akademnashr | Неотсортированное

Telegram-канал akademnashr - “Аkademnashr” nashriyoti

6162

“Akademnashr” nashriyotining rasmiy kanali Мutolaa qiling! Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo Tel: 99 433-16-77 Aloqa: @akademnashr_bot Manzil: t.me/Akademnashr/1461 Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)

Подписаться на канал

“Аkademnashr” nashriyoti

#yangi_nashr

📘 Nozima Habibullayeva, “Nafas”

she’rlar

📖 Fragment va mundarija

Janr: she’rlar
Muqova: yumshoq
Hajmi: 128 bet
Narxi: 27 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr

#IZLAM to‘plamini

chegirmali narxda

xarid qiling.


📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

“Izlam” - 2 bilan tanishamiz!

https://youtu.be/tnafLDtQTaI?si=6OnEQAtCkCKo4N59

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Bir oyda o‘rtacha nechta kitob o‘qiysiz?

📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Kuz... 🍂

***
Quchgim keldi
Bargrezon kuzni,
Xayolimga sig‘mas faryodi.

***
Ma’yus boqar
O‘tayotgan kuz
Qishloqning bag‘rikeng ko‘chalariga.

***
Kezib yurar ota uyimning,
Bog‘larida o‘ychan kuz chog‘i,
Shamoldan ham qadimiyroq kuy.

***
Kuzgi bog‘lar
Ohini tinglab
Darveshning yuragi sarg‘aydi.

***
Oltin olmalarga
Aldangisi kelmas
O‘jar ko‘nglim kuz bog‘larida.

📘 Musfira Munavvar: Hur yo'lchi
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq
Hajmi
: 176 bet
Narxi: 35 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo


📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

1887-yilda Is'hoqxon to‘ra Ibrat onasi Huribibi bilan haj safariga otlanadi. Biroq onasi taqdir hukmi bilan Jidda shahrida vafot etgach, o‘zi sayohatni davom ettiradi. Yevropaning Istanbul, Sofiya, Afina, Rim kabi markaziy shaharlarida bo‘ladi.

Sayohatdan qaytib bir muddat Jidda shahrida istiqomat qiladi. 1889-yildan Hindiston, Afg‘oniston mamlakatlarida bo‘lib, Bombey va Kalkutta shaharlarida yashaydi, hind-urdu va ingliz tillarini mukammal o‘rganadi. Aytishlaricha, jahongashta sayyoh Is'hoqxon to‘ra Ibrat o‘z sayohatlari davomida jahonning 27 mamlakatida bo‘lib, 7 ta tilda bemalol so‘zlasha olgan.

Manba: Namangan tarixidan lavhalar

Muallif: Bahrom Irzayev
📖 Fragment va mundarija
Muqova: yumshoq
Hajmi: 288 bet
Narxi: 50 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo


📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

🎬 Bolalar adabiyoti bo‘yicha tadqiqotchi Dilnavoz Najimova Qobiljon Shermatovning “Buvamning oshqozonidagi mamlakat”va Dinara Mo‘minova kitoblari haqida fikr bildirdi.

Manba: vatandosh_tv?si=Z__ENop8ymkMb2Az">Vatandosh TV
To'liq video:
LINK

📚  @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

📘 Malika Anisaning maktabi

Kitob barcha maktab yoshidagi qizlarimizga yomon odat va xulqlardan qutulish yo‘llarini o‘rgatadi. Haqiqiy malikalikning asosiy belgisi tashqi go‘zallik emas, balki bilim, axloq va go‘zal odatlar ekanini amalda ko‘rsatadi.

Muallif: Feruza Nazar
📖 Fragment va mundarija 
Hajmi: 64 bet (rangli)
Narxi: 25 000 so‘m (yumshoq muqova)
35 000 so‘m (qattiq muqova)


📘 Anisaning uyi


Mazkur ertak-hikoyasida bolajonlarimiz shinamgina uyda yashaydigan goʻzal oila bilan tanishadilar. Bu uydan tun-u kun ajib nur taralib turadi. Bu uyni hamma, hatto osmondagi quyosh, oy, yulduzlar va sayyoralar yaxshi koʻrishadi. Bu kitobni oʻqigan bolajonlar komillik sari intiladi. Ertak-hikoyani oʻqigan katta-yu kichikda Kitobga muhabbat ortadi.

