akademnashr | Неотсортированное

Telegram-канал akademnashr - “Аkademnashr” nashriyoti

6162

“Akademnashr” nashriyotining rasmiy kanali Мutolaa qiling! Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo Tel: 99 433-16-77 Aloqa: @akademnashr_bot Manzil: t.me/Akademnashr/1461 Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)

Подписаться на канал

“Аkademnashr” nashriyoti

#taqdimot

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Samarqand viloyati Oqdaryo tuman bo'linmasida Gulhayo Anorovaning "Avron" kitobi taqdimotlari bo'lib o'tdi.

📘 “Avron”
Fragment va mundarija
Muqova: yumshoq
Hajmi: 128 bet
Narxi: 27 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo


📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Qor misoli kaftingga qoʻndim,
Kuyib ketdi kafting taftimdan.
Tisarilding,
axir bilmasding
qorning choʻgʻdek yonishin, erkam.

Men yonardim,
Sen hayron eding,
Hadik ichra yumding koʻzingni.
Koʻz oʻrgangan, yurilgan oʻsha
Yoʻllar tomon burding yuzingni.

Ketayapsan, yonayapman men,
Ortingda qor – oppoq alanga.
Olding sovuq – yogʻayapti qor,
Ishonch bilan boqding oʻshanga.

Ranjimagin yonarkan deya,
Ketavergin sen oʻsha izdan.
Ranjimayman
Dunyoning sovuq
Qorlariga koʻnikkan qizdan.

Najmiddin Ermatov

Xarid: t.me/akademsavdo

📞 +998994331677


📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

💥 #qayta_nashr

📘 Mukammal xotira

📖 Fragment va mundarija

Oramizda kuchli xotiraga ega bo‘lishni istamaydigan kishi topilmasa kerak. Darhaqiqat, xotira inson muvaffaqiyatlarining kalitidir. Ushbu kitob aynan ana shu kalitni qo‘lingizga tutqazuvchi noyob ma'lumotlarga boy. Xotirani mustahkamlash borasidagi jahon tajribasi bilan omixta qilingan mashg‘ulotlar tasavvuringizni kengaytirib, eslab qolish qobiliyatingizni oshirib boraveradi. Bu ishda sizga kitobdagi tavsiyalar yaqindan yordam beradi.


Muallif: Shohruh-Mirzo Rahmonov
Muqova: yumshoq
Hajmi: 368 bet
Narxi: 40 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

💥 #yangi_nashr

📘 Oʻzbek kelayotir

Kitobga taniqli ozar va oʻzbek shoiri, mashhur «Oʻzbek kelayotir...» asari muallifi Akif Azalp (Akif Bagʻir)ning faqat oʻzbek tilida yozilgan eng sara sheʼrlari kiritilgan.

📖 Fragment va mundarija

«Men aminmanki, Akifning bu toʻplami nashrdan chiqsa, boshqa koʻpgina sheʼriy toʻplamlar qatorida yoʻqolib ketmaydi. U jamoatchilikning ogʻziga tushadi, balki tanqidchilar bu kitobning fazilatlari va kamchiliklari haqida batafsil maqolalar yozishar... Lekin nima boʻlganda ham, bu toʻplam oʻzining ovoziga ega, rangin va inja tuygʻularga boy, oʻziga xos yangi bir shoir tugʻilganidan dalolat berib turibdi. Yangi shoir muborak boʻlsin, aziz oʻquvchi!»

Ozod Sharafiddinov,
O‘zbekiston Qahramoni, professor
31.05.2002


Janr: ballada va she’rlar
Muqova: qattiq
Hajmi: 224 bet
Narxi: 60 000 so‘m

Xarid: t.me/akademsavdo

📞 +998994331677


📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

"Platonovning "Jon"ini o'qiyotganingizda xuddi o'zbek yozuvchisi tomonidan yozilgandek taassurot uyg'otadi. Unda o'zbek qahramonlar uchragani uchun emas, tarjimon Sharifjon Ahmadning mahorati tufayli deb o'ylayman. Qissa tili nihoyatda ravon, ifodalar tiniq. Ancha-muncha kitob o'qigan bo'lsangizda, "Jon" orqali kamida 10 ta yangi o'zbekcha so'z yoki jumla o'rgansangiz, ajabmas".

