. Albatta, kitobni Michael Rosen ushlaganlari bilan ertaga mening kitoblarim dunyoga mashhur bo'ladi degani emas. Buni sohamni bilganim uchun juda yaxshi tushunaman. Lekin Michael Rosen qo'llarida kitobim turar ekan bu menga katta kuch bag'ishlaydi. Kitoblarim Rosen ijodi darajasiga intilishi uchun harakatda to'xtamasligim kerakligini kuchli his qildim.
Dinara Muminova
📘 @akademnashr
akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook | Twitter
Ma'rufjon Ochilov:
Platonovning "Jon" asari antiutopik asarlarga yaqin. Butun qavm g'aflat uyqusida yotgan mahal bir yoshgina qizaloq ularni uyg'otishga urinadi. Kattalarning mudroq holatini yo'qotish uchun yangi qonlarning ko'zlari chaqnab turishi muhim ekan.
Asar nega Jon? Uning ma'nosi nima? Jon - Amudaryo-yu Ustyurtning ovloq chetlarini o'zlariga makon qilib olgan, bu dunyodan nasibasi tobora qirqilayotgan mayda urug' va qabilalar nomi. Aniqrog'i, ular o'zlarini shunday nomlashga o'rganishgan. Bu nomni ularga o'z davrida mumsik boylar qo'yishgan. Ularni jonidan bo'lak yo'qotadigan bisoti yo'q. Chindanam shunaqa.
Asar sizni g'aflat uyqusida qolmaslikka, umid bilan yashashga undaydi. (#)
Tarjimon: Sharifjon Ahmad
📖 Fragment va mundarija
Hajmi: 192 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 50 000 so'm
📚 Oq va qora e'tiqod saltanati
📌 Xurshid Abdurashid
Dunyo adabiyotida Andrey Platonov “falsafiy masallar ustasi” sifatida e’tirof etiladi. “Akademnashr” nashriyotida uning o‘zbek tiliga yangi tarjima qilingan ikki asari chop etildi. Adibning “Jon” qissasini “Baxt izlash afsonasi” deb aytish mumkin. Asar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, bo‘rttirilgandek ko‘rinsa-da, favqulodda ajoyib. Butun bir xalq qanday qilib shunchalik qashshoqlikka duchor bo‘lishi, ibtidoiy jamiyatga tushib qolishi mumkin? Ular xuddi kimsasiz orolga tushib qolgan baxtiqaro insonlar kabi o‘zlarini yopiq dunyoda yashashga mahkum etgandek tuyuladi. Ulardan shahardagi har qanday tilanchi ham nisbatan yaxshiroq, to‘kisroq, mazmunliroq hayot kechiradi. To‘satdan kimdir shu baxtiqaro odamlarning oldiga kelib, “men sizga baxt beraman” deb ularga baxt taklif qilsa...
📖 «Jadid» gazetasi, 37-son
👉 Andrey Platonov asarlari
📚 O‘zbek adabiyoti
📘 Murod Chovush: Hech — Janri hech bir qolipga, "izm"larga tushmaydigan bu kitob hayot, odam, olam, borliqning "hech"ligi haqida.
📘 Xaloskor Sulton Sayfiddin Qutuz — Chingizxon bosqini sabab uzoq ellarda darbadar, qul bo‘lib, keyinchalik shohlik taxtigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan xonzoda Sayfiddin Qutuz haqidagi asar o‘tmishning qop-qora, sertalotum,
dolg‘ali kunlaridan hikoya qilinadi.
📘 Abduqayum Yo‘ldosh: Puankare — To‘plamga yozuvchining keyingi yillarda «Jahon adabiyoti», «Yoshlik», «Guliston», «Sharq yulduzi» jurnallari hamda «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», «Kitob dunyosi» gazetalarida e’lon qilingan hikoyalari kiritilgan.
📘 Temirpo‘lat Tillayev: O‘lim o‘pqoni — Adib asarlarini o‘qish asnosida ularning turli so‘qmoqlarga tegishli ekani, lekin borib-borib yo‘llari tutashishi, muddao yakdilligi kundek oydinlashadi. Insonning hali ham sirli-sehrli jumboq ekani, ochilmagan qirralari talay ekani kitobni varaqlagan sari bilinaveradi.