Muallif: Feruza Nazar
📖 Fragment va mundarija
Hajmi: 32 bet (A4, rangli)
Narxi: 25 000 so‘m (yumshoq muqova)
35 000 so‘m (qattiq muqova)


Xarid
: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Tilimiz rivoji uchun har kuni harakat qilish har birimiz uchun burchdir. Bayram muborak boʻlsin!

Telegram | Facebook | Instagram | 1000kitob">YouTube | X

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

📘 Xurshid Abdurashid: Dardisar

📖 Fragment va mundarija
Hajmi
: 376 bet
Muqova: yumshoq
Narxi: 50 ming so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo


📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

“Izlam”ning 2-fasli keyingi haftadan sotuvga chiqadi, inshaAlloh. Bu safar 16 nafar muallif saralab olindi. Yoʻnalishlar roʻyxati ham kengaydi: nasr, nazm, adabiy tanqid va publitsistika.

Mualliflar orasida adabiyotimiz uchun kashfiyotlar ham borligiga ishongim keladi. Allaqachon oʻz ovozi va oʻz oʻquvchisini topib ulgurgan ijodkorlar ham bor roʻyxatda. Oʻz syurprizi – “Istisno”si ham bor ;).

1-faslda boʻlganidek asosli-asossiz tanqidlar boʻlishi tabiiy. Va 1-faslda boʻlganidek adabiy jarayonni yana bir qalqitib yuborishidan ham umidvormiz.

@akademnashr

Telegram
| Instagram | Facebook

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

“Qog‘ozga yozsam, ko‘proq yozaman”

🎤 Baxtiyor Abdug'afur


🎬
To'liq video

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Rasmda #IZLAM'ning ikkinchi faslidan o'rin olgan 16 nafar yosh ijodkor ismlari gorizontal va vertikal holatda yashirilgan.

Kimlarni topdingiz? Izohlarda yozib qoldiring.
✍️

📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

“Qishloq ayoli”

Xurshid Abdurashid she'ri,
Lochinbek Erkinzoda o'qidi.


📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

📚 ”Frankfurt book fair”da “Akademnashr” kitoblari

@akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Siz «Izlam»ga qanday ta'rif berasiz?

Madina Norchayeva: «Izlam — rangli ohanglar yozilgan plastinka».

Xurshid Abdurashid: «Izlam bu xuddi Kolumb kabi Amerika ochish uchun safarga otlangan 9 ta kema. Maqsad-u muddao uni qaytadan kashf etish emas, yangi bir dunyoni ochishdir».

Tillaniso: «Izlam - o'zing bilan to'lish, "men ham yashayapman", deb aytish va yashayotganingni oqlash sharti!»

Jontemir: «Oxirgi 20 yildan buyon jamiyat, odamlar ruhiyati qay ahvolda ekanini shu to‘qqiz kitobni o‘rganib chiqqan odam bemalol anglaydi, zamonga tashxis qo‘ya oladi».

Rafiq O‘zturk: «Izlam ong va his-kechinmalar sohibi o'laroq o'zini va dunyoni tanishga bo'lgan ishtiyoq bo'lsa kerak. Hayratga ko'milgan shoir ichidan qaynab chiqayotgan tuyg'ularini taftish qilib, uni so'zlar yordamida oqqa ko'chiradi va o'zi ko'rib turgan tashqi olam bilan bo'lishadi».

Azizbek Norov: «Izlam - qoliplar, chegaralar, to‘siqlarni yorgan kichik tuynuk... Bani odamzod AZALda ham, ABADda ham izlagan, izlayapti, izlaydi, izlayveradi... Izlashdan to‘xtalgan kun esa ma’nan hayot va uning mohiyati umri bitgan kun. To‘xtamang!»

Mirzohid Muzaffar: «Izlam bu men uchun yangilanishdan charchagan ruhning bir to‘xtab, nafas rostlab olishini eslatadi. Aynan mana shu nafas rostlash paytidagi baridan voz kechib, xo‘rsinishdir Izlam».

Muhammad Siddiq: «Izlam – qalb va xayolot qa’ridagi g‘amgin xulosa, nekbin xotiralar qirindisidan taralib, yuz berajak voqellikka akssado qaytarayotgan nola».

Feruza Xayrullayeva: «Izlam — aytish, ko'rish, bilish, yashash istagi...»