MehrNoz

Xarid: t.me/akademsavdo

📞 +998994331677


📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

​Najmiddin Ermatov ijodini 9-10-yillardan beri kuzatib kelaman. Avval kam yozadiganday taassurot qoldirgan. Lekin oʻylashimcha, koʻp yozib, kam eʼlon qiladi. Oʻziga nisbatan talabchanligi, doimiy oʻqib oʻrganish bugungi yutuqlariga pillapoya boʻlgani shubhasiz. Avvallari lirik sheʼrlari koʻp edi, keyinchalik ijtimoiy mavzularda yoza boshladi, ijodida shiddatli ruh paydo boʻldi. Albatta, ijodkor evolyutsiyasi turgʻunlikda qolib ketmasligi, doim oʻsib, yangilanib, rivojlanib, rang-baranglashib borishi kerak.

👉 Toʻliq oʻqish uchun

©️ Xurshid Abdurashid

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

🎙 Gulhayo Anorova, "Ertak" (she’r)

🎬 "Izlam-2" taqdimotidan

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

"Bayram Alining "Dardli qush" hikoyasi menga qattiq ta’sir qildi. Bilasizmi, adabiyot uchun voqea muhim emas. Eng muhimi asarning ko‘ngil olamida qoldirgan izi. Bunda muallifning bizga yuqadigan qilib tasvirlash mahorati nihoyatda ahamiyatli. Bayram Ali sheva unsurlaridan ustalik bilan foydalangan. Oʻzbeklarga xos rishtalarni samimiy tasvirlagan. U manzaralarni xolis koʻrsatishga harakat qilgan".

Qozoqboy Yoʻldosh
adabiyotshunos

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Ayni paytda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yozuvchi Bayram Alining “Bosiriq” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtmoqda.

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

🎙 Suhrob Ziyo, "Ulkan xayollar" (she’r)

🎬 "Izlam-2" taqdimotidan

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

#izlam_mundarijasi 2-qism

Kitobxon mulohazalari:


🪶 Yashalgan hislar hikoyalari - MohiRa “Qirq birinchi kun” [O'qish]

🪶 Oyna tutuvchi qissalar - Muhammadxon Yusupov “Deraza ortida” [O'qish]

🪶 Bir shingil tashxis - Gulrang “Gulqaychi” [O'qish]

©️ Avaz Alijonov [1-qism]

Xarid: t.me/akademsavdo


📚 @akademnashr #IZLAM

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

17-fevral – shoir Mansur Jumayev tavallud topgan kun!


RUHPORALAR
Turkumdan

Dunyoning sevgidek rozi yoʻq, jonim,
Yor koʻzidek rostgoʻy qozi yoʻq, jonim.
Quyuq soya solgan ogʻoch osti-yu
Sening suhbatingdan sozi yoʻq, jonim
***
Zax oyoqdan oʻtib, tomoqdan oldi,
Issiq boshdan oʻtib, oyoqdan oldi.
Bizlarni bexabar, begʻam deganlar,
Bilmadik, bu gapni qayoqdan oldi?!
***
Yashirib ne qildim nadomatimni,
Chalgʻidim, unutdim tilovatimni.
Goʻzalim, qoshingda yoʻqotgan edim,
Hanuz axtaraman halovatimni.
***
Kurash toʻxtamaydi ekan, toʻgʻrisi,
Qoʻlga qurol tutar kumush, zar, misi.
Dunyoning teng yarmi qul izlagan payt,
Erk deya qoʻzgʻalar qolgan yarmisi.
***
Agar bulbullari chamanga yotmas,
Demak, gʻunchalari magʻlub-u motmas.
Shoirlari uygʻoq boʻlgan vatanning
Botirlari aslo gʻaflatda qotmas.