📘 Xurshid Abdurashid: Dardisar — Fantasmagoriya, satira, yumor, romantika, shafqatsiz realizm elementlari qorishib ketgan ushbu asarda xolis bir kuzatuvchi bizga chetdan nazar tashlaydi, o‘zimiz sezmay qo‘ygan, odat tusiga kirgan jihatlarga oyna tutadi.
📘 Orziqul Ergash: Oqar daryo — yarim asrdan buyon adabiyotning turli janrlarida ijod qilib kelayotgan zahmatkash adib Orziqul Ergashning ijod namunalaridan iborat. Kitob "Shohsanam" romani, "Yulduzsiz osmon", "Dunyoning bir chekkasi", "Dala o‘rtasidagi daraxt" qissalari va o‘n to‘rt hikoyani o‘z ichiga olgan.
📘 Umid Ali: Ikki qutb — Oʻz uslubi, ohangi, ifoda tarziga ega boʻlgan ijodkorning hikoyalar to‘plami.
Xarid: t.me/akademsavdo
📘 @akademnashr
akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook | Twitter
📘 Qalb mo'jizalari
📖 Fragment va mundarija
Muallif: Ozod Mo‘min Xo‘ja
Muqova: yumshoq
Hajmi: 64 bet
Narxi: 10 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
📘 @akademnashr
akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook | Twitter
📘 Harper Li. Mazaxchini o‘ldirish
Insonlar hatto o‘zlari sezmagan holda bir-birini tahqirlashadi, mana, nimaga yig‘lash kerak. Oq tanlilar qora tanlilarni tahqirlashadi, ular ham odam-ku deb o‘ylab ham ko‘rishmaydi, mana nima uchun yig‘lash kerak.
AVGUST KECHASI
Avgust kechasida uyqum buzildi,
Zangor daraxtzorni kezdim parishon.
Boyo‘g‘li ovozi nogoh uzildi,
Yolg‘izlik yo‘lida oy qusadi qon.
Avgust kechasida uyqum buzildi,
Dimog‘imga anqib urdi pichanzor.
Poyimda ariqcha uzun suzildi,
Epkini ko‘ksimga tegdi beozor.
Avgust kechasida uyqum buzildi,
Tovuqqa chang soldi chiyabo‘rilar.
Zanjirlangan itlar achchiq ulidi,
Suv kabi chayqaldi yog‘och so‘rilar.
Avgust kechasida uyqum buzildi,
Shovqin to‘la tunni kezaman bebosh.
Mahzun tun choklari bir-bir uzildi,
Qarshimda yuz ochdi chanqagan quyosh.
©️ Tursun Ali
📘 Tanlangan asarlar - II
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq
Hajmi: 400 bet
Narxi: 60 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
Konkurs g‘olibi: Adil Bek.
Tabriklaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting!
📘 @akademnashr
Bugun argentinalik yozuvchi Xulio Kortasar tavallud topgan kun.
Ushbu kun munosabati bilan adibning “Ishg‘ol qilingan uy” hikoyalar to‘plamini sovg‘a qilamiz.
Izohga Kortasar haqida bitta fakt yozib qoldiring, izohingizga javoban raqam beramiz. Kechqurun random orqali kitob egasini aniqlaymiz.
📘 @akademnashr
Bolalikdagi mutolaa (#)
Telegram | Instagram | Facebook
Xalqimiz hayotida urchib yotgan irim-sirimlarning ba’zilari shu darajada kulgili va absurdki, nahot es-hushi joyida boʻlgan odam shu ishni qiladi deya hayron qolasiz. Irim-sirimlarimizning esa turi koʻp, har bir holat uchun, albatta, besh-oltita misol topiladi.
Bu yerda aynan bepusht oilalar uchun oʻylab topilgan irim-sirimlar bilan tanishasiz. Ular dinimizda qattiq qoralangan!