📚 @akademnashr | #IZLAM

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

#yangi_nashr

📘 Shahriyor Shavkat, “Ham”

she’rlar

Kitobdan shoirning 100 ga yaqin eng sara she’rlari joy oldi.


📖 Fragment va mundarija

Muqova: yumshoq
Hajmi: 160 bet
Narxi: 31 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

#IZLAM to‘plamini chegirmali narxda xarid qiling.


📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

#yangi_nashr #IZLAM

Uzoq kutilgan “Izlam”ning ikkinchi mavsumi sotuvda!


Izlam – izlash jarayonining ilk hosilasi demak. Biz galdagi “Izlam”imizni – e’tiborga tushib ulgurgan ruknimizning 2-faslini siz aziz kitobxonlar hukmiga havola etmoqdamiz.

Yozish uslubi, malakasi va iste’dodidan qat’i nazar, mualliflar o‘quvchini muloqotga chaqira olgan: ba’zan o‘z-o‘zi, ba’zan jamiyat, ba’zida Yaratgan bilan… Shu imkoniyat, agar u rostdan ham mavjud bo‘lsa, “Izlam” loyihasining asl maqsadi edi. Keling, gaplashaylik, izlanaylik, hosilalar uchun harakatni boshlaylik.

1. Shahriyor Shavkat “Ham” — 31 000 so‘m
2. Nozima Habibullayeva “Nafas” — 27 000 so‘m
3. Mansur Jumayev “Biz kutgan fasl” — 27 000 so‘m
4. Najmiddin Ermatov “Turon sog'inchi” — 31 000 so‘m
5. Furqat Alimardon “Qorakuya” — 27 000 so‘m
6. Suhrob Ziyo “Daryo” — 31 000 so‘m
7. Muhammadxon Yusupov “Deraza ortida” — 31 000 so‘m
8. Bayram Ali “Bosiriq” — 35 000 so‘m
9. MohiRa “Qirq birinchi kun” — 35 000 so‘m
10. Gulrang “Gulqaychi” — 27 000 so‘m
11. Jaloliddin Sayyid “Huqqaboz” — 31 000 so‘m
12. Jumanazar Yo'ldosh “Sir” — 31 000 so‘m
13. Rahmat Bobojon “Ro‘baro‘” — 35 000 so‘m
14. Gulhayo Anorova “Avron” — 27 000 so‘m
15. Sevara Alijonova “Mahkum sayohati” — 31 000 so‘m

Umumiy narx: 457 000 so‘m
Chegirmali narx: 370 000 so'm

Chegirma butun to‘plamni sotib olganlar uchun amal qiladi.

Xarid: t.me/akademsavdo


16-kitob Istisno tariqasida keyinroq taqdim etiladi.

📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

​​📘 Sanashni o'rganamiz — Qo‘llanmada sonlarning tarkibini o‘zlashtirishga yordam beruvchi xilma-xil topshiriqlar keltirilgan. Ularni bajarish jarayonida bolalarda misollarni ishlash ko‘nikmalari shakllanadi, mantiqiy fikrlash, diqqat va eslab qolish qobiliyati rivojlanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan bo'lib, maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘shimcha qo‘llanma sifatida ham, uyda mustaqil shug‘ullanish uchun ham foydalanish mumkin.

Narxi: 17 000 so'm

📘 Задачник — Bolaning 1-sinfda egallashi kerak bo'lgan asosiy ko'nikmalardan biri bu misol va masalalarni tez yechish qobiliyatidir. Qo'llanmadagi qiziqarli vazifalar va misollar 1-sinfda matematika o'quv dasturini yengil o'zlashtirish va mustahkamlashga yordam beradi. Qo'llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan.

Narxi: 17 000 so'm

📘 Men maktabga boraman 1) Alifbo 2) Mantiqiy fikrlash — kitoblar ota-onalarning mustaqil tarzda bolalarini maktabga tayorlashda foydalanishlari uchun mo'ljallangan bo'lib, dars mashg'ulotlarini tuzishda katta yoshdagilarning yordami ko'zda tutilgan. Shuningdek, mavzular ilk savodxonlik saboqlarini olayotgan bolalarning fikrlash darajasi va qiziqishlarini inobatga olgan holda tayyorlanib, bo'limlarga ajratilgan.