📚  @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

“Fonus” adabiy kechasi qanday oʻtdi?

Tomosha qiling 👇
https://youtu.be/_Nw3sRNzoxw?si=XNCJ0VJpeEdOitWv

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Yangi O‘zbekiston universitetida “Akademnashr” chiqargan “Izlam” to‘plamlarining maxsus nashri kimoshdi savdosida sotildi. Kitoblarni 12 mln so‘mga sotildi. Auksionda universitet talabasi Nurali Karimov g‘olib chiqdi. Uning eng yaqin ta’qibchisi “Akademnashr” rahbari Sanjar Nazar edi — 11,5 mln so‘m taklif qilgandilar :)

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Eslatma:

Bu kitoblar yagona nusxada, kim oshdi savdosiga qo‘yish uchun maxsus chop etilgan.

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

#yangi_nashr

📘 Oddiy va ommabop sinergetika

Sinergetika o‘zini o‘zi tashkillovchi, ochiq sistemalarda ro‘y beruvchi ortga qaytmas, nochiziqli, kooperativ jarayonlarni o‘rganuvchi falsafiy fan va sohalararo umumfalsafiy metodologiyadir.


📖 Fragment va mundarija

Kitobda sinergetika fani va sinergetik tafakkurning xususiyatlari, sinergetikaning umumfalsafiy metodologik xususiyatlari, falsafiy metodologiya shakllari, sinergetikaning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalari haqida sodda va ommabop tarzda hikoya qilingan.

Muallif
: Baxtiyor Turayev
Hajmi: 168 bet
Muqova: yumshoq

Sotuvda yo‘q.

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

QILICH VA QALAM
Akif Azalp

Tarix sahnasida ikki kuch-qudrat
Oʻt bilan suv kabi chiqishmas minbaʼd.
Birining koʻzidan qon tomar faqat,
Birining koʻzidan mehr-u muhabbat.

Bu-ku bor haqiqat – asrlar oshgan,
Lekin qismatlarni kuzatsang zimdan:
Qalamlar bor – koʻproq qilich qayrashgan,
Qilichlar bor – koʻproq qalam yoʻnishgan.

Shundoq hayratomuz misollar uzra
Bir hikmat uqdirar dildagi titroq:
Qilich qayrayotgan qalamdan koʻra
Qalam yoʻnayotgan qilich yaxshiroq!

1990


Xarid: t.me/akademsavdo

📞 +998994331677


📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Krossvordni kim o‘ylab topgan?

📘 Tasodifiy ixtirolar — 15 000 so‘m

Xarid: t.me/akademsavdo

📞 +998994331677


📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Bolalar kitoblari to‘plamlari

Qobiljon Shermatov:
Buvamning oshqozonidagi mamlakat
O‘tkirjonning o‘nta o‘rdak ukasi
Tolqonbotir

Sa’dullo Quronov:
Galaktikada bir kun - I
Galaktikada bir kun - II

Feruza Nazar:
Malika Anisaning maktabi
Anisaning uyi

Dinara Muminova:
Eng zo‘r chumoli
Hovlimizdagi voqea
Nega yulduz tushmaydi?
Sumalakning sehrli toshi
Tug‘ilgan kunimga sovg‘a
Ajoyib kaktus
Tomchi qayerga ketdi?

Xarid: t.me/akademsavdo

📞 +998994331677


📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Biroz gʻalati tuyulishi mumkin, biror marta kitob oʻgʻirlaganmisiz?

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Hayotingizdagi eng esda qolarli kitob tavsiyasini kimdan olgansiz?