1. Tugʻuruqxonadan chiqqan ayolning ikki oyogʻi orasidan oʻrmalab oʻtish.
2. Qora yosh xoʻrozning qonini er-xotin badaniga surtib kuf-suflash va 3 kunga xoʻrozning ichak-chovoqlarini bepusht ayol qorniga bogʻlab qoʻyish.
3. Eshakning tezagini kuydirib erning qovugʻiga qoʻyish.
4. Ikki bora egizak koʻrgan ayolning ishtonini kiyish.
5. Koʻp tuqqan ayolning platsentasiga ishtonsiz oʻtirish.
6. Joy almashtirish.
7. Homilador ayol tishlab qoʻygan yegulikni yeyish.
8. Tuqqan ayol bepusht ayolning dumbasiga tepishi.
9. Boʻriga goʻsht yedirib, uning goʻshtini yeyish.
10. Tugʻuruqxonadan chiqqan ayol uchun toʻshalgan poyandozni farzand umidida olib saqlab yurish.
11. Avliyo zotlarning ziyoratiga borib, roʻmolchaga dam soldirish va uni tugun qilib uyiga olib kelish. Homilador boʻlgach, tugunni yana oʻsha joyga olib borib yechtirish.
12. Avliyo va allomalarning qabrini farzand soʻrab supurish.
13. Uch chorshanba davomida mushkulkushod marosimini qildirish.
14. Bachadonning «rashki»ni qoʻzgʻatib homilani paydo qilish maqsadida tugʻmayotgan ayolni uydan haydash.
15. Beshik tuvagidan, chaqaloq yoʻrgagidan shirinlik olib yeyish.
16. Beshikning bosh tarafidagi yostiq tagiga pichoq, oyna, taroq, mus’haf qoʻyish, isiriq, qalampir, munchoq osish.
17. To homilador boʻlguncha duo yozilgan tumorni koʻkragiga taqib yurish.
18. Olov yoqib, ustidan sakrash.
19. Daraxtlarga latta bogʻlash.
20. Yovvoyi mushukning qulogʻidan chuchvara pishirib ayolga yedirish.
Bu va boshqa bema’ni irim-sirimlarga duch kelib qolsangiz, ularni bajarishdan oldin tafakkur qiling, Allohni eslang.
📘 "Siz ham ona bo'lasiz" kitobidan
Muallif: Feruza Nazar, Muhayyo Maksudova
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq
Hajmi: 104 bet, A4, rangli
Narxi: 75 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
Fikrimcha bo‘ri bu inson(iyat)ning noma’lum kelajakdan, majhullikdan qo‘rquvi. Intihoda qahramonimiz bo‘riga duch keladi. Endi ibtidodagidek qo‘rquv yo‘q. Endi mavjudlikning ko‘ziga tik qarash bor.
Tafakkur qilib ko‘rilsa, barcha insonlar psixologiyasida shunday qo‘rquv, xavotir yashaydi bir umr. Nimadanligi noma’lum. Lekin bor. Ko‘plar buni yenga oladi yoki sezdirmaydi. Aksariyat odamlar esa o‘zining noma’lum narsadan qo‘rquvini ochiq-oshkor gapirib yuraverishadi – ertaga nima bo‘ladi, nima qilamiz, nimaaa...
Furqat Alimardon
📖 Jianna Molinari: Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin
Tarjimon: Gulnoz NabiyevaЧитать полностью…
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq
Hajmi: 192 bet
Narxi: 50 000 so‘m
“Odam bolasini surunkali uzoq qiynash mumkin emas. Xiva xonlari esa buning fahmiga borishmagan. Uzoq qiynasang – tezda o‘lib qoladi, aslida, sekin-asta, oz-ozdan azoblab borish kerak, ora-sira nafas rostlab, ozroq o‘ziga kelib olganidan keyin yana qiynoqqa solish kerak, shu tariqa uni azob-u uqubatlarga asta ko‘niktira borilsa yaxshi...”
📖 Andrey Platonov: Jon
Tarjimon: Sharifjon Ahmad
📖 Fragment va mundarija
Hajmi: 192 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 50 000 so'm