Narxi: 15 000 so'm (har biri)

Xarid: t.me/akademsavdo

📚  @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

#IZLAM haqida so‘nggi yangiliklar

Dushanba kuni Izlam ruknining yangi mavsumi sotuvga chiqadi. Kutubxonangiz birvarakayiga 15 nomdagi yangi kitoblar bilan boyishi taraddudini ko'ravering.

Kitoblar janrlariga ko'ra quyidagicha ko'rinish oldi:

nasr — 5;
nazm — 8;
publitsistika — 1;
adabiyotshunoslik — 1;


Sotuv e’lon qilinadigan postda barcha narxlar ko'rsatib o'tiladi, kitoblar to‘plam holida xarid qilsangiz chegirmaga ega bo‘lasiz.

Izlamning 16-kitobi istisno tariqasida keyinroq taqdim etiladi.

Kuzatib boring: @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

📘 Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin

Asar uslubi, syujeti ham betakror. Yozuvchi go‘yo kundalik turmushidagi voqealarni so‘zlab berayotgandek-u, ammo hammasida ko‘zga tashlanmas tizim bor. Voqealar ham o‘ta jo‘n, oddiy, hatto, daftarga qayd etishga arzimasdek tuyuladiyu, ich-ichidan mahkam zanjirlangani sezilib qoladi. Har bir jumla, har suvratda ishora yashirin. Bu ne sinoat ekan deysiz o‘qib tugatgach. Buni qandaydir “izm” deyishga ham ikkilanasan. (#)

Gulnoz Nabiyeva
tarjimon


Muallif: Jianna Molinari
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq
Hajmi
: 192 bet
Narxi: 50 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo


📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

📘 Shahodat Ulug': Mo'ysafid Biyobonim (qissalar)

📖 Fragment va mundarija

Bu dunyo, asli, biyobon. Odamlar unga turfa sinovlar uchun yuborilgan. Kimdir bu sinovlardan sharaf bilan o‘tadi, inson degan nomiga dog‘ tushirmaydi. Kimdir esa, aksincha, nega kelganini unutib, hech qanday razillikdan qaytmaydi. Kitobdagi qissalar va novellalarda ana shunday turfa taqdir egalari haqida hikoya qilinadi. Uni o‘qigan kitobxon ruhiyati tozarishiga, ko‘nglidagi ezgu tuyg‘ulari yanada ortishiga ishonamiz.

Xarid: t.me/akademsavdo

Muqova: yumshoq
Hajmi: 256 bet
Narxi: 35 000 so‘m


📚 
@akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

📘 Jianna Molinari: Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin

​​
2019 yil Jianna Molinarining mazkur asarini “Deutsches Buchpreis” (Germaniyadagi eng nufuzli adabiy mukofot) nomzodlari ro‘yxatida ko‘rib, uni o‘qib chiqqandim. Mutoalaa asnosida o‘ziga xos uslubi bilan menga ma’qul bo‘ldi va uni tarjima qilishni boshladim.

Oradan biroz vaqt o‘tib, asar muallifi bilan Shveysariyada o‘tkaziladigan seminar haqidagi e’lon diqqatimni tortdi va men unda qatnashish uchun ariza berdim. Seminar bir hafta davom etdi va unda yetti xil til vakillari, ya’ni ushbu romanni o‘z tillariga o‘girish istagida bo‘lgan tarjimonlar ishtirok etdilar.

Bu ajoyib tajriba edi. Dastlab, muallif tarjimonlardan asardan olgan taassurotlarini so‘radi. Qizig‘i shundaki, uni har kim turlicha, o‘z madaniyati va dunyoqarashidan kelib chiqqan holda talqin etgandi. Shu jumladan, asarda uchraydigan ramziy obrazlarni ham. Yosh tarjimonlarga bunday seminarlarda ishtirok etish o‘z uslubini rivojlantirish, asliyatdagi matnni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Qolaversa, so‘lim maskan, hamroz dillar, savollaringga javob berishga shay turgan muallif...

Tarjimon uchun bundan a’loroq ijod uchun sharoiti yaratish mumkinmi?! Shu tariqa Jianna Molinari o‘zbek tilida gapira boshladi. (#)

Gulnoz Nabiyeva
tarjimon

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni!