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

"Akademnashr"dan quyidagi shoirlarning kitoblarini topishingiz mumkin:

01. Cho‘lpon
02. Rauf Parfi
03. Faxriyor
04. Atoiy
05. Fuzuliy
06. Asqad Muxtor
07. To‘ra Sulaymon
08. Abduvali Qutbiddin
09. Matnazar Abdulhakim
10. O‘tkir Rahmat
11. Baxtiniso Mahmudova
12. Axtamquli
13. Sirojiddin Rauf
14. Tursun Ali
15. Mansur Jumayev
16. Najmiddin Ermatov
17. Shahriyor Shavkat
18. Suhrob Ziyo
19. Nozima Habibullayeva
20. Jaloliddin Sayyid
21. Gulhayo Anorova
22. Rahmat Bobojon
23. Baraka Boqiy
24. Muhayyo Rustam qizi
25. Musfira Munavvar

Xarid: t.me/akademsavdo

📞 +998994331677


📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

“Avvallari olimlarga oson edi. Yozuvchilar bir xil yozardi. Oʻqib koʻrmasdan ham gapirib ketaverarding. Hozir oʻqimasdan gapirsang, yolgʻonchiga chiqib qolasan”.

Qozoqboy Yoʻldosh
adabiyotshunos

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

🎬 Kortasar ijodi haqida

Manba: "Bitmas xazina" ko‘rsatuvi / UzReportTV
Muallif: Nigora Hasanova

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

💥 «antiqa» kitoblar

Antiqa mantiq — 8 000 so‘m
Fragment va mundarija

Antiqa mantiq-2 — 15 000 so‘m
Fragment va mundarija

Antiqa fizika — 35 000 so‘m
Fragment va mundarija

Antiqa fizika-2 — 35 000 so‘m
Fragment va mundarija

Antiqa kimyo — 14 000 so‘m
Fragment va mundarija

Antiqa kimyo-2 — 15 000 so‘m
Fragment va mundarija

Xarid: t.me/akademsavdo

📞 +998994331677


📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

TANGRIGA MAKTUBLAR
Mansur Jumayev she’ri


Bugun fevralning o’n yettisi. Shoirimiz, do’stimiz Mansur Jumayev tavallud topgan kun.

Tangri jannatlari bilan siylagan bo’lsin, ilohim.

“Yoshlarimni yomg’ir aylagan,
Sochlarimni qor aylagan zot.
Bir dardimni yo’q qila qolgin,
Yo’qdan meni bor aylagan zot…”
_________________________
Shoirning telegram kanali:
@Mansur_Jumayev

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Xulio Kortasarning "Ishg‘ol qilingan uy" kitobidan quyidagi hikoyalar o'rin olgan:

01. Ishg‘ol qilingan uy
02. Aksolotl
03. Tambalangan eshik
04. Avtobus
05. Chalqancha va yuzbaland
06. Menadalar
07. Janubiy shosse
08. Senyorita Kora
09. Bari olov – bir olov
10. Kindberg
11. Ikkinchi daf’a
12. Qaynoq epkinlar
13. Kissadan topilgan bitiklar
14. O‘tayotgan bog‘lar
15. Tilla baliqchalar
16. Ishimning mashaqqatlari
17. Hissasiz qissa

Hajmi: 272 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 50 000 so'm


Xarid: t.me/akademsavdo

📚  @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Ausionda 12 mln so‘mga sotilgan to‘plam, izlamchilar chiqishi - “Fonus” she’riyat kechasi qanday o‘tdi? (foto)

“Izlam” to‘plamining maxsus nashri auksionida Milliy universitet talabasi Nurali Karimov tomonidan sotib olindi.

Batafsıl: https://oyina.uz/uz/posts/26808

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Bugungi tadbir boʻlib oʻtadigan joy
/channel/Akademnashr/4282

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Syurprizlarimiz davom etadi 😍

"Izlam"ning birinchi va ikkinchi mavsumidagi jami 24 kitob yangi dizayn va qattiq muqovada maxsus bir nusxada nashr etildi.

Ertaga Yangi O‘zbekiston universitetida bo‘lib o‘tadigan "Fonus" adabiy kechasida ushbu maxsus to‘plam auksionga qo‘yiladi.

Albatta, keling. "Izlam" maxsus to‘plami egasiga aylanish imkonini qo‘ldan boy bermang.

Aytgancha, to‘plamni qanchaga baholaysiz?


📚 @akademnashr

Читать полностью…
Подписаться на канал