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

akadem•nasr

1️⃣ Xulio Kortasar: Ishg‘ol qilingan uy
📖 Fragment va mundarija
Tarjimon: Sharifjon Ahmad

2️⃣ Andrey Platonov: Jon
📖 Fragment va mundarija
Tarjimon:
Sharifjon Ahmad

3️⃣ Andrey Platonov: Xandaq
📖 Fragment va mundarija
Tarjimon:
Sharifjon Ahmad

4️⃣ Jianna Molinari: Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin
📖 Fragment va mundarija
Tarjimon: Gulnoz Nabiyeva

5️⃣ Temirpo‘lat Tillayev: O‘lim o‘pqoni
📖 Fragment va mundarija

6️⃣ Anton Chexov: Kuchuk yetaklagan xonim
📖 Fragment va mundarija
Tarjimon: Humoyun

Xarid: t.me/akademsavdo
Muqova: qattiq
Narxi: 50 000 so‘m (har biri)



📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Dunyoda Skaut Finchdan aqlliroq qiz yo'q bo'lsa kerak. U jasur, qo'rqmas, halol va o'zi ishongan narsasini himoya qila oladi.

Emi Poler,

aktrisa, rejissyor


📘 Harper Li: Mazaxchini o‘ldirish
Fragment o‘qish | Taqrizlar
Muqova: qattiq, 480 bet
Narxi: 55 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo


📚  @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

📘 Turk tilini o‘rganamiz

📖 Fragment va mundarija

▪️ Turk tilini oson o‘zlashtirishga doir muhim mashqlar;
▪️ Kerakli so‘zlar lug‘ati;
▪️ Eng ko‘p qo‘llaniladigan iboralar;

Kitob turk tilini mustaqil o‘rganuvchilar uchun zarur qo‘llanma bo‘lib, 17 ta asosiy darsni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, kundalik hayotda, turli jamoat joylarida, transport vositalarida, aeroport, shifoxona kabi maskanlarda so‘zlashuvga oid mavzular keng yoritilgan.

Kitob turk tilini o‘rganishni niyat qilgan barcha qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.


Muallif: Nasiba Yusupova
Narxi: 20 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Bugun Germaniyaning Frankfurt shahrida xalqaro kitoblar ko'rgazmasi — Frankfurter Buchmesse start oldi. Ko'rgazma 5 kun davom etadi, unda "Akademnashr" nashriyoti ham ishtirok etmoqda.

📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Dadam 50 yoshida, onam 30 yoshida mеn tug‘ilganman. Shu o‘lib kеtmasin dеb oldin Abdurauf qo‘yishgan-da, o‘zlari qo‘rqib kеtishgan. Abdurauf dеganda Fitratni mo‘ljalga olishgan-da. Fitrat Fayzulla Xo‘jaеvning ustozi, dеmak, mumkin emas. Tinchgina Tursunali qo‘yaylik dеgan.

Ikkita ismim bor. Bolalikdan Abduraufman. Lеkin hujjatlar zudlik bilan Tursunali dеb olingan. Kеyin 5, 6 yosh kattaroq ko‘rsatishib 39-yilda tug‘ilgan dеb qo‘yishgan. U paytda mumkin ekan-da, mеtirka-pеtirka bo‘lmagan-da. Darrov mеni qaritishgan. Agar 43-yilda tug‘ilsa, urush paytida nimaga bu inson bu yog‘da yuribdi dеmasin dеyishgan-da. Bu juda qiziq.

📘 Rauf Parfi, “Hukmnoma”

Narxi: 38 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo


📚  @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Quloq o‘zing haqdagi maqtov so‘zlarni eshitishga moyil. Mabodo biror yomon gap eshitib qolguday bo‘lsa, bu so‘zlar quloqqa yoqmasligi aniq. Buning ustiga, ko‘ngilga og‘ir botadi. Ko‘ngli nozik insonlarga qiyin, atrofdagilar uchun ularning eng nozik joyini mo‘ljalga olish xamirdan qil sug‘urganday oson kechadi. Qulatish cho‘t emas – bitta zarbaning o‘ziyoq yetarli.

📘 Xurshid Abdurashid: Dardisar

📖 Fragment va mundarija
Hajmi
: 376 bet
Muqova: yumshoq
Narxi: 50 ming so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo



📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Izlamning birinchi faslida nazm (8) nasr (1) dan ko'p edi. Ikkinchi faslda ijodkorlar soni deyarli 2 barobarga oshgan (15). Bu safar nazm va nasr nisbati qanday ko'rinish olgan deb o'ylaysiz?

Taxminlaringizni yozib qoldiring. 👇

Читать полностью…
Подписаться на канал